IMPROVING THE EDUCATION SYSTEM OF FUTURE DEFENDERS OF THE HOMELAND
Xaydaraliev X. - The teacher of the Fergana state university
Mirzaev G. - Lecturer at the Kokand State Pedagogical Institute
Ochildieva H. - Lecturer, Kokand State Pedagogical Institute
Zakirova D. - Lecturer at the Kokand State Pedagogical Institute
Annotation. This article includes measures on improving the system of upbringing the young
generation in the spirit of military patriotism, which outlines the concepts of patriotism, military patriotism,
and how to build and develop a sense of military patriotism among young people, recommendations and
suggestions for improving the system of education in the spirit of military patriotism.
Key words: patriotism, military patriotism, education, concept, defense, armed forces, history,
cultural heritage.
58
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Har bir davlatning, har bir xalqning taraqqiyoti uning harbiy sohadagi qudrati bilan belgilanadi.
Mamlakat taraqqiyoti uchun uning barcha fuqarolari qalbida fidoyilik, vatanparvarlik tuyg‘ulari mujassam
bo‘lishi kerak. “Vatanparvarlik” tushunchasiga manbalarda “axloqiy va siyosiy prinsip, ijtimoiy tuyg‘u” deya
ta’rif berilgan bo‘lib, u vatanga muhabbat, unga sadoqat, o‘tmish va hozirgi zamondan g‘ururlanish, vatan
manfaatlarini himoya qilish istagi, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalariga xos bo‘lgan eng muhim
qadriyatdir. Bondarenko va V.V.Kolpachevning fikricha, vatanparvarlik tuyg‘usi quyidagi omillar bilan
bog‘lanadi:
Tabiiy omillar. Dastlab vatanparvarlik, birinchi navbatda, ko‘chmanchi xalqlar uchun xos bo‘lgan va
oila a’zolari, urug‘-aymoq o‘rtasidagi qon-qarindoshlik munosabatlarini saqlagan.
Ma’naviy va axloqiy omillar. Vatanparvarlik odamlarni ma’naviy rishtalar va ma’naviy burchlar bilan
birlashtiradi.
Siyosiy omillar. Siyosiy jihatdan, vatanparvarlik odamlar tomonidan mavjud hokimiyatni, boshqaruv
shaklini, davlatning siyosiy tuzilishini, uning rivojlanish istiqbollari va maqsadlarini qabul qilishni anglatadi.
1
Harbiy vatanparvarlik deganda, Vatanga sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan
ravnaqi uchun faol bo‘lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy fazilat tushuniladi. Uning axloqiy
mohiyati – Vatanga mehr-muhabbatli va sodiq bo‘lishdan, yurtning o‘tmishi va hoziri uchun faxrlanishdan,
mamlakat manfaatlarini himoya qilishga intilishdan iborat. Shuningdek, bu fazilat ota-bobolardan meros
qolgan zaminni sevish, xalq urf-odatlarini, qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, o‘z ona-Vatanini
dushmanlardan, yot va begona g‘oyalardan himoya qilish, uning ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham
ayamaslikni nazarda tutadi. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi – bu O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining
mustaqil yurtimizni mardlarcha himoya qilishga qodirligi va tayyorligi, askarlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashning ma’naviy-axloqiy tizimidir
2
.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi umumiy talqindagi vatanparvarlikdan qator jihatlari bilan farq qiladi.
Tadqiqotchi G.Ergasheva fikriga ko‘ra:
– birinchidan, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanni qurol bilan himoya
qilishga tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan;
– ikkinchidan, harbiy vatanparvarlik asosini O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining udumlari tashkil etadi,
vatanparvarlik tarbiyasi asosini esa harbiy udum bilan bir qatorda mehnat udumlari tashkil qiladi;
– uchinchidan, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga nisbatan
hurmat va g‘ururlanish, harbiy xizmatchi bo‘lishga xohish va intilish hamda qo‘lida qurol bilan mustaqil
Vatanni himoya qilish hissini uyg‘otadi. Vatanparvarlik tarbiyasi esa Vataniga sodiqlik, O‘zbekiston fuqarosi
o‘z davlatining buyukligini, kuchliligini mustahkamlash, mustaqilligini himoya qilish hissini rivojlantiradi.
Ma’lumki, kelajagi buyuk davlatni barpo etishda o‘sib kelayotgan yosh avlod quruvchi vazifasini
o‘taydi. Jahonda mamlakat mudofaasining asosiy ko‘rsatkichi vatanparvarlik hissi yuqori darajada
rivojlangan, fidoyi, bilim va tajribasini Vatanga baxshida etuvchi avlodni shakllantirish hisoblanadi. Shu
nuqtayi nazardan, hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat
bilan rivojlanib borayotgan sharoitda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarblik kasb
etadi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi yoshlarda jamiyatning turli
tarmoqlari, ayniqsa, harbiy soha bilan aloqador bo‘lgan davlat xizmati turlarida faollik ko‘rsatish, tinch va
harbiy sharoitda Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli bo‘lish, ularda o‘z yurti va xalqi taqdiri uchun
yuksak mas’uliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni shakllantirishdan iborat. Ushbu jarayonda davlat
va nodavlat notijorat tashkilotlari, oila, mahalla, ta’lim-tarbiya institutlarining o‘zaro hamkorligi muhim
ahamiyatga ega. Ta’kidlash lozimki, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi uzluksiz jarayon
bo‘lib, u bir-biriga bog‘liq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-mafkuraviy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar
majmuasidan iborat. Bu borada yurtimizda qator sa’y-harakatlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan,
bugungi kunda Qurolli Kuchlarimizni salohiyatli askar va ofitser kadrlar bilan ta’minlashda, yoshlarimizni
harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda, ularni
1
Buzskiy M.P., Vyrshchikov A.N., Kustmartsev M.B. Vatanparvarlik va vatanparvarlik tarbiyasining nazariy muammolari. – Volgograd, 2008. – 90 b.
2
Sotiboldiyev A.A., Ma’murov U.I. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi. // O‘quv qo‘llanma. – T., 2007. – B. 15.
59
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar jarayoniga jalb etishda, intellektual va ijodiy salohiyatini
ro‘yobga chiqarishda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni tashabbusi bilan
tashkil etilgan "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseylari hamda Qurolli Kuchlar tizimida O‘zbekiston
yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari tashkil etilganligi, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash Konsepsiyasining qabul qilinishi buning yorqin dalilidir. Shuningdek, mamlakatimiz mudofaa
salohiyatini mustahkamlash O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi. Ushbu Strategiyaga binoan, 2017-yilda boshqa sohalar qatorida
harbiy sohada ham keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Qisqa muddatda dastlabgi aniq natijalarga
erishildi va yangilanayotgan Qurolli Kuchlar tizimi bo‘yicha strategik yondashuv ishlab chiqildi. Bu esa “yosh
avlodimizda qat’iy hayotiy pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishda
alohida ahamiyatga ega. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda o‘rta maktabdan boshlab oliy o‘quv
yurtlarigacha qamrab oladigan uzluksiz harbiy ta’lim va vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha o‘ziga xos noyob va
yaxlit tizim yaratilmoqda
1
.” Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni takomillashtirishning
asosiy prinsiplari:
– ilmiylik; tarixiylik; aniqlik va tezkorlik; muntazamlilik; faollik; ta’lim va tarbiya ishlarining
uyg‘unligi; tarbiya jarayonining izchilligi; harbiy-vatanparvarlik tarbiyasida erishilgan ijobiy natija va
yutuqlarga tayanishdan iboratdir
2
.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari quyidagi to‘rt bosqichda amalga oshirilishi
maqsadga muvofiqdir:
a) birinchi bosqich (3-7 yoshdagilar) atrofdagi olam, Vatan haqida dastlabgi tasavvurlar paydo
bo‘ladigan bosqich hisoblanib, unda bolalarga oila muhitida yoki maktabgacha ta’lim muassasalarida
vatanga muhabbat, sevgi va sadoqat tuyg‘ulari madh etilgan she’r va qo‘shiqlar o‘rgatish, multfilm va turli
o‘yinlar namoyish etib, rasmlar orqali dunyoni anglatish, davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) bilan
tanishtirish masalasi kun tartibiga qo‘yiladi;
b) ikkinchi bosqichda (7-16 yoshdagilar) vatanparvarlik hissiyotlari o‘quvchilarda qahramonlikka
intilish, jasorat ko‘rsatish istagi, tengdoshlari jamoasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish, ular hurmatiga sazovor
bo‘lishi, o‘ziga yuqori e’tibor va talabchanlik, katta ijtimoiy faollik kabi yangi his-tuyg‘ularning shakllanishiga
ko‘ra rivojlanadi. Aynan shu yoshda maktab o‘quvchilari, ayniqsa, botirlik, kuch, iroda, mardlik, do‘stlikka va
o‘rtoqlarga sadoqatni qadrlaydi. Bu ularga Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligini chuqur anglab yetishi
uchun imkon beradi.
v) uchinchi bosqich (16-18 yoshdagilar) yoshlarda Vatanga va uning himoyasi uchun munosib xizmat
qilishga ruhan va jismonan tayyorlikni ta’minlashga yo‘naltiriladi. Bu yoshdagi o‘quvchilarning fikrlashi
yanada yetuklashadi, chuqur umumlashtirishlarga, tartib va qobiliyatga ega bo‘ladi. Ular Vatan himoyachisi
haqida to‘la tasavvurga ega bo‘ladilar. Bu davrda nafaqat Ikkinchi jahon urushi qahramoni yoki faxriysi,
balki mustaqil O‘zbekiston himoyachisining eng yaxshi xislatlari xos bo‘lgan zamondoshlarimizning
jasoratlari, ularning yuksak marralarni zabt etishlari va xalqimiz mehnatini ishonchli himoya qilish haqidagi
ma’lumotlar yoshlar ongida chuqur tasavvurli iz qoldiradi. Biroq hisobga olish kerakki, bu yuksak namunalar
faqat o‘quvchilarning ishlari va harakatlarida o‘rnini topsagina, e’tiborga sazovor bo‘ladi. Shuning uchun
o‘quv-tarbiyaviy jarayonda o‘quvchilarga o‘tgan urush voqealari, xalqning front va front ortidagi ommaviy
jasorati haqida bilimlar berish bilan birga, ularda Vatan himoyasiga tayyorlash uchun ijtimoiy
dunyoqarashlarni ham shakllantirish lozim.
g) to‘rtinchi bosqich (18-30 yoshdagilar) yoshlarni jismonan barkamol va ma’nan yetuk etib
rivojlantirish, ularning tashabbuskorlik qobiliyatlari, intellektual salohiyati, malakasini oshirish, sog‘lom
hayot kechirishga undash va shunga erishishni nazarda tutadi.
Har bir xalq o‘z tarixini avaylab keladi, bu tarix ne’matlari bo‘lmish merosdan kelajak sari ildam yo‘l
bosish uchun kuch-quvvat oladi. Xalq ozodligi uchun qurbon bo‘lgan milliy qahramonlar jasorati, millat
1
Mirziyoyev Sh.M. Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida so‘zlagan nutq. – T., 10.01.2018
2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida Qarori. –
T., 2018-yil 23-fevral, 140-son
60
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
ravnaqi uchun jonbozlik qilgan ilm va fan sohiblarining faoliyati esa har bir avlod uchun yo‘lchi yulduz bo‘lib
xizmat qiladi. Zero, tarixidan bexabar xalq – mazlum xalq, tarixi yolg‘on bilan yozilgan xalq – mahkum xalq,
tarixini asragan va bilgan xalq – tenglar ichida teng xalqdir. Bizning xalqimiz ruhiy-ma’naviy taraqqiyotida
o‘tmish madaniy merosi va milliy ma’naviy qadriyatlar muhim o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, vatanparvarlik
ruhining rivojlanish darajasi va ko‘lami boy tarixiy merosimizni kishilarimiz tomonidan nechog‘lik o‘rganib,
o‘zlashtirilishiga bog‘liq. Hozirgi sharoitda vatanparvarlik g‘oyasini rivojlantirishda madaniy merosning o‘rni
quyidagi omillar bilan belgilanadi:
– xalqimizning haqqoniy tarixi, boy madaniy merosi va milliy ma’naviy qadriyatlari hamda mustaqillik
yillari ularni tiklab, rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning mazmuni va ahamiyatini chuqur
anglash;
– respublikamiz ta’lim-tarbiya tizimida yaratilgan keng imkoniyatlar va hozirgi davr talablaridan kelib
chiqib, milliy g‘oyaning tarixiy meros bilan uzviy bog‘liq jihatlarini o‘qitishning zamonaviy uslub-vositalarini
yaratish va ulardan samarali foydalanish;
– g‘oyaviy ta’lim-tarbiyada madaniy merosdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va bu
boradagi ishlarni milliy taraqqiyot manfaatlari asosida uzluksiz rivojlantirib borish.
Shu jihatdan yoshlarimizga harbiy vatanparvarlik ruhini sindirish, ularda ona Vatanga mehr-
muhabbat, hurmatni yanada kuchaytirish borasida quyidagi ishlarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq
deb hisoblaymiz:
– ta’lim muassasasi kutubxonalarini harbiy vatanparvarlik yo‘nalishidagi badiiy-tarixiy adabiyotlar
bilan to‘ldirish;
– asar mualliflari bilan uchrashuvlar tashkil etish;
– Vatan ozodligi yo‘lida kurashgan ajdodlarimizning hayot yo‘llarini kengroq o‘rganish va yoritish;
– ularning qalamlariga mansub asarlarni ilmiy o‘rganish va keng targ‘ib etish;
– boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan harbiy xizmatchi va faxriylar, ilm-fan, madaniyat va sport
sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan shaxslar bilan uchrashuvlar, seminar-treninglar,
viktorinalar, davra suhbatlari tashkil etish;
– mardlik saboqlarini o‘tkazish va ekskursiyalar uyushtirish;
– teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar, film va multfilmlar, badiiy va musiqiy asarlar, askar qo‘shiqlari,
ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar va elektron o‘yinlar va boshqa texnik vositalardan foydalanish;
– bolalar, o‘smirlar va chaqiruvgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida ommaviy sport ishlarini tashkil etish va
o‘tkazish;
– milliy xalq qahramonlarimizning jasorati, harbiy vatanparvarligini aks ettiruvchi multfilmlar, video
va kinofilmlar, sahna asarlari, tarixiy asarlarni yaratish borasida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish.
Bu kabi tadbirlar ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rang-barangligini ta’minlaydi, pirovard natijada
jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Bugungi ta’lim jarayonida
an’anaviy o‘qitishning xorij metodikasi bilan uyg‘unlashtirilishi natijasida harbiy vatanparvarlikni yoshlar
ongiga singdirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ham samaralidir. O‘quvchilar qalbi va ongiga
milliy ruh, insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun axborot
texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni keltirib o‘tamiz:
– pedagoglarning axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan (AKT) foydalanish samaradorligini
yanada oshirish bo‘yicha o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish hamda o‘quv seminarlari tashkil etish;
– ta’lim muassasalarida AKTdan to‘liq foydalanishni yo‘lga qo‘yish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
– zamonaviy AKT orqali o‘quvchilarga axborotlarni sodda, qisqa va aniq tarzda, bolaning manfaatidan
kelib chiqib, o‘quvchi yashaydigan sharoitga qiyoslab yetkazish;
– o‘quvchilarda axborot manbalarini tanqidiy tahlil qilish, o‘zlashtirilayotgan o‘quv materiali bo‘yicha
shaxsiy fikr va qarashlarni shakllantirish;
– o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, mehr-oqibat va kelajakka bo‘lgan ishonch hissini yuksaltirish
maqsadida xalqimizga xos milliy va umuminsoniy qadriyatlarni axborot-kommunikatsion texnologiyalari
orqali keng targ‘ib qilish;
– ota-onalarga o‘z farzandlarini axborot xurujlaridan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berish.
61
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda kelajagimiz vorislari bo‘lgan yoshlarda
vatanparvarlik ruhini rivojlantirish, Vatanga bo‘lgan muhabbat va ertangi kunga ishonch ruhida tarbiyalash
davlat ahamiyatiga molik vazifa bo‘lib, uni ro‘yobga chiqarish barchamizning fuqarolik burchimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |