3.3. Sifat strategiyasi
Yangi tovarning bozor ko‘rsatkichlarini shakllantirish tizimida tovarlar o‘rovi
ham muhim element vazifasini bajaradi. Tovarlarning ko‘pchiligi to iste’molchiga
etib borguncha transport orqali tashiladi va omborlarda saqlanadi. Bu holda tovarlar
ularni etkazib berish va iste’mol qilish qoidalariga asosan maxsus idishlarga joylab
o‘raladi. Tovarning o‘rovi ishlab chiqaruvchi yoki savdo tashkiloti tomonidan
iste’molchiga beriluvchi “tashrif qog‘ozi” vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |