Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/84
Sana22.02.2022
Hajmi4,91 Mb.
#113695
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84
Bog'liq
2019-3-son

Annotation. The people of the world from the beginning were different in race, language, religion 
and social class. In the medieval times with the development of science attitude to the world and the 
human thinking was very high. However, in the era of today's globalization, there was a sharp deterioration 
in the attitude to the centuries-old traditions that are important for human evolution. Indeed, various 
spiritual, psychological and social attacks have spoiled national traditions and values. 
Key words: alienation, indifference, indecision, laziness, marginality, family, nationality, tradition, 
social group, religion, peacefulness. 


90 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
О‘zbek xalqi qadim-qadimdan nafaqat о‘z yaqinlariga nisbatan, balki о‘zga millat, xalq va din 
vakillariga nisbatan munosabatda ham tolerantlik, bag‘rikenglikka amal qilganidan tarix guvohlik berib 
turibdi.
“Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) о‘lkani zabt etdi, mahalliy aholi о‘z diniy e’tiqodiga 
nisbatan sobit turdi. Xorazm, Buxoro va Sug‘diyona kabi kо‘hna shahar va kentlarida tub aholi 
Otashparastlik (zardushtiy)ka e’tiqod qilgan bо‘lsa, janubda buddaviylik riqojlangan edi. Milodiy davrga 
kelib, mahalliy aholining ayrimlari nasroniylik dinini qabul qildi, ammo, yahudiylik dini mahalliy aholi 
о‘rtasida tarqalmagan bо‘lsa-da, uning tarqalishiga keskin qarshilik qilmadi. Chunki bu davrga kelib, Buyuk 
ipak yо‘li tufayli hudud aholisi о‘rtasida g‘ayridinlarga nisbatan bag‘rikenglik (tolerantlik) tamoyili 
shakllangan edi. Shu sababdan turli millat, xalq va din vakillari emin-erkin istiqomat qilgan. Hatto, hududda 
Islom dini keng tarqalgan dastlabki yillarda ham bag‘rikenglik (tolerantlik) an’analari davom etgan.
Nafaqat о‘z millati, xalqining azaliy an’ana, urf-odat va qadriyatlariga nisbatan hurmat ruhida, balki 
о‘zgalarga nisbatan munosabatda ham bu tamoyilga og‘ishmay amal qilgan, bu aholi vakillari о‘rtasida 
qachondan va qay tarzda milliy о‘zlikka nisbatan befarqlik, loqaydlik va begonalashuv kabi salbiy illatlar 
paydo bо‘ldi.
Shaxsda о‘z ajodlarining tarixi, madaniyati va ma’naviyatiga nisbatan befarq hamda loqayd 
munosabat kuchayib, ma’naviy boylikdan moddiyat(boylikka ruju qо‘yganda)ni ustun qо‘yish kabi salbiy 
illatlar avj olganda begonalashuv hissi yuzaga keladi.
Xususan, Sobiq Ittifoq davrida “temir qafas” kabi dunyodan uzilib qоlgan edi, u davrda yashagan 
insonlarda tashqi dunyoni bilishga bо‘lgan qiziqish va intilish kuchli bо‘lib, о‘zga dunyo haqidagi muhim 
ma’lumotlarni faqatgina ommaviy axborot vositalaridan bilish mumkin edi. Shu sababdan odamlarda 
axborotga nisbatan “chanqoqlik” hissi mavjud edi.
Mustaqillikni dastlabki yillarda yuzaga kelgan iqtisodiy taqchillik va qiyinchiliklar odamlarni bir qadar 
“sinov”dan о‘tkazdi. Bu kabi taqchillik, qiyinchilik va ishsizlik tufayli yuzaga kelgan tibbiy xizmat hamda 
maishiy turmush darajasining pastligi kо‘pchilikni qattiq “sarosima”ga solib qо‘ydi. Nima bо‘lganda ham, 
odamlar bu kabi qiyinchiliklarni yengib о‘tish yoki undan “qochib qutilishi” zarur edi. “Sobiq Ittifoqni barpo 
etish davrida majburan о‘z ona yurtini tark etgan muhojirlar sonidan-da kо‘proq muhojirlar о‘z yashab 
turgan hududidan kо‘chdi. Ittifoqda yashab qolgan va qiyinchilikdan muhojirlikni afzal bilganlarni har ikkisi 
oldida ham “yangicha hayot”ga kо‘nikma hosil qilish mas’uliyati turardi.
Amerika sotsiologlari tomonidan 1920-yilda Yevropa va amerikaga kо‘chib keluvchi 
muhojir(immigrant)larning о‘z millati, xalqi va jamiyatiga xos tafakkur tarzi hamda dunyoqarashini tubdan 
isloh qiluvchi “amerikacha”, jamiyatga xos va mos millat tushunchasidan kо‘ra ustuvor turuvchi, “Amerika 
fuqaro”ligiga sodiqlik sotsial konsepsiyasi ishlab chiqilgan bо‘lib, har bir muhojirdan ushbu konsepsiyaga 
amal qilishni talab etilardi.
Ushbu sotsial konsepsiyaning asosiy maqsadi marginalizatsiya ya’ni, maqsadi noma’lum sotsial 
guruhning “an’ana”lariga sodiqlik ruhiyatini singirishdan iborat bо‘lgan edi. Muhojirlardagi shaxsga xos 
xususiyat о‘z millati, xalqi va jamiyatiga xos obyektiv bog‘liqlikdan mahrum qiluvchi, asriy va azaliy an’ana, 
aloqalarni parchalashdan millatga xos, milliy g‘urur, estetik, axloqiy, huquqiy hamda fiziologik me’yor va 
qadriyatlarning buzilishiga qaratilgan sotsial harakat edi.
Marginallik – (marginalis-lotincha) millat va xalqlarning asrlar davomida yuzaga kelib, shakllangan 
milliy ijtimoiy normalarini “chegaralov”chi va undan chetlash, mahrum etishga qaratilgan ijtimoiy 
konsepsiya sifatida individda interfaollikni belgilaydi. Individni demagog va adventistlarga hos oldindan 
aytib bо‘lmaydigan va nazoratsiz harakatlariga tо‘liq bog‘liq holatda о‘zgartirishga mо‘ljallangan edi.
Muhojirlarga nisbatan tadbiq etilgan mazkur konsepsiya, avvalombor, jamiyatga nisbatan tadbiq 
etilishi lozim edi. Biroq amerika dunyosida hali irqchilik tо‘liq barham topmagani sabab, ushbu konsepsiyani
jamiyatda tо‘laqonlik qaror topishiga halal berdi. Lekin, ikkinchi jahon urushi davrida va undan keyingi 
yillarda “osuda hayot ilinjida” amerikaga kо‘chib kelgan muhojir(immigrant)larda ushbu konsepsiya kutilgan 
samarani bera boshladi. Shuningdek, XX asrning 90-yillarida, xususan, Amerika va Yevropa jamiyatida millat, 
xalq va milliy о‘zlikdan ustuvor ahamiyat kasb etgan, erkin dunyo fuqarosi degan tushuncha tо‘liq qaror 
topdi.


91 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Sobiq ittifoqning parchalanishini uzoq kutgan Amerika va G‘arb matbuotchilari bu mavzuda uzoq 
vaqt, xо‘p va kо‘p yozishdi. Sotsiologlar ham ushbu mavzudan chetlashmay, iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli 
“sobiq ittifoqchilar”ni yangidan-yangi inqirozlarga uchrab, “tug‘ilib ulgurmay halokatga uchrashi”ni 
bashorat qilib, uning amaliy chora-tadbirlari ishlab chiqildi.
Jumladan, galdagi vazifa sotsiolog E.R. Rashkovskiy fikriga kо‘ra
1
: Sobiq Ittifoqdan “meros” bо‘lib 
qolgan jamiyatni siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy va etnik birlik kabi barcha sohalarda qiyinchilik bilan 
amalga oshirilayotgan islohotlarga putur yetkazishga qaratilgan “Xо‘rlangan ayol” va “Erkin dunyo insoni” 
kabi sotsial loyihalar amalga oshirildi. Ushbu sotsial loyihani ommalashtirish uchun turli axborot xurujlari 
(OAV va internet) qо‘llanildi. G‘arb sotsiologlari bashorat qilganidek, 2000-yildan Sobiq Ittifoq qatori 
yurtimizda ham internet va mobil aloqa shiddat bilan quloch yozdi. Ushbu qulaylikdan, ayniqsa, yoshlar 
qatlamining axborotga bо‘lgan “chanqog‘i qondi”. Hozirda ushbu qulaylikdan bahramand bо‘lganlar 
jamiyatning о‘rta va katta yoshlilar qatlamini tashkil etib, internet va mobil aloqadan asosiy 
foydalanuvchilar hisoblanadi. Ammo, bugungi sotsial tarmoqlarda ma’lumotlar oqimining keskin ortishi 
yoki, bir xabarning turlicha talqin qilinishi axborot iste’molchilarida zerikish uyg‘ondi.
“It insonni qopib olishi hodisaviylik, ammo odam itni qopib olishi shovshuvli (sensatsiya) xabar 
ekanligini e’tiborga olsak, endilikda axborot, ma’lumot oluvchilarga qisqa, sodda va ommani larzaga 
keltiruvchi, vahimali hamda dahshatli xabarlarga qiziqish kuchaygan. Tezkor axborotlar davrida telegram, 
facebook va youtube xizmatlarida tarqatilayotgan xabarlar shular jumlasiga kiradi.
Befarqlik, loqaydlik, dangasalik va begonalashuv kabi salbiy tushunchalar sof falsafiy tushuncha 
bо‘lmay, uning mazmun va mohiyatini anglash uchun bir qator ijtimoiy fanlar va psixologiya fanlarining 
о‘zaro uzviyligida о‘rganiladi. Demak, befarqlik va loqaydlik tufayli yuzaga keladigan dangasalik ham о‘zaro 
uzviylikda begonalashuv kabi salbiy illatni barcha jihatlarini о‘zida “mujassam” qilgan holda, din, millat, xalq 
va hudud kabi tushunchalarni “parchalash”da falsafiy mazmun hamda mohiyatga kо‘ra makon va zamon 
tanlamaydi.
Psixologiya fanida begonalashuv jarayoni, avvalo, salbiy voqea va hodisalarga moyil, о‘zida ma’lum 
bir millat, xalqqa xos ijtimoiy hayot tarzi, me’yorlariga ega bо‘lmagan yoki о‘zidan qoniqish hosil 
qilmaydigan, ya’ni hayotda о‘z о‘rniga ega bо‘lmagan shaxslarda kechadigan psixofiziologik holatdir.
Bu kabi psixofiziologik holatdagi kimsa, qо‘rqitish, azoblash va tahqirlash singari jarayonlarni 
kuzatishga moyil bо‘lib, voqea ta’sirida hayotga bо‘lgan alamzadalik hissini qondiradi. Ular hayotda, 
yaqinlaridan mehr kо‘rmagan, ma’naviy va ruhiy dunyosi shikastlangan hamda о‘zlikdan begonalashgan 
tarzda harakat qiladi.
Ruhiy tushkunlikning sabablari kо‘p, ammo undan chiqishning yagona va tо‘g‘ri yechimi, avvalo, 
insonda hayotga bо‘lgan qiziqish hamda о‘ziga bо‘lgan ishonchini uyg‘otishdir. Har doim ham biror 
muammo tufayli ruhiy tushkunlikka tushgan kimsada muammoga nisbatan tо‘g‘ri va xolis yechim 
topilamasligi sabab bо‘ladi. Bunday vaziyatga tushganlarning aksariyati muammoni yaqinlaridan yashirib, 
yolg‘iz yechim topishda vertual olamga murojaat etishdan yо‘lini yо‘qotib, yangi muammolarga yо‘liqadi.
Psixolog D.N.Smirnovaning fikriga kо‘ra
2
, XX asrning 90-yillarida Rossiya aholisining har jihatdan 
ahvoli qanchalik og‘ir va qiyin bо‘lmasin, baxtsiz voqea sodir bо‘lganda о‘z ahvolini o‘ylab о‘tirmasdan 
yordamga shoshilardi. Jumladan, avtohalokat chog‘ida chetda turib kuzatish holati kam bо‘lib, deyarli 
kо‘pchilik yordamga oshiqardi, ammo 2000-yildan internet va mobil aloqa tizimi ommalashgach, voqeaga 
guvoh bо‘lganlar qо‘l telefoniga bu hodisani tezroq tasvirga olib, tarmoqqa qо‘yishga oshiqishadi. Hatto, 
ular bu xatti-harakatlaridan tez tibbiy yordam va huquq tartibot xodimlarining faoliyatiga xalal berib, yana 
ulardan norozi ham bо‘lishadi. Sо‘nggi yillarda bu holat Rossiya jamiyatida odat tusiga kirishi jamoatchilikni 
kо‘p ham tashvishlantirmay qо‘ydi. Yevropacha egoizm ta’siri kuchaydi. 2012-yilda О‘zbekistonda 
istiqomat qiluvchi dо‘stim Toshkentga taklif etdi. Badiiy asarlardan bilganim og‘ir urush yillarida front 
chizig‘idan ko‘chirib (evakuvatsiya) keltirilganlar bilan burda nonni baham ko‘rgan, uyi va qalbidan joy 
bergan о‘zbek xalqining sharqona mehmon dо‘stligidan bahramand bо‘lish istagida taklifga rozilik bildirdim.
Toshkentga avgust oyida keldim, bir qarashda osuda shaharda Sharqona odob-axloq va zamonaviylik 
1
Мангейм К. Идеология и утопия // Утопия и утопическое мышление: антология зарубежной литературы. -М.: “Прогресс”, 1991. – С. 369. 
2
Смирнова Д.Н. Социальные проблемы и их решение // Философские науки. – М.:2013. № 8. – С. 19-30. 


92 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
uyg‘unligiga guvoh bо‘lasiz. Lekin, safarimning oltinchi kuni avtohalokatga kо‘zim tushdi, ne qismatki yana 
o‘sha holat, jabrlanganlarga yordam kо‘rsatish о‘rniga kо‘pchilik “tasvirga olish” bilan band. Hayratdan dong 
qotib, о‘zimni go‘yoki o‘sha onda Moskvada deya his etdim. Xо‘sh, diniy ta’limotlarda millatimizga yot 
bо‘lgan befarqlik, loqaylik va begonalashuv tо‘g‘risida qanday fikr bildirilgan?
Imom Termeziy Xuzayfa roziyalloxu anxudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy alayxissalom: ”Befarq va 
loqayd bо‘lmanglar, uning oldini olish uchun inson ilm-ma’rifatli bо‘lishi lozim, bilimli insonlar, odamlar 
yaxshilik qilsa, biz ham yaxshilik qilamiz, yomonlik qilsalar, yomonlik qilamiz demaydi. Ular yaxshilik qilsalar, 
yaxshilik qilinglar, yomonlik qilsalar, zulm qilmanglar, bu ilmli insonning ishi emas, bu kabi xatoga yо‘l 
qо‘ysangizlar, sizlar о‘zlikdan begonalashasiz dedilar. Loqaydlikning ikkinchi bir nomi befarqlik, begonalik va 
dangasalik desak, tо‘g‘ri bо‘ladi. Amir ibn Shu’ay bobosi va otasidan eshitib rivoyat qiladi: Nabiy sallollohu 
vasallam: Allohim! Sendan befarqlik, loqaydlik, begonalik, dangasalik va qarzdorlikdan panoh sо‘rayman.
Ma’lumki, musulmon kishining eng muhim xususiyatlardan biri xushyorlik va ogohlik bо‘lib, u о‘z 
qо‘ni-qо‘shnisi, dо‘st-birodari va qarindoshlari holidan doimo boxabar bо‘lib turadi. Befarqlik, loqaydlik va 
begonasirash hissi musulmon kishiga yot tushunchadir. Zero, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) bunday 
marhamat qiladilar: “Musulmonlar bir jasad (forscha jism, tana) kabidir, agar, musulmon kishining bir tana 
a’zosi xastalansa, qolganlarini isitma oladi
1
”.
Bu hadisda bir jamiyatda yashayotgan mо‘min-musulmonlar go‘yo bir tan-u bir jon ekani, shu 
jamiyatning muammosi uning har bir a’zosiga aloqador ekanligi aytilgan. Shuningdek, boshqa bir hadisi 
sharifda bunday deyiladi: “Musulmon kishi bir kun о‘zi tо‘q bо‘lsa, qо‘shnisini ham och holda qoldirmaydi”. 
Qо‘shnidan boxabar bо‘lish deganda musulmon kishi qо‘ni-qо‘shni, qarindosh-urug‘ va mahalladoshlari 
bilan yaqin bо‘lishadi degani emasmi? Musulmon kishi о‘z birodari( birodar, forcha dindosh) holidan xabar 
olib, yon-atrofda sodir bо‘layotgan voqea va hodisalarga befarq yoki betaraf qarab, shunchaki kuzatuvchi 
bо‘lmaydi. Kimdir yomon ish qilgani yoki axloqsizlik, ya’ni behayo va beparda gaplarni aytayotgani yoki 
birovning boshqasiga zulm, adolatsizlik qilayotganini kо‘rib yoki eshitib, indamay ketmaydi. Balki, uni bu 
notо‘g‘ri yо‘ldan qaytarib, tо‘g‘ri va xolislik bilan tushuntiradi. 
Xulosa qilish mumkinki, befarq, loqayd va о‘zlikdan begonalashuv kabi salbiy illatlarning hayotimizdan 
о‘rin olmasligi uchun oila va ta’lim muassasalari bilan о‘zaro hamkorlikka asoslangan ta’lim va tarbiya 
konsepsiyasini ishlab chiqish lozim. Har doimo tarbiya borasida ustuvor bо‘lgan oila ushbu mas’uliyatli 
vazifani ado etishda ham ta’lim sohasi bilan о‘zaro hamkorlikda tashabbuskorlikni о‘z qо‘liga olishi darkor.

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish