Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


Internet orqali bank xizmatlari ko‘rsatish



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/184
Sana06.07.2021
Hajmi1,86 Mb.
#110702
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   184
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Internet orqali bank xizmatlari ko‘rsatish 
Internet orqali bank  xizmatlari ko‘rsatish Tarmoqdan foydalanuvchilar sonining 
ortishi bilan jadal sur’atlarda  rivojlanishda davom etayotgan elektron tijoratning eng 
dinamik segmentlaridan biri hisoblanadi. Bank operatsiyalarini Internet orqali amalga 


102 
 
oshirayotgan  mijozlar soni, shuningdek, ularning banklar  mijozlari  umumiy sonidagi 
ulushi ham ortib bormoqda. 
Internet  orqali  bank  xizmatlari  ko‘rsatish  naqd  pul  bilan  operatsiyalarni  istisno 
qilganda  bank  ofisida  bajariluvchi  barcha  standart  operatsiyalarni  masofadan  turib 
amalga oshirishga imkon beradi: 
▪  barcha kommunal to‘lovlarni (elektr energiyasi, gaz, telefon, kvartira to‘lovi, 
issiqlik ta’minoti); 
▪  aloqa  (IP-telefoniya,  uyali  va  peydjing  aloqa,  Internet)  va  boshqa  xizmatlar 
(sun’iy yo‘ldosh orqali televidenie, masofaviy ta’lim) uchun hisob-kitob; 
▪  istalgan  bankdagi  istalgan  hisobraqamiga  pul  o‘tkazish,  jumladan,  xorijiy 
valyutada; 
▪  internet-do‘konlar orqali xarid qilingan tovarlar uchun to‘lovlar; 
▪  xorijiy valyuta sotish va sotib olish; 
▪  plastik kartaga pul o‘tkazish/pul olish; 
▪  turli  hisobraqamlari  (muddatli,  jamg‘arma,  nafaqa)  ochish  va  ularga  pul 
o‘tkazish; 
▪  belgilangan  muddat  uchun  hisobraqamining  holati  haqida  turli  shaklda 
ma’lumotnoma olish; 
▪  on-layn rejimida kelib tushgan to‘lovlar haqida axborot olish; 
▪  boshqa  xil  xizmatlar  olish:  jurnal  va  gazetalarga  obuna  bo‘lish,  brokerlik 
xizmatlari  (qimmatli  qog‘ozlar  sotish/sotib  olish,  investitsion  portfel  yaratish, 
savdoda ishtirok etish va b.). 
Internet  orqali  bank  xizmatlari  ko‘rsatish  bugungi  kunda  elektron  tijoratning 
dinamikasi  eng  yuqori  segmentlaridan  biri  hisoblanadi.  Hozirda  xizmat  ko‘rsatish 
bozorining  ushbu  sektori  shakllanib  ulgurganligi  haqida  gapirish  mumkin,  bu 
xizmatlarni  yirik  banklarning  aksariyati  ko‘rsatmoqda.  AQSHda  bu  banklar  qatorida 
Citicorp,  Bank  of  America,  Wells  Fargo,  Bank  One,  First  Union  banklarini  sanab 
o‘tish mumkin. 
Internet  orqali  bank  xizmatlari  ko‘rsatish  tizimidan  foydalanish  bir  qator 
ustunliklarga ega. Birinchidan, bankka shaxsan tashrif buyurish zaruratining  yo‘qligi 


103 
 
sababli  vaqt  tejaladi.  Ikkinchidan,  mijoz  kun  davomida  24  soat  mobaynida  o‘z 
hisobraqamini  nazorat qilib turishi  va  moliyaviy bozorlarda vaziyatning o‘zgarishiga 
qarab,  masalan,  u  yoki  bu  valyutani  sotib  olishi  yoki  sotib    yuborishi  mumkin. 
Bundan  tashqari,  bu  tizimlar  plastik  kartalar  bilan  operatsiyalarni  kuzatib  borishda 
juda  katta  rol  o‘ynaydi,  bu  kartalardan  bir  so‘m  ham  olinsa  bu  narsa  darhol  tizimda 
tayyorlanuvchi  ma’lumotnomalarda  aks  etadi  hamda  mijozning  o‘z  operatsiyalarini 
nazorat qilish darajasini oshirishga xizmat qiladi. 
Internet  orqali  bank  xizmatlari  ko‘rsatish  zamonaviy  tizimlarini  tavsiflovchi 
uchta eng muhim tavsifnomani ajratib ko‘rsatish mumkin: 
▪  funksionalimkoniyatlar (mijozlar uchun ochiq operatsiyalar); 
▪  tizimdan foydalanish qulayligi (foydalanuvchi interfeysi); 
▪  moliyaviy  axborotni  saqlash  va  uzatish  xavfsizligini  ta’minlashda 
qo‘llanuvchi usullari. 
Internet  orqali  bank  xizmatlari  ko‘rsatish  tizimining  funksional  imkoniyatlari 
qanchalik  keng,  ya’ni  Internet  orqali  bank  mijozlari  uchun  qanchalik  ko‘p 
operatsiyalar ochiq bo‘lsa, bu tizim shunchalik to‘laqonli va talabchan bo‘ladi. Aslida 
ham, Internet orqali bank  xizmatlari ko‘rsatish tizimining  funksional  imkoniyatlarini 
bilib turib  yoki  majburan cheklash  ularning javobgarligini biroz kamaytiradi, chunki 
bu  holatda  mijoz  bankka  tashrif  buyurishga  majbur  bo‘lishi  mumkin.  SHu  sababdan 
Internet  orqali  bank  xizmatlari  ko‘rsatish  tizimini  raqobatbardosh  qilishga  intilishda 
banklar  ularni  mijozlarga  bank  ofisida  taqdim  etiluvchi  barcha  xizmatlar  bilan 
ta’minlashga harakat qiladi. 
Internet  orqali  bank  xizmatlari  ko‘rsatish  bo‘yicha  biror-bir  tizimning  qulayligi 
qoidaga  ko‘ra  tizimning  mijozlar  uchun  mo‘ljallangan  qismining  do‘stona 
interfeysiga,  dasturiy  ta’minotni  o‘rnatish  va  sozlashning  qanchalik  sodda  va 
osonligiga, turli bank xizmatlari olish uchun tizimda operatsiyalar bajarishning oddiy 
usullari qanchalik oson va qulayligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Internet  orqali  bank  xizmatlari  ko‘rsatish  tizimlarini  yaratish  va  ulardan 
foydalanishda  xavfsizlikni  tashkil  qilish  masalalari  dolzarb  ahamiyatga  ega  bo‘lib, 
keng  muloqot  doirasi  e’tiborini  tortadi.  Tizim  muhofazasi  kamida  o‘zaro  aloqada 


104 
 
bo‘luvchi  sub’ektlarni  (mijoz  va  bankni)  uzil-kesil  identifikatsiyalashni,  uzatiluvchi 
moliyaviy  axborotni  shifrlash,  axborot  tashish  vositalarini  himoya  qilishi  lozim. 
Bugungi  kunda  ushbu  masalalarning  barchasi  ko‘plab  professional  himoya  tizimlari 
tomonidan  hal  etilayotgan  bo‘lib,  ular  mahalliy  va  chet  el  tizimlarida  keng 
qo‘llanmoqda. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish