Belgilangan standartlar bilan erishilgan natijalarni solishtirish. Bu bosqichda menejer erishilgan natijalar uning kutishlari bilan qanchalik mos kelishini aniqlashi kerak. Bunda standart va xaqiqiy natijalar orasidagi farq, natijalar, axborot almashinuvi aniqlanadi.
Standartdan og’ish chegarasi. Nazoratning yaxshi standartlar tizimini ifodalovchi xususiyatlaridan biri bu xaqiqatga yaqin maqsadlarni tanlashdan iborat. Standartdan og’ish chegarasi yuqori raxbariyat tomonidan belgilanadi. Nazoratning iqtisodiy samarasini oshirishning yo’llaridan biri bu tanlash prinsipiga asosan boshqarish uslubini qo’llashdir. Bunda natijalar standartdan sezilarli oshsa, faqatgina shunda nazorat tizimi ishlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |