Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
eksperimental tasdiqlab berilgan
1
. L.S.Vigotskiy
2
, A.A.Leontev
3
, V.G.Petrova
4
larning ta’kidlashicha, 
bola atrofdagi insonlar bilan qanchalik oson muloqotga kirisha olsa, hayotining keyingi davri, ya’ni 
o‘quv, ish faoliyati, taqdiri va hayotda o‘z o‘rnini topishi shunchalik osonroq kechadi. Aynan shu 
davrda atrofdagi insonlar bilan muloqot o‘rnatishga qaratilgan, o‘z nutqini to‘g‘ri ifodalashga bo‘lgan 
mas’uliyat ko‘nikmalari rivojlana boshlaydi. Shuningdek, qonun-qoidalarga rioya etish, alohida 
shaxsiy va guruhli faoliyatlarni tashkil etish, o‘zaro hamkorlik, o‘zaro faoliyatda muloqot va 
munosabatning qimmatligini tushunish shakllanib boradi. Aynan shu yoshda uning hayoti davomida 
qo‘llaydigan muloqot qilish qoidalari va me’yorlari rivojlanadi. Nutqiy va ekspressiv muloqot qilish 
xarakteri bolani hayoti davomida boshqa insonlar bilan mustaqil muloqot qilishga bo‘lgan darajasini 
belgilaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini muloqot qilishdagi qiyinchiliklarini 
aniqlash hamda vaqtida bolalar bilan korreksion ishlarni olib borish zarur. Boshlang‘ich sinf aqli zaif 
o‘quvchilarning nutqi hamda muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, rivojlantirish bo‘yicha umumiy 
va maxsus psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlili hamda olib borilgan ta’kidlovchi eksperiment 
natijalari asosida, aqli zaif o‘quvchilarning lug‘ati va muloqotga kirishish ko‘nikmalarini ta’lim 
jarayonida rivojlantirishga qaratilgan o‘yin texnologiyalari ishlab chiqdik
5
. “Texnologiya” yunoncha 
so‘z bo‘lib, “teche” – “mahorat”, “san’at” va “logos” – “tushuncha”, “o‘rganish” demakdir. 
Texnologiya so‘zi zamirida jarayonlarni amalga oshirishdagi usul va vositalar xususidagi bilimlar 
yig‘indisi, shuningdek, obyektda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlar yotadi. “Ta’lim texnologiyasi” - 
ta’limdagi maqsadga erishish instrumentariysi, ya’ni ilgaridan loyihalashtirgan ta’lim jarayonini yaxlit 
tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning uslub, usul va 
vositalar tizimi ta’lim jarayonini boshqarishdan iborat
6
. Ta’lim berishning eng samarali yo‘li bu – 
o‘yin texnologiyalaridir. Didaktik, harakatli, syujetli – rolli o‘yinlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarda 
insoniy fazilatlarga xos bo‘lgan o‘zaro muloqotga kirishish, hamkorlik va raqobat, rahmdillik va 
qattiqqo‘llik kabi ijtimoiy-amaliy tajribalarni shakllantirib bordik. Har bir mavzuga mos verbal va 
noverbal o‘yin texnologiyalarini tanlab takomillashtirdik, hamda ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-
internatlarning darslari davomida ushbu o‘yin texnologiyalarini qo‘lladik. Misol tariqasida bir necha 
mavzular yuzasidan dars ishlanmalarini ko‘rsatib o‘tamiz. 
“Nutq o‘stirish” darsi. Dars mavzusi: Tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar. 
Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar haqida tushuncha berish. 
Tarbiyaviy maqsad: tabiatni asrash, xazonlarni yoqmaslik, tozalikka rioya etish qoidalari bilan 
tanishtirish. Korreksion maqsad: o‘quvchilar nutqini o‘stirish, lug‘atini boyitish, o‘zaro muloqotga 
kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirish. 
Darsning borishi. Tashkiliy qism: o‘quvchilar bilan salomlashish, ob-havo, kun haqida so‘rash.
O‘tilgan mavzuni takrorlash. “O‘zbekiston mening vatanim” mavzusi “Loto” o‘yini asosida 
takrorlanadi. O‘yinning borishi: O‘quvchilarda bir nechta predmetlar tasvirlangan rasmlarning bir 
qismi bo‘ladi. Ushbu predmet tasvirining bir qismi esa o‘qituvchida bo‘ladi. O‘qituvchi doskaga 
biron-bir predmetning bir qismni joylashtiradi, o‘quvchilar esa o‘zlaridagi predmetlar tasviri 
orasidan doskadagi predmetning qismini topishlari kerak. Topilgan predmetning qismi doskadagi 
predmet bilan birgalikda birlashtiriladi. Masalan: bayroqning 3 xil rangini qismlarga ajratish mumkin, 
bayroqning katta tasviri doskaga ilinadi hamda o‘quvchilar yulduzchalarini qo‘yib chiqishlari taklif 
etiladi. 
1
Петрова В.Г. Психология умственно отсталых школьников. – М.: Академия, 2002. - 160 с. 
2
Выготский Л.С. Психология развития человека. М.: Изд-во Смысл; Эксмо, 2005. -1136 с. 
3
Леонтьев А.А. Психология общения. – М.: Смысл, 1999. -365 с. 
4
Петрова В.Г. Развитие речи учащихся вспомогательной школы. - М.: 1997, - 199 с. 
5
Мусаева Н.С. Ақли заиф ўқувчиларнинг вербал ва новербал мулоқотга киришиш кўникмаларини таълим жараёнида 
ривожлантириш. Автореферат. Т., 2018. 
6
Абдуқодиров А., Пардаев А. Педагогик технологияларга оид атамаларнинг изоҳли луғати. –Т.: Фан ва технологиялар, 2012. – 
44 б. 


33 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish