Miokard infarkti. Toj tomirlardan birining tromb bilan bekilishi yoki torayish
natijasida miokardning bir qismi oziqlanmasdan nekrozga uchrashi tufayli sodir buladi.
Klinik kurinishi miokardni qancha qismi zararlanganligiga bog„liq. Kasallik kuproq
gipertoniyalar, ateroskleroz, ortiqcha yog„ bosish va kuchli sresslar bilan bog„liq.
Miokard infarkti kechishida 5 davr ajratiladi.
I. Erta davr bo„lib, stenokardiya xurujlari tutib turishi bilan tavsiflanadi.
II. O„ta o„tkir davr-miokardning o„tkir ishemiyasidan to nekroz o„chog„i paydo
bo„lishining ilk belgilariga qadar davom etadi (0, 5-2 soat). Bu davrda to„sh suyagi
orqasida kuchli og„riq paydo bo„lib, chap va o„ng ko„krak sohasi bo„ylab tarqaladi. Atipik
turida hatto qorin bo„shlig„iga ham tarqalishi mumkin. Bemorda Yurak ritmi buzilishi,
holsizlanish, ko„ngil aynishi, qayt qilish, havo etishmasligi, arterial bosimning keskin
tushib ketishi, es-xushini yo„qotish kuzatiladi.
III. Nekroz o„chog„i shakllanishi davri (davomiyligi 2-10 soat). Bunda ham og„riq
saqlanadi, bemorning umumiy ahvoli og„irligicha qoladi. Bunga sabab Yurak
etishmovchiligi va qon bosimining pastligidir. Bu davrda nekrozlangan miokard
yumshaydi (miomalyasiya) va o„ta noziklashib qoladi. Bemor Yurak yorilishi (tamponada)
aritmiyalardan yoki og„riq natijasida kelib chiqadigan kardiogen shokdan halok bo„lishi
mumkin.
Bu davr miokard nekroz sohalari yallig„lanishi bilan kechgani sababli tana harorati
ko„tarilishi, neytrofil leykostitoz, ECHT oshishi kuzatiladi.
IV. CHandiqlanish davri. Og„riq yo„qolib, yallig„lanish belgilari susayadi.
V. Infarktdan keyingi davr.
BTYO. To„g„ri yordam ko„rsatish uchun miokard infarktini stenokardiyadan farqlay
olish lozim. Infarktga xos belgilar og„riq uzoq davom etishi, Yurak tomir faoliyatining
susayishi, nitro preparatlar va validol ta‟sirida bosilmasligi, EKG kursatkichlarining
uzgarishidir.
Miokard infarktida shoshilinch yordam tadbirlari quyidagilar:
1. Bemorni zudlik bilan maxsus kardiologik brigadani chaqirib shifoxonaga
jo„natiladi. Ular etib kelgunicha Yurak va nafas faoliyati buzilgan taqdirda ularni tiklash
lozim bo„ladi. Bemorni harakatlantirish mutlaqo man etiladi.
2. Bemorga zudlik bilan og„riq qoldirish uchun narkotik analgetiklar-morfin,
omnopon, pantopon va b. qilinadi, og„ir hollarda azot (I) oksidi xidlatiladi.
3. Qonni suyo`ltirish uchun geparin 7500-10000 TB da 200 ml izotonik eritma bilan
venaga tomchilab yuboriladi. Bunda protrombin ko„rsatkichini nazorat qilish lozim.
4. Aritmiya kuzatilganda aritmiyaga qarshi –novokainamid, anarilin, etmozin,
lidokain, aymalin va b. beriladi.
5. Yurak glikozidlari-srofantin, korgliqon adonis preparatlari beriladi.
6. Kardiogen shok rivojlansa mezaton, noradrenalin, natriy xlorid yoki glyukoza
eritmasi ishlatiladi.
7. Yurak to„xtab qolsa adrenalin yuboriladi, bu ham yordam bermasa, defibrillyasiya
o„tkaziladi.
Miokard infarktini o„tkazgan odamga sport bilan shug„ullanish, ratsional ovqatlanish,
ruxiy siqilishdan saqlanish, profilaktika uchun aspirin ichish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |