Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet584/711
Sana14.01.2022
Hajmi5,65 Mb.
#364978
1   ...   580   581   582   583   584   585   586   587   ...   711
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

World  Wi-Fi

 

platformasi  yordamida  aholi  uchun  internetdan  tekin  foydalanish  imkonyatini 



yaratishni  ko’rsatishimiz  ham  mumkin.  Bu  platforma  “

Efir”  (Ethereum

kriptovalyutasi  blokcheyniga  asoslangan. 



World  Wi-Fi

  platformasida  uch  tomon 

bo’ladi:  internet  foydalanuvchisi,  router  egasi  va  reklama  beruvchi.  Ularning  har 

qaysisi  ham  tizimdan  o’z  foydasi  ulushini  oladi.  Uyida  router  bor  bo’lgan  va 

internetga ulangan oddiy insonlarni tekin 

Wi-Fi

 o’ziga jalb qila oladi, chunki ular 

internetga qo’shimcha ulanish nuqtasini hosil qilib, unga boshqalarni jalb qiladilar 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

va  shu  orqali  pul  ishlay  oladilar.  Ularga  ish  haqqi 



WeToken

  kriptotokenlarida 

keladi  va  ular  bu  tokenlarni  real  pullarga  yoki  kriptovalyutalarga  almashtirib 

oladilar.Kriptovalyutalar olamidagi yuqorida tavsif etilgan strategik va taktik xatti-

harakatlarning  muvaffaqiyatli  ravishda  amalga  oshishi  va  rivojlanishi  uchun, 

bizning  fikri  ojizimizcha,  hozirgi  kunda  mamlakatimizda  to’rt  xildagi  asosiy 

yo’nalishlar taklif etish mumkin: 

 



Birinchi  stsenariyda  bit  so’m  kriptovalyutasi  muomalaga  chiqarilishi 

mumkin.  O’zbek  milliy  valyutasini  blokcheynga  va  raqamli  formatga 

o’tkazish  unga  bir  qancha  afzalliklar  berishi  mumkin,  ammo  bu  holda  bir 

qancha  muammolarni  qonunchilik  asosida  to’g’ri  hal  qilish  kerak  bo’ladi. 

Masalan,  ushbu  blokcheynni  kim  boshqaradi  va  unga  davlat  maqomi 

beriladimi yoki u korporativ maqomga ega bo’ladimi. Bit so’m ichki va tashki 

bozorda  qanday  ishlatiladi  va  kim  tomonidan  nazorat  qilinadi  -  degan 

savollarga ham bank-moliya-kredit sohalari mutaxassislarini jalb qilgan holda 

konkret, ishonchga sazovor hamda aniq  javob topish lozim bo’ladi. 

 



Ikkinchi  yo’nalishda  O’zbekistonning  suveren  davlat  blokcheyn  tizimi 

tashkil  qilinadi  va  u  o’zida  turli  moliyaviy  institutlarning  funktsiyalarini 

qamrab  oladi.  Bunday  institutlar  jumlasiga  banklar,  depozitariylar,  pensiya 

fondlari, soliq idoralari va boshqalarni kiritish mumkin. Bu amal soliq to’lash 

va mablag’larni fondlarga o’tkazish ishlarini nisbatan osonlashtirish va to’liq 

avtomatlashtirish imkonini beradi. 

 

Uchinchi  imkoniyat  esa  kriptovalyutani  alohida  tashkilotlarda  yoki 



hududlarda  hayotga  tadbiq  qilinadi  va  bu  sohada  yetarlricha  amaliy  tajriba 

to’planganidan  so’ng,  bu  ish  respublika  miqyosida  amalga  oshiriladi 

(

masalan, O’zbekiston Respublikasidagi ochiq iqtisodiy xududlarda yoki chet 

ellik mutaxassislar ishlaydigan innovatsion qo’shma korxonalarda

).  


 

Oxirgi,  to’rtinchi  imkoniyat  esa  Rossiya  Federatsiyasidagidek  Markaziy 



bank  tomonidan  raqamli  kriptovalyutalar  bilan  ishlashni  amalga  oshiradigan 

pilot  loyihani  ishga  tushirishdir  (



mastercheyn  loyihasi

).  Ushbu  platforma 

bozor  ishtirokchlarining  elektron  usulda  o’zaro  ma’lumot  almashinishi  va 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

blokchenlarda identifikatsiya  qilinishi uchun  mo’ljallangandir.  Bu  tizim  asta 



sekin,  kritpovalyutalar  bilan  ishlash  tajribasi  oshib  borgan  sari  bir  qancha 

davlat  interaktiv  hizmatlarining  ham  navbatma-navbat  blokcheynga 

o’tkazilishini ta’minlashi mumkin. 

Respublikamizda  kriptovalyuta  bo’yicha  malakali  mutaxassislarning  juda 

kamligi  va  bu  sohadagi  tajriba  ozligini  hisobga  olgan  tarzda  bu  yo’nalishda 

malakali  mutaxassislar  tayyorlashni  ham  amalga  oshirish  zamona  talabi  bo’lib 

qolmoqda  (

bu  taklif  oily  va  o’rta  mahsus  ta’lim  vazirligiga,  iqtisodiyot 

universitetiga,  moliya  institutiga  hamda  bank-moilya  akademiyasiga  tegishlidir

).  


Lekin blokcheyn texnologiyalarni hayotga tadbiq qilish va o’zbek kriptovalyutasini 

chiqarich  innovatsion  g’oyasini  qadam  ba  qadam  amalga  oshirish  hozirdanoq 

boshlab  yo’lga  qo’yilishi  kerak  bo’lgan  hayot  taqozosidir.  Chunki  dunyodagi 

ko’pchilik  rivojlangan  mamlakatlar  o’zlarining  milliy  yoki  korporativ 

kriptovalyuta  loyihalarini  amalga  oshirmoqdalar  va  ular  keyinchalik  barcha 

raqamli  kriptopullarga  egalik  qilib,  boshqa  mamlakatlarni  bu  jarayondan  siqib 

chiqarishga  harakat  qiladilar.  Davlatning  monetar  siyosatidagi  eng  muhim 

amallardan  biri  pul  emissiyasini  nazorat  qilish  bo’lgani  uchun,  kriptovalyutadan 

voz  kechish  mamlakatdagi  moliya-kredit  tizimini  va  uning  jahon  moliya  kredit 

tizimi bilan aloqalarini sezilarli ravishda chegaralashga va uni izdan chiqishiga olib 

kelishi 

mumkin.Respublikaga 

innovatsion 

iqtisodiyotni 

tezkorlik 

bilan 


rivojlantirish  hamda  turli  xildagi  innovatsion  loyihalarni  moliyalashtirsh  uchun 

yuqoridagi  tegishli  bo’limda  tavsif  etilgan 



ICO  (Initial  Coin  Offering)

 

mexanizmini  ham  qonuniylashtirish  va  joriy  qilish  maqsadga  muvofiq  bo’lar  edi. 



Bunda  O’zbekistonda  ishlab  chiqariladigan  mahsulotlar  va  hizmatlar  bilan 

ta’minlangan tokenlar chiqarish va ularni ichki hamda tashqi bozorda  realizatsiya 

qilib, yig’ilgan mablag’lar  tegishli loyihalarni moliyalashtirish uchun ishlatilar edi. 

Loyiha  amalga  oshirlib  bo’linganidan  so’ng,  tokenlar  ko’rinishidagi 

kriptovalyutalar  egalariga  ularning  tokenlari  miqdoriga  teng  bo’lgan  tegishi 

mahsulotlar yetkazilib beriladi yoki ular uchun tegishi hizmatlar amalga oshiriladi. 

Masalan,  gipotetik


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   580   581   582   583   584   585   586   587   ...   711




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish