Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

Yarashtirish komissiya
” 
lari tarkibidagi 49932 nafar a’zolar yordamida 17939 ta oila-turmush doirasidagi 
mojarolar yechilgan. Agar ushbu ko‘rsatkichlarni Toshkent shahri misolida olib 
qaraydigan bo‘lsak, oila va mahalladagi umumiy holat 2013- yilda, 2012- yildagiga 
nisbatan ijobiy tomonga o‘zgargan. Masalan, noqobil, notinch, spirtli ichimliklarga 
ruju qo‘ygan oilalar soni 2013- yilda, 2012- yilga nisbatan 49 taga (857 -808), xotin-
qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 481 taga (25 -12-2031 -), jinoyat sodir 
etgan xotin qizlar soni 318 taga (2300 -1982), jinoyat sodir etgan voyaga 
yetmaganlar soni 58 nafarga (564- 506), xorijiy davlatlardan deportatsiya qilingan 
ayollar soni 22 - taga (27 -5), suiqasd holatlari 18 taga (140-122), onalar o‘limi 1 taga 
(9-8), bolalar o‘limi 2 taga, (212-210), 15-16 yoshlilar tug‘rug‘i 7 taga (18-11), 
abortlar soni 48 taga (7 -24 -67 -6) kamaygan. 
2017 - yilning ikkinchi yarmida Respublikamiz miqyosida 2304 nafar ajralish 
ostonasida turgan oilalar mahallalardagi “Yarashtirish komissiyasi”, jamoatchilik va 
mahallalarning aralashuvi bilan saqlab qolingan. 2017 - yil davomida “Yarashtirish 
komissiyalari” ning bevosita aralashuvi, oqilona tadbirlar samarasi tufayli 42 ming 
837 - ta oiladagi munosabatlar barqarorlashtirilib, ajirimlarning oldi olingan. Shu yili 
ularga fuqarolardan 85 ming 708 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 57 - ming 448 
tasi er-xotin, 11 ming 142 tasi qarindoshlar, 11 ming 265 tasi esa qo‘ni-qo‘shnilar 
o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar tufayli sodir bo‘lgan. Yana bir qancha sababalr 
bilan shunday salbiy holatlar sodir bo‘lish ko‘rsatkichlari quyidagicha. Yoki 1039 
holatda erkakning spirtli ichimlik iste’mol qilishi, 114 holatda giyohvandlik 
moddasiga ruju qo‘yishi, 6338 holatda esa, oilaviy hayotga qaynona, qaynota va 
boshqa shaxslarning aralashuvi sabab bo‘lgan. 
Shuningdek, “Yarashtirish komissiyalari” tomonidan 9 ming 339 ta murojaat 
asosida qarindoshlar, 8 ming 883 ta holatda qo‘ni-qo‘shnilar murosaga keltirib, 
yarashtirilgan. 3477 nafar fuqaro ichki ishlar bo‘limlari tomonidan prfilaktik hisobga 
olingan bo‘lsa, 13 ming 661 nafar fuqaro esa yig‘inlar mutasaddilari nazoratida 
turibdi. 
2019-yil 1-fevralgacha respublika mahallalarida 12 mingdan ziyod notinch 
oilalarning muammolari o‘rganilgan. Sa’yi-harakatalar natijasida ajralish arafasida 
turgan oilalarning 25 - mingdan ziyodi yarashtirilgan, 4 mingga yaqin kishilar 
FXDYO va suddan arizalarini qaytarib oldi. Respublikadagi 986 ta mahallada bironta 
ajralish holati qayd qilinmagan. 2019-yilda ushbu yig‘inlarning oilalar bilan ishlash 
bo‘yicha tajribasini boshqa viloyatlarga ham joriy qilish maqsadga muvofiq. 


100 
Umuman 2018- yilda respublika bo‘yicha 350485 ta qiyin hayotiy vaziyatga tushib 
qolgan oilaning muammolari tahlil qilindi, 3 ming 500 ta oila nochorlikdan 
chiqarilgan. 
Biroq, hamon mahallalarda yoshlar tarbiyasi bilan ishlash masalasida 
kamchiliklar talaygina. Xususan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh kelin-
kuyovlar o‘rtasidagi salbiy munosbatlar va ajirimlarni oldini olish, oila va mahalla 
hamkorligini ta’minlash, oilaviy nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, ma’naviy muhit 
barqarorligini ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi 
“Yarashtirish komissiyalari” ning o‘ziga xos o‘rni bo‘lishi lozim.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini 
shakllantirishning muhim bo‘g‘ini sifatida mahalliy davlat hokimiyati bobida o‘rin 
oldi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallalar faoliyatining, ularga 
berilgan vakolatlarning demokratik, qonuniy asosini O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi
7
, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonun 
hamda Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari va boshqa me’yoriy 
hujjatlar tashkil etadi. 
Fuqarolik jamiyatining muhim asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini shakllantirishning huquqiy 
asoslari o‘z ifodasini topdi. Konstitutsiyaning 105-moddasida “Shaharcha, qishloq va 
ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi 
mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki 
yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylanishi”, 
belgilab qo‘yilgan. 
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini rivojlantirishda 1999- yilda 
tashkil etilgan Respublika 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish