Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Karl Rodbertusning iqtisodiy g„oyalari



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
Karl Rodbertusning iqtisodiy g„oyalari 
 
Karl  Iogann  Rodbertus-Yagesov  (1805-
1875) Germaniyada, Shimoliy Greyfsvoldda 1805-
yilda 
tug‗ildi. 
Gettingem 
va 
Berlin 
universitetlarida 
huquqdan 
tahsil 
olib, 
shu 
mutaxassislik  bo‗yicha  ma‘lum  vaqt  ishladi. 
Burjua 
demokratik 
revolyutsiyasi 
yillarida 
parlament  a‘zosi,  keyinchalik  vazir  (ministr) 
lavozimlarida  faoliyat  ko‗rsatdi.  K.Rodbertus 
Germaniya  mayda  burjua  iqtisodiy  ta‘limoti  vakili 
Karl Iogann Rodbertus-
Yagesov (1805-1875y.) 


178 
bo‗lib,  Sen-Simon  va  sotsialist-rikardochilar  g‗oyalari  ta‘sirida  edi.  U 
utopik  sotsializm  va  konservativ  reformizm  g‗oyalari  asosida  o‗zining 
konsepsiyasini yaratdi. 
1842-yilda  K.Rodbertus  «Davlat-xo‗jalik  tizimimizni  bilish 
yo‗lida»  deb  nomlangan  kitobini  nashrdan  chiqardi.  Uning  asarlari 
«sotsial  xatlar»  shaklida  yozilgan.  U  aynan  shu  kitobida  qo‗shimcha 
qiymat  nazariyasini  ko‗rsatib  o‗tdi.  U  o‗z  fikrlarini  yakunlab,  shunday 
deb  yozadi:  «Agar  ishlab  chiqarish  qancha  yuqori  bo‗lsa,  ishchining 
yashashi  uchun  zarur  vositalardan  tashqari  ko‗pgina  iste‘mol 
buyumlarini  yaratishi  mumkin.  Bu  chegirtma  yerga  xususiy  mulkchilik 
va kapital mavjud sharoitda renta holiga aylanadi va kishilar tomonidan 
mehnatsiz  o‗zlashtiriladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  renta  olishning 
asosiy  usuli  yerga  xususiy  mulkchilik  va  kapitaldir»  K.Rodbertusning 
nazariyasi va qisqacha xulosalariga yuqori baho berish mumkin, chunki 
u A.Smit va D.Rikardo iqtisodiy ta‘limotlari bilan yaqindan tanish va bu 
ta‘limotlarni chuqur ilmiy tahlil qilgan edi.  
Shuningdek,  olim  o‗z  xatlarining  birida  qo‗shimcha  qiymat  va 
uning vujudga kelishini Marksdan oldinroq ko‗rsatganligini va aniq qilib 
tushuntirganligini  yozadi.  Bu  bilan  u  o‗zining  qo‗shimcha  qiymat 
nazariyasidan  Marks  ijodiy  foydalanganligini  va  hatto  «o‗g‗irlab» 
o‗ziniki qilganligini isbotlamoqchi bo‗ladi. Shuni aytish zarurki, Marks 
ta‘limotiga nisbatan aytilgan bu tanqidlar Marksning o‗ziga ham ma‘lum 
edi. Marksning vafotidan keyin nemis kateder-sotsialistlari bu  masalani 
yana  qayta  ko‗tardilar.  Ularning  asosiy  maqsadlari  Marks  ta‘limotini 
kuchsizlantirish  va  uning  ta‘sir  doirasini  kamaytirish  edi.  O‗z  davrida 
F.Engels  bu  fikrlar  uydirma  ekanligini  va  Rikardoning  qiymat 
nazariyasidan  so‗lrikardochilar  sotsialistik  qisqacha  xulosalarlar  uchun 
K.Rodbertusdan 
oldinroq 
ko‗rsatib 
foydalanganliklarini 
aytdi. 
Shuningdek,  u  K.Rodbertus  qo‗shimcha  qiymatning  foyda  va  yer 
rentasiga  aylanish  qonunini,  kapitalistik  sinflar  o‗rtasida  qo‗shimcha 
qiymatning  taqsimlanishi,  qonunni  to‗liq  tushunmay,  faqat  renta 
nazariyasi bilan cheklanib qolganligini ham ko‗rsatib o‗tdi.  
Haqiqatdan  ham  foyda  va  yer  rentasini  ishchilarga  haq 
to‗lamaslik  samarasi,  deb  hisoblash  bu  hali  qo‗shimcha  qiymatning 


179 
ilmiy  nazariyasini  yaratish,  degan  gap  emas  edi.  Ingliz  sotsialist-
rikardochilar bu masalada K.Rodbertusdan ancha ilgarilab ketdilar. 
 K.Rodbertusning iqtisodiy g‗oyalari yuqorida qayd etilgan asosiy 
asaridan  tashqari,  katta  jildni  tashkil  etgan  to‗rtta  «ijtimoiy  xati»da 
bayon  etilgan.  Unda  u  qiymatning  mehnat  nazariyasini  sodda 
ko‗rinishda  tahlil  qildi.  Qiymat  ijtimoiy  zaruriy  mehnat  bilan 
aniqlanmasdan,  balki  barcha  mehnat  xarajatlari  bilan  aniqlanib,  bu 
o‗rinda bir xil  mehnat xarajatlari har qanday ishlab chiqarishdan qat‘iy 
nazar  bir  xil  qiymat  hosil  qiladi  deb  ko‗rsatiladi.  Bundan  tashqari 
mehnat  doimo  qiymat  vujudga  keltirishi  alohida  ta‘kidlanadi.  F.Engels 
«Falsafa 
qashshoqligi» 
asarining 
so‗zboshisida 
K.Rodbertus 
qarashlaridagi  bu  holatni  keskin  tanqid  qilib,  o‗zining  qiymat 
nazariyasida  mehnatning  ijtimoiy  zaruriy  xarakterini  inkor  etadi,  deb 
yozadi.  
K.Rodbertusning fikricha mehnat qiymat o‗lchovi sifatida oltin va 
kumushdan  yuqori  turadi,  chunki  u  ish  kunini  o‗zgarmas  o‗lchov,  deb 
hisoblaydi.  Bu  o‗rinda  «mehnat  kunlari»  ham  izohlanadi.  Lekin  olim 
xayoliy  fikrlarga  berilib,  kapitalistik  tovar  xo‗jaligi  sharoitida  pulning 
zaruriyatini  to‗g‗ri  tushuntirib  bera  olmadi.  K.Rodbertus  o‗zining 
taqsimot  nazariyasida  klassik  maktab  vakillari  yo‗l  qo‗ygan  xatolarni 
takrorlaydi. Taqsimot nazariyasi quyidagi tartibda tahlil qilinadi va uch 
bosqichdan  iborat  bo‗ladi.  Birinchi  bosqichda  K.Rodbertus  ijtimoiy 
(milliy)  mahsulotni  ish  haqi  va  rentaga  bo‗linishini  ko‗rib  chiqadi. 
Ikkinchi bosqichda u rentani kapital va yer rentasiga bo‗lishga o‗tadi. Va 
nihoyat,  uchinchi  bosqichda  K.Rodbertus  barcha  foyda  va  yer 
rentasining  kapitalist  va  yer  egalari  o‗rtasidagi  taqsimotini  ko‗rib 
chiqadi.  K.Rodbertus  ijodiy  faoliyatining  so‗nggi  yillari  qiymatning 
mehnat  nazariyasidan  uzoqlashib  mayda  ishlab  chiqaruvchilar 
manfaatlariga  mos  tushuvchi  jamiyatni  qayta  qurish  loyihalarini  e‘lon 
qilish  bilan  bog‗liq  bo‗ladi.  Kapitalizmni  Rodbertuschasiga  isloh  qilish 
sinfiy  kurashsiz  evolyutsion  yo‗l  bilan  amalga  oshirishni  ko‗zda  tutar 
edi.  Bu  yo‗l  keyingi  islohotchilik  yo‗nalishidagi  nazariy  maktab 
tomonidan qo‗llaniladi. Bu olimning asarlari rus tilida to‗la chop etilgan. 
 


180 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish