Siydikning bakterialogik tahlili
Bemor ertalab kaliy permanganat bilan tahorat qilib 10-15 ml siydikni olib topshiradi.
Sutkalik siydik.
Ertalab soat 8:00 da unitazga siyib qolgan siydikni sutka davomida 3 litrli bankaga yig`iladi. Agar glukoza yoki oqsilga tekshirilayotgan bo`lsa shu 3 litrli siydikdan
100-150 mlni olib hamshira laboratoriyaga yuboradi.
Buyrak siydik yo`llari rentgen tahlili
Retrograf urografiya siydik katetori orqali yuborilib tekshiriladi. Bunga bemorni tayyorlash shart emas. Bu tekshiruv usulida anomaliyalar, har hil yaralar, o`smalar aniqlanadi. Rentgen orqali tekshirish uchun bemor 2 3 kun oldin parhez qilishi lozim. Kaloriyali hamda qorinni dam qiluvchi taomlar iste’mol qilmasligi kerak. Non, kartoshka, dukkakli ovqatlar, sut, sabzavot va mevalar iste’mol qilmasligi shart. Tekshiruvdan 12-18 soat oldin suyuqlik ichish man etiladi. 2 soat oldin tozalovchi klizma och qoringa qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |