Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


Yangi mahsulotni ishlab chiqish bosqichlari



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/184
Sana06.07.2021
Hajmi1,86 Mb.
#110702
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Yangi mahsulotni ishlab chiqish bosqichlari 
Mahsulotni  ishlab  chiqishdan  oldin  keluvchi  muhim  bosqichda  korxonaning 
bozordagi  xulq-atvor  strategiyasini    ishlab  chiqish  ro‘y  beradi.  Bu  jarayon  bozorni 
sinchiklab  segmentlash,  maqsadli  iste’molchilar  guruhlarini  aniqlash,  ularning 
ehtiyojlarini aniqlashtirish va mahsulotni joylashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishni 
qamrab oladi. 
Shu  bosqichning  o‘zidayoq  iste’molchilar  ehtiyojlarini  aniqlashda  Internet  juda 
katta  foyda  keltirishi  mumkin.  Odatda,  iste’molchilar  mahsulotdan  qanday 
foydalanayotganligi,  uning  qaysi  xususiyatlari  yoki  funksiyalarini  yaxshilashni 
istashlari  haqida  axborot  olish  uchun  kompaniyalar  fokus  guruhlaridan  foydalanadi. 
Iste’molchilarning  istak-xohishlari  va  shikoyatlarini  aniqlash  uchun  ular  o‘z 
sotuvchilari  va  dilerlar  tarmoqlari  bilan  maslahatlashishi  mumkin.  Elektron  aloqa 
vositalarini qo‘llash bu jarayonlarni ancha tezlashtirish va ularni o‘tkazish tannarxini 
pasaytirishga imkon beradi. 
Mazkur  bosqich  yakunlangandan  so‘ng  firma  bevosita  yangi  mahsulotni  ishlab 
chiqishga o‘tishga tayyor bo‘ladi. Bu jarayon, shuningdek, innovatsiya jarayoni  ham 
deb nomlanib, olti bosqichni qamrab oladi: 
▪  yangi tovarlar haqida g‘oyalar izlash; 
▪  g‘oyalarni tanlab olish; 


97 
 
▪  yangi tovar g‘oyasini tijoratlashtirishni iqtisodiy tahlil qilish; 
▪  tovarni ishlab chiqish; 
▪  tovarni bozor sharoitlarida sinab ko‘rish; 
▪  tovarni bozorga chiqarish va joriy qilish. 
Har  qanday  g‘oya  ko‘rsatilgan  bosqichlarning  har  biridan  o‘ta  oladi  deb  aytish 
qiyin,  albatta.  Tadqiqotlarning  ko‘rsatishicha,  bu  yo‘lning  oxirigacha  kamdan-kam 
g‘oyalargina etib boradi. YAngi mahsulotni ishlab chiqish haqidagi adabiyotlar tahlili 
shuni  ko‘rsatadiki,  tijorat  muvaffaqiyatiga  dastlab  taklif  qilingan  g‘oyalarning  1 
foizdan ham kami erishadi, biroq bu yo‘lning oxirigacha etib borganlar orasida tijorat 
nuqtai  nazaridan  60  foizi  muvaffaqiyatli  hisoblanadi.  Tabiiyki,  ko‘plab  g‘oyalar 
birinchi  bosqichdayoq  puchga  chiqadi,  buni  nisbatan  kam  xarajatlar  bilan  amalga 
oshirish  mumkin,  biroq  bu  holatlarda  loyihachilar  noaniqlik  darajasining  yuqoriligi 
sababli  asoslangan  qaror  qabul  qilishda  qiyinchilikka  uchraydilar.  Faqat  kam  sonli 
g‘oyalargina barcha bosqichlardan muvaffaqqiyatli o‘tadi. 
Internet  va  boshqa  axborot  texnologiyalari  quyidagi  yo‘nalishlarda  innovatsiya 
jarayoniga katta hissa qo‘sha oladi: 
▪ eng  istiqbolli  variantlarni  tanlab  olish    va  aniqlangan  xatolarni  bartaraf  qilish 
— mahsulotni tayyorlashda bu mahsulot bozorda taklif etish bosqichiga yaqinlashgan 
sari  uning  xarajatlari  tez  o‘sadi.  SHuning  uchun  yangi  tovar  ishlab  chiquvchilar 
oldida  turgan  muhim  maqsad  bu  tovarlarning  eng  istiqbollilarini  tanlash  hamda  uni 
ishlab  chiqarish  va  bozorga  chiqarish  uchun  juda  katta  mablag‘  sarflanguncha 
aniqlangan xatolarni bartaraf etish hisoblanadi; 
▪ kompaniyaning  barcha  bo‘linmalari  o‘rtasida  samarali  aloqa  o‘rnatish  —  har 
qanday  kompaniya  yangi  mahsulotni  ishlab  chiqishda  bu  jarayonni  universalroq 
qilish  va  tashkilotda  ichki  axborot  almashinishni  tezlashtirish  uchun  Internet 
imkoniyatlaridan  foydalanishi  mumkin.  Internetning  imkoniyatlari  er  sharining  turli 
nuqtalarida  bo‘lgan  holda  axborot  almashinishi  mumkin  bo‘lgan  ishchi  guruhlarini 
shakllantirishga  imkon  beradi.  Bu  esa  bozor  holati,  mijozlar,  mahsulotlarning  o‘ziga 
xos hislatlari haqida axborot almashinishni tashkil qilishga yordam beradi. 


98 
 
Keltirilgan  imkoniyatlardan  foydalanishning  asosiy  natijasi  yangi  mahsulotni 
ishlab chiqish  jarayonining tezlashuvi bo‘lishi lozim. Bunga erishishning  muhimligi 
yangi  mahsulotni  bozorga  chiqarish  vaqti  bilan  uning  foydaliligi  o‘rtasidagi 
bog‘liqlik bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalari 6.3-rasmda aks ettirilgan bo‘lib, unda 
elektronika  mahsulotlari  bozoridagi  yangi  mahsulot  keltiruvchi  foyda  hajmining  o‘z 
tovarini  taklif  qilish  muddatining  raqobatchilarga  nisbatan  ertaligiga  bog‘liqligi 
ko‘rsatilgan.  Bozorda  yangi  mahsulotni  raqobatchilarga  nisbatan  olti  oy  oldinroq 
taqdim  etishi  mumkin  bo‘lgan  kompaniya  bu  vaqt  ustunligini  o‘rtacha  foyda 
miqdoridan  uch  baravar  katta  bo‘lgan  doimiy  foydaga  aylantirish  imkoniga  ega 
bo‘ladi. 
 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish