Toshkent arxitektura qurilish instituti arxitektura fakulteti


Isroil-Yahudiya davlatlari



Download 1,16 Mb.
bet2/3
Sana23.01.2021
Hajmi1,16 Mb.
#56342
1   2   3
Bog'liq
Quddus

Isroil-Yahudiya davlatlari

Er. aw. XII asrda Falastin hududida kelgindi ko'chmanchi isroil qabilalari va mahalliy xananlar birlashib 12 qabila ittifoqinishakllantiradilar. Er. aw. XI asr boshlarida Falastinda temir qurollar ishlab chiqarishda yetakchi bo'lgan filistimlar hukmronligi o'rnatiladi. Isroil qabilalari filistimlarga qarshilik ko'rsata olmaydi. Falastinda isroil qabilalari Misrdan kelib о’rnashadilar.

Er. aw. XIII asrda o‘n ikki yahudiy qabilalari Falastinga bostirib kirib, mahalliy Xanaan shahar-davlatlarini bo'ysundirganlar. Yahudiy so'zi etimologik jihatdan ≪daryo ortidagi aholi≫ degan ma’noni bildiradi. Saylab

qo'yiladigan yo'lboshchi-Shofetlar (≪Qozi≫), oliy kohinlar vazifasini bajarib, qabila ko'ngilli qo'shinlariga boshchilik qilganlar va tinchlik paytida ajrim ishlari bilan shug'ullanganlar. Er. aw. XI asrning oxirida yahudiy jamiyatida ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy jamiyatga o'tish yuz beigan. Saylab qo'yiladigan yo'lboshchi ar o'rniga merosiy podsho hokimiyati shakllanadi. Filimstyaalar bilan bo‘lgan janglar davomida podsho qilib Saul saylanadi. U birinchi merosiy podsho bo'ladi. Saul Filistimlar bilan bir necha g‘olibona urushlar olib boradi, lekin navbatdagi urushda mag‘lub bo'lgani uchun o‘zini o'ldiradi. Er. aw. 1000 yillar atrofida Saulning oddiy jangchisi bo'lgan Dovud Isroil podshosi bo‘ladi. Dovud markazlashgan harbiy-byurokratik davlat tuzishga harakat qiladi. Dovud (1010—970-yillar) podsholigi davrida markazlashgan davlat tuziladi. Bosib olingan Quddus yangi davlatning poytaxti bo'lgan. Mamlakatni boshqarish uchun markaziy davlat oiganlari tuziladi. Podsho kritlik va filistimlardan o'ziga sodiq yollanma qo'shin tuzadi. Dovud faol tashqi siyosat olib boradi. U filistimlar bilan sulh tuzadi. Iordan daryosi ortidagi yerlar filistimlar va janubiy Suriya oromiylarini bo'ysundirib davlat chegarasini Akab qo‘ltig‘iga olib boradi.

Dovudning taxtini uning kichik o'g'li Sulaymon (Er. aw. 970— 930-yillar atrofida) egallaydi. Sulaymon davrida qurilish ishlari keng yo‘lga qo'yiladi. Uning davrida Quddusda xudo Yaxva sharafiga ibodatxona quriladi. Davlat hududi 12 okrugga bo'linadi. Ularning har biri yilda bir oy podsho saroyiga oziq-ovqat yetkazish majburiyatini olganlar. Mehnat majburiyati joriy qilinadi. Rivoyatlar Sulaymonni dono va adolatli podsho deb tariflanadi. Haqiqatda esa Sulaymon hokimiyatparast hukmdor bo'lib, aholiga ko'plab soliq va majburiyatlami yuklagan. Boshqa xalqlarga nisbatan shafqatsiz siyosat yuritgan.

Sulaymon podsholigining so'nggi yillarida shimolda Damashq podsholigi kuchayadi. Sulaymonning shafqatsiz siyosatidan norozi bo'lgan 10 shimoliy yahudiya qabilalari ajralib chiqib, Isroil podsholigini tashkil qiladilar. Uning poytaxti yangi qurilgan Samariya shahri bo'lgan. Dovud sulolasi hukmdor bo'lgan Quddus podsholigi uning bosh qabilasi nomi bilan Yahudiya deb atalgan. Ikkala podsholik ham bir-biri bilan dushmanchilik munosabatida bo'lib vaqtivaqti bilan konfederatsiya tashkil qiladilar. Yahudiyani parchalanganidan foydalangan Misr fir’avni Shishonk I er. aw. 926-yildaFalastinga yurish qilib, Yahudiya va Isroilni bosib oladi. Er. aw. VIII asri o'rtalaridan—VI asrlarda Sharqiy O'rtayer dengizi.

Er. aw. I ming yillikda Falastinda savdo-hunarmandchilik, dehqonchilik rivoj topadi. Tashqi savdo kuchayib, ortiqcha g'alla va boshqa mahsulotlar Tir shahriga sotiladi. Yeiga xususiy mulkchilik paydo bo'ladi. Er. aw. VIII-VT asrlarda Falastinda quyidagi 4 toifa mavjud bo'lgan: dunyoviy zodagonlar, diniy zodagonlar (kohinlar, payg'ambarlar), yerli xalq (erkin aholining asosiy qismi), begona yurtliklar (kelgindi va ko'chib kelganlar), eng pastki pog'onada qullar turgan.

Er. aw. VIII asr o'rtalarida Osuriya, (er. aw. 732—722-yillar) Damashq va Isroil davlatlarini tor-mor qiladi. Tir-Sidon podsholigining katta qismi Osuriya tomonidan bosib olinib, tobe hududga aylantiriladi. Finikiyaliklar Osuriya zulmiga qarshi kuchli qarshilik ko'rsatdilar. Yuz yil davomida Tir shahri 5 marta Osuriya tobeligidan qutulishga harakat qildi. Timing shunday ikkinchi qarshiligini podsho Sinaxxeribni er. aw. 701-yilda bostirishi natijasida Tir shahridan boshqa barcha Finikiya shaharlari ajratib tashlanadi. Natijada Tir-Sidon podsholigi dengiz orti hududlari bilan tugatiladi. Osuriyaning g'arbiy qismiga skiflaming hujumi Sharqiy O'rtayer dengizi qiig'og'ida Osuriya hukmronligiga chek qo‘yadi.

Yahudiya podshosi Iosiya (er. aw. 640—609-yillar) davlat mustaqilligini tiklab, podsholar Dovud va Sulaymon davridagi davlat chegaralarini tikladi. Misr esa Frot daryosigacha bo'lgan yerlami bosib olib, er. aw. 616-yilda bobilliklaiga qarshi Mesopotamiyada osuriyaliklarga yordamga keladi. Bu vaqtda Tir shahri vaqtinchalik butun Finikiyada yetakchi davlatga aylanadi. Tir savdogarlari er. aw. VII asr oxiri VI asr boshlarida Kichik Osiyoning sharqi va janubiy Arabistonga suqilib kirdilar, Ispaniyadan kumush hamda Britaniyadan qo‘rg‘oshin tashiganlari ehtimoldan holi emas. Iosiy davrida Yahudiyada mono-teistik harakat boshlanadi. Yaxva, yagona xudo deb e’lon qilinadi.

Osuriyaning halokatidan keyin Sharqiy O'rtayer dengizi Misr va Bobil o'rtasidagi raqobat maydoniga aylanadi. Er. aw. 609-yilda fir’avn Nexo II Megiddo yonidagi jangda Iosiya qo'shinlarini yengib, Yahudiya Misrga tobe bo'ladi. Misr va Bobil o'rtasidagi raqobat oxir-oqibatda er. aw. 587-yilda Yahudiyani halokati, yahudiylaming Mesopotamiyaga asir qilinib olib ketilishi, butun Sharqiy O'rtayer dengizini Bobilga tobe bo'lishi bilan yakunlanadi. Er. aw. 539-yilda ahmoniylar tomonidan Bobilni bosib olinishi bilan bu hududda forslar hukmronligi o'matiladi va ahmoniylar Quddus uning atrofidagi hududlaiga cheklangan muxtoriyatlar berdilar.



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish