4.Деловая Турция.Справочники Полпред.Совет ветеранов МИД РФ.Москва 2009. 5. Ҳусейин Саҳин.Туркие Экономиси.Бурса 1995
6..“International Migrants Remittances in Turkey”, Ahmet Icduygu, European University Institute, RSCAS, 2006. Yevropa komissiyasi uchun hisobot
Istochnik: aksam.com.tr, turtsia.ru
4-Mavzu: Turkiyaninng mineral xom ashyo resurslari
Dars o‘quv maqsadi-Turkiyaning mineral xom ashyo resurslari, xususan mamlakatning metall va nometall xom ashyo resurslari, shuningdek yoqilg‘i-energetika resurslari va ulardan oqilona foydalanishning o‘zigi xos xususiyatlari bilan talabalarni tanishtirish Tushunchalar va tayanch iboralar-mineral xom ashyo resurslar, yoqilg‘i-energetika resurslari, yoqilg‘i-energetika balansi, UCTE.
Asosiy savollar
1. Turkiyaning metall xom ashyo resurslari
2. Turkiyaning nometall xom ashyo resurslari
3. Yoqilg‘i-energetika resurslari va ularning mamlakat hududi bo‘ylab joylashuvi
4. Turkiyada mineral xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishlari.
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni
Mineral xom-ashyo resurslar deganda- geologiq qidiruv ishlari natijasida yer ostida topilgan va qayd etilgan, hamda sanoat ishlab chiqarishi uchun yaroqli bo‘lgan foydali qazilmalar tushuniladi. Mineral resurslar qayta yangilanmaydigan tabiiy resurslar sirasiga kiradi. Yer ostidan qazib olingan mineral xom ashyo resurslar va undan qayta ishlangan maxsulotlar energiyaning katta qismini ta’minlashga,hamda og‘ir sanoat maxsulotlarining 90%iga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Mineral xom –ashyo resurslar sanoat potensialining mineral xom ashyo bazasi hisoblanib, mamlakatning iqtisodiy hamda mudofaa xavfsizligini ta’minlaydi. Qator isbotlangan ma’lumotlarga ko‘ra, jahon bozorining qayd etilgan foydali qazilmalari 30 trillion dollarni tashkil etadi. Ularning to‘rtdan uch qismi neft, gaz va ko‘mir ulushiga to‘g‘ri keladi.
Turkiya juda katta va xilma-xil mineral xom ashyo bazasiga ega.Mamlakat dunyo sanoat resurslarining 2,5%ga ega bo‘lib, 60 ga yaqin metall va minerallar ishlab chiqaradi. Turkiyaning asosiy mineral xom ashyo resurslari xrom, boksit va mis hisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatda temir, marganes, qo‘rg‘oshin, rux, surma, simob va oltin kabi qazilma boyliklar ham mavjud. Turkiya qator foydali qazilmalarni, asosan qora mis, bor, xrom va ulardan ishlangan maxsulotlarni eksport qiladi. Tog‘-kon sanoati umumiy mineral xom-ashyo va ulardan ishlangan maxsulotlar sotuvining 75%ini tashkil qiladi.
1935 yildaTurkiyada tabiiy resurslarni qayta ishlash uchun tashkil etilgan Etibank davlatning mineral xom ashyo manfaatlari uchun, xususan boksit, xrom, bor, mis minerallari uchun xizmat qiladi. Tog‘-kon sektorining xususiy korxonalari qo‘rg‘oshin, rux va marmarga o‘z e’tiborlarini qaratganlar. 1980 yildan boshlab hukumat foydali qazilmalar sektori xorijiy sarmoyalarni jalb etishni boshladi. 1985 yildan esa ushbu sektordagi xususiy korxonalarni stimulashtirish uchun foydali qazilmalarni qazib olishga doir qonunlar qayta ko‘rib chiqila boshlandi. Aynan shu davrdan boshlab Etibank Turkiyadagi xususiy korxonalar, shuningdek xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda ishlay boshladi. 2004 yilga kelib, mamlakatda qazib olish sanoati va investisiya faoliyatiga oid qonunchiliklarga o‘zgartirishlar kiritilishi, Turkiyada rangli va qimmatbaho metallarni qidirish va qazib olish foliyatining jadallashuviga olib keldi. Bu o‘zgartirish mamlakatda lisenziyalashtirish ishlarini yengillashtiri, hamda byurokratik to‘siqlarni bartara etishga qaratilgan bo‘lib, yanada ko‘p sarmoyalarni o‘ziga jalb etdi. O‘z navbatida davlat bu sektordagi ulushini tobora qisqartirib bormoqda .
Turkiyaning temiri va qo‘rg‘oshin quyish sanoati hozirgi kunda dunyoda 12- o‘rinni egallab turibdi. Mamlakat dunyodagi bura zahiralarining esa 60%iga egalik qiladi. Shuningdek Turkiya dunyoda bor ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi. Bor minerallari qator sanoat sektorlarida mineral xom ashyo sifatida ishlatiladi. Bor asosan qishloq xo‘jaligi sohasida, shuningdek sovun, anperspirant, shisha, glazur, emallar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Dunyodagi asosiy muhim bor konlari Turkiya, AQSh va Rossiya xududlarida joylashagn. Umumiy bor zahiralarining 64%i Turkiyada, 9%i esa AQShda joylashgan. Dunyodagi borning umumiy zahiralari 885 mln tonnani tashkil etib, shundan 563 mln tonnasi Turkiya ulushiga to‘g‘ri keladi. Turkiya dunyodagi
Hozirgi kunda Turkiyada 53 xil foydali qazilmalarning qazib olinadi. Eng asosiylari bu-toshko‘mir, lignit, temir rudasi va rangli metallar rudasi, turli xil nometal mineral xom ashyolar, marmar va boshqa qurilish materiallaridir. Ushbu sohada band bo‘lgan nisbatan yirik korxonalar bu- Eti Holding», «TKİ» («Turk ko‘mir qazib olish kompaniyasi»), «TDÇİ» («Turk metallurgiya zavodlari»), «Çinkur», «TPAO». Ilgari qazib olish sanoati monopoliyalashtirilgan bo‘lib, hozirda xususiy sektorning bu tarmoqda faoliyatiga ruxsat berilgan.
Turkiyaning foydali qazilma boyliklari zahiralari
Foydali qazilmalar turlari
|
Turkiyaning zahirasi (t.)
|
Gips
|
1.000.000.000
|
Bentonit
|
250.543.000
|
Neft
|
1.641.381.000
|
Bor
|
1.805.709.953
|
Temir
|
132.100.000
|
Dolomit
|
15.887.160.000
|
Polevoy shpat
|
239.305.500
|
Tosh tuz
|
5.733.708.017
|
Glina
|
354.362.650
|
Kvary qumi
|
1.307.414.250
|
Kvarsit
|
2.270.287.821
|
Lignit
|
8.300.000.000
|
Magnezit
|
168.368.020
|
Marmar
|
5.161 mln. m3 ili 13.933 mln. t.
|
Perlit
|
5.690.027.600
|
Pemza
|
1.479.556.876 m3
|
Ko‘mir
|
1.126.548.000
|
Trona
|
233.317.680
|
Oltin
|
338
|
Alyunit
|
4.000.000
|
Asbest
|
29.646.379
|
Asfaltit
|
82.000.000
|
Med
|
1.697.204
|
Barit
|
35.001.304
|
Goryuchiy slanes
|
1.641.381.000
|
Boksit
|
87.375.000
|
Djiva
|
3.820
|
Sink
|
2.294.479
|
Diatomit
|
44.224.029
|
Disten
|
3.840.000
|
Fosfat
|
70.500.000
|
Ftor
|
2.538.000
|
Grafit
|
90.000
|
Kumush
|
6.062
|
Kaolin
|
89.063.770
|
Xrom
|
25.931.373
|
Svines
|
860.387
|
Sera
|
626.000
|
Tuf
|
1.483.000
|
Marganes
|
4.560.000
|
Perlit
|
5.690.027.600
|
Profillit
|
6.644.000
|
Sepiolit
|
13.546.450
|
Sulfat natriya
|
16.536.000
|
Stronsiy
|
665.082
|
Talk
|
482.736
|
Toriy
|
380.000
|
Uran
|
9.137
|
Volfram
|
36.719
|
Seolit
|
345.148.875
|
Najdak
|
3.725.082
|
Manba: Türkiye Maden Tetkik ve Arama Genel Müdürlüğü. http://www.mta.gov.tr/madenler/turmaden/tur_rez.asp
Turkiyaning umumiy mis rudalari zahirlari 1,7 mln t.ni tashkil qiladi, dunyo bo‘yicha esa mis rudasi zahiradari 950 mln t.ga teng. Turkiyadagi mis rudasi konlari Artvin, Murgul, Giresun-Espi, Rize-Chayel, Elazig-Ergan, Kastamonu-Kyur va Siirtda joylashagan. 2004 yilda mis rudasi eksportining miqdori 31%ga va summasi 107%ga o‘sib,10.333 mlrd turk lirasiga teng bo‘lgan 181ming t. ga teng bo‘ldi.1 Turk mis rudasining asosiy eksport bozori Bolgariya hisoblanadi, undan keyingi muhim bozorlar bu-Germaniya, B.A.A.,Ispaniya va Finlyandiyadir. Qo‘rg‘oshin-rux rudasining asosiy eksport bozori Belgiya, undan keyin esa Ruminiya, Rossiya, Finlyandiya, Bolgariya va Italiya hisoblanadi.
Shuningdek Turkiya dunyodagi xrom rudasi yoki xromit va uning konsentratlarini ishlab chiqaruvchi mamlakatlardan biri sanaladi. Turk xromiti zahiralalri 26 mln t. ni tashkil qiladi va mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinda turadi. Mamlakat hududida taxminan 710 ta xromit konlari mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari bu- Guleman, Erzindjan, Erzurum, Sivas, Elyazig, Fetxie-Kyoydjegiz, Denizli, Bursa, Gaziantep, Burdur, Eskishexir, Kayseri, Adana, Kopdag va Iskenderundair. Jahon bozorida turk xromitning sifati yuqori baholanadi. Xrom rudasining eksporti 2005 yilda 70%ga o‘sib 104 mln dollarga yetdi. 53,4 mln dollarlik ko‘rsatkich bilan Turk xrom rudasining asosiy eksport bozori Xitoy Xalq Respublikasi bo‘ldi. Undan keyigi mamlakatlari esa Rossiya, Shvesiya, Germaniya va Ukraina bo‘ldi. 2
Turkiya Respublikasi dunyodagi yirik borat zahiralariga ega mamlakat. Borat-foydali qazilmalarning eng muhim turlaridan biri. Borat foydali qazilmasi o‘zining eksport salohiyati bilan bevosita mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir o‘tkazadi. Dunyodagi borat zahiralarining yarmidan ko‘prog‘i Turkiyada, ayniqsa uning Anatoliya mintaqasining g‘arbiy hududlarida joylashagan. Boratning aniqlagan zahiralari 1,8 mlrd t.ni. uning salohiyat zahiralari esa 2,3 mlrd t.ga teng. Dunyodagi asosiy borat ishlab chiqaruchi va eksport qiluvchi «Eti Xolding» korporatsiyasi Bigadich (Balikesir), Emet (Kyutaxya), Kestelek (Bursa) va Kirka (Eskishexir)dagi konlardan borat qazib oladi. «Eti Xolding» korporatsiyasi filiali bo‘lmish «Eti Bor» korporatsiyasi borning borat konsentratsiyasini ishlab chiqaradi.3 Borat va uning konsentrati esporti 19.650 mlrd. tur. lirasi miqdoridagi 400 ming tonnani tashkil qildi4. Eng asosiy eksport bozori Xitoy, undan keyin esa Ispaniya, Niderlandi, Tayvan, Italiya va Yaponiyadir.
Turkiyada 5,2 mlrd kub.m marmar zahiralari mavjud bo‘lib,u dunyodagi marmar zahiralarinin 40%iga teng . Asosiy marmar zahiralari Afone, Biledjik, Burdur, Denizli, Mugla, Elazige, Balikesir va Eskishexir hududlarida joylashgan. Turk marmarlari 200 dan ortiq tusga ega bo‘lib, ular och kul rangdan boshlanib, to qora va yaltiroq oq ranglargacha yetib boradi. Ushbu marmarlarning oq Afone, pushti Biledjik, oq Marmar, jigar rang Burdur, qora Akeshir kabi ranglari juda mashxur bo‘lib, ular dunyoning boshqa marmarlar bilan bemalol raqobatlashadilar. Hozirgi kunda mamlakatdagi yillik marmar ishlab chiqarish 1200000 kv metrni, plitkalar ishlab chiqarish esa 13 mln kv metrni tashkil qilmoqda. Turk marmari 90 ta mamlakatg aeksport qilinadi, ularning ichida eng asosiylari AQSh,Isroil, Ispaniya, Angliya va Saudiya Arabistonidir. Shuningdek mamlakatda granit ishlab chiqarish ham juda keng qo‘llaniladi. Granit tashqi omillarga chidamli bo‘lgani uchun binolarning ham ichki, ham tashqi bezaklarida qo‘llaniladi. Granitning asosiy zahiralari Ordu, Rize, Trabzon, Balikesir ,Kirklareli va Izmirda joylashgan.
Zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari va metodlari Turkiyada tabiiy tosh sanoatining rivojoanishida muhim omil bo‘ldi. Tabiiy tosh ishlab chiqarishning o‘sishi, ichki bozorning qurilish sektorida uning raqobatbardoshligi, shuningdek yangi texnologiyalardan foydalanish tabiiy toshning qurilish materiali sifatida keng qo‘llanilishiga olib keldi. Tabiiy tosh Turkiyaning mineral xom ashyo sektorida so‘nggi 10 yil ichida tez rivojlandi. 2000 yilga kelib, mamlakatning tabiiy tosh eksporti 186 mln dollarga yetdi. Aynan shu yildan boshlab Turkiya tabiiy toshdan qayta ishlangan maxsulotlarni AQSh, Isroil, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Rossiya va Tayvanga eksport qila boshladi. Tabiiy tosh ishlab chiqarish bo‘yicha Turkiya dunyoda -7 o‘rinda turadi..5
Turkiya foydali qazilmalarining ekporti 2004 y.
(Asosiy mamlakatlar bo‘yicha)
Mamlakatlar
|
SUMMA
(AQSh dollari)
|
AQSh
|
251.362.230
|
XXR
|
109.319.462
|
Italiya
|
84.667.821
|
Ispaniya
|
73.660.706
|
Niderlandi
|
46.293.219
|
Buyuk Britaniya
|
42.523.168
|
Bolgariya
|
38.222.276
|
Ukraina
|
37.880.190
|
Manba: http://www.immib.org.tr/MADEN/INDEX.ASP
Turkiya tog‘-kon sanoatining asosiy eksport maxsulotlari
Foydali qazilma
|
Eksport hajmi
|
Marmar va boshqa tabiiy toshlar
|
789 mln. doll
|
Polevoy shpat
|
104 mln. doll
|
Xrom rudasi
|
104 mln. doll
|
Borat
|
97 mln. doll
|
Mis rudasi
|
85 mln. doll
|
Magnezit
|
42 mln. doll
|
Manba: Uyanık T. İGEME. Maden ve Mineraller. Ank., 2006, s.7
Tog‘-kon sanoatining umumiy eksportdagi ulushi
Yil
|
Umumiy eksport
(mln. doll.)
|
Foydali qazilmadar eksporti
(mln. doll.)
|
Tog‘-kon sanoati eksportidagi o‘zgarishlar
(%)
|
Tog‘-kon sanoati eksportining umumiy eksportdagi ulushi (%)
|
2000
|
27.800
|
568,9
|
-1,45
|
2,05
|
2001
|
31.300
|
574,0
|
0,89
|
1,83
|
2002
|
36.100
|
684,6
|
19,26
|
1,95
|
2003
|
47.300
|
847,3
|
23,96
|
1,81
|
2004
|
63.100
|
1.207,8
|
42,54
|
1,92
|
2005
|
73.400
|
1.500,0
|
24,19
|
2,04
|
Manba: http://www.immib.org.tr/MADEN/INDEX.ASP; Uyanık T. İGEME. Maden ve Mineraller. Ank., 2006, s.7.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari turk tog‘-kon sanoati maxsulotlarining asosiy iste’molchisi hioblanadi, ya’ni umumiy tog‘-kon sanoati maxsulotlari eksportiping 34,80%i YeIga qaratilgan. Yevropa Ittifoqidan keyingi mamlakatlar esa Shimoliy Amerika mamlakatlari 21,62%,Osiyo mamlakatlari 15,36% va qolgan Yevropa mamlakalari 12,26% eksport ulushiga egadirlar.
2003-2004 yillrda Turkiya foydali qazilmalarining eksporti (maxsulot ko‘rinishida)
Foydali qazilmalar
|
2003 (mln. doll.)
|
2004 (mln. doll.)
|
O‘zgarishi(%)
|
Tabiiy toshlar
|
431
|
626,1
|
45,26
|
Borat
|
83,7
|
88,4
|
5,63
|
Mis
|
43,0
|
89,2
|
107,42
|
Polevoy shpat
|
54,8
|
78,0
|
42,49
|
Magnezit
|
38,6
|
47,7
|
23,46
|
Xromit
|
28,1
|
61,2
|
117,48
|
Rux
|
14,5
|
22,2
|
52,79
|
Qo‘rg‘oshin
|
1,4
|
5,3
|
289,54
|
Pemza
|
8,1
|
10,4
|
28,16
|
Bentonit
|
8,9
|
12,4
|
37,98
|
Barit
|
5,6
|
8,3
|
48,61
|
Perlit
|
5,6
|
6,7
|
18,76
|
Kaolin
|
7,0
|
7,5
|
6,5
|
Boshqalar
|
116,8
|
144,4
|
23,55
|
Jami
|
847,3
|
1.207,
|
42,54
|
Manba: Uyanık T. İGEME. Maden ve Mineraller. Ank., 2006, s.7.
So‘nggi yillarda geologik qidiruv faoliyati mamlakatdagi katta miqdordagi oltin va ko‘mir zahiralarining mavjudligiga ishora qilmoqda. Shuningdek oxirgi yillarda jahon standartidagi tog‘-kon sanoati kompaniyalarining katta qismi Turkiya bilan hamkorlik aloqalarini boshlab yubordi.Bu borada Turkiya qulay geografik joylashuv, yaxshi infratuzilma, rag‘batlantiruvchi muhit, kuchli mahalliy tog‘-kon sanoati va yaxshi tashkil etilgan ishchi kuchiga ega. Chunonchi, Turkiyaning tog‘-kon sanoatiga yo‘naltirilgan investisiyalar miqdori 2007 yilda 1,7 mlr dollarga yetdi.
Yoqilg‘i-energetika resurslari bu- texnikaning zamonaviy standartlarida insoniyat tomonidan moddiy boyliklarni yaratish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan tabiatdagi mavjud yoqilg‘-i va energetika zahiralaridair.
Yoqilg‘i-energetika resurslariga quyidagilar kiradi :
-
Yoqilg‘ining barcha turlari : tosh ko‘mir va kul rang ko‘mir, neft, yonuvchi gaz, slanes, torf hamda o‘tin.
-
Daryo va dengiz suvlarining ko‘tarilishining hamda shamolning energiyasi
-
Quyosh va atom energiyasi
Yoqilg‘i-energetika balansi bu-ma’lum vaqt uchun jahon iste’molidagi turli xil yoqilg‘i-energetika resurslarining o‘zaro nisbatidir. Yoqilg‘i-energetika balansi asosida quyidagi xulosalarga kelinadi:
-
Yoqilg‘i-energetika resurslarining yetarli yoki yetarli emasligi
-
Mavjud bo‘lgan yoqilg‘i-energetika bazasida yangi ishlab chiqarishlarni yaratish imkoniyatlari
-
Yoqilg‘i-energetika resurslarini olib kirish yoki olib chiqish imkoniyatlari
Turkiya Respublikasi dunyo ahamiyatidagi turli xil resurs va foydali qazilmalarga boy. Mamlakatda ularning 4.400 ta konlar mavjud . Biroq toshko‘mir va lignit6 dan tashqari Turkiyaning yer osti boyliklarining energiya manbalariga juda oz.Mamlakatda topilgan neft va gaz konlari juda kam bo‘lib, mamlakat ularning importiga qaram bo‘lib qolgan. Qazib olinadigan foydali qazilmalarning aksariyat qismi milliy sanoat va qurilishda foydalaniladi , o‘z navbatida mineral xom ashyo va yarim tayyor maxsulotlarning ba’zi turlari mamlakatning asosiy eksport manbalari bo‘lib xizmat qiladi.
Turkiya Respublikasi yoqilg‘i-energetika resurslari bilan nisbatan ta’minlangan mamlakat hisoblanadi. Turkiyaning tabiiy gaz zahiralari 12, 4mlrd kub metrni, tosh ko‘mir zahiralari 1 mlrd tonnani, neft zahiralari esa 16 mln tonnani tashkil etadi. Mamlakat sanoati energiyaning asosiy iste’molchisi sanaladi va sanoat iste’molining keyingi yillarda yanada ortib borishi taxmin qilinmoqda.
Hozirda Turkiyada neft va gazning zahiralari katta bo‘lmagani uchun, mamlakat ularni deyarli import qilisha majbur.Mamlakatning energiya resurslari ko‘mir va lignit bilan chegaralangan. Ko‘mirning energetik zahiralari 1,3 mlrd. ShNT7ni, lignit zahiralari esa 8,3 mlrd. t.ni tashkil qiladi.
Turkiya toshko‘mirining asosiy zahiradari Qora dengiz sohilining Zonguldak rayonidagi Armatchuluk, Kozlu, Uzulmez, Karadon va Amasra konlarida joylashagan.
Nisbatan katta zahiraga ega bo‘lgan energetika resursi -bu lignit. Lignitlarning konlari mamlakat deyarli barcha rayonlarida uchraydi. Qazib olinadigan lignitlarning katta qismi unchalik yuqori sifatga ega emas. Lignit zahiralarining 67%ining kaloriyasi 2500 kkal/kgdan kam.
Qazib olinadigan lignitllarning 60%i elektroenergiya ishlab chiqarish uchun issiqlik elektrostnatsiyalarilarida, qolgan qismi esa sement va shakar kabi sanoat sektorlarida va uy-joylarni isitishda foydalaniladi.
Turkiyada ko‘mir qazib olish TKK-Davlat Toshko‘mir Korporatsiyasining shaxtalarida amalga oshiriladi. Ko‘mirchilik tarmog‘ida xusuiy sektorning ulushi mamlakatda qazib olinadigan umumiy ko‘mirning 15%ini tashkil qiladi. TKKning tobora katta yo‘qotishlarga uchrayotganini hisobga olgan holda xukumat ushbu tashkilotning aksariyat ko‘mir qazib oluvchi korxnalarini xususiylashtira boshladi.
Hozirigi kunda lignit mamlakat ehtiyojini butunlay qoplayotgan bo‘lsada, toshko‘mir iste’moli tobora uning ishlab chiqarilishidan ortib bormoqda va bu keyinchalik ham ortishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Mamlakatdagi energetik tahliilar shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakat o‘zining energiya resurslariga bo‘lgan talablarini faqatgina ko‘mirni o‘zi uchun qazib olishi hisobidan qoplashi mumkin. 2005 yilda 16mln t. tosh ko‘mir import qilingan(230.000 mlr turk lirasi)8
Kokslangan ko‘mir asosan AQSh, Avstraliya va Kanadadan, navli ko‘mir esa-Rossiya va Janubiy Afrikadan import qilinadi.
Hozirgi kunga qadar kokslangan ko‘mirni yetkazib berishda Rossiyalik eksportyorlar qiyinchiliklarga uchrar edi. Bu metallurgiya zavodlari uchun ko‘mirni sotib olish tender asosida amalga oshirilgani uchun bu katta moliyaviy kafolatlarni talab qlinishi bilan bog‘liq. Tender shartlari esa sifat talablariga o‘ta jiddiy e’tibor talab qilgan, bu talablarning bajarilmasligi esa katta miqdordagi jarimalar to‘lash bilan amalga oshirilgan. Shuningdek Rossiyaning kokslangan ko‘miriga bo‘lgan narxlar mahalliy bozorda raqobatbardosh hisoblanadi.
Shuningdek Turkiya Ekologiya Vazirligi tomonidan import qilinadigan ko‘mir sifatiga bo‘lgan cheklashlar hali ham davom etib bormoqda, garchand bu cheklashlar 2003 yilda ancha yumshatilgan.
Ayniqsa yirik shaharlarda havoning doimiy kirlanib borishi, import qilinajak ko‘mir sifatiga talabning qattiqligi va isitish maqsadida past sifatli ko‘mir va neft koksidan dan foydalanishni ta’qiqlanishi yaqin kelajakda energetik ko‘mir eksportining yiliga 8 mln tonnaga yetkazishi mumkin.
Turk metallurgiya sanoati an’anaviy tarzda AQSh va Avstraliya bozorlariga yo‘nalgan bo‘lsada, Rossiyaning kokslangan ko‘miriga qiziqishda davom etmoqda. Rossiyadan keladigan bu ko‘mir yiliga 500 ming t.ni tashkil qilishi mumkin.
Sifatli ko‘mir iste’mol qilish va uning o‘z navbatida uning xorijdan import qilish tendensiyasining o‘sib borayotganini e’tiborga olgan qator turk firmalari ko‘mir qazib oluvchi mamlakatlardan ko‘mir shaxtalarini sotib olishga intilmoqdalar. Ularning baholashiga ko‘ra, bu holat ko‘mir yetkazib berishni barqarorligini ta’minlashi mumkin. Bu holatda Rossiyalik ko‘mir ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar Rossiyaning ko‘mir qazib oluvchi korxonalarini modernizatsiya qilish uchun turk korxnalarining mablag‘larini jalb bor e’tiborni qaratmoqdalar.
Turkiyaning so‘nggi 8 yildan beri ijobiy sur’atlar bilan rivojlanib kelayotgani va mamlakat tizimining raqobatbardoshligining ortib borayotgani turk energiya bozorining ancha yuqori sur’atlarda rivojlanib kelayotganini ko‘rsatmoqda. Elektr taqsimoti bilan shug‘ullanuvch turk kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji 2009-2023 yillar mobaynida yiliga 6%ga ortib boradi. Aynan shu omillar Turkiyaning energetika sohasiga investisiyalarning oqimimini kuchaytiradi. O‘z navbatida turk energetika bozorining liberalizatsiya qilinishi energetika sektorining rivojlanishiga, energiyaga bo‘lgan ehtiyojning ortishi esa xususiy sektorga yo‘naltirilgan sarmoyalar oqimining ortishiga turtki bo‘ldi. Turkiya davlati yangilanadigan energiya manbalariga sarmoya kirituvchilar uchun yangi imtiyozlar yaratib, sarmoyadorlarga energetika loyihalarini amalga oshirishlarini stimullashtirmoqda. Quyidagi bir qancha faktlar Turkiyaning yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyoj va imkoniyatlarini izohlaydi:
-
Turk energetika bozori keng qamrovli faoliyati, ya’ni neft xom ashyosi qazib olishdan to neft kimyosi maxsulotlarini eksport qilishgacha bo‘lgan, shuningdek elektr energiyasini ishlab chiqarishdan boshlab to mashina va jihozlar ishlab chiqarishgacha bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanadi.
-
Turkiyaning 2023 yilgacha energetika ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan umumiy investisiyalar miqdori 130 mlrd dollarni tashkil qiladi.
-
Mamlaktning Osiy va Yevropa qit’asi o‘rtasida joylashgani uni muhim energetik terminal regioniga aylantiradi.
-
Energetik salohiyati 36 000 MVt darajasida bo‘lgan daryo va ko‘llarning ko‘pligi istagan turdagi energetik kompaniyalarga a’lo darajadagi mikoniyatlarni taklif qiladi.
-
Turkiya geotermik energetik salohiyat bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinda, Yevropada 4-o‘rinda turadi. Geotermal energetikaga rejalashtirilgan barcha qo‘yilmalarning kiritilishi mamlakat iqtisodiyotiga yiliga qo‘shimcha 16 mlrd dollar daromad olib keladi.
-
Qishloq xo‘jaligi sektorining yuqori salohiyati hamda biodizel yoqilg‘i va bioetanolning ishlab chiqarish quvvati Turkiyaga Yevropadagi biologik yoqilg‘i ishlab chiqarish markaziga aylanish imkoniyatini beradi.
-
Energetika Bosh boshqaruvining ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning eleketr energiyasiga 2008 yildagi 196 000 GVt bo‘lgan ehtiyoji 2017 yilga kelib 363 000 GVtga yetadi.
-
Yevropa Ittifoqi bilan umumiy energetika bozorini shakllantirish maqsadida Turkiya o‘zining energetika tizimini UCTE (Elektr energiyasini o‘tkazishni muvofiqlashtiruvchi Yevropa Ittifoqi) tarmog‘i bilan bog‘lamoqchi.
-
Turkiya shamol energostansiyalarini rivojlanish sur’atlariga ko‘ra dunyoda 1-o‘rinni egallamoqda, chunonchi bu sohadagi salohiyatning bor yo‘g‘i 15%idan foydalanilgan.
-
So‘nggi 10 yil ichida Turkiya energetika sohasining barcha sektorlariga bo‘lgan ehtiyoji o‘ta yuqori sur’atlarda o‘smoqda. Keyingi yillarda bu ko‘rsatkich 6-8%ni tashkil qilishi kutilmoqda. 2006 yilda 92 mln. tonna neft ekvivalentini tashkil qilgan birlamchi energiya iste’moli 2010 yilda 126 mln tonnaga, 2020 yilda 222 mln tonnaga yetishi kutilmoqda.
Turkiya nafaqat o‘zining geostrategik joylashuvi tufayli maxalliy va xorijiy investorlarni jalb qilmoqda, balki Kaspiy dengizi, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarining asosiy neft qazib oluvchi mamlakatlari bilan Yevropaning asosiy iste’mol bozorlarini bog‘lashi xususiyati bilan ham o‘ta muhimdir.
Aynan yuqorida keltirilgan barcha imkoniyatlar Turkiyaga energetika manbalarini diversifikatsiya qilish imkoniyatini ham beradi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Turkiyada foydali qazilma eksportyorlarining faoliyatlarini boshqaruvchi professional birlashuv mavjud bo‘lib, bu-Istambul Xom Ashyo Eksportyorlari Ittifoqidir (IXAEI).
IXAEI esport faoliyati bo‘yicha barcha xujjatlar bilan shug‘ullanadi, xorijiy importyorlar va mahalliy qazib oluvchi kompaniyalar o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaradi, turk ishlab chiqaruchilarining xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalardagi ishtirokini hamda mamlakatda qazib olinadigan foydali qazilmalarni jahon bozoriga olib chiqishni moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek IXAEI jismoniy shaxslar va tashkilotlarning jahon bozoridagi reklama faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Ittifoqning asosiy vazifasi-qazib olish sanoati maxsulotlarining eksportini oshirish. Buning uchun IXAEI ITTKI bo‘yicha ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi, ilmiy maqolalar, xorijdagi reklama, savdo yarmarkalari va seminarlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi, ma’lumotlar yig‘ib foydali qazilmalar eksportiga oid statistikalarni nashr qiladi
Nazorat savol va topshiriqlari
-
Turkiyaning mineral xom ashyo resurslarining ahamiyati qanday?
-
Turkiyaning energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyojining ortishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi ?
-
Turkiyadagi yoqilg‘i-energetiea resurslariga bo‘lagn tashqi talb qanday?
Mustaqil ish topshiriqlari
-
Turkiyada mineral xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishlari.
-
Turkiyaninng mineral xom ashyo resurslari
Tavsiya etiladigan qo‘shimcha adabiyotlar.
1. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – T.: O‘zbekiston, 1995.
2. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T.: O‘zbekiston, 2005
3. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari. /I.A. Karimov. – T.: O‘zbekiston, 2009
Do'stlaringiz bilan baham: |