Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   269
-
 
tushunchaga ta’rif berish: atama va uning so‘zli ifodasi kiritiladi, mazkur tushuncha mazmuni 
gap bilan ifodalab beriladi; tushuncha shartlarida keltirilgan ifodalarni qanoatlantiruvchi mavjud 
obyektni aniqlash (hech bo‘lmasa, aniq obyektlardan misollar keltirish orqali); yangi tushunchani 
shakllantirish uchun o‘quvchi hayotiy tajribasiga murojaat qilish; belgilashni kiritish (belgi, sxema, 
grafik...).
Shuni ham e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozimki, har doim ham ta’riflarni kiritish 
yuqorida qayd etilgan tartibda keltirilmaydi. Lekin, ilmiy matematik tushunchalarni shakllantirishda 
yuqorida qayd etilgan barcha qadamlar amalga oshiriladi. 
Qator tushunchalar uchun birdaniga yakuniy ta’rif berib bo‘lmaydi. Tushuncha asta-sekin, 
ketma-ketlikda rivojlantirilishi lozim, shu sababdan ta’limning turli bosqichlarida mazkur 


112 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
tushunchaning teran mazmunini izchillikda ochib beruvchi ta’rifning turli ifodalari kiritiladi. Ba’zan 
esa ta’lim berish jarayonida qator asosiy tushunchalarning (limit, o‘zgaruvchi va sh.k.) ta’rifi 
umuman berilmasligi ham mumkin. Tushuncha shakllanish jarayonining keyingi bosqichi – 
mustahkamlash. Birinchi navbatda ta’rifni o‘zlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish lozim. 
Bunda ta’rif matni bilan ishlashni tashkil etish: ta’rifning qaysi ko‘rinishga (turi, konstruksiyasi, 
aksiomatikasi...) tegishliligini, ta’rif va undagi muhim belgilarining mantiqiy tarkibini aniqlash zarur. 
Keyinchalik esa matematik tushunchalarni shakllantirish uchun uni tanish (tushunchaga keltirish), 
natijani izlash (natijani keltirib chiqarish) va tanlash yuzasidan taxminiy yo‘nalishdagi harakatlarni 
amalga oshirish kerak bo‘ladi. Psixologiya va didaktika bo‘yicha tadqiqotchilarning izlanishlarida, 
tushuncha abstraktligi qanchalik yuqori bo‘lsa, uni shakllantirish jarayonidagi taxminiy yo‘nalishdagi 
harakatlar asosi shunchalik ahamiyatli bo‘lishligi ko‘rsatib berilgan. O‘rganilayotgan tushunchani 
mustahkamlashdagi keyingi qadam – tushunchaning turli talqinini o‘zlashtirish, shakllantirilayotgan
tushunchani turli usuldagi taqdimotini o‘rganish, mazkur tushuncha bilan boshqa tushunchalar 
o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘rnatish, nostandart masalalarni yechish uchun tushunchani tatbiq etish. 
O‘zlashtirilgan tushunchalarni mustahkamlash bosqichi ta’lim oluvchining ma’lumotga egaligiga 
ta’siri (atrof-olamni individual idrok etishi, o‘rab turgan real olamda o‘z yo‘nalishini topishda shaxsiy 
tajribasidan foydalana olishi, talqin qila olishi, hodisa, dalil va boshqalarni baholay va tushuntira 
olishi) nuqtayi nazaridan juda muhim hisoblanadi. Aynan shu bosqichda o‘quvchining shakllangan 
shaxsiy va yaxlit bilimlar tuzilmasida yangi bilimning tizimlashish jarayonini boshlanadi. Shu sababli 
ushbu bosqichda yana motivatsiyaga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir, deb hisoblaymiz. Chunki 
ana shu tushunchani kiritish orqali muammo yechimga ega bo‘ladi. O‘rganiladigan mavzu ichida 
masalani yechish uchun tushunchani tatbiq etish uchta asosiy yo‘nalish orqali amalga oshiriladi: 
Ta’rifdan bevosita kelib chiqib quriladigan tatbiq va ilgarigi bosqichlarda bajarilgan natijani 
izlash va tanish asosida shakllantirilgan algoritmik harakatlar. Masalan, ta’rifga ko‘ra berilgan 
nuqtada funksiya hosilasi qiymatini topish, aniq bir funksiya uchun hosilani hisoblash formulasini 
keltirib chiqarish; ta’rifning mazmuniy tomoniga, ya’ni tushunchani shakllantirilgan obraziga, uning 
geometrik yoki fizik ma’nosiga qarab quriladigan tatbiq. Masalan, funksiya grafik shaklda berilgan, u 
ko‘rsatilgan nuqtalarda hosilaga ega yoki ega emasligini aniqlashtirish. Bevosita tatbiq. Ko‘pincha 
bunday tatbiq quyidagicha amalga oshiriladi: ta’rifdan kelib chiqib, tushuncha xossasi isbotlanadi 
(hisoblash qoidasi, amallari), uning asosida tatbiq etilish algoritmi (formulalar va hosilani hisoblash 
qoidalari, trigonometrik formulalar va sh.k.) quriladi. Yangi tushunchani umumiy tushunchalar 
tizimiga kiritish — tushunchalarni shakllantirish jarayonidagi keyingi bosqich bo‘lib, unda asosiy 
e’tibor yangi tushunchani tushunchalar tizimida tutgan o‘rniga va ahamiyatiga, fanlararo bog‘liqlikni 
o‘rnatishga qaratiladi. Ushbu bosqich o‘qituvchidan alohida tayyorgarlikni, olingan bilimlarni 
umumlashtirish va tizimlashtirish mumkin bo‘lgan mos mazmunni izlashdan iborat 
integratsiyalashgan darslarni (matematika-fizika, matematika-kimyo va sh.k.), ta’lim jarayonining 
nostandart shakllarini tashkil va tatbiq etishni talab etadi. Tushunchani shakllantirishning oxirgi 
bosqichi – o‘quvchilarning refleksiyasi hisoblanadi. Uning natijasida o‘quvchi uchun tushunchaning 
shaxsiy ahamiyati aniqlanadi, shaxsiy mazmun shakllantiriladi. Mazkur bosqichda o‘quvchilarning 
o‘rganiladigan tushunchaga nisbatan obyekt nimani namoyon etishi, ya’ni yangi tushunchani 
kiritilishi bilan nazariyada qanday imkoniyatlar, qanday tipdagi masalalarni yechish uchun mos vosita 
paydo bo‘lganligi haqida fikr yuritishi, tahlil qilishi muhimdir. Bunday ishni ijodiy topshiriqlardan 
bevosita foydalanib, ta’lim jarayonini nostandart shaklda tashkil etib olib borish mumkin. Qayd 
etilgan bosqichlarni ishlab chiqishda matematik tushunchalarni shakllantirishni tashkil etish 
jarayonida algebra va analiz tushunchalarining o‘ziga xosligi maksimal darajada hisobga olinganligi 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu esa o‘quvchilar tomonidan o‘rganiladigan materialni ongli o‘zlashtirilish 
sifatini oshirishga imkon beradi. 


113 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish