TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
to‘g‘riligi – ortiqcha predmetlar mavjud bo‘lgan predmetlar guruhidan bir qator predmetlarni
ajratish. O‘yinning borishi: o‘yin bir necha topshiriqlar asosida olib boriladi.
A) berilgan predmetlar orasidan tushlik uchun zarur bo‘lgan predmetlarni yig‘ish so‘raladi: likopcha,
qo‘g‘irchoq, taroq, qoshiq, piyola, tish cho‘tkasi. B) rasm chizish jihozlarini yig‘ish so‘raladi: qog‘oz,
yelim, taroq, qalam, mo‘yqalam, qoshiq, bo‘yoqlar. V) o‘quv qurollarini yig‘ish so‘raladi: qo‘g‘irchoq,
daftar, ruchka, taroq, tish cho‘tkasi, alifbe.
Xulosa. O‘quvchilar bilan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Uyga vazifa.
Kartochkada berilgan o‘quv qurollariga oid topishmoqlarni javobini topib kelish beriladi.
Rag‘batlantirish. O‘quvchilar faoliyatiga ko‘ra baholanadi. Logopedik mashg‘ulot uchun ishlanma
(frontal). Mashg‘ulot mavzusi: Mevalar. Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga mevalar haqida tushuncha
berish. Tarbiyaviy maqsad: mevalarni pishganda, yuvib iste’mol qilish, mevali daraxtlarning
shoxlarini sindirmaslik, ularni parvarish qilish kabi ko‘nikmalarini shakllantirish. Korreksion maqsad:
o‘quvchilar nutqini o‘stirish, lug‘atini boyitish, o‘zaro muloqotga kirishish ko‘nikmalarini
rivojlantirish, o‘quvchilarni bir-biriga mehribon bo‘lishga, do‘stlariga mehr bildirishga o‘rgatish.
Mashg‘ulotning borishi. Tashkiliy qism: o‘quvchilar bilan salomlashish, ob-havo, kun haqida
so‘rash. “Xushmuomalalik” o‘yini orqali mashg‘ulotni boshlash. O‘yinning borishi: o‘quvchilar bir-
birlarining qo‘llarini ushlab aylana bo‘ylab o‘tirib oladilar. O‘quvchilar yonida o‘tirgan do‘stiga qarab
bir nechta maqtovli so‘zlarni aytadi. Maqtovli so‘zlarni tinglayotgan o‘quvchi: “Rahmat, men juda
xursand bo‘ldim” deydi. So‘ngra maqtovli so‘zlar tinglagan o‘quvchining o‘zi keyingi tarafida o‘tirgan
do‘stiga maqtovli so‘zlarni aytadi. Agar o‘quvchilar qiynalsalar, o‘qituvchi yordam berib boradi.
O‘tilgan mavzuni takrorlash. “Sabzavotlar” mavzusi “Ovqat pishiramiz” o‘yini asosida takrorlanadi.
O‘yinning borishi: O‘qituvchi: “Kelinglar bugun biz sizlar bilan ovqat tayyorlaymiz. Buning uchun
bizga sabzavotlar yordamlashishlari zarur. Biz bugun “sho‘rva” tayyorlaymiz. Bizda barcha mevalar
va sabzavotlar aralashib ketibdi. Biz sho‘rvaga kerakli sabzavotlarni ajratishimiz kerak. Rasmlar
orasidan kerakli sabzavotlarni ajrating: sholg‘om, piyoz, bulg‘or qalampiri, pomidor, kartoshka,
sabzi”. Yangi mavzu bayoni. O‘quvchilarga bugun mashg‘ulotda mevalar haqida suhbat olib borilishi
aytib o‘tiladi. Mevalarning foydali jihatlari, ularni iste’mol qilishda gigiyena qoidalariga rioya etish
kerakligi haqida ma’lumotlar beriladi. “Daraxtda mevalar pishdi” o‘yini o‘ynaladi. O‘yinning borishi:
logoped doskaga daraxt rasmini ilib qo‘yadi. Stol ustiga meva va sabzavotlarning rasmini qo‘yib
qo‘yadi. O‘quvchilar stol ustidagi mevalarni ajratib olib, daraxtga ilib chiqishlari lozim. Jismoniy
daqiqa. “Mazasidan top” o‘yinidan foydalaniladi. O‘yinning borishi: logoped bir necha mevalarni
bo‘laklarga bo‘lib qo‘yadi, o‘quvchilarni birma-bir chiqarib, ko‘zlarini bog‘lab, mevalarni yeb
ko‘rishga beradi. O‘quvchilar mazasiga ko‘ra qanday meva ekanligini topishlari kerak.
Mustahkamlash. “Sehrli qopcha” o‘yinidan foydalanish. O‘yinning borishi: logoped mevalarning
mulyajlarini ko‘rsatadi. Har bir o‘quvchi chiqib, ushbu mulyajlarni ko‘rsatib, nomlab berishi lozim.
So‘ng barcha mevalar qopchaga solinib, o‘quvchilar ko‘zlarini berkitib, bittadan mevani qopning
ichidan oladilar. Ko‘zlari yumilgan holda qo‘llarida qanday meva ekanligini aytib berishlari kerak.
“Qo‘llarimiz tepada, qo‘llarimiz pastda” o‘yini. O‘yinning borishi: logoped o‘yin bo‘yicha ko‘rsatma
beradi. “Hozir men sizlarga bir qancha meva va sabzavotlarni birin-ketin nomlayman. Sizlar esa,
mevalarning nomini eshitsangiz qo‘llarinigizni tepaga ko‘tarasiz, chunki ko‘pgina mevalarimiz
daraxtda o‘sadi. Agar sabzavotlarni aytsam, qo‘llaringizni pastga tushirasiz chunki sabzavotlarimiz
yerda o‘sadi. O‘yin qoidasi tushunarli bo‘lsa, o‘yinni boshlashimiz mumkin. Olma – qo‘llar tepada,
chunki bu meva; pomidor – qo‘llar pastda, chunki bu sabzavot”. Shu tariqa o‘yin davom etadi.
Noto‘g‘ri bajarganlar o‘yindan chiqib qolganlarning bajarishini kuzatib turishadi.
Xulosa. O‘quvchilar bilan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Mevali daraxtlarni
parvarish qilish, daraxt shoxlarini sindirmaslik haqida suhbatlashiladi. Uyga vazifa. Kartochkada
berilgan mevalar rasmini bo‘yab kelish so‘raladi. Rag‘batlantirish. O‘quvchilar faoliyatiga ko‘ra
35
Do'stlaringiz bilan baham: |