2-rasm. Aktivlarni taqsimlash modeli yordamidaaktiv va passivlarni
boshqarish.
Mazkur metodga muvofiq bankning jalb qilingan yoki o‘z resurslari bo‘limidan
qat’iy nazar barcha resurslar aktiv operatsiyalarga mudatti va summasiga muvofiq
joylashtiriladi. Taqsimlangan manbalar metodi fondlar manbalarini bo‘linishga
204
asoslanadi.
Bu
metodni
qo‘llashda aktivlarni ishlatishning belgilangan
yo‘nalishlari belgilangan manbalar bilan bog‘lanadi va bunda ularning mos holda
likvidlilik va foydaliligi hisobga olinadi.
Aktiv va passivlarni boshqarish texnikasining taraqqiyoti, bir vaqtning o‘zida
risklarning ortishi va fondlarni o‘zgaruvchanligi manbalarning bo‘linganligi
metodikasini ustun qilib qo‘yadi. Masalan, agar bank fondlari asosan qisqa
muddatli, doimiy bo‘lmagan majburiyatlardan iborat bo‘lsa, demak mablag‘larning
asosiy qismi qisqa muddatli kreditlar va qimmatli qog‘ozlarga joylashtirilishi kerak.
Aksincha bank o‘z fondlarini uzoq, muddatli manbalar hisobiga shakllantirgan
bo‘lsa, ma’lum bir risk bilan manbalarni uzoq muddatli kreditlarga joylashtirish
yoki loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirishi mumkin.
Tijorat banklarida aktiv va passivlarni mos hajmda va muddatda mutanosibligi
tamoyili mavjud. Buning nazariy asosi bankning «oltin qonuniyat»ida o‘z aksini
topgan. «Bankning aktivlari uning majburiyatlari bilan muddatda va miqdor
jihatdan moc bo‘lishi kerak». Amalda bank aktivlari va passivlari tarkibi mos holda
xajmi va muddat mutanosibligi to‘la ta’minlanmaydi. CHunki yuz berayotgan
moliya va kredit jarayonlari, iqtisodiy kon’yunkturasi bunga to‘sqinlik qiladi.
Aynan «oltin qonuniyat» sof holda takrorlanmasada bu qoidaga intilish va maqsad
qilib strategiya ishlab chiqish likvidlilik va to‘lovga qobiliyatlilik muammolarini
samarali hal qilishga yordam beradi. SHunday qilib aktiv va passiv operatsiyalar
tarkibini tahlili yordamida kerakli likvidlilik mavqeiga erishish mumkin.
Foydalilikni oshirish uchun aktiv va operatsiyalar daromadligiga erishish va
passivlar bo‘yicha xarajatlarni minimallashtirish hamda likvidlilik va to‘lovga
qobiliyatlilikni optimal nuqtada bank boshqarishning kaliti hisoblanadi.
Bankni samarali boshqarilishi aktiv va passivlarni boshqarish strategiyasini
to‘g‘ri belgilanishiga bog‘liq. Hozirgi vaqtda bir qancha banklar aktiv va
passivlarni boshqarish strategiyasi maxsus qo‘mitalar xulosalariga ko‘ra ishlab
chikadilar (masalan, aktiv va passivlarni boshqarish qo‘mitasi). Bunday
qo‘mitalarning foizlarni o‘zgarish riski strategiyasi ishlab chiqishini belgilaydi,
balki qisqa va uzoq muddatli rejalashtirish, nolikvidlilik riskidan himoyalash
choralarini ishlab chiqish, berilayotgan kreditlar sifatini nazorat qilish, resurslarpi
jalb qilish xarajatlarini optimalashtirish bilan ham shug‘ullanadi. Aktiv va
passivlarni boshqarish qo‘mitasi faoliyati aktiv va passivlarni boshqarish
strukturasiga asoslanadi.
Tijorat banklarining passivlarini boshqarishda, xalqaro bank amaliyotida, «Bank
passivlarini boshqarish» nazariyasidan keng foydalaniladi. Mazkur nazariyada asosiy
e’tibor tijorat banklarining depozit bazasini yaxshilashga qaratiladi. Tijorat banklarining
depozit bazasi o‘zining tarkibiga transaksion depozitlarni, muddatli depozitlarni va
jamg‘arma depozitlarini oladi. Tijorat banklari depozit bazasining sifatini tavsiflovchi
muhim ko‘rsatkichlardan biri transaksion depozitlarning salmog‘i ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Ushbu ko‘rsatkichni hisoblash uchun transaksion depozitlarning so‘mmasi depozitlarning
umumiy so‘mmasiga bo‘linadi va olingan natija 100 foizga ko‘paytiriladi. Jahon Tiklash
va Taraqqiyot banki ekspertlarining fikriga ko‘ra, bu ko‘rsatkichning maksimal darajasi 30
205
foizni tashkil etishi lozim. Agar bu ko‘rsatkichning natijasi 30 foizdan oshsa, u holda
bankning resurs bazasining holati yomonlashayotgan hisoblanadi.
Passivlarni boshqarish strategiyasi yuqori sinfli qarzlarga bo‘lgan talabni qoniqtirish
va resurs talablarini bajarish uchun boshqa moliya muassasalaridan fondlarni sotib
olishdan iboratdir. Bank buning uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni turli usullar bilan
topishi mumkin, jumladan:
mahalliy yoki xorijiy fond bozorlaridan qarz olish yo‘li bilan;
mijozlarga qo‘ldan-qo‘lga o‘tib yuruvchi depozit sertifikatlarini sotish yo‘li bilan;
mintaqaviy davlat zaxira bankidan qarz olish yo‘li bilan;
vaqtincha ortiqcha mablag‘ga ega bo‘lgan muassasalar yoki xususiy shaxslar bilan
qayta sotib olish to‘g‘risida shartnoma tuzish yo‘li bilan;
mazkur bank xolding kompaniyasining bir qismi hisoblanadigan shaxobchalar
orqali qimmatli kog‘ozlar (veksellar) chiqarish yo‘li bilan.
Passivlarni boshqarish kredit faoliyatini ushlab turish uchun muhim vosita bo‘lib
hisoblanadi. U bankirlardan bankning moliyaviy ta’minlanganligini mustahkamlash uchun
bozor bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida murakkab, jiddiy ishni talab qiladi.
Passivlarni boshqarish bank mablag‘larini shakllantirish usuli sifatida foiz tebranishlariga
nisbatan juda sezgirdir. Agar foiz stavkalari ko‘tarilsa-yu, biroq bank bu kabi yuqori
stavkalar bo‘yicha to‘lov to‘lashni istamasa, unda qisqa muddatli sarmoyalar bozoridan
jalb qilinadigan mablag‘lar qisqa vaqt ichida sotib yuboriladi. CHunki kreditlar bozorda
foiz stavkalarining o‘zgarishlariga juda sezgirlik bilan javob beradilar.
Passivlarni boshqarish usullari sezgirlikka (egiluvchanlikka) ega, bank o‘ziga qancha
va qanday muddatga qo‘shimcha mablag‘lar kerakligini aniq belgilab olishi va bu
talablarning barchasini qondira oladigan manbani topishi mumkin. Bank oladigan o‘z
mablag‘larini shakllantirish uchun depozitlarni sotganda ish boshqacha bo‘ladi. Unda
qo‘yilmalar miqdori qancha bo‘lishi va u bank ixtiyorida qancha turishini omonatchi hal
qiladi. O‘sib borayotgan kredit qo‘yilmalarini yoki resurs tanqisligini qoplash uchun
qo‘shimcha mablag‘larga ehtiyoj sezayotgan bank, passivlarni boshqarishda taklif
etilayotgan stavkalarni oshirishi mumkin. Buning uchun u kreditorlardan olgan zaruriy
mablag‘larga ega bo‘lsa kifoya, qarzga bo‘lgan talabning pasayishi va naqd pul
zahiralarining ortiqchaligi bilan to‘qnashgan banklar bozordagi o‘zlarining qisqa muddatli
qarzlari hajmini kamaytirish uchun taklif etilayotgan stavkani kamaytirishlari mumkin.
Aktivlarni boshqarish nazariyasi quyidagi uslubiy qoidaga asoslanadi:
Birinchidan, tijorat bank mablag‘larini qisqa muddatli ssudalarga berganda uning
likvidliligi saqlanadi. Bu qoida ba’zi G‘arb davlatlari qonunlarida o‘z aksini topsada,
amaliyotda esa u «ikkinchi darajali zaxiralar» nomini olgan.
Ikkinchidan, agar kreditni to‘lash grafigi uchun mijozning kelgusi davrda oladigan
daromadlarning tushish grafigi asos qilib olinsa, u holda bank likvidligini rejalashtirish
mumkin. Demak, bank likvidligiga kredit va investitsiyalarning to‘lash muddatini
o‘zgartirish orqali ta’sir etish mumkin. Amaliyotda bu qoida investitsiya portfelini
pog‘onali boshqarishda o‘z aksini topadi.
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklari aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirish
aktivlarning maqsadga muvofiq tarkibiy tuzilishini, aktiv operatsiyalarning diversifikatsiya
206
darajasini, xatarli aktivlarning hajmini, muammoli va sifatsiz aktivlarni, aktivlarning
o‘zgaruvchanlik sifatlarining oqilona darajasini ta’minlashni o‘zida mujassamlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |