Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


Innovatsiyalarni bozorda joylashtirish va qayta joylashtirish



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/184
Sana06.07.2021
Hajmi1,86 Mb.
#110702
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   184
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Innovatsiyalarni bozorda joylashtirish va qayta joylashtirish 
Hali  innovatsion  mahsulot  ishlab  chiqilmasdan  turib,  uning  kim  uchun 
mo‘ljallanishi,  u  qaysi  an’anaviy  yoki  yangi  ehtiyojlarni  qondirishi  va  qaysi 
muammolarni  hal  eta  olishini  aniqlab  olish  zarur.  Bunday  yo‘naltirishda  yangi 
mahsulot  (xizmat,  texnologiya)  ishlab  chiqish  to‘g‘ri  joylashtirish  va  maqsadli 
bozorda siljitish uchun yaxshi boshlanish hisoblanadi. 
Innovatsiyalarni  joylashtirish  innovatsiyalar  bozorini  segmentlash  va  maqsadli 
segmentlarni tanlashning mantiqiy davomi hisoblanadi. Innovatsiyalarni joylashtirish 
ushbu  segment  iste’molchilarini  mazkur  tovar  aynan  ular  uchun  maxsus,  ularning 
o‘ziga xos ehtiyojlariga moslab yaratilgani va hozirgi paytda ushbu tovar ular uchun 
ideal  ekanligiga  ishontirishga  yo‘naltirilgan  chora-tadbirlar  majmuini  (reklama,  PR 
va h.k.) ifodalaydi. 
Tovarni  muvaffaqiyatli  joylashtirish  uchun  kompaniya  maqsadli  bozor 
segmentlarida  raqobatchilar  pozitsiyalarini,  ularning  tovarlari  imidjini  diqqat  bilan 
o‘rganish  zarur.  SHundan  so‘ng  kompaniya  joylashtirish  haqida  mos  keluvchi  qaror 
qabul qilishi talab etiladi. 
Quyida tovarni joylashtirish bo‘yicha eng tarqalgan yondashuvlar keltirilgan: 
• innovatsion  tovarning  belgilangan  ustunliklari  negizidagi  yondashuv.  Ushbu 
yondashuvni  tanlashda  tovar  haqiqatda  shunday  ustunliklarga  (juda  o‘ziga  xos 
bo‘lsada, ushbu segment iste’molchilari uchun muhim bo‘lgan) ega bo‘lishi zarur; 


113 
 
• yangi tovarning ilk xaridorlari bo‘lgan iste’molchilar belgilangan toifasi orqali 
yondashuv; 
• tovarning  maxsus (ushbu segment uchun)  ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari 
yoki  undan  ushbu  segment  foydalanuvchilari  uchun  dolzarb  sanalgan  maxsus 
foydalanish imkoniyatlari negizidagi yondashuvv; 
• tovar  haqida  iste’molchilarda  barqaror  tasavvurlar  shakllantirish  yordamidagi 
yondashuv. 
Raqobat  sharoitlarida  o‘z  tovarini  mustahkamlashning  eng  samarali  yo‘llarini 
topadigan korxona g‘olib bo‘lib chiqadi. 
Innovatsiyalarni  bozorda  joylashtirish  qadamlari  bozorni  tahlil  qilish,  jalb 
etuvchan maqsadli segmentlarni tanlashni o‘z ichiga oladi. 
1-qadam. Innovatsion mahsulot bozori chegaralarini aniqlash. 
2-qadam.  Ushbu  bozorga  boshqa  o‘zining  innovatsion  mahsulotini  (xizmatini) 
etkazib  berishi  mumkin  bo‘lganlarni  aniqlash.  Real  raqobatchilarni  tanlab  olish, 
ularning  kuchli  va  kuchsiz  tomonlarini  o‘rganish,  raqobatli  ustunliklarni  (masalan, 
ro‘yxatga olingan patentlar, nashrlar soni va mavzulari) aniqlash zarur. 
3-qadam. 
Innovatsiyalar 
tavsifnomasini 
eng 
muhim 
raqobatchilarning 
mahsulotlari tavsifnomasi bilan taqqoslash. 
4qadam. Innovatsiyalar potensial bozorini segmentlash. 
5-qadam.  Statistik  usullar  yordamida  yoki  so‘rov  va  kuzatuvlar  vositasida 
xaridorlar  salohiyatini  baholash.  Xaridorlar  xulq-atvori  va  istaklarini  aniqlash  (xarid 
haqida kim va qanday, qaerda va qachon qaror qabul qiladi). 
6-qadam.  Innovatsion  mahsulot  xaridorlarning  istaklariga  qanchalik  yaqin 
joylashganini aniqlash. 
7-qadam.  Innovatsion  mahsulotni  tijorat  nuqtai-nazaridan  amalga  oshirish 
mumkinligini baholash. 
8-qadam.  Marketing  strategiyasini  tanlash  (sotuv  miqdori  va  maqsadli  bozor 
bilan  ishlash  usuli  haqida  qaror:  barcha  segmentlar  bilan  birdaniga  ishlash  yoki 
ulardan taklif etilayotgan raqobatli ustunlikka eng ko‘proq mos keladigan birontasini 
afzal  ko‘rish,  maqsadli  segmentning  xarid  qilinayotgan  mahsulot  noyobligi  va 


114 
 
yangilik darajasiga nisbatan so‘rovlari qanday). 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish