Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

 
22.3.
 
Byudjet nazorati organlari, ularning guruhlanishi, ularning vazifalari, 
huquq va majburiyatlari
 
Davlat moliyaviy nazoratining asosini byudjet nazorati tashkil qilishini 
yuqorida ta‘kidlagan edik. Byudjet nazoratini amalga oshirish ma‘lum huquqiy 
asosga tayanishi lozim. Byudjet nazoratini tashkil etish jarayonlari oxirgi 13-14 yil 
davomida 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan ―Byudjet tizimi to‗g‗risida‖gi 
O‗zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinib kelindi. Ushbu Qonunda 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining, 
Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati 
organlarining, O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjet tizimini 
boshqarish sohasidagi vakolatlari tegishli moddalarda (6-,7-,8-moddalar) belgilab 
berilgan.
2014 yil 1 yanvardan kuchga kirgan Byudjet Kodeksi byudjet nazoratini 
tashkil etishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi. Byudjet Kodeksida 
belgilab qo‗yilishicha, O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‗zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat 
moliyaviy nazorat organlari hisoblanadi. Shuningdek, davlat byudjetining va davlat 
maqsadli jamg‗armalari byudjetlarining daromadlari qismi bo‗yicha davlat 


296 
moliyaviy nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan ularga berilgan 
vakolatlar doirasida amalga oshiriladi (22.6-rasm). 
 
22.6-rasm.Davlat moliyaviy nazorati organlarining guruhlanishi
1
Kodeksning 179-moddasi bilan davlat moliyaviy nazorat organlarining 
o‗zaro hamkorlik munosabatlari ta‘minlanadi. Xususan, byudjet tashkilotlarini 
nazorat qilish rejalari davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan tasdiqlanadi. 
Davlat moliyaviy nazorat organlari tekshirilayotgan nazorat obyektida mansabdor 
shaxslarning harakatlarida jinoyat alomatlari bo‗lgan huquqbuzarliklar aniqlasa, 
nazorat materiallarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi. 
Shuningdek, nazorat obyekti mansabdor shaxslarining harakatlaridagi ma‘muriy 
huquqbuzarliklarga doir materiallar sudlarga yoki tegishli vakolatli davlat 
organlariga topshiriladi. 
Davlatning moliya-byudjet nazorati organlari tarkibida O‗zbekiston 
Respublikasi Hisob palatasi alohida o‗rin egallaydi. Hisob palatasi ―O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‗armalarning 
maqsadli va samarali ijro etilishi, davlat aktivlari va passivlarining holati va 
harakati, oltin valyuta zaxiralari hamda tashqaridan qarz olishlarni amalga oshirish, 
boshqarish va tasarruf etish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan moliya 
nazoratining yuqori organi hisoblanadi‖
2

Hisob palatasiga davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda qator 
vakolatlar yuklatilgan. Ana shu vakolatlarni O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2005 yil 4 apreldagi ―O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 
faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish to‗g‗risida‖gi PF-3592-son Farmoni 
bilan tasdiqlangan va 2006 yil 21 noyabr PF-3820-son Prezident Qarori bilan 
tegishli o‗zgartirishlar kiritilgan ―Hisob palatasi to‗g‗risidagi Nizom‖ asosida 
bajaradi. 
2006 yil 7 sentyabrda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 
―O‗zbekiston 
Respublikasi 
Hisob 
palatasi 
faoliyatini 
takomillashtirishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ-460-son 


Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish