Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

“Saxovat” keksalar va nogironlar uchun internat uylari
O‗zbekiston 
Respublikasida doimiy yashaydigan, O‗zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga 
muvofiq ularni parvarish qilishi shart bo‗lgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar 
bo‗lmagan yolg‗iz keksalar hamda 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironlari 
(vasiylikka olinuvchilar) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi. 
“Muruvvat” nogironlar uchun internat uylari
O‗zbekiston Respublikasida 
doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor 
bo‗lgan, 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironlari (vasiylikka olinuvchilar) 
uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi. 
“Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylari
O‗zbekiston 
Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli 
nuqsonlar bor bo‗lgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogiron bolalar uchun davlat 
tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi. 
Keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar 
keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylarini (dam oluvchilar) 
sog‗lomlashtirish va ularning dam olishi uchun mo‗ljallangan davlat davolash-
profilaktika muassasalari hisoblanadi. 
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati 
O‗zbekiston 
Respublikasida doimiy yashaydigan I va II guruhlar nogironlari hisoblangan 
hamda O‗zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta‘minlashga 
majbur bo‗lgan qarindoshlar yoki boshqa shaxslarga ega bo‗lmagan yolg‗iz urush 
va mehnat faxriylari (vasiylikka olinganlar) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy 
muassasasi hisoblanadi. 
Yuqorida sanab o‗tilgan barcha turdagi ijtimoiy muassasalar faoliyati davlat 
byudjetidan ajratiladigan mablag‗lar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya 
ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan belgilangan 
tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va ro‗yxatdan o‗tkazilgan 
xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi. Byudjet va byudjetdan tashqari 
mablag‗larni 
sarflash 
qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
amalga 
oshiriladi.Muassasalarning shtatlar jadvallari O‗zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 
tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi. 
Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy ta‘minot xarajatlari 
tarkibiga yuqorida ko‗rib o‗tilgan xarajatlar va muassasalar bilan birgalikda, 


263 
o‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz fuqarolarga uyda xizmat ko‗rsatish xarajatlari 
ham kiradi.
O‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz fuqarolarga uyda xizmat ko‗rsatish 
―Yolg‗iz qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam 
ko‗rsatish xizmati‖ tomonidan tashkil qilinadi. Ushbu xizmat tuman va shahar 
Bandlikka ko‗maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tarkibiy 
tuzilmasi hisoblanadi va yolg‗iz fuqarolarga xizmat ko‗rsatuvchi ijtimoiy 
xodimlardan tashkil topadi. 
Ijtimoiy yordam ko„rsatish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
-
fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari va sog‗liqni saqlash 
muassasalari bilan birgalikda uyida o‗zgalar parvarishiga muhtoj, yolg‗iz 
fuqarolarni aniqlash va hisobini yuritish; 
-
yolg‗iz fuqarolarga homiylik yordamlarini ko‗rsatish maqsadida ularning 
ilgari ishlagan mehnat jamoalari, jamoat birlashmalari va fuqarolarning o‗zini o‗zi 
boshqarish organlari bilan aloqalarini olib borish; 
-
yolg‗iz fuqarolarni internat-uylariga joylashtirish uchun ko‗maklashish. 
Tuman yoki shahar bo‗yicha Uyda ijtimoiy yordam ko‗rsatish xizmatida 
qayd etilgan yolg‗iz fuqarolarga ushbu bo‗linmaning ijtimoiy xodimlari tomonidan 
bevosita quyidagi ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatiladi: 
-
zarur oziq-ovqat, sanoat mahsulotlari va dori-darmonlarni uyga etkazib 
berish; 
-
uy-joy ashyolari va kiyim-kechaklarni yuvish, kimyoviy tozalashga 
topshirish, ta‘mirlash va ularni etkazib berish; 
-
zarur tibbiy yordam ko‗rsatish ishlarida, uy-joyni tozalashda, xonadon 
ichidagi santexnik jihozlarni ta‘mirlashda ko‗maklashish; 
-
qarindosh va do‗stlar bilan yozishmalar olib borish bilan bog‗liq iltimoslar 
va boshqa turdagi bir martalik topshiriqlarni bajarish. 
Tuman (shahar) Bandlikka ko‗maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish markazlari o‗zlarida ro‗yxatda turuvchi yolg‗iz fuqarolarga uyda ijtimoiy 
xizmat ko‗rsatish ishlari bo‗yicha har haftalik monitoring olib boradi va ijtimoiy 
xodimlarning xizmat ko‗rsatish faoliyatiga baho beradi. Shuningdek, Markazlar 
yolg‗iz fuqarolarga uyda ijtimoiy xizmat ko‗rsatish bo‗yicha har chorak yakunida 
tegishliligiga ko‗ra Qoraqalpog‗iston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga, ular esa o‗z navbatida O‗zbekiston 
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ma‘lumot 
taqdim etib boradi. 
O‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam 
ko‗rsatish haqidagi Nizom
1
bilan Ijtimoiy yordam ko‗rsatish xizmati tomonidan 
xizmat ko‗rsatiladigan yolg‗iz fuqarolar toifalari belgilangan bo‗lib, unga ko‗ra 

1
O‗zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011 yil 1 iyuldagi 38-B-son 


buyrug‘iga ilova 


264 
yolg‗iz fuqarolarning quyidagi toifalari uyda xizmat ko‗rsatish uchun qabul 
qilinadi: 
-
sog‗lig‗iga ko‗ra o‗zgalar parvarishiga muhtoj, farzandlari (jumladan 
farzandlikka olingan bolalar) va yaqin qarindoshlari bilan birga yashamaydigan 
pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh va undan 
yuqori) shaxslar, I va II-guruh nogironlari, keksa yoki I va II-guruh nogironi 
bo‗lgan er-xotinlar; 
-
o‗zgalar parvarishiga muhtoj, voyaga etmagan yoxud I va II-guruh 
nogiron farzandlari bilan birga yashaydigan pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va 
undan yuqori, ayollar 55 yosh va undan yuqori) shaxslar, I va II-guruh nogironlari, 
keksa yoki I va II-guruh nogironi bo‗lgan er-xotinlar; 
-
o‗zgalar parvarishiga muhtoj, farzandlari jazo muddatini o‗tayotgan yoki 
uzoq muddatli davolanishda bo‗lgan (ruhiy, sil va boshqa kasalliklar) davri 
mobaynida pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh 
va undan yuqori) shaxslar, I va II-guruh nogironlari, keksa yoki I va II-guruh 
nogironi bo‗lgan er-xotinlar; 
-
farzandlari (jumladan farzandlikka olingan bolalar) va yaqin qarindoshlari 
hamda homiylari yoki vasiylari bo‗lmagan va qonunchilikka asosan bepul eng 
zarur mollarni olish imtiyozidan foydalanayotgan o‗zgalar parvarishiga muhtoj 
yolg‗iz pensionerlar. 
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari hamda ularga 
tenglashtirilgan shaxslar, halok bo‗lgan harbiy xizmatchilarning oila a‘zolari, front 
ortida xizmat qilgan shaxslar uyda ijtimoiy xizmat ko‗rsatishga birinchi navbatda 
qabul qilinadi. 
Yuqumli hamda ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslar uyda ijtimoiy xizmat 
ko‗rsatish uchun qabul qilinmaydi. 
Yolg‗iz fuqarolarning shaxsiy ro‗yxatlari tuman (shahar) Bandlikka 
ko‗maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan 
fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari ishtirokida aniqlanib ro‗yxatga 
olinadi va tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. 
Ijtimoiy yordam ko‗rsatish xizmati ijtimoiy xodimlari lavozimi ushbu 
bo‗linmaning shtat jadvalida: 
-
qishloq joylarida - 6-8 nafar yolg‗iz fuqaroga 1 ta lavozim; 
-
shahar joylarida - 8-10 nafar yolg‗iz fuqaroga 1 ta lavozim hisobida 
belgilanadi. 
Ijtimoiy xodimlarning shtatdagi soni ushbu me‘yorlarga muvofiq 
tuman(shahar)da ijtimoiy yordam ko‗rsatish xizmati tomonidan ro‗yxatga olingan 
va xizmat ko‗rsatiladigan yolg‗iz fuqarolar sonidan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. 
Ijtimoiy xodimlar maxsus xo‗jalik sumkalari (bir yilga bitta sumka), xalat 
(bir yilga bitta xalat) hamda xonalarni tozalash uchun inventar bilan ta‘minlanadi. 
Ijtimoiy xodimlarning lavozim-maoshlari ijtimoiy ta‘minot xodimlari uchun 
o‗rnatilgan tartibda tasdiqlangan mehnatga haq to‗lash tarif setkasiga muvofiq 


265 
belgilanadi.Ijtimoiy xodimlarga yo‗l haqi uchun kompensatsiya to‗lovlari 
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda joriy qilinadi. 
Ijtimoiy yordam ko‗rsatish xizmatining ta‘minot xarajatlari o‗rnatilgan 
tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Qoraqalpog‗iston Respublikasi 
va mahalliy byudjet mablag‗lari hisobidan ijtimoiy ta‘minotga ajratilgan 
mablag‗lar doirasida amalga oshiriladi.Smeta xarajatlarida ijtimoiy yordam 
ko‗rsatish xizmati faoliyatini amalga oshirish uchun ish haqi va unga 
tenglashtirilgan to‗lovlar, kantselyariya jihozlari va boshqa inventarlarga bo‗lgan 
ish beruvchilarning ajratmalari hamda o‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz 
pensionerlar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda eng zarur 
mollarni xarid qilish bilan bog‗liq xarajatlar ko‗zda tutiladi. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish