ZARRALAR FIZIKASI AMALIY MASHG‘ULOTLARINING TAKOMILLASHTIRILGAN MAZMUNI
Madaliyev A.M. –Qo‘qon davlat pedagogika instituti o`qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada zarralar fizikasi amaliy mashg‘ulotlari ahamiyati, ularning
takomillashgan mazmunini ishlab chiqish va ularga qo‘yiladigan talablar va o‘ziga xosliklar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar: zarralar fizikasi, amaliy mashg‘ulot, masalalar yechish, takomillashgan mazmun,
elementar zarra, o‘zaro ta’sir, o‘zaro ta’sir turlari, saqlanish qonunlari, o‘qitish metodikasi.
УСОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОДЕРЖАНИЯ ПРАКТИЧЕСКИХ ЗАНЯТИЙ ПО ФИЗИКЕ ЧАСТИЦ
Мадалиев А.М. - преподаватель Кокандского государственного педагогического института
Аннотация. В данной стате излагается значение практических занятий по физике частиц,
разработка их усовершенствованного содержания, предъявляемые к ним требования и их
особенности.
Ключевые слова: физика частиц, практическое занятие, решение задач, усовершенствованное
содержание, элементарная частица, взаимодействие, типы взаимодействий, законы сохранения,
методика преподавания.
1
M.V.Klarin - Technological approach in education. – School technologies. – 2003. - №5. - p.3-22.
64
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
IMPROVED THE CONTENT OF PRACTICAL LESSONS IN PARTICLE PHYSICS
Madaliyev A.M. - Teacher of Kokand State Pedagogical Institute
Annotation. In given article value of practical training on the nuclear physics, working out of their
perfect maintenance, demands made to their and their features is stated.
Key words: nuclear physics, practical employment, decision of problems, advanced maintenance, an
elementary particle, interaction, types of interactions, preservation laws, a teaching technique.
Mamlakatimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibordan maqsad shuki, yurtimiz kelajagi
uchun jahon andozasiga mos, yuqori darajada bilimli va teran fikrlaydigan yetuk kadrlar tayyorlashdir. Bu
esa o‘qitishni ham mazmun, ham uslub jihatdan yuqori pog‘onaga ko‘tarishni talab qiladi. Ta’limning barcha
bosqichlari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash, asosan, pedagogika oliy ta’lim muassasalari zimmasiga
tushadi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida talabalarga chuqur
bilim berish, egallayotgan kasblariga doir amaliy ko‘nikma, malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga
ega. Talabaga bilim berishda asosiy vazifalardan biri o‘quv jarayonining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan amaliy
mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish va ijobiy yutuqlarga erishishdir. Chunki talabalarga beriladigan nazariy
bilimlar amaliy mashg‘ulotlarda har tomonlama mustahkamlanadi. Fizikadan amaliy mashg‘ulotlarni,
asosan, fan mavzusiga doir masalalar yechish tashkil etadi.
Ma’lumki, zamon talablari va fan yangiliklari asosida zarralar fizikasining takomillashgan mazmuni
M.Y.Mansurovaning tadqiqot ishida ishlab chiqilgan
1
. Bu mazmun oliy pedagogika ta’lim muassasalari
talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu fanning asoslarini o‘zida mujassamlagan. Bu asoslarni har
tomonlama mustahkamlash uchun esa amaliy mashg‘ulotlar mazmunini ishlab chiqish talab qilinadi. Shu
o‘rinda zarralar fizikasi jarayonlarining o‘ziga xosligi, murakkabligi va tasavvurga qiyin berilishini, albatta,
inobatga olish talab qilinadi. Shu sababli ham amaliy mashg‘ulotlarning mazmuni beriladigan nazariy
ma’lumotlarni har tomonlama mustahkamlashi, zarralar fizikasi jarayonlarini yaxshi o‘zlashtirishga hamda
ular to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirishga va sohani sifatli o‘zlashtirishga xizmat qilishi zarur.
Masalalar yechish fizika fani ma’ruzalarini ham ma’lum ma’noda to‘ldiradi. Masala yechish orqali
talabalar bilimini kengaytiradilar va chuqurlashtiradilar, qonun va formulalarni chuqurroq bilishni
o‘rganadilar, ularning qo‘llanish chegaralarini ko‘rib chiqadilar, umumiy qonuniyatlarni aniq bir vaziyatlarga
qo‘llash malakasini egallaydilar. Masalalar yechish jarayonida hisoblash, adabiyotlar va ma’lumotlar bilan
ishlash malakasi hosil bo‘ladi. Masala yechish fizik hodisalarga maxsus yondashish yo‘llarini o‘rgatadi.
Talabalar ma’lum bir mavzuga oid masala yechishda keng hodisalar ko‘lamini bilishga jiddiy yondashishni
o‘rganadilar. Masalan, talabalar zarralar fizikasini o‘rganishda masalalar yechish orqali tabiatdagi
fundamental saqlanish qonunlarining amal qilishi, zarralarni xarakterlovchi kattaliklar, zarralar olamidagi
saqlanish qonunlarining xususiyatlari, saqlanish qonunlari bilan simmetriyalar orasidagi bog‘lanishlar kabi
bo‘limning mazmunini chuqur va har tomonlama tushunishga erishadilar va tasavvurlari to‘liq shakllanadi
hamda masalalarni yechish, ularni tahlil qilishga ishonch hosil qiladilar
2
.
Masala yechish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda hisoblash malakasini oshirishga mashq – masalalar,
u yoki bu qonunlarning qo‘llanilishlarini namoyish qiluvchi masalalar, bilimlarni mustahkamlash va nazorat
qilish masalalari va bilimni orttirishga xizmat qiladigan masalalar ko‘rib boriladi
3
.
Fizika o‘qitishning zaruriy qismlaridan yana biri, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini
tekshirishdir. Bilim va ko‘nikmani tekshirish talabalarning mehnatsevarlik sifatlarini tarbiyalashga,
muntazam ravishda mehnat qilish zarurligini bilishga, hamma ko‘rinishdagi o‘quv vazifalarni vijdonan
bajarishga xizmat qiladi. Talabalar bilimini sinash vaqtida u yoki bu xulosa asosida nima yotishini, faktlardan
kelib chiqadigan umumlashtirish nimadan iboratligini bilish malakasiga ega bo‘lishini talab etish ular
1
Mansurova M.Y. Oliy ta’limda elementar zarralar fizikasi mazmuni va uni o‘qitish metodikasi (bakalavriat bosqichi misolida). Ped.fan.nom.diss. –
Toshkent, 2009. – 126 b.
2
Nasriddinov K.R., Rajabov N.Z., Nasriddinov D.K. Elementar zarralar fizikasi. // Uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 41-bet.
3
Sadriddinov N., Rahimov A., Mamadaliyev A., Jamolova Z. Fizika o‘qitish uslubi asoslari. – Toshkent. “O‘zbekiston”, 2006. – 173-b.
65
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
mantiqiy fikrlashlarining rivojlanishiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir qiladi. Bilim, ko‘nikma va malakani
tekshirish – bilimni takrorlash, chuqurlashtirish, mustahkamlash va sistemalashtirish hamdir
1
.
Talabalarning o‘quv rejadan o‘rin olgan kurs bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakasini aniqlash,
tekshirish va baholashda nazorat turlaridan biri test topshiriqlari sanaladi. Test topshiriqlarining qiyinlik
darajasi mezoni o‘rganilayotgan obyektning xususiyatlarini o‘zida to‘liq aks ettirib, uni talabalar tomonidan
mazkur xususiyatlarni aniqlash uchun bajaradigan aqliy operatsiyalariga ko‘ra, quyidagi to‘rt darajaga
bo‘lish mumkin
2
.3
Reproduktiv daraja
Produktiv daraja
Qisman – izlanishli daraja
Ijodiy (kreativ) daraja
Dastlabgi reproduktiv va produktiv darajadagi test topshiriqlari o‘quv dasturi bo‘yicha tasdiqlangan
DTSning minimal darajasiga, qisman – izlanishli va ijodiy (kreativ) darajadagi test topshiriqlari DTSning
maksimal darajasiga mos tushishi zarur.
Test topshiriqlarini tuzishda mazmun asosiy o‘rinni egallaydi, shu sababli o‘quv kursi mazmunidagi
bilimlarni aniqlash va ularga mos o‘quv maqsadlariga erishish darajasini belgilaydigan test topshiriqlarini
tuzish maqsadga muvofiq. O‘quv maqsadlari taksonomiyasi B.Blum4 tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘z
ichiga bilish, tushunish, amaliyotga qo‘llash, tahlil qilish, sintezlash, baholash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Elementar zarralar fizikasi bo‘limining yaxshi o‘zlashtirilishi ma’ruza mashg‘ulotlarida olinadigan
nazariy bilimlarning amaliy mashg‘ulotlar davomida mustahkamlanishiga bog‘liq. Nazariy bilimlar ma’ruza
mashg‘ulotlarida tushunarliday bo‘lib tuyuladi. Lekin amaliy mashg‘ulotlarda berilgan nazariy bilimlar turli
jarayonlarni tahlil qilish natijasida yanada mustahkamlanadi. Elementar zarralar fizikasida masalalarning
asosiy qismini zarralarning parchalanish yoki o‘zaro ta’sir jarayonlarini tahlil qilish tashkil qiladi. Albatta, bu
jarayonlar o‘zaro ta’sir turiga qarab energiya, impuls, impuls momenti hamda spin, izotopik spin, g‘alatilik,
maftunkorlik kabi kvant sonlarining saqlanish yoki saqlanmasligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Talabalar bu
jarayonlarni yaxshi tahlil qila bilishlari hamda ularda ma’lum darajada ko‘nikmalar shakllanishi kerak. Agar
nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlanmasa talabalar bilim va tasavvurlarining yuzaki
bo‘lishiga olib keladi.
Pedagogika oliy o‘quv yurtlari uchun “Umumiy fizika”dan fan dasturida zarralar fizikasidan amaliy
mashg‘ulot uchun quyidagi mavzular ajratilgan
5
:
1. Elementar zarralar. 2. Zarralar jarayonida energiya saqlanishi. 3. Barion zaryadi saqlanish qonuni.
4. Lepton zaryadi saqlanish qonuni.
Masalalar yechishga mo‘ljallangan ko‘pgina adabiyotlarda zarralar fizikasiga doir masalalar, asosan,
zarralar energiyasi va impulsining saqlanishiga doir berilgan. Bu masalalar esa yuqorida keltirilgan
mavzularning ikkitasini o‘z ichiga oladi xolos. Bu esa zarralar fizikasi amaliy mashg‘ulotlarining
takomillashtirilgan mazmunini ishlab chiqish hamda, amaliy mashg‘ulotlar uchun topshiriqlar (masalalar,
testlar va x.k) to‘plamini tayyorlashni taqazo etadi.
Pedagogika oliy o‘quv yurtlari uchun zarralar fizikasi amaliy mashg‘ulotlarining takomillashtirilgan
mazmunini ishlab chiqishda, bizning fikrimizcha, quyidagilar e’tiborga olinishi kerak:
Zarralar fizikasi amaliy mashg‘ulotlarining o‘qitilish holati. Bunda amaliy mashg‘ulotlarning
takomillashtirilgan mazmunini shakllantirishning pedagogik-psixologik jihatlari ko‘riladi. Oliy ta’lim
muassasalaridagi ta’lim mazmuni, uning strukturasi alohida ahamiyat kasb etadi. Oliy ta’lim ta’lim
mazmunini zamonaviy bilimlar, maxsus malakali ta’lim bilan qurollantirib qolmay, fanlarning rivoji, ularning
ilmiy-metodologik va g‘oyaviy negizlari bilan tanishtiradi. Shu bois, oliy ta’lim tizimidagi ta’lim jarayonini
ijobiy shakllantirishda pedagogdan yuksak mahorat, qobiliyat talab etiladi.
1
Sadriddinov N., Rahimov A., Mamadaliyev A., Jamolova Z. Fizika o‘qitish uslubi asoslari. – Toshkent. “O‘zbekiston”, 2006. – 139-b.
2
Tolipova J.O. Pedagogik kvalimetriya. // O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2017. – 24-b.
3
Tolipova J.O. Pedagogik kvalimetriya. // O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2017. – 24-b.
4
Bloom B.S. a.o. Handbook on Formative and Summative Evaluation of Student Learning. N-Y., McGraw-Hill, 1971. – c. 232
5
Umumiy fizika fan dasturi. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. TDPU. – Toshkent, 25.08.2018. – 24 b.
66
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Zarralar fizikasi amaliy mashg‘ulotlarining takomillashtirilgan mazmunini shakllantirishdagi didaktik
talab va imkoniyatlar. Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak o‘qituvchilar tayyorlanadi, demak, ularga
bayon etiladigan elementar zarralar fizikasi kursi o‘ziga xos, uni o‘qitadigan o‘qituvchilar zimmasiga maxsus
ma’suliyat yuklaydigan bo‘lishi kerak.
Zarralar fizikasi amaliy mashg‘ulotlarining mazmuni va tarkibi.
Zarralar fizikasi mazmunidan kelib chiqib, amaliy mashg‘ulotlarda taklif qilinadigan masalalar quyidagi
ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
Kuchli o‘zaro ta’sir jarayonlariga oid masalalar. Bu ta’sirda qatnashuvchi zarralar adronlar deb ataladi.
Bu o‘zaro ta’sir proton va neytronlarni yadroda ushlab turadi. Yoki kvarklar shu kuch orqali bog‘lanib,
adronlarni tashkil qiladi. Ma’lumki, bunday jarayonlarda barcha saqlanish qonunlari bajariladi.
Masala. Quyidagi jarayonlarning sodir bo‘lish yoki bo‘lmasligini izohlang.
.
,
,
,
,
,
,
0
0
0
0
0
Do'stlaringiz bilan baham: |