Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


sifatida iqtisodiy alohidalashuv



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/41
Sana07.12.2019
Hajmi1,81 Mb.
#28806
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi 3e87e-разблокирован


sifatida iqtisodiy alohidalashuv almashuvning tovar almashuviga aylanishiga olib keladi. 
 Mahsulotni erkin, o’z bilganicha ayirboshlash uchun yaratilgan mahsulotning egasi 
bo’lishi kerak, chunki o’zganing mulkini ayirboshlab bo’lmaydi. Turli mulk egalari o’rtasidagi 
ayirboshlash tovar ayirboshlash bo’ladi. Iqtisodiy alohidalashuv xususiy, guru- 
hiy, jamoa, korporativ mulk doirasida bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarish rivojlanib borgan sari 
tovar ishlab chiqarish umumiy xarakterga ega bo’ladi.  

 
 
 Ikkala shart bir-biriga zid bo’lib, mehnat taqsimoti va uning chuqurlashuvi odamlarni bir-
biriga bog’liqligini, aloqalarini kuchaytirsa, xususiy mulkka asoslangan iqtisodiy alohidalashuv 
esa aksincha ularni bir-biridan ajratadi. Bunday sharoitda kishilar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar 
ayirboshlash, bozor orqali yuz beradi. Ayirboshlash orqali uning ishchtirokchilarini har biri o’z 
ehtiyojini qondirish va ishlab chiqarish faoliyatini davom ettirish imkoniga ega bo’ladi. Bozor 
iqtisodiyoti aynan tovar ishlab chiqarish vujudga kelishi bilan shakllana boshlagan. Tovar ishlab 
chiqarish rivojlanishi bilan bozor infrastrukturasi tarkib topib, u butun iqtisodiyot rivojida katta 
rol o’ynaydi. 
 Tovar xo’jaligi dastlab oddiy tovar xo’jaligi shaklida, so’ngra kapitalistik tovar xo’jaligi 
shaklida amal qilgan bo’lsa, aralash iqtisodiyot sharoitida tovar xo’jaligi o’ziga xos xususiyatlari 
bilan XVI—XIX asr kapitalistik tovar xo’jaligidan tubdan farq qiladi. 
 Oddiy tovar xo’jaligida ishlab chiqaruvchining o’zi ishlab chiqarish vositalarining egasi 
bo’lgan. Asosiy maqsad oila ehtiyojini qondirish edi. Bu davrda ishlab chiqarish tarqoq, mayda 
tovar ishlab chiqaruvchilardan iborat anarxik xarakterga ega bo’lib, erkin raqobatga asoslangan. 
Oddiy tovar xo’jaligi tabaqalanishining kuchayishi oqibatida kapitalistik tovar ishlab 
chiqarish  vujudga keladi. Bunda individual xususiy mulk asosiy o’ringa chiqadi. Kapitalistik 
tovar xo’jaligida mulk egasi bilan bevosita ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarish vositalari egalari 
va ulardan mahrum bo’lgan yollanma ishchilarga ajraladi. Ishlab chiqarishdan asosiy maqsad 
foyda olish bo’lib, ishlab chiqarish nihoyat yiriklashadi. Bunda qo’l mehnatining mashinalar 
zimmasiga yuklanishi (fan-texnika inqilobi oqibatida) muhim rol o’ynaydi. 
 XIX asr oxiri — XX asr boshlaridan individual, yakka kapitalistik xususiy mulk 
mavqeini yo’qotib, borgan sari korporativ xususiy mulk va mulkchilikning boshqa shakllari keng 
tarqalishi bilan xo’jalik yuritish shakllari, daromad taqsimoti ham o’zgarib boradi. 
 Ma’muriy-buyruqbozlikka, markaziy rejalashtirishga asoslangan xo’jalik. Ijtimoiy 
xo’jalik yuritishning alohida shakli ma’muriy-buyruqbozlik, markazlashgan rejalashtirishga 
asoslangan iqtisodiyotdir. Bu xo’jalik yuritish shaklida ham tovar ishlab chiqarish mavjud bo’lib, 
u haddan tashqari deformatsiyalashgan. Sababi, yagona iqtisodiy markazning buyrug’i va 
topshiriqlarini bajarish shart bo’lgan. Reja direktiv xarakterga ega bo’lib, qonun vazifasini 
o’tagan. Markaz bevosita ijro etuvchilardan uni to’la bajarishni talab etgan. Bunday markaz 
davlat bo’lib, u davlat reja qo’mitasi hamda partiya tashkilotlari orqali amalga oshirilgan. Nima 
ishlab chiqarish, qanday, kim uchun ishlab chiqarish markazlashgan tarzda rejalashtirilgan. 
Resurslar fondlashtirish uslubi bo’yicha taqsimlanib, ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar 
reja asosida bog’langan. Narx markazlashgan tarzda davlat narx qo’mitasi tomonidan 
belgilangan. 
 Ma’muriy-buyruqbozlik, markaziy rejalashtirish iqtisodiy xo’jalik yuritishning shunday 
shakliki, unda ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi sharoitida iqtisodiy strukturada 
ishlab chiqaruvchilarning ixtisoslashuvi butun xo’jalik miqyosida yagona organizm sifatida 
markazdan qattiq tartibga solib boshqariladi. 
 Tarixiy tajriba bunday xo’jalik yuritishning salbiy jihatlari afzalliklariga nisbatan ko’proq 
bo’lib, ma’lum bosqichda ishlab chiqarish rivojlanishini cheklashni ko’rsatdi. Shuning uchun 
ham jamiyat bunday xo’jalik yuritish shaklidan voz kechdi. 
 

 
 
2-§. Tovar va uning xususiyatlari haqidagi nazariyalar 
 
 Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotdir. Shuning uchun ham 
bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi tovar bo’lib, uning tarixiy va mantiqiy 
o’tmishdoshi umumiy tarzda «ne’mat» deb ataladi. 
 Ne’matlar nihoyatda xilma-xil. Ularni turli jihatlariga ko’ra guruhlarga ajratish mumkin. 
 1. Ehtiyojlarni qondirishiga ko’ra: 
 
a) individual ehtiyojlarni qondiruvchi ne’matlar. Bularga 
 
iste’mol buyumlari va ishlab chiqarish vositalari kiradi. Bu tovarlarni asosan nodavlat sektori 
iste’mol qiladi; 
 b) ehtiyojlarni birgalikda qondiradigan ne’matlar. Bular kutubxona, muzeylar, meditsina 
xizmati, maktab, institut, saroylar, sport komplekslari va hokazolar; 
 v) ijtimoiy ne’matlar. Bular tovar bo’lmaydi, ularga jamoat xavfsizligini, aholi tinchligini 
saqlash, o’t o’chirish, milliy mu-dofaa va boshqalar kiradi. 
 2. Ne’matlarni serob yoki kamyobligiga ko’ra iqtisodiy va noiqtisodiy guruhlarga 
ajratiladi. 
 Iqtisodiy ne’matlar, bu iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq cheklangan ne’matlar bo’lsa, 
noiqtisodiy ne’matlar esa tabiat tomonidan cheklanmagan tarzda in’om etilgan. Noiqtisodiy 
ne’matlarni yaratish uchun hech qanday kuch sarflanmagan. Bu ne’matlar tabiatda erkin, 
insonning ma’lum bir ehtiyojini qondirish uchun etarli darajada (havo, suv, quyoshning 
yorug’ligi, issiqligi va hokazo shunga o’xshash) mavjud. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir 
bos-qichida iqtisodiy ne’matlar tovar shaklini oladi (2- bob). 
 Ma’lumki, tovar ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqaruvchilarning 
mulk egasi sifatida iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi tufayli vujudga kelgan. 
 Tovar deb insonning biron-bir ehtiyojini qondirib, ayirboshlash uchun ishlab 
chiqarilgan ne’matga aytiladi. 
 Ko’rinib turibdiki, tovar ikki xossaga ega: 
 a) biron-bir ehtiyojni qondirish; 
 b) ma’lum miqdordagi tovarni boshqa tovarga almashish    xossasi. 
 Tovarning insonning biron-bir ehtiyojini qondirish xossasi iste’mol qiymati deyiladi. 
Tovarning iste’mol qiymati uning naf keltirishida ifodalanadi.  
Naf deb, tovar va xizmatni 
iste’mol qilishdan olinadigan qoniqishga aytiladi. Masalan, sigareta foydali bo’lmasa ham 
iste’mol qilinadi, demak u chekadigan kishilarni iste’molini qondiradi. Naflilik shu tovarning 
naqadar zarurligi, sifati, kamyob yoki serobligi kabilarga bog’liq. 
 Xizmatlar iste’mol qiymati sifatida, asosan moddiy ko’rinishga ega emas. Shuning uchun 
bevosita jamg’arib bo’lmaydi, balki xizmat ko’rsatish jarayonida iste’mol qilinadi. 
Ayirboshlanganda turli xil iste’mol qiymatlari, ya’ni bir turdagi tovar, ikkinchi bir turdagi 
tovarga almashtiriladi. Almashtirish uchun ular miqdorini taqqoslash kerak. 
 Buyuk mutafakkir Aristotel (miloddan avvalgi 384—322- yillar) tenglik bo’lmasa, 
ayirboshlash mumkin emas, tenglik bo’lishi uchun esa taqqoslash mumkin bo’lishi kerak, deydi. 
Odatda, har xil tovarlar ayirboshlanadi, ularning o’lchov birliklari ham har xil. Masalan, mato, 
deraza, guruch almashtiriladi desak, biri metrda o’lchansa, ikkinchisi dona, uchinchisi 
kilogrammda o’lchanadi. Demak, miqdor jihatdan ularni bir-biriga tenglashtirib bo’lmaydi. U 
holda tovardagi nimani taqqoslash mumkin. Boshqacha aytganda, tovarning narxi qanday 
belgilanadi? Bu savolga iqtisodiy nazariya uzoq vaqt javob bera olmadi... 
 XVIII—XIX asrga kelib, uzoq kutilgan javob topildi. Bu tovarda mujassamlashgan 
qiymat bo’lib, uning birinchi ta’rifini siyosiy iqtisod klassiklari V. Petti, A. Smit, D. Rikkardo va 
boshqalar berishdi. Ularning fikricha, har qanday tovar qiymatining asosida unga sarflangan 
mehnat yotadi. Mehnatning o’lchovi esa ish vaqti. Bir xildagi tovar ishlab chiqarish uchun 
ishlovchi turlicha vaqt sarflaydi. Bu vaqt individual ish vaqti bo’lib, u individual qiymatni 
yaratadi. Individual ish vaqti ishlab chiqarish sharoiti, ishchilarning malakasi, tajribasiga ko’ra 
farqlanadi. Bozorda tovarlar individual ish vaqti sarfi bo’yicha emas, balki ijtimoiy zaruriy ish 

 
 
vaqti bo’yicha sotiladi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti deb o’rtacha mehnat unumdorligi va mehnat 
intensivligi sharoitida tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan vaqtga 
aytiladi. 
 Qiymat ijtimoiy munosabat sifatida faqat almashuv jarayonida yuzaga chiqadi va 
almashuv qiymatida namoyon bo’ladi. 
 Iqtisodiy nazariya ko’rsatadiki, qiymatning mehnat nazariyasi hamma savollarga javob 
beradigan benuqson nazariya emas ekan. Bu nazariyani sobiq Ittifoqda qo’llashga qilingan 
harakat narx belgilashning xarajatlar mexanizmi shakllanishiga olib keldi. Xarajatlarni 
ko’paytirish ishlab chiqaruvchilarga juda qo’l keladi. 
 Undan tashqari, amaliyotda bu nazariyani qo’llashda yana bir muammo sarflangan 
ijtimoiy zarur mehnatni aniq o’lchab bo’lmasligidir. 
 Bu erda yana bir savol tug’iladi, agar tovarning qiymati individual mehnat bilan 
o’lchanmasa, Van-Gog yoki Leonardo da Vinchining chizgan suratlari qiymati qanday 
o’lchanadi?  
 Agar tovarning qiymati mehnat xarajatlari bilan o’lchanadigan bo’lsa, uning sifati va 
miqdori qanday o’lchanadi? Mehnat oddiy malaka talab etmaydigan yoki murakkab, maxsus 
malaka talab qiladigan mehnat bo’lishi, og’ir jismoniy yoki aqliy mehnat bo’lishi mumkin.  
 Qiymat nazariyasining eng jiddiy kamchiliklaridan biri tovarning iste’mol qiymatiga 
ahamiyat bermaslikdir. Shuning uchun ham iqtisodiy nazariyaga aynan ana shu kamchilikni 
bartaraf etishga qaratilgan yangi nazariya kirib keldi.  
 Iqtisodiy nazariya tarixida «Avstriya maktabi» nomi bilan atalgan «me’yoriy naflilik» 
nazariyasi asoschilari ne’matlarning qiymati ularning naf keltirishiga qarab, xaridorning 
iqtisodiy psixologiyasi nuqtai nazaridan aniqlanadi, degan fikrni ilgari suradilar. 
 Ular naflilikni tovarning ob’ektiv xossasi bilan aralashtirmaslik kerak, naflilik bu 
xaridorning o’z ehtiyojini qondirish nuqtai nazaridan bergan individual sub’ektiv 
bahosidir deyishadi. 
 Qiymat nazariyasi bilan naflilik nazariyasining bosh maqsadi turli iste’mol qiymatlarini 
yoki naflilikni taqqoslash muammosini hal qilishdir. 
 Olma, tanbur, kostyumdan qay biri foydaliroq? Bir tomondan qarasangiz, bunday 
savolning o’zi tuturiqsiz, bema’nilikka o’xshaydi. Ammo har bir aniq holatdan kelib chiqadigan 
bo’lsak, bu savolda jon bor. Umumiy tarzda olsak, bu savolga javob berib bo’lmaydi. Bu 
me’yoriy naflilik nazariyasining xato ekanligini ko’rsatadigan ishonchli dalil. Lekin yuqoridagi 
savolga individual jihatdan yondashilsa, uni har bir kishi sub’ektiv tarzda echadi. Vitamin zarur 
kishi uchun olma, artist uchun tanbur, kostyumzarur kishi uchun esa boshqa narsalardan ko’ra 
kostyum afzal. Chunki, har bir odam birinchi galda eng zarur ehtiyojini qondirishga harakat 
qiladi. Har xil ehtiyojlar ichida eng zarur ehtiyojni qondirish uchun turli tovarlar ichidan eng 
kerakligini tanlab oladi. Demak, u yoki bu tovarni sotib olishni har bir odam sub’ektiv tarzda hal 
etadi. Undan tashqari, inson ehtiyojini qondirgan tovarni iste’mol qilishni davom ettirar ekan, 
uning ehtiyoji tobora to’yinib boradi, nafliligi esa kamayib boradi. Masalan, qorni och odam 
birinchi burda nonni katta ishtaha bilan eydi, keyingilarini egan sari to’yib, oxir-oqibat boshqa 
non egisi kelmay qoladi. Barcha eyilgan non miqdori to’yinish miqdorini ifodalaydi.  
 Shaxsiy iste’mol jarayonida yuz beradigan ana shu hodisani nemis iqtisodchisi German 
Gossen (1810—1858) tadqiq qilib, naflilikni pasayib borishi qonuni amal qilishini ko’rsatib 
beradi. U bu qonunni «Aynan bir mahsulot bilan ehtiyojlarni qondirishni uzluksiz davom 
ettirsak, borgan sari ehtiyoj to’laroq qondirilib, oxir-oqibat to’yinadi, lekin mahsulotning nafliligi 
esa pasayib boradi», deb ta’riflaydi. Ehtiyoj to’yingandan keyin ham iste’mol davom ettirilsa, u 
naf o’rniga zarar keltiradi. Demak, iste’mol qilishda qandaydir me’yor bo’lar ekan. Me’yoriy 
naflilik deb qo’shimcha iste’mol qilingan mahsulotdan qo’shimcha olinadigan nafga 
aytiladi. 
 
Ne’matning qiymatini ana shu me’yoriy naflilik belgilaydi. «Avstriya maktabi» 
asoschilari naflilikni pasayishi qonuniga umumiy tus berishga harakat qilishgan. F. Vizer bu 
qonun «hamma narsaga, ochlikdan tortib muhabbatgacha» tegishli deb ko’rsatadi. 

 
 
 Bu qonunga binoan ehtiyojlar qondirilishiga qarab to’yinish darajasi o’sadi, naflilik esa 
pasayadi, ya’ni ehtiyojni qondiruvchi ne’matning har bir yangi birligi avvalgisiga qaraganda 
kamroq naf keltiradi. Ana shu ne’matning zaxirasi talabni qondirishning chegarasi bo’ladi. 
Zaxiraning o’zgarishiga qarab chegara ham o’zgaradi. Me’yoriy naflilikni E. Bem-Baverk, K. 
Menger keltirgan misol bilan quyidagicha tushuntiradi: tarkidunyo qilgan, o’rmonda yashovchi 
zohidning 5 qop doni bor. Uning birinchi qopi o’z iste’moli uchun, ikkinchi qop zaxira, 
uchinchisi parrandalar boqish uchun, to’rtinchisi pivo tayyorlash uchun, beshinchisi ermakka 
boqilayotgan to’tiqush uchun mo’ljallangan. 
 Agar u qoplardan birini yo’qotsa, birinchi navbatda to’tiqush boqishdan voz kechadi. 
Chunki, u ehtiyojlarni qondirish zarurligi nuqtai nazaridan qaralsa, eng oxirida turibdi. Donning 
qiymati aynan ana shu beshinchi qopning qadri bilan o’lchanadi. 
 Ana shu eng oxirgi ehtiyojni qondiradigan naflilik me’yoriy naflilik bo’ladi. Ehtiyoj 
o’zgarmagani holda zaxira ko’paysa, me’yoriy naflilik kamayadi, aksincha bo’lsa, naflilik 
ko’tariladi. Shunga muvofiq ravishda narx ham o’zgaradi. Shunday qilib, har bir ne’matning 
qadr-qimmati: a) ehtiyojni qondirishning zarurlik darajasiga; b) shu ne’matning to’kinlik 
darajasiga bog’liq. 
 Har xil ehtiyojlar va ularni qondirishning to’yinish darajasi insonning farovon turmush 
kechirishini ta’minlashda har xil rol o’ynaydi. Ehtiyojlar to’yingan sari nafliligi kamayib boradi. 
 
Narxni me’yoriy naflilik asosida tushuntirish hayotdagi ko’pgina jumboqlar, 
paradokslarni echib beradi. Ko’pincha misol tariqasida mashhur «Smit paradoksi» yodga 
tushiriladi. Nima sababdan inson uchun zarur suv shunchalik arzon, olmos esa undan keladigan 
naf kam bo’lishiga qaramay qimmat turadi? Bu savolga A. Smit quyidagicha javob beradi: 
Ko’pincha katta iste’mol qiymatiga ega narsalar uncha ko’p bo’lmagan almashuv qiymatiga, 
hattoki hech qanday almashuv qiymatiga ega bo’lmasligi mumkin. Suvdan foydaliroq narsa 
yo’q, lekin unga deyarli hech narsa almashib bo’lmaydi. Aksincha, olmos deyarli hech qanday 
iste’mol qiymatiga ega emas, lekin unga juda ko’p miqdorda boshqa tovarlarni olish mumkin. 
 Xuddi shu savolga me’yoriy naflilik nazariyasining asoschilaridan K. Menger shunday 
javob beradi: Brilliant va oltin shunday kamyobki, birinchisini barchasini yig’ishtirsa bir 
yashikka, ikkinchisini esa bir xonaga joylashtirsa bo’lar edi. Aksincha, ichimlik suv Erda 
shunday katta miqdorda mavjudki, uning hammasini sig’diradigan rezervuarni ko’z o’ngimizga 
keltirish qiyin. 
 Mohiyati jihatdan xarakterli ikki misol bir-biriga yaqin, deyarli bir xil bo’lsa ham, uning 
sababini izohlash printsipial jihatdan farq qiladi. Adam Smit fikricha, brilliant bilan suv 
qiymatining notengligi ularni olish uchun zarur bo’lgan mehnat xarajatlarining farqida bo’lsa, K. 
Menger fikricha, ularning Er yuzidagi zaxirasining turlichaligida: birining serobligi, 
ikkinchisining kamyobligida. Kundalik hayotda ham qadr-qimmat tushunchasi, odatda 
cheklangan kamyob ne’matlarga nisbatan qo’llaniladi. Shuning uchun ham «xalqimizdagi 
«oldingdan oqqan suvning qadri yo’q» naqli ham naflilik nazariyasi mohiyatini ifodalaydi. 
 Naflilik nazariyasi iste’mol qiymatiga ahamiyat berib, qiymat nazariyasi izohlab bera 
olmagan savollarga javob bergan bo’lsa ham, ayirboshlashdagi nisbatni to’la tushuntirib bera 
olmadi. Chunki, birinchidan, sub’ektiv naflilik tarzida qandaydir miqdorni ko’rsata olmaydi, 
sababi uni o’lchash uchun ob’ektiv birlik yo’q. Nazariyada qo’llanilgan me’yoriy naflilikni 
ko’rsatuvchi miqdoriy belgilar real mazmundan yiroq, ixtiyoriy xarakterga ega. Natijada juda 
ko’p marta naflilik va uning me’yoriy miqdorini o’lchash uchun ko’p marta behuda urinishlar 
qilindi. 
 Ikkinchidan, naflilikning pasayib borish qonuni universal emas, u odatda eng cheklangan, 
birinchi navbatda, zarur kundalik ehtiyojlar doirasidagi tovarlarga tegishli bo’lib (oziq-ovqat,  
kiyim-bosh, turar joy), har bir inson uchun individual bo’lib, ma’lum bir to’yinish chegarasi 
mavjud. Lekin bu qonunni tovarlarning asosiy massasi, ko’plab nooziq-ovqat mahsulotlari, 
ayniqsa ishlab chiqarish vositalariga nisbatan qo’llab bo’lmaydi. 
 Uchinchidan, K. Menger naflilikning pasayib borishini ko’rsatish, aniq biron-bir tovarni 
nafliligini taqqoslashda mavjud narxlar va iste’molchilarning daromadlaridan kelib chiqib tahlil 

 
 
qiladi. Demak, sub’ektiv baholashning o’zi (me’yoriy foydalilik, naflilik ko’rinishida) narx 
darajasi va daromad miqdori bilan bog’liq ekan. U holda mantiqan noto’g’ri fikr vujudga keladi, 
tovarlar narxini sub’ektiv baholash kelib chiqadi, sub’ektiv baholash esa narxlarga bog’liq. 
 To’rtinchidan «Avstriya maktabi» asoschilari tovar nafliligini sub’ektiv baholashdan 
qanday qilib real bozor narxlariga o’tiladi degan savolga javob berolmaydi. Chunki, har bir 
kishining shaxsiy, sub’ektiv his-tuyg’usini ob’ektiv qiymat va pul birliklari bilan o’lchab, 
taqqoslab bo’lmaydi. 
 Naflilikni ko’rsatuvchi yagona o’lchov topishga harakat qilindi. Naflilikning o’lchov 
birligini yutil (inglizcha utility — naflilik) deb ataldi. Lekin uni ob’ektiv miqdor o’lchovi sifatida 
qo’llab bo’lmaydi. Chunki naflilik har bir kishi uchun qat’iy individual tarzda belgilanadi. U 
butun insoniyat uchun umumiy bo’lishi mumkin emas. Uning yordamida turli-tuman ne’matlarni 
o’lchab bo’lmaydi. Aytaylik, basseyn bilan musiqa, non yoki avtomobilni yutil buyicha hisoblab 
taqqoslab bo’ladimi? Albatta, yo’q. 
 Nobel mukofoti laureati P. Samuelson va professor V. Nordxaus bu haqda shunday 
deyishadi. Naflilik — bu mahsulotni iste’mol qilishdan olingan sub’ektiv qonunni ifodalovchi 
abstraktsiya. Naflilikni o’lchab bo’lmaydi. U faqat tahliliy konstruktsiyaning mohiyatini 
ko’rsatuvchi iste’molchilarni o’zlarining cheklangan daromadlarini naf keltiradigan tovarlar 
o’rtasida ratsional taqsimlashlarini tushuntirishga mo’ljallangan sxema, xolos. 
 Xullas, bozorda tovarlarni ayirboshlash mohiyatini har ikki nazariya ham to’la tushuntirib 
bera olmaydi. 
 Bir-biriga qarama-qarshi turgan har ikki nazariyadan biri asosiy e’tiborni sarflangan 
mehnat xarajatlariga qaratsa, ikkinchisi uni naf keltirishiga qaratadi. Buning natijasida har ikki 
nazariya ham tovarning almashtirish miqdori, ya’ni narxining kelib chiqishini tushuntirib bera 
olmaydi. 
 Aynan shu vazifani mashhur iqtisodchi A. Marshall bajardi. U har ikki nazariya bir-birini 
to’ldira olishi mumkinligini ko’ra bildi. U har ikki nazariyani sintez qildi. Marshalldan boshlab 
qiymat va narxning monistik nazariyasidan chekina boshlandi. Monizm printsipi bu qiymatning 
yagona manbaini, narxning yagona asosini, jamiyat daromadlarining yagona manbaini topishga 
qaratilgan. Bunday manba sifatida qiymatning mehnat nazariyasida mehnat va faqat mehnat 
ko’rsatilsa, «Avstriya maktabi» nazariyotchilari yagona manba sifatida me’yoriy naflilikni 
ko’rsatishgan. Marshall nazariyasida esa qiymat va narxni aniqlash bozor kuchlari o’zaro ta’siri, 
talab (me’yoriy naflilik) hamda taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlarining o’zaro ta’siri) 
asosida shakllanishini ko’rsatib bergan. 
 
Ishlab chiqarish xarajatlari me’yoriy mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan 
me’yoriy xarajatlar bilan o’lchanadi (VIII bob). Me’yoriy xarajatlar esa ishlab chiqarish 
omillarining me’yoriy unumdorligi bilan bog’liq. Bunda faqat mehnat emas, boshqa ishlab 
chiqarish omillarini ham hisobga olish zarur. Chunki u yoki bu iste’mol qiymati yaratilar ekan
uning uchun faqat mehnat emas, balki boshqa omillar, boshqacha aytganda resurslar ham zarur. 
 Shunday qilib, tovar insonning biror-bir ehtiyojini qondiradi. Uni ishlab chiqarish uchun 
iqtisodiy resurslar sarflanadi hamda ayirboshlanadi. Tovarning ana shu sifatlari uning nafliligi 
(ehtiyoj qondirishi), kamyobligi (ishlab chiqarish uchun resurs-larning cheklanganligi), resurslar 
sig’imi (bir birlik tovar ish-lab chiqarish uchun sarflangan resurslar miqdori)da namoyon bo’ladi 
va bir-biridan farqlanadi.  
 

 
 
3-§. Pul va pul haqidagi nazariyalar. Hozirgi zamon pulining tabiati. 
 
Ma’lumki, pul doimo iqtisodchilarning diqqat markazida bo’lgan. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida pul muomolasiga ahamiyat yanada kuchaydi. (Hozirgi paytda o’zbek tilida 
ishlatilayotgan pul
1
 so’zi asli forscha-tojikcha bo’lib, O’rta Osiyo xondiklari, Yaqin Sharqdagi 
ayrim davlatlarda qo’llanilgan naqd chaqa pul. Masalan, XVIII, XIX asrda Qo’qon xonligida 
1/45, - 1/30 tangaga teng bo’lgan. Eronda 1/40 qironga, Afg’onistonda 1932 yilgacha 1/100 
afg’onga teng bo’lgan. Fikrimizcha, oltin tangalar o’rnida qog’ozning ishlatilishi uning qadri 
past, ya’ni oltin tanga bo’la olmasligini ta’kidlab, muomalada umumiy nom pul deb atala 
boshlagan bo’lishi kerak. Umumiy nom ham taraqqiyotning ma’lum bir yuqori bosqichida paydo 
bo’ladi.)  
Pulning kelib chiqishi, tabiatiga nazariy jihatdan ikki xil: ratsionalistik va evolyutsion 
yondashuv mavjud.  
Ratsionalistik yondashuv asoschilari pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasida kelishuv 
tufayli yuz bergan deb tushuntirishadi. Bu yondashuv XVIII asr oxirlarigacha hukm surgan. Bu 
sub’ektiv psixologik yondashuv hozirgi paytda ham ayrim iqtisodchilar tomonidan qo’lla-
quvvatlanadi.  
Evolyutsion yondashuvda esa pul jamiyatning ijtimoiy – iktisodiy taraqqiyoti mahsuli deb 
qaraladi. Pul ob’ektiv zaruriyat tufayli turli-tuman tovarlar ichidan barcha tovarlarga 
ayirboshlanadigan maxsus tovar sifatida ajralib chiqqan.  
Pulning kelib chiqishi haqidagi har ikki yondashuvga xos nazariyalarni to’rt guruhga 
bo’lish mumkin.  
 1. Metallik pul nazariyasi. Bu nazariyaga ko’ra qimmatbaho metallar oltin va kumush 
o’z tabiatiga ko’ra pul. Bu nazariyada pul va qimmatbaho metallar aynan bir xil narsa deb 
qaraladi.  
 2. Nominalistik pul nazariyasida pul shartli belgi, nominal hisob-kitob birligi, uning 
xarid quvvati davlat tomonidan qonunlashtiriladi.  
Bu nazariyaning ayrim namoyondalari pul oldi-sotdini tartibga solish uchun davlat 
tomonidan ijod qilingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu nazariya metallik nazariyasiga qarama-
qarshi nazariya bo’lib, pulni oltin bilan aloqasini uzadi, pulga tovar sifatida qarash rad etiladi.  
 3. Pulning mehnat nazariyasiga ko’ra pul ichki qimmatga ega maxsus tovar. Uning 
qiymati umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi maxsus tovar – oltin, kumushni qidirib topish, 
qazib chiqarish va undan tangalar tayyorlash uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan 
o’lchanadi.  
 4. Pulning miqdoriylik nazariyasida pul ichki qadr-qimmatga ega emas. Pulning 
qimmati muomaladagi pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikr ilgari suriladi. Pulninng oltin 
asosi bekor qilingan.  
Hozirgi paytda pul haqidagi nazariyalar ichida miqdoriylik nazariyasi eng obro’li 
nazariya hisoblanadi. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori muammosi kapitalizm 
rivojlanishining boshlanish davriga borib taqaladi.  
«Yangi dunyo» Amerika qit’asi kashf etilgach, u erlardan Evropaga qimmatbaho 
metallarni oqib kelishi (1503-1560 yillar davomida Ispaniyaga 120 tonna oltin, 574 tonna 
kumush olib kelindi) tovarlar narxini 2,5-4 martagacha oshib ketishiga olib keldi. Ana shundan 
so’ng iqtisodchilar muomaladagi pul miqdorini o’rganishga diqqat-e’tiborlariini qaratdilar. 
 Miqdoriylik nazariyasining asoschisi bo’lib, frantsuz iqtisodchisi J. Boden (1530-1596) 
hisoblanadi. 
 18 asrda pulning miqdoriylik nazariyasini Angliyada – D. Yum va J. Mil, Frantsiyada Sh. 
Monteskelar rivojlantirishdi. Pulning miqdoriylik nazariyasi XX asrda keng yoyildi, 
iqtisodchilarning diqqat-e’tibori qaratiladi. Bunga sabab pul muomalasi muammolari va qog’oz 
pullarning xarid qobiliyatini pasayib ketishi bo’ldi. 
                                                 
1
 Pul forscha-tojikcha ko’prik degan ma’noda ishlatiladi, u ayirboshlashga xizmat qiluvchi ko’prik vazifasini o’taydi 
degan fikrlar ham yo’q emas. 

 
 
 Pulning miqdoriylik nazariyasining g’oyasi oddiy: muomalada mavjud pul 
Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish