Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet583/711
Sana14.01.2022
Hajmi5,65 Mb.
#364978
1   ...   579   580   581   582   583   584   585   586   ...   711
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

ko’pchilik  insonlar  qandaydir  intuitiv  ravishda  tushunadi  va  bu  ularning  pullar 



bilan bemalol foydalanishlariga unchalik xalaqit bermaydi. Ammo, 

 



Pul o’zi nima?  

 



Nimaga  puling  bunaqa  ko’plab  turlari  mavjud  va  ularning  xususiyatlari 

qanday?  

 



Pullarning bulardan ko’ra yaxshiroq ko’rinishlari bormi va qaysi birlari 

yaxshiroq



 

Kriptovalyutalardan  real  pul  sifatida  foydalanish  maqsadga  muvofiqmi 

yoki yo’qmi?

 



 

Kriptovalyuta  va  tokenlarning  o’ziga  va  qiymatiga  davlat  kafolat  bera 

oladimi? 

 

kabi  bir  qancha  savollarni  mutaxassislardan  boshqa  insonlar  to’liq 



tushunmaydilar  va  ularga  bu  kerak  ham  emas.  Ularni  ko’proq  “

Pullarni  qanday 

qilib  ko’proq  topish  va  saqlash  mumkin?”

  degan  savol  qiziqtiradi  xolos.  Agarda 

tarixga  nazar  solsak,  dunyoning  barcha  davlatlarida  pullarni  chiqarish  va  uni 

boshqarish  masalalari  bilan  tegishli  davlat  organlari  shug’ullanadilar.  Bunday 

yondoshuvning  o’z  ijobiy  va  salbiy  tomonlari  mavjud,  albatta.  Agarda  bunday 

salbiy tomonlar kimlargadir yoqmasa, ular umumiy xolatni o’zgartirib va yaxshilab 

ololmaydilar,  chunki  bu  ish  qonunga  hilof  amal  bo’lib  hisoblanadi.    Shuni  ham 

aytish kerakki, eng avvalo qandaydir xolat yuzaga keladi, shundan so’nggina uni 

tartibga soladigan qonunlar yaratiladi. Xuddi shunday holat radio sohasi bilan ham, 

internet  tizimi  bilan  ham,  avtomobil  texnologiyasi  bilan  ham  va  shunga  o’xshash 

boshqacha  texnologiyalarda  ham  kuzatilgan.  Endi  esa  xuddi  shunday  hodisa 

kriptovalyutalar  bilan  ham  kuzatilmoqda.  Umuman  aytganda,  kriptovalyutalar 

iqtisod, kriptografiya, komp’yuter texnologiyasi va siyosat masalalari kesishuvida 

paydo  bo’lgan.  Ilk  kriptovalyuta  –  bitkoin  esa  pastdan  (



halqdan

)  chiqqan 

innovatsiya  bo’lib,  yuqoridagilarning  (

davlat  organlarining

)  bunga  hech  qanday 

aloqasi  yo’q.  Ya’ni,  raqamli  kriptovalyutalar  davlatning  emas,  balki  halq 

tomonidan  ulaning  xohish-istaklarini  hisobga  olgan  xolda  yaratilgan  yechim 

hisoblanadi.    Shuning  uchun  ham  bu  innovatsion  g’oyaning  yaratilish  tarixi  va 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

uning  rivojlanishini  o’rganib  chiqish    diqqatga  sazovordir.  Ushbu  g’oya  asosida 



pul muomalasining markazlashmagan usuli taklif qilingan va u amaliyotga tadbiq 

etilgan. Bunday pul aylanish modelida komissiyalar minimal bo’ladi yoki umuman 

bo’lmaydi.  Unda ikki kelishuvchi tomon xohishisiz hech qanday uchinchi tomon 

ularga halaqit ham bera olmaydi, o’z pullik  hizmatlarini taklif ham eta olmaydi, 

kelishuvni  to’xtata  ham  olmaydi  hamda  birovlarning  mulkini  musodara  qila  ham 

olmaydi.    Bu  tizimda  pul  emissiyasi  miqdori  oldindan  dasturlab  qo’yilgan  va  bu 

siyosiy  manipulyatsiyalarni  hamda  pul  chiqarilishi  bilan  bog’liq  bo’lgan 

qalbakichiliklarning oldini oladi.  Tizim birorta nozik tomoni bo’lmagan trasmilliy 

tizim  bo’lib,  hech  kim  uni  foydalanuvchilarning  roziligisiz  boshqara  olmaydi.  

Tizim qandaydir darajadagi ishonchni ham talab qilmaydi  – uning to’g’ri ishlashi 

aniq matematik formulalar va kriptografiya usullari bilan to’liq kafolatlanadi. Bu 

esa  inson  tomonidan  boshqarilishi  mumkin  bo’lgan  xuquqiy  kelishuvlarni  chetga 

surib  qo’yib,  insoniy  faktorni  yo’qqa  chiqaradi.  Bitkoin  kriptovalyutasi 

blokcheynga  asoslangan  tizimlar  ishlatilishining  birinchi  amaliy  isboti  bo’ldi. 

Ammo,  blokcheyn  texnologiyasi  kriptovalyutalarga  nisbatan  ancha  keng 

miqyoslidir,  chunki  uning  yordamida  istalgan  turdagi  taqsimlangan  hisob 

tizimlarini yaratish mumkin. Masalan, yer maydonlari reestrlari, notarial servislar, 

shahsni  tasdiqlash  tizimlari,  aktsiyalarni  hisobga  olish  tizimlari,  depozitariylar  va 

boshalar.  Ishonchi  taqsimlangan  ma’lumotlar  bazalaridan  tashqari,  blokcheyn 

texnologiyasi avtomatik tarzda bajariladigan smart-kontraktlarni yaratish imkonini 

ham  beradi,  kontraktlarga  esa  multiimzolar  qo’yishga  yordam  beradi.  Albatta, 

yangi  imkoniyatlar  yangi  turdagi  tavakkalchiliklarga  ham  sabab  bo’ladi.  

Anonimlilik,  istalgan  miqdordagi  pul  mablag’larini  dunyoning  istalgan  joyiga 

o’tkazish  imkoniyati,  hisob  raqamlarini  blokirovka  qilish  mumkin  emasligi  va 

kriptovalyutalarning  boshqa  xususiyatlari  davlat  organlari  oldiga  jinoyatchilik 

bilan  kurashish,  terrorizmga  qarshi  turish  va  noqonuniy  pul  oborotiga  qarshi 

kurashish bo’yicha  yangidan-yangi masala va muammolarni hal qilish masalasini 

qo’yadi. Shuning uchun ham davlat organlari oldida bu muammolarni qanday hal 

qilish yo’llarini topish, yangi kriptovalyuta va blokcheyn texnologiyalarini qanday 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

ishlatish, uning ijobiy va salbiy tomonlarini bilgan xolda tavakkalchilik miqdorini 



minimallashtirish  va  qanday  qilib  bu  yangi  texnologiyalarni  joriy  moliyaviy 

tizimga  optimal  ravishda  joylashtirish  masalalari  ko’ndalang  bo’lib  turibdi.  Bu 

texnologiyalarni butunlay rad qilish yoki ularga to’liq ruxsat berish javobgarlikdan 

qochish kabi tushunilishi mumkin. Biror bir mamlakatda bu texnologiyalarni to’liq 

boshqarish  mexanizmi  hali-xamon  kuzatilmagan  va  shuning  uchun  ham 

kimlardandir  nusha  olish  imkoniyati  ham  yo’q  darajada.  Barcha  ijobiy  va  salbiy 

fikrlarga qaramasdan, kriptovalyutalar va blokcheynlar texnologiyasi mavjud va u 

baholi-qudrat  ishlab  turibdi.  Boshqacha  so’zlar  bilan  aytganda,  kriptovalyuta  jini 

Aloviddining  sehrli  chiroqchasidan  allaqachon  chiqib  ketgan  va  uzoq  vaqt 

davomida  bu  jin  hali  ham  ko’za  ichida  deb  o’zimizni  ovuntirishimiz  maqsadga 

ham, aqlga ham muvofiq emas. Biznes esa kriptovalyutalarni ish jarayoniga tadbiq 

qilish uchun tayyor bo’lib bo’lgan, dunyo miqyosidagi katta-katta halqaro banklar 

esa  kriptovalyutalarni  va  blokcheyn  texnologiyalarni  qanday  qilib  ishlatishni  faol 

o’rganmoqdalar.  Moliyaviy  texnologiya  (



Fintex

)  industriyasi  blokcheynni 

zamonaviy  iqtisodiyotning  eng  perspektiv  trendlaridan  biri  deb  hisoblashgacha 

bordi.  Faqat  bu  texnologiyalarning  huquqiy  jihatdan  aniqlamaganligi  ularga  keng 

miqyosda rivojlanishga imkon bermayapti. O’z navbatida, blokcheyn hamjamiyati 

barcha  istovchilarga  bu  yangi  tizimlarni  o’rganishga  yordam  berishga  tayyordir 

(

adabiyotlar  ruyhatidagi  saytlar  ruyhatiga  qarang

).  Biz  ham  sizni  bu 

jarayonlarning  passiv  kuzatuvchisi  emas,  balki  aktiv  ishtirokchisi  bo’lishga 

chaqirib, dunyoni yaxshi tomonga o’zgartirish tarafdorimiz.  

Blokcheyndan  foydalanishning  yana  bir  imkoniyati  sifatida 


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   579   580   581   582   583   584   585   586   ...   711




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish