Mikroblarga ximik faktorlarning ta’siri
Dezinfeksiya – tashqi muhitdagi ma’lum joyda infeksiya kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroblarni tugatish – ya’ni infeksion kasalliklarni oldini olish.Dezinfeksiya uchun juda ko‘p ximiyaviy moddalar, ya’ni antimikrob ta’sir ko‘rsatuvchi moddalardan foydalaniladi. Juda ko‘p dezinfitsirlovchi moddalar umumiy protoplazmatik zaharlar jumlasiga kiradi, ya’ni faqatgina mikroorganizmlarga emas, balki hayvon va o‘simliklarga zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Hamma ta’sirotlar singari, ximiyaviy ta’sirotlarga vege-tativ shaklga nisbatan sporalar chidamli.Dezinfeksiya usuli uchun quyidagi moddalar ishlatiladi, 0,1% -0,2% sulema eritmasi va boshqa simob birikmalari, 3 – 5 % fenol eritmasi, xlorli ohak 10 – 20 % eritmasi, 0,2 – 0,5 % xloramin eritmasi, 1 -4 % formalin eritmasi. Dezinfesirlovchi xossani 700 S etil spirti, ishqor va kislotalar bo‘lishi mumkin.
Antiseptika, ya’ni ximik moddalar vositasida zararsizlantirish, antimik- rob ta’sir ko‘rsatish, aseptika bilan birgalikda xirurgik praktikada, far- matsiyada, aptekada kengqo‘llaniladi.
Sterillikni tekshirish usullari
Keyingi yillarda patogen mikroorganizmlarning paydo bo‘lishi va tarqa-lishi, sharoit ta’siriga ancha chidamli. Yillik mahsulotlarning sterilli-gini tekshirish uchun, yig‘ish yo‘lidan foydalanamiz, lekin bu sterillikni butun garatiyasini bermaydi, shuning uchun sterillik rejimiga rioya qilish kerak.Sterillikni tekshirish uchun har xil usullardan foydalaniladi:
a) ozuqa muhitida organizm termochidamliligi / suspenziya sifatida / RN-indikatori saqlagan, ya’ni kulturaning metabolik aktivligini aniqlash uchun:
b) fizik usul – benzonaftol, bu yerda T – suyuqlanish 1100 S antipirin 113 0 S. v) suyuq issiqlik bilan sterilizatsiyani tekshirish uchun biologik aloqador- lik bo‘lishi kerak.
In’eksiya uchun ishlatiladigan, ko‘z tomchilari va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun ishlatiladigan dorivor, preparatlar steril holatda bo‘lishi kerak. Dorivor moddalarni sterilligiga – sanitariya sharoitlariga va steriliza-siyaga rioya qilish bilan erishiladi. Ba’zi bir steril preparatlar pirogen xususiyatga ega bo‘lgan mikrob hujayralarning mahsulotlarini o‘z tarkibida saqlashi mumkin. Pirogenlar – tarkibida protein, lipid, polisaxarid saq-lovchi, organizmda kompleks o‘zgarishlar / tana temperaturasining ko‘tarili- shi / chaqiruvchi bakterial endotoksinlar hisoblanadi. Pirogenlar bakte- rial filtrdan o‘tadi, temperaturaga chidamlidir. Sterillangan dorivor moddalarni tayyorlashdagi asosiy talablar.
1) In’eksiya uchun tayyorlangan eritmalarda, sterilizatsiya qilishdan oldin 1 ml da hujayrasi 30 tadan ko‘p bo‘lishi kerak emas.
2) Ularni tayyorlashdan sterilizatsiya qilinguncha ketadigan vaqti 1,5 soat- dan oshmasligi kerak.
3) Steril moddani tayyorlash uchun ishlatiladigan distillangan N2O ning tarkibida E . coli bo‘lishi kerak emas. Mikroorganizmlarning umumiy soni 1 ml. da 10 – 15 ta hujayradan oshmasligi kerak.
Dorivor moddalarni tekshirish aseptika qoidalariga qatiy tayangan holda bokslarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |