94
strategiyasiga mos kelishi borasida o‘tkazilishi lozim. Istiqbolli g‘oyalarni tanlashda
shuningdek, bir qator savollarga javob berish hamda g‘oyani ishlab chiqish va amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslar mavjudligi bilan bog‘liq mezonlar to‘plamini
ko‘rib chiqish zarur. G‘oyani ishlab chiqish jarayonida muvaffaqiyat ehtimoli odatda
ilmiy-tadqiqotchilik ishlariga kiritiladigan investitsiyalar hajmi bilan bog‘liq bo‘lib,
buni biznes-tahlilda hisobga olish zarur.
Biznes-tahlil – talab qilinadigan investitsiyalar, kutilayotgan savdo hajmi, narx,
xarajatlar, foyda hajmi va rejalashtirilayotgan investitsiyalar qaytimi nuqtai nazaridan
yangi mahsulot g‘oyasini batafsilroq baholashdir. U sotuvni bashorat qilish va bozorni
tahlil qilishni ham o‘z ichiga oladi. Tahlildan maqsad – mavjud va potensial
raqobatchilarni baholash, mavjud raqobat sharoitlarini, shuningdek, asosiy
raqobatchilarning kuchli va kusiz tomonlarini o‘rganishdir. Biznes-tahlilni
mahsulotning sinov tariqasida chiqarilishigacha yakunlab bo‘lmaydi – faqat shundan
keyingina xarajatlarni aniqlashtirish, xarajatlar va narx dastlabki hisob-kitobini qilish
va mijozlar reaksiyasini aniqlash uchun sinov tariqasida marketing o‘tkazish mumkin.
Mahsulotni ishlab chiqish – jarayonning olimlar, muhandislar va mutaxassislar
kutilayotgan mahsulotni yaratadigan qismidir. Ilmiy-tadqiqotchilik ishlari uzluksiz
ravishda olib boriladigan korxonada ilmiy tadqiqqot, tajriba va konstruktorlik xizmati
yangi mahsulot g‘oyalari asosiy manbasi bo‘lishi mumkin. Texnologiyalarni
takomillashtirishga intiladigan korxonalarda marketing bo‘limi ilmiy-tadqiqotchilik
bo‘limining ish natijalari bozor ehtiyojlariga mos kelishini kafolatlashi lozim.
Bozordan kelib tushadigan mijozlarning ehtiyojlari, savdo vakillari, distribyutorlar va
mijozlarning mahsulot konsepsiyasiga reaksiyasi haqidagi axborot mahsulot ishlab
chiqish jarayoni samaradorligi va unumdorligi uchun juda muhimdir.
Mahsulotni bozorda sinab ko‘rish – yangi mahsulot ishlab chiqish jarayonining
axborot to‘plashga aloqador qismidir. U yangi mahsulot g‘oyasi yoki konsepsiyasini
sinab ko‘rishdan boshlanadi va turli mahsulot variantlarini dala va laboratoriya
sharoitlarida keyingi baholashni nazarda tutadi. Mahsulot bozorda sotish uchun yaroqli
ko‘rinishga ega bo‘lgandan so‘ng mahsulotning sinov tariqasidagi partiyasini sinab
ko‘rish amalga oshiriladi. Mahsulot sifati, narxi va boshqa jihatlar bo‘yicha xulosa
95
chiqarish uchun bu sinovlar natijalarini diqqat bilan o‘rganish lozim. Va nihoyat,
mahsulot bozorda sinab ko‘riladi. Sinov o‘tkazish shartlari chegaralangan bozor
qamrovini, marketing-miks elementlari (narx, sotuvni rag‘batlantirish, distributsiya)
ustidan diqqat bilan nazoratni va natijalarning ob’ektiv baholanishini ko‘zda tutadi.
Yangi mahsulot ishlab chiqish jarayoni uchun potensial qiymatga ega bo‘lgan
marketing tadqiqotlarining yettita usuli mavjud. Quyida ular eng arzon qiymatidan
boshlab xarajatlilik tartibida keltirilgan:
ikkilamchi tadqiqot;
fokus-guruhlar;
pochta orqali so‘rovlar;
telefon orqali so‘rovlar;
shaxsiy intervyu;
Product Placement;
sinov tariqasida marketing.
Mahsulotni tijoratlashtirish va pozitsiyalashtirish bosqichida korxona o‘zining
barcha harakatlarini yangi mahsulot marketingiga qaratadi. Yangi mahsulot ilgari
surilayotgan tovar liniyasining bir qismiga aylanadi va boshqa mahsulotlar bilan
birgalikda kataloglar, prays-listlar va dilerlik reyestrlarida o‘z o‘rnini egallaydi. Yangi
mahsulotning marketing dasturi bozor segmentlarini puxta aniqlash, qisqa muddatli
muddatli va uzoq muddatli marketing vazifalari ishlab chiqish, o‘zining savdo
personali va distribyutorning sotuvchilarini o‘qitishni talab qiladi. Reklama, kataloglar,
yordamchi materiallar, namoyish uchun namunalar va hakozo detallar har tomonlama
e’tibor talab qiladi.
Mahsulotni pozitsiyalashtirish – yangi sanoat mahsulotlari marketingida markaziy
strategik masaladir. U korxonaga raqobatchilar mahsulotlari bilan taqqoslaganda o‘z
mahsulotining ma’lum bir xossalariga e’tibor qaratish yo‘li bilan bozor nishasini
egallash va qiymat taklifini shakllantirishga imkon beradi. Iste’mol marketingida
mahsulotni pozitsiyalashtirish asosan reklama va sotuvni rag‘batlantirish strategiyasi
yordamida amalga oshiriladi. Sanoat marketingida esa bu mahsulotga hamrohlik
qiladigan kastomizatsiyalangan xizmatlar paketi hisobiga amalga oshiriladi.
96
Mahsulotni pozitsiyalashtirish sanoat mahsulotini loyihalash va ishlab chiqishni
yakunlash uchun zarur.
Yangi mahsulot ishlab chiqish jarayonini boshqarishda marketologlar ko‘pincha
sanoat korxonasida muhandislik-texnik madaniyat ustunlik qilishi bilan asoslanadigan
muammoga duch keladi. Muammo marketologning mijoz ehtiyojlari va xohish-
istaklariga yo‘naltirilganligi va muhandislarning texnik taraqqiyot nuqtai nazaridan
mukammal mahsulot yaratishga intilishi o‘rtasida muvozanat o‘rnatishdan iborat (5.6-
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: