Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Reja


jadval. Fyuchers va forvard bozorlarining qiyosiy harakteristikasi



Download 253,5 Kb.
bet3/5
Sana18.04.2020
Hajmi253,5 Kb.
#45742
1   2   3   4   5
Bog'liq
tijorat banklarining valyuta operatsi


jadval.

Fyuchers va forvard bozorlarining qiyosiy harakteristikasi

Taqqoslash belgilari

Fyuchers bozori

Forvard bozori

Bozor ishtirokchilari

Banklar, korporatsiyalar, alohida investorlar, chayqovchilar.

Banklar va faqat kata korporatsiyalar, yakka nvestorlar qatnashishi chegaralangan.

Aloqa usuli

Bitm ishtirokchilari bir-birini bilishmaydi.

Bitm ishtirokchilari bir-birini bilishadi.

Vositachilar

Bitim ishtirokchilari brokerlar orqali bitim tuzishadi.

Odatda bitim ishtirokchilari bir-biri bilan bitim tuzishadi.Ularga market-meykerlar vositachilik qilishadi.

Bitim tuzish usuli va joyi

Birjaning operatsion zalida og‘zaki bitim tuzish yo‘li bilan tuziladi.

Banklararo valyuta bozorida telefon yoki teleks orqali tuziladi.

Maxsus depozit

Riskni qoplash uchun ishtirokchilar kliring palatasiga kafolatli depozit topshirishlari shart.

Kafolatli depozit topshirishlari talab etilmaydi.

Bitim summasi

Standart shartnoma

Ishtirokchilar kelishuviga ko‘ra tuziladi.

Aktivlarni etkazib berish.

SHartnomalarning 1%-6% haqiqatda etkazib beriladi.

SHartnomalarning 95% haqiqatda etkazib beriladi.

Valyuta pozitsiyasi

Pozitsiyalar osonlik bilan yopiladi.

Pozitsiyalarni yopish osonlik bilan bo‘lmaydi

Bozor harakteri va kotirovkalanadigan valyuta miqdori.

Bir tomonlama bozor, bitim ishtirokchilari shartnomani haridori yoki sotuvchisi hisoblanadi va bir turdagi valyuta kotirovkalanadi.

Ikki tomonlama bozor va ikki turdagi valyuta kotirovkaladi.


Nazorat qilish

Milliy nazorat organlari nazorat qilishadi.

Ishtirokchilar nazorat qilishadi.

Transaksiya narxi

Broker xizmat haqi

Bankning valyuta sotishdagi talab va taklif spredi.

Bu ikkala moliyaviy vositalarning farqini tushunish juda muhim. YUqorida aytganimizdek, fyuchers bitimlari kliring palatasi orqali amalga oshiriladi va har kuni qayta baholanib turiladi bu esa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kredit riskini kamaytiradi. Kliring palatasi ikkala tomon majburiyatlarini bajarilishini kafolatlaydi, fyuchers bitimidagi pozitsiyani yopish uchun boshqa bir pozitsiyasi yopilishi kerak bo‘lgan fyuchers bitimiga teskari bo‘lgan standartlashgan fyuchers bitimi sotib olinadi. Forvard bitimida esa uning egasi o‘z pozitsiyasini yopish uchun ushbu pozitsiyaga qarshi boshqa bir bitim sotib olishi yoki tuzishiga to‘g‘ri keladi bu esa yana bir kredit riskini yuzaga keltiradi.


Valyuta fyucherslari quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim:

  • Bajarilish kuni

  • Bajarilmagan bitimlar

  • Savdo boshlangandagiyuqori, past va yopilish vaqtidagi baho.qori, past va yopilish vaqtidagi baho.

  • Ko‘rsatilgan kundagi savdo qilingan bitimlar soni

  • Bajarilish kuni

Odatda fyucherslarning 2 % amalga oshiriladi hamda bu bitim spekulyativ va xedjerlash operatsiyalari uchun tuziladi.

-jadval.

Svop va fyuchers bitimlarining farqli jihatlari

Taqqoslash belgilari

Fyuchers

Svop

Bitim tuzilish hajmi

Standartlashgan

10 mlndan yuqori hohlagan summada

Belgilanadigan vaqti

Qat’iy belgilangan vaqtda

Hohlagan paytda.

Boshqarishning qiyinlik darajasi

Murrakab

Oddiy

Pozitsiyani tugatish

Qarama-qarshi bitim bilan.

Aksi yoki sotish.

Bitimni tugatish

birjada

Tijorat va investitsion banklar.

Valyuta fyuchers operatsiyalarining mohiyati shundan iboratki, bunda standartlashtirilgan miqdordagi chet el valyutasini shartnomalar asosida kelgusida ma’lum vaqtda AQSH dollariga almashinuv tarzida etkazilib beriladi. Lekin valyuta fyuchers shartnomalari ham, tovar fyuchers shartnomalari singari qayta-qayta sotilishi mumkin, ya’ni shartnoma ijro qilinish muddati kelgunga qadar bir haridordan ikkinchi haridorga o‘tib turadi. Fyuchers shartnomalari bilan savdo qilish jarayonida ikki qoidaga qat’iy rioya qilish muhim hisoblanadi: 1-qoida: valyuta kursining kelgusidagi o‘zgarishini ko‘ra bilish; 2-qoida: fyuchers shartnomasining amal qilish vaqtida valyuta kursining o‘zgarishini doimiy ravishda kuzatib borish.

Fyuchers shartnomasi egasi yuqoridagi qoidalar asosida valyuta bozorida nomaqbo‘l jarayon vujudga kelishi mumkinligini ko‘ra bilishi natijasida, shartnomadan o‘z vaqtida qutilish (ya’ni sotib yuborish) choralarini ko‘radi, aks holda u katta miqdorda zarar ko‘rishi muqarrar.

Valyuta fyuchers operatsiyalari ikki vazifani bajaradi: birinchidan, fyuchers shartnomalari investorlarga valyuta kursining bozordagi nomaqbo‘l ravishda o‘zgarishi tufayli vujudga keladigan riskdan himoyalanish imkoniyatini bersa, ikkinchidan, birjadagi broker va shu kabi qatnashchilarga fyuchers shartnomalari bilan savdo qilish natijasida foyda olishga yordam beradi.

YUqoridagi fikrdan shunday xulosa qilish mumkinki, agar valyuta kursi qanchalik o‘zgaruvchan (tebranuvchan) bo‘lsa, fyuchers bozorida himoyalanishga ehtiyoj shuncha ko‘p bo‘ladi. Valyuta kursining turli omillar ta’sirida tinmay o‘zgarib turishi natijasida yuzaga keladigan riskka javoban, ya’ni undan himoyalanish maqsadida valyuta fyuchers operatsiyalari joriy qilingan.

Valyuta fyuchers operatsiyalari amaliyotda keng qo‘llaniladigan forvard shartnomalarining bir ko‘rinishi hisoblanadi. Bu ikki shartnomalarning asosiy farqi shundan iboratki, forvard operatsiyalari birjadan tashqarida amalga oshirilsa, fyuchers shartnomalari esa tartibli birjalarda amalga oshiriladi.

Valyuta fyuchers operatsiyalari orqali xedjirlash usulini eksport-import bitimlari misolida ko‘rib chiqamiz.

Eksport-import operatsiyalari bilan faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniya YAponiyaning tashqi savdo firmasidan yirik partiyadagi yapon soatlarini sotib olish maqsadida muzoqaralar olib bormoqda, deb faraz qilaylik. YApon firmasi etkazib beriladigan soatlar uchun hisob-kitoblar YAponiyaning pul birligi hisoblangan ienada amalga oshirishni talab qilmoqda, chunki shartnomaga asosan yapon soatlari uchun hisob kitoblar yapon ienasida emas, AQSH dollarida amalga oshiriladigan bo‘lsa, u holda YAponiya kompaniyasi valyuta kursining tebranishi tufayli yuzaga keladigan risk natijasida moliyaviy talofatga uchrashi mumkin.

Tuzilgan shartnomaga ko‘ra har bir yapon soatining narxi 2850 ienadan belgilanib, 15000 dona soatni haridorga 7 oydan so‘ng 42750000 yapon ienasi miqdoridagi to‘lovni amalga oshirib berishi zarur bo‘ladi.

Quyida shartnoma tuzilgan kundagi AQSH dollarining yapon ienasiga almashtirish kurslarining joriy stavkalari keltirilgan:



  1. Joriy naqd almashtirish kursi 0.004173

  2. Iyun fyuchers shartnomasi bo‘yicha almashtirish kursi 0,004200

  3. Sentyubr fyuchers shartnomasi bo‘yicha almashtirish kursi 0.004237

  4. Dekabr fyuchers shartnomasi bo‘yicha almashtirish kursi 0.004265

YUqorida keltirib o‘tilgan kurslardan foydalangan holda, harid qilinayotgan yapon soatlarining qiymatini aniqlashimiz mumkin. Joriy almashtirish kursi bo‘yicha 1 AQSH dollari 0.004173 yapon ienasiga teng bo‘lgan sharoitda, harid qilinayotgan 15000 dona yapon soatining qiymati 178.396 AQSH dollariga ega bo‘ladi.

Agar fyuchers bozoridagi valyuta kurslarini bo‘lajak almashtirish kurslari deb qarasak, bunda AQSH dollarining yapon ienasiga nisbatan kursi pasayish ehtimoldan holi emas. Dekabr fyuchers shartnomasi bo‘yicha 1 AQSH dollari qiymati 0.004265 yapon ienasiga teng bo‘ladi deb olsak, u holda 15000 dona yapon soatining qiymati 182.329 AQSH dollariga teng bo‘ladi.

SHartnomaga asosan soatlarni etkazib berish va ular bo‘yicha hisob-kitoblar dekabr oyida amalga oshirilishini e’tiborga olsak, yapon soatlarini import qilayotgan kompaniya 178.396 AQSH dollari emas, balki 182.329 dollar to‘lashi zarur bo‘ladi, ya’ni import qiluvchi kompaniya valyuta kursining tebranishi natijasida 3933 AQSH dollari miqdorida zarar ko‘rishi ma’lum bo‘lib qoldi.

YUqorida ko‘rsatib o‘tkanimizdek, eksport-import operatsiyalari bilan faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniya va YAponiyaning tashqi savdo firmasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan 15000 dona yapon soatlari noyabr oiyda etkazib berish ko‘zda tutilgan, shu sababli import qiluvchi kompaniya fyuchers bozorida ijro muddati dekabr oyida bo‘lgan valyuta fyuchers operatsiyalarini amalga oshirishga qaror qiladi. Buning sababi shuki, dekabr oyidagifyuchers shartnomasi ijro qilinadigan davrdagi valyuta kursi import qiluvchi kompaniya uchun zaruriyat tug‘ilgan davrda (ya’ni noyabr oyida) shakllangan “spot”, ya’ni real bozordagi valyuta kursiga juda yaqin turadi. Ikkinchidan, dekabr fyuchers shartnomalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning sarf-harajatlari boshqa davrdagi (ya’ni matr, iyun, sentyabr oylari) shartnomalari harajatlariga nisbatan ancha miqdorda kam bo‘ladi. Valyuta fyuchers shartnomasining miqdori 12500 ming yapon ienasi miqdorida standartlashtirilganligi bois import qiluvchi kompaniya navbatdagi muammoga duch kelishi mumkin, chunki 15000 dona yapon soatlari qiymatini to‘lash uchun unga 42750 ming yapon ienasi zarur, u holda u fyuchers bozorida 3 valyuta valyuta fyuchers bitimini amalga oshiridagan bo‘lsa, ularning umumiy miqdori 37500 ming yapon ienasiga, 4 ta valyuta fyuchersi bitimini tuzadigan bo‘lsa, ularning umumiy miqdori 50 mln yapon ienasiga teng bo‘lib qoladi.



-jadval__Muddatli_bitim_va_fyuchers_bitimlarining_farqli_jihatlari'>-jadval

Muddatli bitim va fyuchers bitimlarining farqli jihatlari

Kunlar

Muddatli bitim

Fyuchers bozori

Aprel

Kompaniyaga noyabr oyida 42750 ming yapon ienasi zarur, uning joriy valyuta kursi bo‘yicha qiymati 178.396 AQSH dollarini, noyabrdagi kutilayotgan kurs bo‘yicha esa 182.329 AQSH dollarini tashqil qiladi.

Kompaniya fyuchers bozorida yaopn ienasi bo‘yicha 3 ta dekabr fyuchers shartnomasini 0.004265 AQSH dollari kursi bo‘yicha 159.938 AQSH dollariga sotib oladi

Noyabr

SHartnomada ko‘zda tutilgan 15 ming dona yapon soatlarini real bozordagi kurs bo‘yicha (0.004273 doll.) 182.671 AQSH dollariga sotib oladi.

YApon ienasi bo‘yicha 3 ta dekabr fyuchers shartnomasini 0.004270 kursi bo‘yicha 160.125 AQSH dollariga sotadi.




Real bozordagi natija

Fyuchers bozoridagi natija




Kutilgan sarf-harajatlar – 182.329 AQSH dollari

Foyda – 187 AQSH dollari





Haqiqiy sarf-harajatlar – 182.671 AQSH dollari







Zarar – 342 AQSH dollari





Sof natija:

Zarar – 155 AQSH dollari




Faraz qilaylik, kompaniya nihoyat, 3 ta valyuta fyuchers shartnomasi bilan operatsiya o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabull qildi.

Komapaniyaning mo‘ljaliga ko‘ra yapon soatlarini sotib olish uchun unga 42750 ming yapon ienasi kerak bo‘ladi, ushbu mablag‘ning ekvivalenti joriy kurs bo‘yicha 178.396 AQSH dollariga, kutilayotgan valyuta kursi bo‘yicha esa 182.329 AQSH dollariga teng bo‘ladi. YApon ienasining xedjirlash jarayonida qanchalik muvafaqiyatli bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Kompaniya fyuchers bozorida 0.004264 AQSH dollari kursida yapon ienasi bo‘yicha 3 ta dekabr fyuchers shartnomalarini 159.938 AQSH dollariga sotib oladi.

Komapniyaning ikkala boordagi faoliyati, ya’ni real va fyuchers bozoridagi umumiy natijasi 155 AQSH dollari miqdorida zarar ko‘rish bilan yakunlandi.

Fyuchers shartnomalari qiymati ikki xil harajatlardan tashqil topgan.



  1. o‘zgaruvchan, komission harajtlar

  2. shartnoma tuzilayotganda kiritiladigan birlamchi depozit hamda vlayuta kursining yomon tomonga o‘zgarishi extimolida yuzaga keladigan qo‘shimcha badallardan tashqil topgan doimiy harajatlar.

Valyuta fyuchers bozorida quyidagilar qatnashadilar.

-kompaniyalar va banklar;

-valyuta riskini xedjerlovchi xedjerlar;

-birja spekulyantlari, riskni o‘zlariga olib, baho tebranishidan daromad olishni ko‘zlagan o‘yinchilar.

Birja spekulyantlari bozorda muhim o‘rinni egallaydilar, ular o‘zalriga riskni olish orqali, bozor likvidliligini ta’minlaydi.

Ular barcha asosiy moliyaviy gazetalarda nashr qilinadi (Financial Times, Wall Street Journal…) va har xil bitimlar to‘g‘risida ma’lumot beradi.



-jadval

Funt sterlingda fyuchers bitimlari xaqida yakuniy ma’lumot keltirilgan1

Oy


Ochilishi kursi

Eng baland kurs

Eng past kurs

Kelishilgan kurs

Tebranish kursi

Eng yuqori

Eng past

Bitim hajmi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Iyun

1,5068

1,5130

1,5056

1,5128

+0,0068

1,5870

1,7910

55897

Sentyabr

1,5030

1,5120

1,5030

1,5117

+0,0068

1,5840

1,7910

142


Birinchi satrda quyidagilar keltirilgan:

-valyutasi: funt sterling

-moliya bozori: IMM

-kotirovkasi: barcha fyuchers bitimlaridollar funt sterling nisbatda keltirilgan.

Bu valyutalar uchun teskari kotirovka ishlatiladi.

1.2-jadvalda keltirilgan ustunlarda quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:

1-ustun: bitimning ijro vaqti

2-ustun: barcha ijrolar uchun birja ochilishdagi kurs

3-ustun: eng yuqori kurs

4-ustun: eng past kurs

5-ustun: yopilish vaqtidagi kurs

6-ustun: yopilish vaqtidagi kursning o‘zgarishi

7-ustun: eng yuqori kursning ro‘yxatga olinishi

8-ustun: eng past kursning ro‘yxatga olinishi

9-ustun: kun yakunidagi muddatli shartnomalar hajmi. Har bir bitim sotuvchi va haridorga taqdim etiladi.

*Oxirgi satrda

-so‘ngi ikki kunda imzolangan bitimlar hajmi;

-bitimlarning umumiy soni;

-bitim imzolangan vaqtdagi tebranishlar ko‘rsatiladi.

Agar kompaniya fyuchers bozoridagi holatga qarama-qarshi pozitsiyaga ega bo‘lsa, u shu yo‘l bilan yo‘qotadigan daromadini ikkinchi bozorda shu summada kompensatsiya qiladi.



Valyuta opsionlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar

Valyuta opsionlari birinchi marta 1982 yilda Filadelfiya birjasida amalga oshirilgan. SHundan keyin valyuta opsionlari bilan savdolar jahonning ko‘pgina birjalarida amalga oshirila boshladi. Opsiondan investitsiya portfelining muhim elementi va sug‘urtalashning samarali usuli sifatida foydalanish uchun uni qanday ishlatilishini bilish lozim. Fyuchers va forvard bitimlaridan farqli ravishda u majburiyat emas, balki huquqdir.

Valyuta opsioni – bu sotuvchi va xaridorning shunday bitimki, u xaridorga biror valyutaning bozor narxlaridan qat’iy nazar belgilangan miqdorini oldindan belgilangan vaqtda va kursda etkazib berish bo‘yicha huquq beradi. Sotuvchiga esa belgilangan valyutani oldindan belgilangan vaqtda va kursda sotish majburiyatini beradi.

Valyuta opsioni shunday instrumentki, u ham spekulyasiya ham xedjirlash vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin.

Opsionlar birjadan tashqari bozorda va birjadagi bozorda ham keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Valyuta opsionlarining katta qismi, jumladan 81 % birjadan tashqari bozorda amalga oshiriladi.2 Valyuta opsionida fyuchers savdosida qatnashmaydigan ekzotik valyutalar uchun ham bitimlar tuzish mumkinligi uning ahamiyatini oshiradi. Valyuta opsioning muddati turli muddatlarda tuzish mumkinligi bilan ajralib turadi uni bir necha soatdan tortib bir necha yillargacha tuzishingiz mumkin, ammo asosan muddatlar sifatida to‘liq muddatlar masalan bir hafta, bir oy, ikki oy va h.klar olinishi mumkin.

Quyidagi etti omil opsion narxini shakllantiradi:



  1. Valyuta kursi.

  2. Strayk baho (realizatsiya bahosi).

  3. Valyuta kursining volatillik darajasi.

  4. Amalga oshirilish muddati.

  5. Foiz stavkalaridagi farqlar.

  6. Bitim turi (koll yoki put).

  7. Opsionning modeli – amerika yoki evropa opsioni.

Ushbu etti omildan valyuta kursi asosiy omil sanaladi. Aynan valyuta kursiga qarab opsion narxi o‘zgaradi. Opsion narxini o‘zgarishini va uni shakllantirishda quyidagi indekslardan foydalaniladi.

Delta

Delta yoki oddiy qilib aytganda A – opsion narxini shakllantirishdagi birinchi hosiladir. Bu indeksni uchta aspektda ko‘rishi mumkin:



  1. Valyuta opsioning narxi valyuta kursining o‘zgarishiga bog‘liqligi sifatida. Masalan, opsion narxining o‘zgarishi A = 0.5 ga teng bo‘lsa demak, valyuta kursi o‘zgarishining yarmiga teng bo‘ladi. YA’ni, valyuta kursi 10 % ga oshsa, valyuta opsioning kursi 5 % ga oshadi.

  2. Opsion riskini sug‘urtalash darajasi sifatida.

  3. Pozitsiyadagi ulush sifatida, ya’ni koll xaridori sotib olish (uzun) pozitsiyada, put xaridori esa sotish (qisqa) pozitsiyada bo‘ladi. Va A = 0.5 da put xaridori ½ valyuta fyuchersini sotadi.

Gamma

Gamma – bu opsion narxini shakllantirishning ikkinchi hosilaviy modeli hisoblanadi va u deltaning o‘zgaruvchanlik darajasi hisoblanadi. Gamma 0 dan 100 % gacha bo‘lgan darajada o‘zgaradi.



Vega

Vega volatillikka nisbatan opsion narxining o‘zgarish darajasini belgilaydi. Masalan, V = 0.2 bo‘lsa, u opsion narxini 2 % ga oshishini belgiaydi va aksincha.



Teta

Teta indeksi (T) opsion narxining u amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vaqtdan o‘tib ketgach opsion narxining kamayish darajasi belgilaydi. Masalan, T=0.2 bo‘lsa, bu opsion narxining har bir kun uchun 0.02 yo‘qotilishini anglatadi.



Valyuta opsionlarining turlari

Opsion huquqi qaysi sub’ektga tegishligiga qarab ikki turga bo‘linadi:



  • Koll opsion – bu huquq, ammo majburiyat emas, u asosiy valyutani sotib olishni bildiradi. YA’ni, huquq sotib oluvchida bo‘ladi.

  • Put opsion – bu asosiy valyutani sotish huquqini beradi, ammo bu majburiyat emas. YA’ni, huquq sotuvchida bo‘ladi. Bu ikkala bitim bir-biridan farq qiladi, ular bir-biriga qarama-qarshi bitim shakli emasdir.

Opsionni sotib oluvchi tomon – bu opsion egasi (xaridor), opsionni tashqil etuvchi tomon – anderayter (sotuvchi) deb yuritiladi. Asosiy valyutaning sotish yoki sotib olish – bu opsion amalga oshiriladigan narx, ya’ni strayk baho deb yuritiladi. Opsion premiyasi bu xaridor anderayterga to‘laydigan summa tushuniladi. Ayirboshlashda to‘langan premiya evaziga xaridor spot kursining o‘zgarishidan ko‘radigan zararini sug‘urtalaydi. Anderayter esa cheklanmagan miqdordagi riskka boradi va bundan himoyalanish uchun xedjirlash va kompensatsion bitim tuzadi.

Opsionlar qanday vaqtda qo‘llanishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:



  • Evropa opsioni – bunda opsion, bitimda belgilangan vaqtda amalga oshiriladi;

  • Amerika opsioni – bunda opsion, bitimda belgilangan vaqtgacha amalga oshirilishi mumkin.

Amerika opsionining foydaliligi Evropa opsioninikidan kam emas, ammo ular analitik qiyin amalga oshiriladi. Birjadan tashqari bozorda samarali tarzda evropa koll-opsioni amalga oshiriladi, lekin ayrim valyutalarga nisbatan an’anaviy tarzda amerika opsionlari qo‘llanib kelmoqda.

Birjadan tashqari valyuta ayirboshlash opsioni – bu ikki tomonlama bitim bo‘lib, u ikki qatnashchi tomondan tuziladi. Birjadagi va birjadan tashqari opsion bozorining farqi birjadan tashqari opsion bozorida kliring palatasi bo‘lmaydi va nazorat qiluvchi organlar hamda savdo qoidalarini o‘rnatuvchilar bo‘lmaydi. Agar tashqillashtirilgan birjadagi opsionlar standart opsionli bitim tuzilsa, birjadan tashqari opsion bozorida ular investorning ehtiyoji, investitsiyasi hamda xedjirlashiga bog‘liq tarzda tuziladi. Mutaxassislarning hisobiga ko‘ra, birjadan tashqari opsion bozorining miqdori tashqillashtirilgan birjadagi opsionlarning miqdoridan 5 marta ko‘proqdir. Bu ikki opsion bozori bir-biri bilan raqobatlashadi hamda bir-birini to‘ldirib turadi.



Professional treyderlar birjadan tashqari bozorda o‘z daromadalarini oshirish, mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni oldini olish uchun kombinatsion opsionlardan foydalanishadi. Hozirgi vaqtda birjadan tashqari valyuta opsioni bozorlarida quyidagi turdagi kombinatsion opsionlar qo‘llaniladi:

  • Streddl (yoki stellaj yoki ikkita opsion (straddle)), u ikki opsiondan biri put opsion va boshqa biri koll-opsion bo‘ladi hamda ularning nominali, narxi va muddati bir xil bo‘ladi. Narxi odatda forvard kursi atrofida bo‘ladi va foyda keltirmaydi, ular bo‘yicha delta taxminan 0.5 ga teng bo‘ladi. Agar joriy volatillik kutilganidan yuqori bo‘lsa, uzun streddl daromad keltiradi. Agar joriy volatillik kutilganidan past bo‘lsa, qisqa streddl daromad keltiradi.

  • Stregl (strangle) – opsion strategiyasi bo‘lib, u qachonki investorda koll va put opsion pozitsiyasi turli xil narxda bo‘lsa ishlatiladi. Bunda strayk baho forvard kursidan yomonroq, shuning uchun ular daromadsiz yoki zararlidir. Odatda strayk baho 0.25 deltada topiladi.

  • Risk riversiyasi bu o‘zida ko‘proq narxga yo‘naltirilgan o‘yin bo‘lib, u volatillikka unchalik xos emas. Dilerlar daromadsiz put-opsionni daromadsiz koll-opsionga ayirboshlaydilar yoki aksincha. Ushbu daromadsiz put va koll opsionlar narxlari bilan farq qiladi va dilerlar ayirboshlashda ular orasidagi farqni premiya sifatida to‘lab berishadi yoki unga ega bo‘lishadi.

Birjadan tashqari bozorda opsionlarning turli xil ko‘rinishlari amal qiladi:

  • Multivalyutali opsion – biror valyutani boshqa bir valyutaga biror bir valyuta orqali maxsus ayirboshlash kursi orqali ayirboshlash huquqidir.

  • Bar’erli opsion (barrier option) – opsion tugash muddati qisqaradigan yoki uzaytiriladigan opsion bo‘lib, unda belgilangan kurs etib kelishi kutiladi.

  • Bermud opsionlari (Bermuda options) – amerika va evropa opsionlarining birlashmasidir.

  • Osiyo opsionlari – yoki o‘rtacha kurs opsionlari (average rate options).

Har bir opsion narxining uch elementi mavjud:

  • Strayk yoki amalga oshirilish bahosi, ya’ni xorijiy valyutaning sotilish yoki sotib olinish bahosi;

  • Premiya, ya’ni opsionning narxi;

  • Bozordagi spot kurs.

SHuningdek, opsionlar keltiradigan daromadiga qarab ham turlarga bo‘linadi:

  • Daromadsiz (at-the-money - ATM) opsionlar, bunda opsionning strayk bahosi spot kurs bilan teng bo‘ladi.

  • Daromadli (in-the-money - ITM) opsionlar, bunda opsionning strayk bahosi premiyadan tashqari ham daromad keltiradi.

  • Zararli (out-the-money - OTM) opsionlar, bunda opsionning strayk bahosi premiya bilan ham daromadsiz bo‘ladi.

Opsionlar ham birjadan tashqari bozorda ham birjada samarali tarzda savdo qilinib kelmoqda. Birjadan tashqari bozorda ular asosan bir tomondan AQSH dollari va ikkinchi tomondan funt sterling, shvetsiya franki, yaponiya ienasi, kanada dollari va evroga nisbatan tuziladi. Birjadan tashqari bozor opsionlari xaridorlarning ehtiyojiga qarab tuziladi. SHuningdek, ularda kontragent riski mavjud bo‘ladi va u asosan banklar hamda individual kontragentlar tomonidan foydalaniladi. Birjadagi opsionlar esa xuddi fyucherslar kabi savdo qilinadi.

Download 253,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish