Toshkent davlat iqtisodiyot



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

 

 


 

171 


 

10.3. Tashqi muhit tahlili 

Shubhasizki,  tashqi  muhit  doimo  o‘zgarib  turadi,  biroq  korxona  imkoniyatlari 

ham o‘zgarmasdan turmaydi. Strategik rejalashtirish bilan shug‘ullanuvchi marketolog 

uchun tashqi muhitning uchta tarkibiy qismi muhim ahamiyatga ega: 

1)  korxona  tomonidan  ko‘rsatiladigan  ta’sir  va  nazoratga  uchramaydigan 

iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy omillar; 

2) ushbu korxona bilan bir xil bozorlarda faoliyat ko‘rsatadigan raqobatchilar; 

3)  mijozlar,  ularning  ehtiyojlari  va  maqsadlari,  shuningdek,  mijozlarning 

bozorlari va tarmoqlarida raqobat sharoitlari va xususiyatlari. 

Tashqi  muhitni  tahlil  qilishdan  maqsad  bozorda  vujudga  keladigan  imkoniyatlar 

va  xavf-xatarlarni  aniqlash  va  baholashdir.  Korxonaning  o‘zi,  ayniqsa,  mijozlarining 

yangidan 

vujudga 

kelayotgan 

ehtiyojlariga 

muvofiq 


o‘zining 

asosiy 


kompetensiyalarini  doimiy  ravishda  ishlab  chiqadigan  va  takomillashtiradigan  bo‘lsa, 

o‘zgaruvchan  tashqi  muhitning  bir  qismi  hisoblanadi.  Korxonaning  barcha  marketing 

harakatlari,  shuningdek,  raqobatchilar  va  mijozlarning  bu  harakatlarga  javobi  bozor 

strukturasi  va  faoliyatiga,  ayniqsa,  narx  shakllantirish  strategiyasi,  distributsiya 

strategiyasi va yangi mahsulotni ilgari surishga ta’sir ko‘rsatadi. 

Tashqi  muhit  holatini tahlil qilish cheklanmagan sondagi  manbalardan to‘xtovsiz 

axborot  to‘plashni  talab  etadi.  Agarda  u  rahbariyatning  xabardorligini  oshiradigan 

bo‘lsa  va  iqtisodiyot,  tarmoq  va  bozor  holatiga  ta’sir  etuvchi  omillar  tabiatini 

tushunishga  xizmat  qiladigan  bo‘lsa,  har  qanday  axborot  qimmatga  ega  bo‘ladi. 

Odatda  menejer  muntazam  hisobotlar  va  nashrlar  kabi  axborot  manbalariga  ishonadi. 

Olingan  ma’lumotlar  asosida  u  kelgusi  istiqbollar  borasida  qator  xulosalar  chiqaradi, 

bu  esa  ma’lum  bir  vazifalar  qo‘yish  hamda  reja  va  dasturlar  ishlab  chiqishga  imkon 

beradi. Eng ochiq axborot manbalari qatoriga savdo vakillari, mijozlar, distribyutorlar, 

savdo  uyushmalari  va  boshqa  uyushmalar,  universitet  o‘qituvchilari,  ishbilarmonlik 

matbuoti,  hukumat  nashrlari,  boshqaruv  masalalari  bo‘yicha  maslahatchilar, 

ixtisoslashgan  tarmoq  jurnallari  va  nashrlari,  shuningdek,  boshqa  korxonalar 

menejerlari kiradi. 



 

172 


 

Tashqi  muhitning  bunday  umumlashtirilgan  tahlili  har  bir  menejer  tomonidan 

amalga  oshiriladi,  biroq  batafsilroq  tahlil  qilish,  baholash  tizimlarini  ishlab  chiqish, 

shuningdek,  bashorat  qilish  zarurati  ham  mavjud.  Ba’zida  boshqaruv  masalalari 

bo‘yicha  maslahatchilar, korporativ rejalashtirish bo‘yicha  mutaxassislar yoki chiziqli 

menejerlarga  alohida  tarmoqdagi  vaziyatni  tahlil  qilish  va  belgilangan  bozor 

segmentlari  kelgusida  o‘sishi  borasida  aniq  baholar  taqdim  etish  uchun  javobgarlik 

yuklanadi.  Miqdoriy  baholash  sotuv  umumiy  hajmi,  raqobatchilar  va  mijozlar  soni, 

narx  darajasi,  foyda  hajmi  va  h.k.ga  nisbatan  qo‘llanishi  mumkin.  Shuningdek, 

mahsulot  borasida  ham,  uni  ishlab  chiqarish  usullari  borasida  ham  texnologiyalar 

rivojlanish tendensiyalarini aniqlash ehtimoli mavjud. 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish