Toshkent davlat iqtisodiyot


      7.6-rasm. Komissiyaner faoliyati va  shartnomaviy munosabatlari jarayoni



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

 

133 


 

 

7.6-rasm. Komissiyaner faoliyati va  shartnomaviy munosabatlari jarayoni 

 

Ulgurji vositachi - sotishni tashkil etish, kreditlash, bozor haqida axborot to‘plash 



va  boshqa  funksiyalarni  amalga  oshiradigan,  lekin  mahsulotga  jismoniy  egalikka 

kirishmay,  buning  o‘rniga  ishlab  chiqaruvchidan  mijozga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  yetkazib 

berishni tashkil qiladigan sotuvchi. 

Sanoat bozorlarida savdo vositachilarining ikki xil turi ko‘proq uchraydi – ishlab 

chiqaruvchining  savdo  vakili  (agent  turlaridan  biri)  va  sanoat  distribyutori  (ulgurji 

savdogar turalridan biri).  

Ishlab  chiqaruvchining  savdo  vakili  o‘zaro  aloqalar  mustaqil  qatnashchisi 

hisoblanadi  va  ishlab chiqaruvchi bilan  uning  mahsulotini  ma’lum  bir  hududda sotish 

haqida  shartnoma  tuzadi.  U  ko‘pincha  bir  nechta  o‘zaro  bog‘liq,  lekin 

raqobatlashmaydigan  ishlab  chiqaruvchining  mahsulotlari  bilan  shug‘ullanadi. 

Vakilning  mehnati  uchun  komission  mukofotlar  bilan  haq  to‘lanadi,  bu  esa  ishlab 

chiqaruvchining  savdo  xarajatlari  sotuv  hajmiga  bog‘liq  ekanligini  anglatadi. 

Muvaffaqiyat  bilan  faoliyat  yuritadigan  vakilning  tovaraylanmasi  yiliga  bir  necha 

million  dollarga  yetishi  mumkin,  ishlab  chiqaruvchini  ifodalaydigan  korxona  bir 

nechta  filialga  ega  bo‘lishi  va  ko‘p  soni  savdo  personaliga  rahbarlik  qilishi  mumkin, 

lekin atigi bir kishidan iborat bo‘lgan korxonalar ham uchrab turadi. 

Ishlab  chiqaruvchining  vakili  odatda  u  ishlab  chiqaruvchining  agenti  sifatida 

harakat  qilib,  sotayotgan  mahsulot  uchun  javobgarlikni  o‘z  zimmasiga  olmaydi,  lekin 

aslida  u  konsignatsiya  shartlarida  o‘zida  kichik  miqdorda  mahsulot  saqlashi  mumkin. 

Vakillarga ularning shartnomalari qisqa muddatli bo‘lgan broker va savdo agentlaridan 

farqli  ravishda,  korxonalar  bilan  uzoq  muddatli  munosabatlarga  kirishish  xosdir. 

Komissiya 

shartnomasi 

 

Tўlov   



 

 

EKSPORT ?ILUVChI 



(komitеnt) 

 

KOMISSIONЕR  



 

Shartnoma  

 

IMPORT 


QILUVChI 

(komitеnt) 

 

Tovarni еtkazib bеrish  



 

 

 




 

134 


 

Brokerlar  va  savdo  agentlari  sanoat  marketingidan  ko‘ra  iste’mol  tovarlari  bozorida 

ko‘proq  uchraydi.  Sanoat  bozorlarida  ularning  xizmatlariga  xomashyo  va  ishlov 

berilgan  materiallar  kabi  differensiatsiya  qilinmagan  mahsulotlar  sotish  haqida  gap 

borganda  murojaat  qilinadi.  Bunday  vaziyatda  brokerlar  va  savdo  agentlari  o‘z 

mijozlariga  bir  nechta  turli  manbalardan  mahsulot  yetkazib  berish  uzluksizligini 

kafolatlashi mumkin. Savdo agentlari shuningdek, qisqa muddatli munosabatlarga ham 

murojaat  qilib,  odatda  belgilangan  vaqt  oralig‘ida  butun  mahsulotni  sotishga 

shartnoma  imzolaydi.  Savdo  agentlari  ko‘pincha  qandaydir  belgilangan  savdo 

tarmog‘ida sotuvlarga ixtisoslashadi. 

Korxona  bozorni  qamrab  olishga  erishishda  o‘zining  savdo  personali  yoki  ishlab 

chiqaruvchining  vakillariga  tayanishidan  qat’i  nazar,  ularni  na  savdo  vakillari,  na 

ishlab  chiqaruvchining  vakillari  bajara  olmaydigan  boshqa  bir  qator  marketing 

funksiyalarini bajarish ham talab etiladi. Ko‘pincha bu funksiyalar sanoat distribyutori 

tomonidan amalga oshiriladi. 

Sanoat  distribyutori  savdo  vositachisining  o‘ziga  xos  turi  bo‘lib,  mahsulotlarni 

birinchi  navbatda  ishlab  chiqaruvchilarga  sotadi.  U  sotilayotgan  mahsulotni  o‘zida 

saqlaydi,  unda  kamida  bitta  tashqi  savdo  vakili,  shuningdek,  telemarketing  bo‘limi 

bo‘ladi  va u keng doiradagi  marketing kanali  funksiyalarini, jumladan,  mijozlar bilan 

shartnoma  tuzish,  kreditlash,  mahsulotning  to‘liq  assortimentini  taqdim  etish  va 

saqlash  funksiyalarini  bajaradi.  Qoidaga  ko‘ra,  sanoat  distribyutori  o‘z  omborida 

quyidagi mahsulotlarni saqlaydi: texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va ekspluatatsiya 

uchun  asbob-uskunalar  (MRO);  ishlab  chiqaruvchilar  uchun  zaxiralar,  masalan, 

bog‘lash  moslamasi,  uzatish  qutichasi  tarkibiy  qismlari,  gidravlik  tizimning  tarkibiy 

qismlari va mayda rezina detallar; ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan asbob-

uskunalar, masalan, qo‘l va mexanika anjomlari va konveyerlar; xomashyo materiallari 

va  yarim  tayyor  mahsulotlarni  tayyor  mahsulotga  aylantirish  uchun  foydalaniladigan 

asbob-uskunalar. 

Sanoat distribyutorlarining uch xil turi mavjud. Keng profildagi distribyutorlar o‘z 

omborlarida  katta  mahsulot  assortimentini  saqlaydi,  ularni  ko‘pincha  sanoat 

supermarketlari  deb  atashadi.  Ixtisoslashgan  distribyutorlar  podshipniklar  va  uzatish 



 

135 


 

qutichasi tarkibiy qismlari yoki abrazivlar va kesuvchi anjomlar kabi kam sonli o‘zaro 

bog‘liq mahsulotlar sotish bilan shug‘ullanadi.  

Sanoat  distribyutorlarining  bu  ikki  turi  o‘rtasida  farq  oxirgi  yillarda  biroz 

bilinmay ketdi, chunki distribyutor-kompaniya doirasida ixtisoslashgan bo‘limlar keng 

profili yaratish tendensiyasi namoyon bo‘lmoqda.  

Ixtisoslashgan  distribyutorlar  orasida  mijozlarga  to‘liq  xizmatlar  kompleksi 

taqdim  etish  uchun  o‘z  tovar  taklifini  kengaytirish  tendensiyasi  kamroq  tarqalgan. 

Masalan,  podshipniklar  savdosiga  ixtisoslashgan  ayrim  distribyutorlar  uzatish 

qutichalarini  ham  sotgan  holda  kengroq  sohada  faoliyat  yurita  boshlaydi.  Sanoat 

distribyutorlarining uchinchi turi – aralash distribyutor – yoki keng profilli distribyutor 

va  ixtisoslashgan  distribyutor  jihatlarini  birlashtiradi,  yoki  sanoat  distributsiyasidan 

tashqari ulgurji savdoning boshqa turlari bilan ham shug‘ullanadi.  

Masalan, aralash turga mahsulotni riteylorlarga ham, qurilish tarmog‘i korxonalari 

va  ishlab  chiqaruvchilarga  ham  sotadigan  elektr  uskunalar  distribyutorini  kiritish 

mumkin. Ixtisoslashgan distribyutorlar va aralash turdagi distribyutorlar qoidaga ko‘ra, 

keng profilli distribyutorlardan ko‘ra ko‘proq foyda ko‘radi. 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish