24
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
presented.
Key words: literary education,
deaf pupils, weak-learning students, conscious reading, literary
analysis, skill, pedagogical system,
principles, methods, reading activity, literary and creative,
communication.
Maxsus pedagogikada adabiy ta’lim jarayonida kar va zaif eshituvchi bolalar nutqini rivojlantirish
alohida jarayon emas, balki o‘quvchi shaxsining umumiy, jumladan, estetik va aqliy rivojlanishining bir qismi
sifatida tadqiq etiladi. Adabiy ta’lim jarayonida kar va zaif eshituvchi bolalar nutqini rivojlantirish ayni
vaqtda umumiy estetik rivojlanishning bir qismi sifatida
obrazli fikrlash, ijodiy va qayta yaratuvchi tasavvur,
ijodiy faoliyatga intilish uni estetik rivojlanish bilan bog‘laydi. Adabiy ta’lim jarayonida bolalar nutqini
rivojlantirish shaxsning ko‘plab sifatlari va xususiyatlarining birikishi ifodasini qamrab oladi
1
. Tadqiqot
natijalari adabiy ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini shakllantirish metodikasi
rivojlanishining zamonaviy bosqichida surdopedagoglar bolalarni badiiy
adabiyotni idrok qilishga
tayyorlash, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini rivojlantirish metodlarini optimal tanlash,
evristik va ijodiy xarakterdagi topshiriqlar sonini orttirish, adabiy ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni
bo‘lgan bolalarning nutqini shakllantirish natijaviyligini aniqlash bo‘yicha diagnostik topshiriqlarni ishlab
chiqish bilan bog‘liq nuqtiy rivojlantirishning yangi yo‘llarini tadbiq etish haqidagi xulosaga kelishga imkon
berdi. 2019-2020-yillar davomida adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan
bolalar nutqini
rivojlantirish holatini tizimli o‘rganish jarayonida Toshkent shahridagi 106-sonli ixtisoslashtirilgan maktab,
Buxoro shahridagi 123-sonli sonli ixtisoslashtirilgan maktab, Qarshi shahridagi 17-sonli sonli
ixtisoslashtirilgan maktab, Olmaliq shahridagi 80-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quvchilari tadqiqot
obyekti sifatida tahlil etildi. Adabiy ta’lim jarayonida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqini
rivojlanishining umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishning eksperimental
dasturiga muvofiq,
tadqiqot bolalarning o‘qigan asarlari haqidagi ijodiy fikrlari og‘zaki nutq vositasida bayon etish malakasini
o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Tadqiqotni tashkil qilish va o‘tkazishning metodik asosini M.P.Voyushina,
M.I.Nikitina tomonidan ishlab chiqilgan diagnostik topshiriqlar tashkil qildi
2
O‘quvchilar tomonidan o‘qigan
asarlari haqidagi ijodiy fikrlari og‘zaki nutq vositasida bayon etish darajasini aniqlash maqsadida 6-sinf
o‘qish darsligidagi Sunnatilla Avloqulovning “Tonggi so‘z” va “Ko‘pik” hikoyasini o‘qish, keyin o‘qiganlari
haqida voqealarning keyingi rivojining o‘z variantini taklif qilgan holda, og‘zaki matn tuzish taklif qilindi.
Birinchi turkum topshirig‘ida o‘quvchilar bog‘langan fikrlarni mustaqil tuzdi, ikkinchisida esa matn asosidagi
reja yordamida tuzdilar. Birinchi turkum eksperimental topshiriqlarni bajarishga oid bog‘langan fikrlarini
jamlagan ishlar tahlili sinaluvchilarning bog‘langan fikrlarni mustaqil tuza olmasligini aniqlash imkonini
berdi. Odatda, bolalarning fikrlari bitta gapdan tashkil topdi, masalan:
“Qiziq”, “Menga hikoya yoqdi, chunki
Do'stlaringiz bilan baham: