267
federal soliqlarning asosan boy odamlar foydasiga kamaytirilishi va kam
ta‘minlangan shaxslarga qaratilgan ijtimoiy yordam dasturlarining qisqartirilishi
sabab bo‗ldi
1
. So‗nggi o‗n yilliklar mobaynida fond bozorlarining tez sur‘atlar
bilan rivojlanishi, keyingi davrlarda pastga qulash holatlari kuzatilgan bo‗lsa-da,
yuqori va quyi qatlamlar o‗rtasidagi farqni ahamiyatli darajada kattalashtirib
yubordi. Shunga qaramasdan, ipoteka krediti bo‗yicha haddan tashqari shishirib
yuborilgan ko‗pikning 2007 yilda yorilishi o‗rtacha daromadli soliq to‗lovchilarga
ikki yo‗nalishda ta‘sir ko‗rsatdi. Birinchidan, uy-joylarning narxi keskin tushib
ketdi, o‗rtacha daromadli oilalar uchun esa ularning uy-joylari asosiy kapital aktiv
bo‗lib hisoblanar edi. Ikkinchidan, xuddi shu guruh o‗rtacha daromadli soliq
to‗lovchilarning farovonligi ularning pensiya jamg‗armalariga bog‗liq bo‗lib, bu
jamg‗armalarni ular, ko‗p hollarda pensiyaga chiqqach, moliya bozorlarida
investitsiya qiladilar. Bu bilan o‗rtacha daromadli oilalar, albatta uy-joy
narxlarining pasayishiga ta‘sir ko‗rsatadilar va moliya borzori kasodga uchraydi.
Lekin ular, odatda, ancha diversifikatsiyalangan daromad manbalariga ega
bo‗ladilar.
Ayrim iqtisodchilar hukumatlar qayta taqsimotning faqat o‗rta va yuqori
daromadli qatlamlar uchungina yaxshi bo‗lgan salbiy ta‘sirini yumshatishlari zarur,
deb hisoblaydilar.
2
Ularning fikricha, davlat bandlikni ta‘minlashga va shu yo‗l
bilan ishsizlik darajasini kamaytirish uchun davlat subsidiyalarini ajratishga
qaratilgan siyosatni olib borishi lozim.
3
Demokratlar esa avvalgi soliqlarni
kamaytirish
barcha
boy
qatlamlarga
proportsional
tarzda
qulaylik
tug‗dirmaganligini e‘tirof etadilar. Respublika partiyasidan nomzodlar va prezident
Obamaning soliqlarni ko‗paytirmasdan turib xarajatlarni kamaytirish to‗g‗risidagi
qarashlari har kim jamiyatga o‗zining adolatli ulushini qo‗shishi kerakligi
to‗g‗risidagi da‘volarga zid keldi
4
.
Yuqorida so‗z borgan OECDning tahliliga ko‗ra, tengsizlikni o‗lchash
me‘yorlar bilan solishtirish, tenglikni ta‘minlashda bu me‘yorlardan og‗ish
darajasini aniqlashdan iboratdir. 3-4-ilovada adolat va uning o‗lchovi
kontseptsiyasi namoyish qilingan bo‗lib, bir necha mamlakatda daromadlar
bo‗yicha tengsizlik darajasi solishtirilgan. Uning mohiyati tengsizlikning darajasini
aniqlab olish, so‗ngra davlatning tengsizlikni bartaraf etishga yo‗naltirilgan
maqsadga muvofiq siyosatini ishlab chiqishdan iborat.
Daromadlarni barqarorlashtirish siyosati. Daromadlarni barqarorlashtirish
siyosati iqtisodiy tengsizlik muammosini, salbiy daromad solig‗iga har tomonlama
o‗ylab yondoshgan holda, bartaraf qilish yo‗llaridan biri hisoblanadi.
Bu daromadni kafolatlash, stavkalarni pasaytirish va zarar ko‗rmaydigan
daromad darajasini belgilashni nazarda tutadi. Kafolatlangan daromadda oilaga
keladigan transfer summasi nolga teng bo‗ladi, stavkalarni pasaytirish – oilaning
Do'stlaringiz bilan baham: