“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

Tuzatishlar kiritish.
 
Um
u
m
p
ed
ag
o
g
ik
m
aq
sad
lar
Xu
su
siy
an
iq
lash
tirilg
an
p
ed
ag
o
g
ik
m
aq
sad
lar
T
o
p
sh
ir
iq
lar
(
test
lar

O‘
q
u
v
jar
ay
o
n

Yak
u
n
iy
b
ax
o
lash
Tuzatishlar kiritish.
Ta
’lim s
tanda
rti fa

(kur
s) da
sturi va 
b
o‘
li
ml
ari da
ra
jasida
a
niql
ana
di
Xa
r bir
mav
zu b
o‘
yicha
t
alaba
ning 
mut
axa
ssi
sli
k (f
an)
uc
hu
n birli
klar
ga
oid bi
li
m, 
kunikm
a va
mala
ka
la
ri ta
shq
arida

kuz
ati
ladiga
n, ish
xa
ra
ka
ti
da
f
aoli
ya
ti
ni 
anglata
digan f
e’
ll
ard
a ifo
da
lana
di

Joriy va
ora
li
k ba
xolash 
uc
hun
Ta
laba
ning m
ustaqil
ta’
li
mi
uc
hun
Ya
kuniy baxola
sh uc
hun
Ta
laba
ning bi
li
sh qob
il
iy
ati
ni 
fa
oll
ashti
ruvc
hi di
da
kti
k konst
ruktsiyala

S
ha
xsi 
sifa
tl
ariga
oid t
ala
blar
Mut
axa
ssi
sli
kka
oid t
alabla

1-rasm. Pedagogik texnologiyaning blok – sxemasi.


80 
Bu sxemada ham anʼanaviy oʻqitishga xos boʻlmagan belgini oʻquv 
maqsadlarini aniqlashtirilishi, oʻquv jarayoniga va maqsadlariga uning natijasiga 
qarab tuzatishlar kiritish va izchil qaytuvchan aloqani mavjud ekanini koʻrish 
mumkin. 


81 
6- MAVZU. Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi 
Reja 
1.
Xalq merosida mehnat anʼanalaridan oʻrni.
2.
Mehnat anʼanalarining oʻquvchilar tarbiyasidagi ahamiyati.
3.
Texnologiya darslarida mehnat anʼanalaridan foydalanishning 
shakllari.
4.
Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasining targʻib etilishi.
5.
Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid fikrlari.
Odam hunarning mohiyatini, yaxshi va yomon sifatlarini bilgandagina 
hunarga oid bilimlarni mukammal egallashi, hunarmandlar ahlini qoʻllab-
quvvatlashi mumkin.
Darhaqiqat, Sharq mutafakkir allomalari, hunar va hunarmandlarga katta 
eʼtibor berganlar. Jumladan, Alisher Navoiy oʻz zamonasida zargarlar, kulollar, 
tikuvchilar kabi turli-tuman hunar sohiblarining hammasiga zoʻr hafsala, qunt va 
eʼtibor bilan maslahat berib, xususan, ragʻbat koʻrsatib hamda ularga homiylik 
qilganlar. Alisher Navoiyning fikricha, inson boʻlib dunyoga keldingmi, biror 
kasbni egalla, hunar oʻrgan, shunda dunyodan hammomga kirib toza yuvinib 
chiqmagan kishidek oʻtmaysan, – deydilar.
Shuningdek, donishmandlarimiz oʻgit qilganlarki, vaqtida ilm-hunarga 
muhabbat qoʻying, oʻrganilgan narsalarni yodingizda tuting, ilm-hunar oʻrganishga 
chin ixlos bilan kirishing, yoshligingizni bekorga oʻtkazmang. Hatto ulugʻ 
shayxlarimizning oʻzlari ham biror hunar egasi boʻlganlar. Masalan, SHayxul 
Mashoyix Abu Said Xarros etikdoʻzlik qilgan, SHayx Muhammad Sakko mashhur 
pichoqchi, SHayx Xoja Bahovuddin Naqshbandiy ajoyib naqqosh boʻlganlar. 
Boshqalarni hunar oʻrganishga daʼvat etganlar. Xoja Bahovuddin Naqshbandiy 
aytadilar: “Dil bayoru dast bakor” yaʼni, “Diling ollohda, qoʻling doim mehnatda 
boʻlsin”.


82 
Insoniyat qadr-qimmati mehnatda bilim-hunarga tayanishda, birovga xor 
boʻlmaslikda, deb bilgan Saʼdiy shunday taʼlim beradilar:
Oʻz mehnatidan non yegan kishi, 
Hotam minnatidan ozod ishi.
Muqaddas kitob “Avesto”da ham mehnat moddiy boyliklar manbayi 
boʻlgani uchun emas, balki u mehnatni asosan axloqiy jihat, yaxshilik manbayi deb 
bilganligi uchun insonlarni mehnat qilishga chaqiradi. Xalq pedagogikasida 
“Yoshlikda egallangan bilim va hunar toshga oʻyib yozilgan hikmatdir”, – deb 
taʼkidlanadi.
– Farzandlarga odob, hunar oʻrgatmak merosdir, – deb nasihat qilinadi 
“Qobusnoma”da. – Sen obod, hunar va donishni oʻzingdan meros qilgil, toki uning 
haqqini bajo keltirmish boʻlgaysan. CHunki xos kishilarning farzandga odob va 
hunardan yaxshiroq meros yoʻqdur. Oliy xaloyiqning farzandlariga xirpa (savdo, 
hunar), pesha (kasb)din yaxshiroq meros yoʻqdur. Agar xos odamlarning 
farzandlari yuz hunar bilsa va lekin hech kasbni bilmasa ayb emasdur. Hunar esa 
bir kun ishga yaragusidir”. Demak, albatta, hunar oʻrganmak zarurdir:
Oʻtay oʻgʻlim bilan desang agar, 
Sen oʻgʻlingga oʻrgatgil ilmu hunar.
Agar senda Qoruncha boʻlsa ham zar, 
Oʻz oʻgʻlingni qoldirmagil behunar.
Hunarning nechogʻlik zarur ekanligini qator rivoyatlar, naqllar, ertaklar, 
dostonlarda ham oʻz aksini topgan. “Oltin baliq”, “Savdogar bilan podachi”, 
“Sehrli gilamcha”, “Baliqchi bola”, “Ikki naqqosh ishi” kabi ertaklar, “Hasanxon”, 
“Rustam”, “Ziyod” kabi dostonlar shular jumlasidandir.
Hunar egallash ham bir fazilatdir, mahoratdir.
Hunar egallashda halollik, poklik, sabr-qanoat, matonat, mehnat 
madaniyatiga rioya qilish muhim rol oʻynaydi.
Ota-bobolarimiz ham hunar oʻrganishni asosiy vazifa ekanligini oʻrgatib 
kelganlar:


83 
Hunar oʻrgan, chunki hunarda koʻp sir,
Yopiq eshiklarni ochar birma-bir.
(Nizomiy)
Abu Rayhon Beruniy mehnat va hunar avloddan avlodga meros boʻlib 
oʻtishini 
sinchiklab 
oʻrgangan 
va 
hunarni 
yuqori 
baholagan. 

“Hunarmandchilikda, mehnatda toʻliq ustozlik sanʼatini egallab olishi kerak”, 
degan fikrni aytadi. Odatda oʻsha davrda hunar va tabiiy bilimlar maktabda 
oʻrgatilmay yakka tartibda berilgan.
1. Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird shaklida.
2. Shogirdlik tanilgan usta qoʻlida yakka shogirdlik tartibida oʻrganilgan.
Xalqimiz bolalarda mehnatsevarlik va mehnatga qiziqishni tarbiyalash, 
otalarimiz izidan borib turli kasb-hunar egallash, ularda mehnat munosabatlarini 
kamol toptirish, kelajak hayotga tayyorlash oʻzlarining muhim vazifalari deb 
hisoblaganlar. Oʻz farzandiga kasb-hunar oʻrgatgan. Ular ustazodalar (usta 
darajasiga koʻtarilgan farzand) boʻlib etishganlar. Tanlangan usta hunarmandlar 
uyida yakka shogirdlikka tushgan bola bir necha yil hunarga taalluqli boʻlmagan 
yumushlarni ham bajarib yuraverganlar.
Mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga texnologiya 
taʼlimining koʻp qirrali taʼsiridan toʻla foydalanish sharoitlari vujudga keldi. Bu 
haqda ivojlanish tarixi ishonchli dalolat beradi. Masalan, xalq maorifi haqidagi 
dastlabki dekretlarining biri — “Yagona mehnat maktabi haqida nizom”da 
mehnatga oʻqitishning, taʼlimning, shaxsni har tomonlama kamol toptirishning eng 
muhim faktorlaridan biri sifatida qaraladi.
Maktabning tashkil topishi jarayonda xalq maorifi xodimlari orasida 
munozaralar boʻldi. Oʻqituvchilar va metodistlarning bir gruppasi maktabning 
turmush bilan bogʻlanishini eng yaxshi taʼminlash uchun maktab oʻquv planiga 
texnologiya taʼlimini mustaqil fan sifatida kiritish zarur deb hisobladilar. Boshqa 
bir qismi bunga eʼtiroz bildirib, odatdagi fan asoslari boʻyicha fanlarni oʻqitish 
jarayonida ham mehnatga oʻrgatish mumkin, deb hisobladilar. Ana shu ikki xil 
fikrni oʻqituvchi va metodistlarning uchinchi gruppasi mutlaqo rad etdi va ular 


84 
texnologiya taʼlimi maktab sistemasida markaziy oʻrinni egallashi kerak degan 
fikrni yoqlab chiqdilar. Bu gruppa vaqillari 20-yillarda xalq maorifi organlari 
xodimlari orasida birmuncha muddat koʻpchilikni tashkil qildi. Natijada 
oʻqitishning kompleks, biroz keyinroq esa proyekt (loyiha) sistemasi paydo boʻldi; 
proyekt sistemaga binoan matematika, fizika, biologiya va boshqa oʻquv fanlariga 
oid bilim elementlari oʻquvchilarga beriladigan mehnat topshiriqlari atrofiga 
gruppalasha boshladi. Masalan, bogʻda oʻra qazish topshirigʻini olgan oʻquvchilar 
uni bajarish uchun qancha tuproq chiqarib tashlanishini hisoblashlari (matematika), 
oʻra konturini belgilashlari (chizmachilik), tuproq xarakteri bilan tanishishlari 
(geografiya) kerak edi. Oʻquv jarayonini bunday tashkil etishda oʻquvchilarni fan 
asoslaridan sistemali bilimlar bilan qurollantirishning iloji yoʻqligi mutlaqo 
ravshan. Texnologiya taʼlimining oʻzi ham hech narsa yutmagan, chunki u aniq 
sistemasiz olib borilgan, vaqtincha tasodifiy topshiriqlar bilan bogʻliq boʻlgan.
Oʻquv planiga boshqa oʻquv fanlari bilan bir qatorda texnologiya taʼlimi 
ham mustaqil fan boʻlib kirdi. Bu esa texnologiya taʼlimi jarayoniga yangi 
imkoniyatlar ochib berdi. Shunga qaramay dastlabki paytlarda maktablarni maxsus 
tayyorlangan mehnat oʻqituvchilari bilan taʼminlashning, texnologiya taʼlimi 
uchun qanoatlanarli moddiy baza yaratishning, texnologiya taʼlimi bilan fan 
asoslarini oʻqitish orasida bogʻlanishni amalga oshirishning imkoni boʻlmadi. 1937 
yilda maktablarda mustaqil oʻquv fani sifatidagi texnologiya taʼlimi tugatildi.
Keyingi yillarda oʻquvchilarning mehnat tarbiyasi asosan sinfdan tashqari, 
maktabdan tashqari va ijtimoiy foydali ishlar jarayonida amalga oshirildi.
Urushdan keyingi yillarda mamlakatimiz jamoatchiligining eʼtibori yana 
oʻrta maktabda texnologiya taʼlimi muammosiga qaratildi. 1952 yilda maktabda 
politexnik taʼlim va mehnat tarbiyasini rivojlantirish zarurligini koʻrsatdi. Agar 
shungacha maktab asosan oliy oʻquv yurtlarining rezervi hisoblangan boʻlsa, 
shundan keyin yildan-yilga maktabni bitiruvchilar soni ortib bordi va ularning 
hammasi ham oliy oʻquv yurtlariga kira olmay qoldi. Maktabni tamomlaganlarning 
katta qismi bevosita moddiy ishlab chiqarish sohasida ishlashga qoʻshilishi kerak 
edi. 1954 yilda texnologiya taʼlimi oʻrta maktab oʻquv planiga oʻsib kelayotgan 


85 
yosh avlodni kamol toptirish vositalaridan biri sifatida kiritildi. SHundan keyin 
yuqori sinflarda umumiy oʻrta taʼlimni kasbga tayyorlash bilan qoʻshib olib borish 
imkoniyatlari oʻrganila boshlandi.
Bu qonunda, xususan, hamma oʻquvchilarni ijtimoiy foydali mehnatga 
qoʻshish haqida, taʼlimni unumli mehnat bilan bogʻlash haqida, maktabning hayot 
bilan, kommunistik qurilish praktikasi bilan aloqasi haqida gapiriladi. qonunda 
oʻrta maktablarning yuqori sinflarida umumiy taʼlim bilan kasb boʻyicha 
tayyorgarlikni qoʻshish xam nazarda tutildi. Kasb boʻyicha tayyorgarlikni zarur 
sharoitlar, avvalo, tegishli moddiy baza va malakali kadrlar mavjud joylarda 
amalga oshirish mumkin boʻldi. Lekin hamma maktablarda xam bunday sharoitlar 
mavjud emas edi. Shu sababli 1966 yilda Maktab haqidagi qonunning 4-moddasiga 
oʻquvchilar kasb boʻyicha tayyorlanishi uchun zarur sharoitlar mavjud 
maktablardagina kasb boʻyicha tayyorlanadilar-deb juzʼiy tuzatish kiritdi.
1961 yil, “siyosiy ish markaziga jamiyatning hamma aʼzolaridan mehnatga 
ijodiy munosabatni rivojlantirishni qoʻyadi. Jamiyat farovonligi uchun mehnat 
qilish har bir insonning sharafli burchidir”. oʻquvchilarning mehnat tarbiyasi, 
politexnik taʼlimi va kasb tanlashi boʻyicha maktab oldida turgan vazifalar 
koʻrsatiladi.
Yuqoridagi sabablarga koʻra texnologiya taʼlimiga katta ahamiyat 
berilmoqda. Bu hukumatning qator qarorlarida oʻz aksini topgan. Masalan, 
“Umumiy taʼlim maktablarining oʻquvchilariga taʼlim, tarbiya berishni va ularni 
mehnatga tayyorlashni yanada takomillashtirish haqida” (1977y. ), “Maktab 
oʻquvchilarining mehnat tarbiyasini, taʼlimini, ularni kasb tanlashga oʻrgatishni 
yaxshilash xamda ularning ijtimoiy foydali, unumli mehnatini tashkil etish 
toʻgʻrisida” (1984y. ) kabi qarorlarini koʻrsatish mumkin.
1984 yil aprel aprel oyida maʼqullagan “Umumiy taʼlim va hunar maktabini 
isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari” oʻquvchilar mehnat tayyorgarligining 
samaradorligini oshirish gʻoyalari bilan sugʻorilgan.
Islohotga koʻra oʻquvchilarning mehnat tayyorgarligiga ajratilgan oʻquv 
vaqti deyarli ikki marta orttirilgan. Maktabda umumiy kasbkorlik joriy etilmoqda, 


86 
shu tufayli oʻquvchilar oʻz mehnat faoliyati boshlanishiga qadar ommaviy 
kasblardan birini egallash imkoniga ega boʻladi. Kasb tanlash ishlariga talablar 
ortmoqda. Bu muhim masalani xal qilish uchun VIII-IX sinflarda yangi “Ishlab 
chiqarish asoslari. Kasb tanlash” oʻquv fani joriy etiladi. Bu fan oʻquvchilarning 
politexnik taʼlimini amalga oshirishda ham muhim rol oʻynaydi. Taʼlimni unumli 
mehnat bilan qoʻshib olib borish quyi sinflardan boshlanadi, yuqori sinflarda esa 
unumli mehnat oʻquvchilar mehnat faoliyatining asosiy formasi boʻlib qoladi.
1997 yilda Oʻzbekiston hukumati “Taʼlim toʻgʻrisidagi” qonun qabul qilindi, 
bunda “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquv rejasida texnologiya taʼlimi 
oʻquv faniga 1-4Sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7Sinflarda haftasiga 2 soatdan va 
8-9Sinflarda haftasiga 1 soatdan, hammasi boʻlib 408 soat vaqt ajratilgan.
Oʻquvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida kasb-hunarga yoʻnaltirishni 
yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish asoslari, yogʻochga, 
metallga va gazlamaga ishlov berish texnologiyasi, pazandachilik asoslari, qishloq 
xoʻjalik asoslari, badiiy mehnat texnologiyasi va mashina elementlari yoʻnalishlari 
boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari koʻzda tutilgan.
5-7 sinflarda oʻquvchilarning ijtimoiy-estetik didi va dunyoqarashini 
kengaytiradigan, oilaviy hayot va turmushda kerak boʻladigan yuqorida 
koʻrsatilgan oʻquv kurslari oʻquvchilarda milliy madaniyat va anʼanalarga mehr-
muhabbat uygʻotadi. 8-9 sinflarda kasb-hunarlarga yoʻnal-tirish kursi taʼlim 
oluvchilarning 
ijtimoiy 
dunyoqarashini 
kengaytiradi, 
kasb-hunar 
taʼlimi 
yoʻnalishlarini ongli ravishda tanlashlariga koʻmaklashadi.
Shunday qilib, umumiy taʼlim maktabi islohoti oʻquvchilar mehnat 
tayyorgarligini yangi, yanada yuqori darajaga koʻtaradi, bu esa hozirgi yuksak 
rivojlangan ishlab chiqarishning sotsialistik korxonalardagi mehnatkashlarga 
qoʻyadigan talablariga javob beradi.

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish