Annotation.
This article reveals the problem of using information technology as one of the most
complex and unique areas of education for children with hearing impairment, as well as a comparative
analysis of the evolutionary development of information technology in teaching students with hearing
impairment in primary grades.
Keywords:
children with hearing impairment, speech, correction, training, information
technology, computer system.
Har bir jamiyatda maxsus yaratilgan ta’lim tizimi mavjud bо‘lib, u oila sharoitida va ta’lim
muassasalarida turli yoshdagi bolalar tarbiyasi va ta’limi sohasida о‘ziga xos an’analar va ilmiy
asoslangan yondoshuvlarni о‘z ichiga oladi. Bola rivojlanishidagi jismoniy yoki psixik nuqsonlar uning
ushbu ijtimoiy va madaniy shart-sharoitdan kelib chiqqan ta’lim doirasining chegarasidan “chetga
chiqishiga” olib keladi. Katta yoshdagi madaniyat egasi har bir me’yorda rivojlanayotgan bola о‘ziga
xos shart-sharoitlarsiz, maxsus ta’lim vositalari, metodlari, yо‘llariga murojaat qilmay turib
о‘zlashtiradigan ijtimoiy tajribani eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolaga qanday singdirish mumkinligini
bilmaydi, qiynaladi. An’anaviy rivojlantiruvchi va ta’limiy masalalarni hal qilishning har bir yosh
bosqichida qabul qilingan usullar eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berishda yetarli
darajada ta’sir kо‘rsatmaydi. Bunday bolalarning ijtimoiy kamchiligi bevosita birlamchi nuqsonga emas,
balki “ijtimoiy xatolik”ka bog‘liq bо‘ladi. Bu xatolikni maxsus tashkil qilingan va о‘ziga xos tarzda
uyushtirilgan ta’lim usullari vositasida yengib о‘tish mumkin, ya’ni boshqacha qilib aytganda, me’yoriy
rivojlanish sharoitida an’anaviy usullar bilan hal qilinadigan rivojlantiruvchi va ta’limiy masalalarning
hal qilinishi о‘ziga xos yо‘llar, maxsus metodlar va vositalarning qо‘llanishini kо‘zda tutadi. Eshitishida
nuqsoni bо‘lgan bolalarga ta’lim berish vositalarini ishlab chiqish hamma vaqt milliy va xorijiy maxsus
pedagogikaning ajralmas yо‘nalishi sifatida olib qaralgani tabiiy holdir.
Axborot texnologiyalarini milliy maxsus ta’limga joriy qilish masalasi nafaqat ijtimoiy-madaniy,
balki kasbiy kontekstda ham dolzarb masalalardan biridir. Maxsus ta’lim tizimining rivojlanishida
kompyuterning noyob instrumental imkoniyatlari ustida fikr yuritish hamda axborot texnologiyalarini
milliy an’ana kontekstiga singdirish, aslini olganda, alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda milliy an’ana
uchun bosh qadriyat ta’lim jarayonida eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolaning maksimal imkoniyat
darajasida rivojlanishi, uning rivojlanishida mavjud bо‘lgan va о‘ziga xos xususiyatiga kо‘ra yuzaga kelish
ehtimoli bо‘lgan ikkilamchi kamchiliklarni bartaraf etishdan iboratdir.
Axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosi, avvalambor, eshitishida nuqsoni bо‘lgan
bolalar ta’limining eng murakkab va о‘ziga xos sohalaridan biri – nutqning talaffuz jihatini shakllantirish
va korreksiyalash sohasiga tegishlidir. Zero, eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
maktab va maktab-internatlarning о‘quv rejasidagi о‘quv fanlarini, shu jumladan, matematikani
о‘zlashtirishda nutq va talaffuzning rivojlanganlik darajasi bosh о‘rinni egallaydi hamda bu masala
maxsus ta’limda faoliyat olib boradigan barcha pedagoglar va mutaxassilarning vazifalari doirasiga
kiradi.
97
Do'stlaringiz bilan baham: |