mikrokredit tashkilotlari
, eng avvalo, kichik biznes va
xususiy
tadbirkorlik
subyektlariga
mikromoliyaviy
xizmatlar
ko‘rsatuvchi, jumladan, ma’lum shartlarda mikrokredit va mikroqarz
beruvchi tashkilotlar hisoblanadi.
Mikromoliyalash
va
mikromoliyaviy
xizmatlar
bozorining
rivojlanish evolyusiyasi o‘tgan XX asrning o‘rtalarida aholining kam
daromadli qatlamlariga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish borasidagi
dastlabki sa’y-harakatlar ushbu xizmatlardan foydalanishning pirovard
maqsadlari bilan bog‘langan. Xususan, XX asrning 50–70-yillarida
davlat idoralari va donor tashkilotlar mayda va kam ta’minlangan
fermerlarning ish unumini hamda daromadlilik darajasini oshirish
umidida ularga subsidiyalangan qishloq xo‘jalik kreditlarini berib
kelganlar.
1980–1990-yillarda mikrokreditlar asosan aktivlarga ega bo‘lish va
ularni jamg‘arish, oilalarning daromadini va turmush darajasini oshi-
rish uchun kam ta’minlangan tadbirkorlarga qarz berishdan iborat edi.
Mikrokredit oluvchilarning aksariyat qismi esa, ayollardan iborat
bo‘lib, ular uchun mikrokreditlash ayniqsa samarali vositaga aylangan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga mikromo-
39
liyaviy xizmatlar ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirishning nazariy
va amaliy jihatlari iqtisodiy adabiyotda chuqur tadqiq qilingan.
Mikromoliyalashning kelib chiqish tarixi XIX asrning 40-yillarida
Germaniya qishloq xo‘jaligida yuz bergan tanglik holatidan (og‘ir
iqlim sharoitining yuzaga kelishi va hosildorlik bo‘lmaganligi)
boshlandi va o‘sha davrda Fridrix Rayfayzen tomonidan Veerbush
shahrida Yevropada birinchi bor “Xlebniy soyuz” o‘zaro yordam
kassasi tashkil etildi. XX asrning 50–70-yillarida ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasi sust bo‘lgan mamlakatlarda davlat organlari va
donor tashkilotlari kichik va kam ta’minlangan fermerlarga ularning
mehnat unumdorligi va daromadlari darajasini oshirish umidida
subsidiyalashtirilgan qishloq xo‘jalik kreditlari berishni boshlagan.
1970-yillardan so‘ng rivojlanayotgan mamlakatlarda kam ta’min-
langan aholi qatlamiga kichik hajmdagi kreditlar berish va boshqa
maslahat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha eksperimentlar o‘tkazildi.
Guruhli kreditlash uslubiyotiga asoslangan birinchi mikrokreditlash
dasturi Bangladeshda 1976-yilda prof. M.Yunus (Nobel mukofoti
sohibi, 2006-y.) boshchiligidagi “Gramin” banki orqali amalga oshirildi
va shu yilni mikromoliyalashning tug‘ilgan yili, deb nomlash mumkin.
Xalqaro Nobel mukofotining laureati, prof. M.Yunus tomonidan
mikromoliyaviy xizmatlarning nazariy, uslubiy asoslari ishlab
chiqilgan va Bangladeshning Gramin banki amaliyotiga joriy etilgan.
Mikrokredit
tashkilotlari faoliyatining tub asoslari M.Yunus
tomonidan yaratilgan. Uning fikriga ko‘ra, nisbatan yuqori foiz
stavkalarini aholining o‘rta qatlamiga nisbatan qo‘llash lozim,
kambag‘allarga beriladigan mikrokreditlar esa, imtiyozli bo‘lishi zarur.
Ular mikrokreditlar yordamida kambag‘allik balosidan qutuladilar,
undan keyin esa, banklar va mikromoliyalash tashkilotlari ularni o‘rta
tabaqaga mansub mijozlar bilan umumiy shartlar asosida kreditlashlari
mumkin.
Bizning fikrimizcha, M.Yunusning mikromoliyaviy xizmatlar
bo‘yicha amaliyotga tatbiq etilgan taklifi qo‘llanilishi o‘tish iqtiso-
diyoti mamlakatlarida ushbu xizmat turlarini takomillashtirishning
zaruriy sharti hisoblanadi. Buning sababi shundaki, birinchidan,
mikrokreditlarni asosan aholining kam ta’minlangan qatlamlari oladi.
Ularning daromad darajasi past bo‘lib, yuqori foiz stavkalaridagi
mikrokredit va mikrolizing xizmatlaridan foydalanish imkoniyati
40
cheklangan. Ikkinchidan, aholining kambag‘al qatlamlari va endi
tadbirkorlik faoliyatini boshlagan kichik biznes subyektlari yuqori
likvidli garov obyektlariga ega emas. Bu esa, mikromoliyaviy
xizmatlar hajmini oshirishga jiddiy to‘sqinlik qiladi.
Iqtisodchi olim D.Tajibayeva ilmiy ishida mikrokreditlash ama-
liyotining qonunchilik asoslarini takomillashtirish, ularga davlat
tomonidan moliyaviy imtiyozlar berish bo‘yicha qator ilmiy taklif va
amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. D.Tajibayevaning ilmiy izlanish-
larida, aynan, mikrokredit tashkilotlarining mikrokreditlar berish
amaliyotini takomillashtirish masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan.
Iqtisodchi olim B.Mamatovning «Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik
subyektlarini
mikromoliyalash
amaliyoti
va
uni
takomillashtirish» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirishda
mikrokredit tashkilotlarining roli tadqiq qilingan va O‘zbekistonda
mikrokredit tashkilotlari faoliyati taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan
taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Xorijlik
iqtisodchilardan
D.Savinovaning
fikricha,
kichik
tadbirkorlikni kreditlash bozorining har bir bosqichi uchun alohida
kredit xizmati ko‘rsatish zarur. U mazkur bozorning uch bosqichi
bo‘yicha uch xil kredit xizmatini taklif etadi, jumladan:
–
yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lgan kichik biznes subyektlariga minimal miqdorda mikrokreditlar
berish;
–
kichik biznes subyektlariga kapital qurilish va asosiy vositalar
sotib olish uchun limit asosida, bir marotabali kreditlash hamda kredit
yo‘nalishini ochish yo‘li bilan kreditlash shaklida, cheklovlar limitlar
belgilash orqali o‘rta va uzoq muddatli kreditlar berish;
–
kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga aylanma kapitalni
to‘ldirish maqsadida overdraft shaklida yoki kredit yo‘nalishlari ochish
orqali kreditlar berish
1
.
Ayrim iqtisodchi-olimlar mikromoliyalashni kredit tarixi mavjud
bo‘lmagan,
garov
ta’minoti
yetishmagan,
an’anaviy
bank
xizmatlaridan foydalanishga imkoniyati bo‘lmagan tadbirkorlarga,
mijozlarning ma’lum guruhiga kichik hajmdagi kreditlar taqdim etish
borasidagi
faoliyat
sifatida
e’tirof etadilar, mikromoliyaviy
munosabatlarning ijtimoiy roliga esa alohida e’tibor qaratiladi,
41
shuningdek, mikromoliyalashni mikrokreditlash sifatida tushunib,
uning
yuqori
miqdori
qonun
hujjatlari
bilan
belgilanishini
ta’kidlaydilar. Masalan, A.Tayev fikricha: “mikromoliyalash – bu
ijtimoiy tengsizlikni qisqartirishga yo‘naltirilgan, an’anaviy bank
xizmatlariga imkoniyati yetmagan kichik tadbirkorlik subyektlari va
jismoniy shaxslarga kichik hajmdagi, ya’ni 500-1000 AQSH dollari
miqdorida beriladigan kreditlar tushunilib, uning asosiy xususiyati
kredit tarixi mavjud bo‘lmagan, garov ta’minoti yetarli bo‘lmagan
mijozlarga xizmat ko‘rsatilishidir”.
T.Minakova tadqiqotlarida “mikromoliyalash - mikrokreditlashni
anglatib, kichik biznesni, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish uchun past foiz stavkalar asosida kichik hajmdagi
kreditlarni garovsiz taqdim etishdir”, deb tariflangan
3
.
Jahon tajribasida mikrokreditlashda qo‘llaniladigan uslubiyotga
ko‘ra (1-jadval) yakka tartibda kreditlash, odatda, tijorat banklari
tomonidan qo‘llaniladigan usulning yangi ko‘rinishidir. Bu jarayonda
olinadigan qarzlar mol-mulk bilan kafolatlanadi, mijozlarning kredit
tarixi va ularga berilgan tavsiyalar tekshiriladi, qarz berishda
ta’minlanayotgan biznesning hayotiyligi, istiqboli sinchiklab o‘rganil-
gandan so‘ng kredit beriladi. Mikrokredit tashkilotlari mijozlar bilan
o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga harakat qiladi. Mazkur
uslubiyotning odatdagi kreditlashdan farqi unda maslahat berish va
o‘rgatish kabi vositalarning mavjudligidir. Guruh bo‘lib kreditlash
uslubiyotiga ko‘ra, bank xodimlari tomonidan bajariladigan vazifalar
kredit guruhi zimmasiga yuklanadi, uning shakllanishi mikrokredit
tashkiloti xodimining tashabbusiga ko‘ra yuz beradi. Guruh mijozlarni
o‘zi tekshiradi va uning tarkibiga kim kirishi mumkinligini o‘zi hal
etadi. Guruh a’zolari bir-birining biznesini va kreditni qaytarish
imkoniyatlarini baholashadi, kreditlash asta-sekin ko‘payuvchi, uncha
katta bo‘lmagan miqdorda qarz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi,
guruh a’zolarining har biri olingan qarzni qaytarish yuzasidan javobgar
bo‘ladi, qarzni qaytarish muddati buzilganda yoki to‘lanmasa, guruh to
qarzini
tamoman
uzmagunicha
navbatdagi
kreditni
olish
imkoniyatidan mahrum etiladi. Amaliyotda mikrokredit tashkilotlarida
guruhlarga qarzning hamma qismini berish usuli ham qo‘llaniladi va
guruh qarzni a’zolariga qay tartibda berishni o‘zi hal etadi.
O‘zbekiston Respublikasida aholi va xo‘jalik yurituvchi
42
subyektlarning mikromoliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini
qondirishda tijorat banklari bilan birga nobank kredit tashkilotlarini
ham o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda. Bu borada so‘nggi davrlarda
keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 15-sentyabrdagi 50-sonli
“Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi, 2006-yil 20-sentyabrdagi 53-sonli
“Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunlari va ularga
asoslangan holda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan 2006-yil
7-oktyabrdagi
№24/4 “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi
to‘g‘risida”gi me’yoriy hujjatlar nobank kredit tashkilotlari uchun
zarur huquqiy mexanizmni yaratib, ular sonini tez sur’atlarda o‘sishiga
xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |