Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


 Bozorlardagi raqobat tahlili va innovatsiyalarni bozorda joylashtirish



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/184
Sana06.07.2021
Hajmi1,86 Mb.
#110702
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   184
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

7.4. Bozorlardagi raqobat tahlili va innovatsiyalarni bozorda joylashtirish 
 
Bozorda  muvaffaqiyatga  erishish  uchun  innovatsiyalar  raqobatbardoshligini 
ta’minlash zarur bo‘lib, bu haqida odatda yangi g‘oyalar izlash bosqichidayoq o‘ylab 
chiqiladi.  Raqobatbardosh  tovar  raqobatchilarning  tovarlari  yoki  ushbu  kompaniya 
tovarlarining  bundan  oldingi  variantlariga  nisbatan  xaridor  (potensial  iste’molchi) 
so‘rovlarini yuqoriroq darajada qondirishi, ularning xohish-istaklariga ko‘proq javob 
berishi  lozim.  Xaridorlar  so‘rovlarining  qoniqqanlik  darajasi  raqobatbardoshlik 
omillariga bog‘liq bo‘ladi, xususan: 
•  tovarning texnik darajasi va sifatini tavsiflaydigan texnik omillarga; 
•  texnik-iqtisodiy omillarga (ishonchlilik, energiya sig‘imi, o‘rnatish qulayligi); 
•  tashkiliy-tijorat omillariga (narx, o‘rnatish muddati, to‘lov shartlari); 
•  ishlab  chiqaruvchining  ishbilarmonlik  nufuzi  va  hamkorlarning  o‘zaro 
munosabatlar xarakteriga. 
Ta’kidlash joizki, moslashuvchan ishlab chiqarish sharoitlarida iste’molchilarga 
prgoressiv  va  funksional  model taklif eta  oladigan kompaniya  vaqtinchalik  raqobatli 
ustunlikka  ega  bo‘ladi.  Ma’lum  vaqt  o‘tgach,  u  yo‘qoladi,  chunki  boshqa 
kompaniyalar  ham  yangiliklarni  joriy  qiladi.  SHunday  qilib,  raqobatli  ustunlik 
innovatsiyalarni tez joriy qilish qobiliyati sanaladi. 
Firmaning bozordagi xulq-atvorini tahlil qilish, tovarlar va xizmatlar marketingi 
strategik  vazifalarini  qo‘yish,  marketing  rejasini  ishlab  chiqish  uchun  bozorning 


112 
 
raqobat  xaritalari  tuziladi.  Raqobat  xaritasi  bozordagi  kuchlar  nisbatini  to‘g‘ri 
aniqlash,  firmaning  har  bir  matritsa  yacheykasidagi  holati  bo‘yicha  marketing 
vazifalarini  aniqlash,  mavjud  va  istiqboldagi  raqobatchilarni  aniqlash,  raqobat 
strategiyasini tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi. 
Kelajakdagi  raqobatli  vaziyatni  bashorat  qilish  raqobat  muhiti  yaqin  kelajakda  
o‘zgarmas omillar to‘plami bilan shakllantirilishi shartida amalga oshiriladi. Bashorat 
qilish  bozor  tendensiyalari  va  ko‘rsatkichlarini  (bozor  dinamikasi,  bozor  ulushlari 
dinamikasi,  raqobat  qizg‘inligi,  bozor  monopollashuvi,  raqobat  guruhlari  o‘zgarishi, 
raqobatchilarning  bozor  raqobat  xaritasidagi  harakati)  ekstrapolyasiya  qilish  usuliga 
asoslanadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish