Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


 Bank aktivlarining sifat darajasi va ularning diversifikatsiyasi



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   156
Bog'liq
bank ishi

3. Bank aktivlarining sifat darajasi va ularning diversifikatsiyasi.  
 
O‘zbekistan  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  1998  yil  9  noyabrda 
tasdiklangan  242-sonli  «Aktivlar  sifatini  tasniflash,  mumkin  bulgan  yukotishlar  buyiicha 
tijorat banklari tomonidan  rezervlar tashkil kilish va undan foydalanish koidasiga asosan, 
tijorat  banklari  tomonidan  beriladigan  kreditlar  yukorida  keltirilgan  mezonlar  buyicha 
«yaxshi»,  «standart»,  «substandart»,  «shubxali»,  «umidsiz»      kreditlarga  tasniflanadi. 
Aktivlarni boshqarishning asosiy maqsadi tavakkal qilishning eng pats darajasi sharoitida 
daromad  foiz  tushumlari  va  xarajatlar  orasidagi  farqni  mumkin  kadar  oshirish  yoki  uni 
juda  bo‘lmaganda  barqaror  darajada  saqlab  turishdan  iborat  ekanligi  malum.  Hozirgi 
kunda  O‘zbekiston  Respublikasining  «
O‘zbekiston  Respublikasining  Markaziy  banki 
to‘g‘risida
»gi,  «
Banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risida
»gi,  «
Buxgalteriya  hisobi 
to‘g‘risida
»gi  qonunlari  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2015  yil  6  maydagi 
PQ–2344-son  «Tijorat  banklarining  moliyaviy  barqarorligini  yanada  oshirish  va  ularning 
resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
qaroriga 
muvofiq yangi nizom 
ishlab  chiqilgan.  “Tijorat  banklarida  aktivlar  sifatini  tasniflash  va  aktivlar  bo‘yicha 


189 
 
ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish 
tartibito‘g‘risidagi” Nizom 2015  yil 14 iyuldan kuchga kirgan.  
 Ushbu tartibda asosan quyidagilar ko‘rib chiqilgan jumladan: 
1. umumiy qoidalar; 
2. aktivlarni tasniflash tizimi; 
3. ta’minotga qo‘yilgan talablar; 
4. Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar sifatini tasniflash
5. ehtimoliy yo‘qotishlarga doir zaxirani shakllantirish tartibi; 
6. Investitsiya portfelining sifatini tasniflash 
7. Tijorat banki aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga doir zaxirani 
shakllantirish 
8. Majburiy zaxiralar depozitlariga mablag‘ o‘tkazish 
9. Zaxiralardan foydalanish 
YAngi  tartibni  oldingisidan  asosiy  farqlari  bunda  iqtisodiy  terminlarga  oydinlik 
kiritildi,  zaxira  yaratish  qoidalari  mustahkamlandi,  kreditlarni  tasniflashdan  aktivlarni 
tasniflashga  o‘tildi,  ta’minotga  qo‘yilgan  talablar  kiritildi,  restrukturizatsiya  qilingan 
kreditlarni  tasniflashning  o‘ziga  xos  jihatlari  inobatga  olinib,  ularni  tasniflash  tizimi 
ko‘rsatildi, mezonlari aniqlashtirildi. 
Ilk marta quyidagi tushunchalardan foydalanildi hamda ta’riflari keltirildi: 
aktivlar  —  kredit,  overdraft,  lizing,  faktoring,  qimmatli  qog‘ozlar,  investitsiyalar, 
boshqa banklardagi mablag‘lar, bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida sotilgan mulklar, balansdan 
tashqari  moddalar  (chaqirib  olinmaydigan  kredit  majburiyatlari,  foydalanilmagan  kredit 
liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda moliyalash bilan bog‘liq barcha boshqa talablar. 
muammoli aktivlar — sifati «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» deb tasniflangan 
aktivlar; 
maxsus zaxiralar — sifati «substandart», «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» deb 
tasniflangan aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplashga mo‘ljallangan majburiy 
zaxiralar; 
standart  aktivlarga  yaratiladigan  zaxiralar  —  tijorat  banki  faoliyati  davomida 
umuman yoki biror-bir faoliyat turi natijasida ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash maqsadida 
tashkil qilinadigan zaxiralar; 
shartlari  qayta  ko‘rib  chiqilgan  aktivlar  —  shartnoma  va  (yoki)  unga  qo‘shimcha 
kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan aktivlar; 
tijorat  banki  aktivlari  bo‘yicha  ehtimoliy  yo‘qotishlarni  qoplash  uchun  majburiy 
zaxiralar  depozitlari  (bundan  buyon  matnda  majburiy  zaxiralar  depozitlari  deb  yuritiladi) 
—  aktivlar  bo‘yicha  ehtimoliy  yo‘qotishlarni  qoplash  uchun  tijorat  banklarining 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi (bundan buyon matnda Markaziy bank deb 
yuritiladi) majburiy zaxiralar depozitlari
ta’minlanmagan  aktivlar  — ta’minotsiz  berilgan  yoki ta’minoti  belgilangan  tartibda 
rasmiylashtirilmagan  aktivlar.  Bunday  aktivlar  mustahkam  tushumga  ega  bo‘lgan 
qarzdorga uning yaxshi kredit tarixi asosida berilishi mumkin. 
Tijorat  banklarining  hisobotlari  ularning  aktivlari  sifatining  haqiqiy  holatini  aks 
ettirishi lozim. 


190 
 
Hisobotlarning  haqqoniy  bo‘lmasligi  tijorat  banki  omonatchilari,  kreditorlari  va 
aksiyadorlari, shuningdek Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlarni chalg‘itishga 
va  yanglishtirishga  urinish  deb  baholanadi  hamda  xavfsiz  bo‘lmagan,  nosog‘lom  bank 
amaliyoti deb hisoblanadi. 
Daromad  keltirmaydigan  aktivlarning  ulushi  jami  aktivlarning  etmish  foizidan  ortiq 
bo‘lishi  bank  kredit  siyosati,  kreditlar  ajratish  va  ularni  boshqarish  jarayonining 
bo‘shligini bildiruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi. 
2011-2015 yillarda respublika bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini 
oshirish  va  yuqori  xalqaro  reyting  ko‘rsatkichlariga  erishish  bo‘yicha  chora-tadbirlar 
majmuasining tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan kredit portfellarini yanada o‘sishini 
va  sifatini  yaxshilashni  ta’minlash,  tavakkalchilikni  baholash  tizimini  takomillashtirish 
maqsadida  bank  tavakkalchiliklarini  boshqarishda  chuqur  omilli  tahlilni  amalga 
oshirishning  aniq  mexanizmini  joriy  qilish,  zaxiralarni  shakllantirish,  kredit  portfelini 
diversifikatsiyalashlarni  ko‘zda  tutgan  holda  banklar  aktivlari  sifati  monitoringini 
takomillashtirish,    shuningdek  muammoli  qarzdorlik  paydo  bo‘lishiga  yo‘l  qo‘ymaslik 
yuzasidan ogohlantiruvchi choralar qabul qilish belgilangan edi.  
№ 
Aktivlarning sifati 
Zaxiralar 

Standart 
1% 

Substandart 
10% 

Қониқарсиз 
25% 

SHubxali  
50% 

Umidsiz 
100% 
 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish