Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/84
Sana22.02.2022
Hajmi4,91 Mb.
#113695
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84
Bog'liq
2019-3-son

Key words: reader, competence, analytical thinking, ideological, cognitive, social, emotional, 
communicative. 
Mustaqillik o‘zbek xalqining erkin tafakkurini innovatsion g‘oyalar tomon ilgari surish, yuksak 
texnologiyalarni yaratish, amaliyotga tatbiq etish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Taraqqiyotning keyingi 
yillarida mustaqillik davri farzandlarining tafakkur qilish quvvati keskin ortdi: innovatsion g‘oyalarni 
yaratish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish borasida, tadbirkorlik xususida dunyodagi boshqa 
tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan avlod voyaga yetdi. Bugungi yoshlarning tafakkur salohiyati yaqin 
o‘tmishdagi avlodning fikrlash tarzidan serqatlamliligi, dunyoviylashgani bilan ajralib turadi. O‘zbekiston 
mamlakati rivojlanib, jahon xalqlari bilan turli sohalarda aloqalar kuchayib borishi natijasida tashqi 
tomondan kirib kelayotgan ma’naviy-mafkuraviy xurujlar soni ham tobora ortib bormoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi minbarida 
turib: “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimizning qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan 
bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarmizning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar 
yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi “virus”i tarqalishining oldini olishdir”
1
, – deya aytgan ezgu gaplari mazmunidan 
yosh avlodning mustaqil tafakkurini, analitik fikr yuritish layoqatini rivojlantirish biror mamlakatning xususiy 
tashvishi bo‘lmay, dunyo xalqlari oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri ekani anglashiladi.
Zamonaviy iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish ta’lim tizimi oldiga qo‘yayotgan talablar bilan bog‘liqlikda 
o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlarda kompetent yondashuv ta’lim mazmuni va metodlarini o‘zgartirishning 
yangi bosqichi sifatida ko‘rib chiqilgan. Ana shu nuqtayi nazardan ko‘plab tadqiqotlarda kompetensiya 
produktiv va ijodiy faoliyat uchun zarur o‘zaro aloqador shaxsiy sifatlar majmuyi, kompetentlik esa ma’lum 
sohaga doir biron-bir muammoni hal etishga imkon beruvchi shaxsning zaruriy kompetensiyalarni 
egallaganligi deya talqin etilgan.
2
Kompetensiya (lotincha so‘z bo‘lib, “erishaman”, “to‘g‘ri kelaman” ma’nolarini bildiradi) – 
subyektning maqsadni qo‘yish va unga erishish uchun tashqi va ichki zaxiralarni samarali tashkil qila olishga 
tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan kasbiy masalalarni yecha olishga shaxsiy 
qobiliyatidir.
3
N.M.Muslimovning fikricha inglizcha “competence” tushunchasining lug‘aviy ma’nosi “qobiliyat” 
demakdir, biroq kompetensiya atamasi bilim, ko‘nikma, mahorat va qobiliyatni ifoda etishga xizmat qiladi.
4
N.V.Tarasova “kompetensiya” tushunchasini “muammoni hal etish uchun bilim va vaziyat, bilim va 
harakat o‘rtasida aloqadorlikni ta’minlash imkonini beradigan bilim, qadriyatlar, layoqatlarga asoslangan 
umumiy qobiliyat” sifatida talqin etadi.5 Muallifning fikridan kelib chiqqan holda, kompetensiya – insonning 
mavjud bilim va hayotiy tajribalarga tayangan holda ma’lum bir muammoni hal etishga doir qobiliyati, 
degan xulosaga kelish mumkin. 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi, 2017-yil 19-sentabr. 
2
Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped. fan. dok. ... diss. – T.: O‘MKHTTKMOQTI, 2007. – 
315 b.; Turg‘unov S.T. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari boshqaruv faoliyatining nazariy asoslari: Pedagogika fanlari doktori. ...diss. – T., 2007. – 362 
b.; Брызгалова С.И., Илына М.В.,
Ротенкова Т.Н. Педагогические условия формирования ключевых компетенций учащихся основной школы: Монография – Калининград: 
БФУим. И. Kaнтa, 2011. – 176 с. Илина M.В. Реализация компетентностного подхода в работе с учебным текстом (из опыта преподавания 
курса “История западной России в основной школе”) // Исследования Балтийского региона. Вестник Института Балтийского региона РГУим. 
И.Kaнтa. – 2010. – №1. – С. 149-156.; Уразова М.Б.. Совершенствование технологии подготовки будущего педагога профессионального 
образования к проектировочной деятельности: Дисс...док.пед.наук. – Т.:ТГПУ, 2015. – 287.; Botcheva L., Shih J., Huffman L.C. Emphasizing 
Cultural Competence in Evaluation: A Process-Oriented Approach // American Journal of Evaluation. 2009. Volume 30. №2. P. 176-188.; Unland M., 
Kleiner B.H. New developments in organizing around core competence. Work study. London: 1996. Vol.45, Iss. 2.. Kleiner. Work study. London: 
1996. Vol.45, Iss. 2. 
3
В.И.Загвязинского, А.Ф.Закировой. Педагогический словарь. – М.: “Академия”, 2008. – С.41. 
4
Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped. fan. dok. ... diss. – T.: O‘MKHTTKMOQTI, 2007. – 
B.130. 
5
Тарасова Н.В. Мировой опыт реализации компетентностного подхода в профессиональном образовании// Среднее профессиональное 
образование. – 2007. – №2. – С. 36. 


72 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Kompetensiya – ma’lum bir sohada samarali produktiv faoliyat uchun zarur bo‘lgan o‘quvchining 
avvaldan belgilangan ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar (me’yorlar)dan ham o‘zib 
ketishidir.
Kompetensiyaning turlarini tasnif etishga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud. Jumladan, 
N.A.Muslimov va M.B.Urazovalar kasbiy ta’lim nuqtayi nazaridan kompetensiyalarni quyidagi turlarga 
ajratadi: maxsus kompetensiya – yetarli yuqori darajada o‘z kasbiy faoliyatini egallash, keyingi kasbiy 
rivojlanishini loyihalashtira olish; ijtimoiy kompetensiya – birgalikdagi kasbiy faoliyat, hamkorlikni egallash, 
o‘z mehnati natijalariga ijtimoiy javobgarlik; shaxsiy kompetensiya – shaxsiy mustaqil aks etish va mustaqil 
rivojlanish usullari, shaxsning kasbiy deformatsiyalarga qarshi turish vositalarini egallashi; individual 
kompetensiya – kasb doirasida individuallikni mustaqil qo‘llash va rivojlantirish usullarini egallash, kasbiy-
shaxsiy o‘sish, mustaqil tashkil qilish va mustaqil reabilitatsiya qilishga tayyorlik; asosiy kompetensiyalar – 
moslashish va mahsuldor faoliyat uchun zarur bo‘lgan shaxsning madaniyatlararo va sohalararo bilim, 
qobiliyat va ko‘nikmalari.

O.Hayitov va N.Umarovalar klaster yondashuvi asosida kompetensiyalarni quyidagicha guruhlashni 
taklif etishadi: axborotlar bilan ishlashga doir kompetensiyalar: axborotlarni to‘plash va tahlil etish, qarorlar 
qabul qilish; axborotlarni qayta o‘zgartirish; muvaffaqiyatga erishishga doir kompetensiyalar: rejalashtirish, 
faoliyatni tashkillashtirish, natijalarni tahlillash; insonlar bilan ishlashga doir kompetensiyalar: munosa-
batlarni boshqarish, guruhda ishlash, atrofdagilarga ta’sir ko‘rsatish; o‘z-o‘zini takomillashtirishga doir 
kompetensiyalar: o‘z-o‘zini tekshirish, kasbiy o‘sish, innovatsion mobillik.
2
M.B.Urazova loyihaviy faoliyat nuqtayi nazaridan kompetensiyalarni quyidagi turlarga ajratishni taklif 
etadi: refleksiv kompetensiya: o‘z-o‘ziga baho berish, o‘z shaxsi va faoliyatining yutuqlari va kamchiliklariga 
bo‘lgan o‘ziga xos talabchanlik, o‘z ijodiy yutuqlari va omadsizliklari sababini tushuna olish; kognitiv 
kompetensiya: mustaqil ravishda yangi bilim va qobiliyatlarni egallay olish, mustaqil rivojlanish g‘oyalarini 
qo‘llash; axboriy kompetensiya: kerakli axborotning olinishi, qayta ishlanishi va ishlatilishiga doir maxsus 
qobiliyatlarning egallanishi; kommunikativ kompetensiya yuqori darajadagi muloqotga erishishga yordam 
beradigan usullar; ijtimoiy kompetensiya: voqelikning ijtimoiy ahamiyatini anglash, javobgarlikni o‘z 
zimmasiga olish qobiliyati, shaxsiy qiziqishlarning jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘liqligining namoyon bo‘lishi.
3
Tarixiy tafakkurni rivojlantirish muammosini tadqiq etgan pedagog olim B.X.Xo‘jayev tadqiqot obyekti 
bilan bog‘liqlikda motivatsion-kognitiv, informatsion; kommunikativ g‘oyaviy-mafkuraviy, fuqarolikka doir, 
ma’naviy-axloqiy, akmeologik, aksiologik, estetik kompetensiyalar tizimini aniqlashtirgan.
4
Analitik tafakkur – tahliliy fikr yuritish san’ati, biror muammo, masala, axborot, voqea-hodisani 
o‘rganish jarayonida u haqda atroflicha, aniq, teran, chuqur, mazmundor, mustahkam to‘xtamga kelish 
qobiliyati. Analitik tafakkur egasi tahlil qilinayotgan obyektni har tomonlama sinchiklab o‘rganadi: 
murakkab axborotlarni qismlarga ajratadi – har bir so‘z, jumla, detal, narsa ustida jiddiy fikr yuritadi, 
qismlarni o‘zaro mantiqiy bog‘laydi, maqbul xulosaga keladi va kerakli qarorlar qabul qiladi. Analitik 
qobiliyat egasi har qanday hodisa ustida fikr yuritganda narsa-hodisaning tashqi ma’nosini o‘qish bilangina 
cheklanmay, uning ichki – botiniy ma’no qatlamlarini ham aniqlashga urinadi. Natijada, tahlil etilayotgan 
obyekt yuzasidan atroflicha tushuncha yuzaga keladi. Analitik tafakkur muammo yoki masalaning oson va 
tez, to‘g‘ri va aniq hal etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Tahlillar asosida g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikning quyidagi kompetensiyalar tizimi aniqlashtirildi 
(1-jadval). 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikka taalluqli kompetensiyalar tizimi 
o‘quvchilarda analitik tafakkurni rivojlantirishni taqozo etadi.
1
Muslimov N.A., Urazova M.B., Eshpo‘latov Sh.N. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. – T.: “Fan va 
texnologiya”, 2013. – B.6. 
2
Hayitov O., Umarova N. Yoshlarda professional o‘sishga intilishni rivojlantirishning nazariy-amaliy asoslari. – T.: TURON-IQBOL”, 2001. – B.78. 
3
Уразова М.Б. Совершенствование технологии подготовки будущего педагога профессионального образования к проектировочной деятельности: 
Дисс. ... док. пед. наук. – Т.: ТГПУ, 2015. – С. 57-61. 
4
Xo‘jayev B.X. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida rivojlantirish: Pedagogika 
fanlari doktori. ... diss. – T., 2016. – B. 92-94. 


73 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Har bir inson o‘zining individual xususiyatlariga ko‘ra, tafakkurning ma’lum bir tipiga moyil bo‘ladi. 
Bu moyillik uning fikrlash jarayonida, xatti-harakatlarida, borliqqa bo‘lgan munosabatlarida, kasb-hunarida,
yashash va mehnat jamoa muhitida, o‘qib-izlanishda bo‘lgan kuchli ehtiyoji kabi omillarda yanada aniq 
ko‘rinadi. Insonning fikrlash darajasi o‘zi shug‘ullanayotgan sohaning aqliy yoki jismoniy faoliyatga 
mansubligiga qarab ham turlicha bo‘ladi. Aqliy mehnat egalari o‘z faoliyatlarini fikr yuritish asosiga 
quradilar. Ayniqsa, muntazam ilm bilan shug‘ullanuvchi kishining fikrlash qobiliyati tafakkuriy sifatlarga 
boyligi bilan ajralib turadi. Analitik tafakkur yuritish har bir inson uchun foydalidir. Ayniqsa, yuksak g‘oyaviy-
mafkuraviy kompetentlikka ega bo‘lish uchun uning ahamiyati kattadir. Analitik tafakkur o‘quvchilarda 
“o‘zlik”ni idrok etish, ma’naviy fazilatlarni o‘z ruhiyatida barqarorlashtirishda, g‘oyaviy-mafkuraviy 
immunitetni oshirishda “sermahsul qurol” sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Fikr bilan ish yuritadigan 
inson hamisha muvaffaqiyat qozonadi, to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydi. Fikrlash insonni ilgarilab borishga, foydali 
ishlar qilishga yo‘naltiradi.
1-jadval 
G‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlik tuzilmasi 
I’spec 
Kompetensiyalar 
Tashqi namoyon bo‘lishi 
Ichki his-tuyg‘ular 
IQ 
Kognitiv 
Mavjud bilimlaridan foydalanadi va 
yangi bilimlarni namoyish etadi 
Yangi bilimlarni egallash motivatsiyasiga 
ega 
SQ 
Sotsial 
Ijtimoiy maqomga muvofiq xulq-atvor 
namunalarini namoyish etadi 
O‘zini milliy g‘oya targ‘ibotchisi, g‘oyaviy-
mafkuraviy himoyachi, ijtimoiy faol fuqaro 
rollarida anglash 
PQ 
Shaxsiy 
Maqsadni amalga oshirish qobiliyati 
Hayot mazmuni, qadriyatlar, maqsad va 
vazifalarni anglay olish ko‘nikmasi 
EQ 
Emotsional 
Boshqa kishilarning emotsiyalariga 
konstruktiv yo‘nalganlik va o‘z his-
tuyg‘ularini adekvat namoyon etish 
O‘zi va boshqalarning his-tuyg‘ularini 
anglay olish va boshqarish 
CQ 
Kommunikativ 
Relevant belgilar tizimi yordamida o‘z 
fikrini ifoda etish 
Zamonaviy belgilar tizimi yordamida o‘z 
boshqalarning 
maqsad-muddaosini 
tushunish qobiliyati 
TCQ 
Umummadaniy 
G‘oyaviy-mafkuraviy 
jarayonlarning 
harakatlantiruvchi 
kuchlarini 
tushunish, tarixiy meros va madaniy 
an’alarga mas’uliyatli munosabat 
Shaxsiy axborot xavfsizligi ko‘nikmalariga 
egalik, 
axborotlarning 
ishonchligini 
baholash, 
umuminsoniy 
qadriyatlarga 
rioya qilish 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish jarayoni analitik tafakkur vositasida ma’naviy fazilatlarni kamol 
toptirishning, mafkuraviy immunitetni oshirishning katta imkoniyatga ega bo‘lgan muhim obyektlaridan 
biridir. Ayniqsa, badiiy adabiyot ma’naviyatning tuganmas manbasidir. O‘quvchi badiiy-ma’rifiy asarlarni 
o‘qish, o‘rganish orqali tahliliy fikr yuritadi: ma’naviy oziqlanadi, ma’rifiy yuksaladi. Kitob mutolaasi 
o‘quvchining fikrlarini o‘tkirlashtiradi, tafakkur qamrov doirasini kengaytiradi. O‘quvchi milliy-mafkuraviy 
fazilatlarni o‘z oilasidan, yashab turgan mahallasidan, atrofidagi odamlardan fikrlash, tafakkur yuritish 
vositasida o‘rganib, o‘zlashtirib boradi. Badiiy adabiyot bu borada uning eng beminnat ustozidir. 
Mumtoz asarlar, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodi milliy-mafkuraviy fazilatlarning konidir. O‘quvchilar bu 
buyuk siymoning asarlarini o‘qish, o‘rganish jarayonida mustaqil fikr yuritish, analitik tafakkur qilish orqali 
axloqiy sifatlarning muhimligiga, ularni kasb etish ulug‘ saodat ekaniga to‘liq ishonch hosil qiladilar, milliy-
mafkuraviy fazilatlarni egallash istagi, ehtiyoji bilan harakatga keladilar. 
Har kishining tavrig‘a loyiq kerak, 
Surati holig‘a muvofiq kerak. 
Kimki ulug‘roq anga xizmat kerak, 
Ulki kichikroq, anga shafqat kerak
1

1
Shohbaytlar / Ikkinchi kitob. – T.: “Tamaddun”, 2016. – 208 b. – B.20. 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish