Suhbat – o‘qitish va o‘qishning dialogik, savol-javob metodi. Bu metodning yetakchi funksiyasi – motivatsiya qilish: aniq maqsadni ko‘zda tutadigan va mohirona qo‘yilgan savollar yordamida siz ta’lim oluvchilarni o‘z bilimlarini berilgan mavzu bo‘yicha esga olish va bayon etishga, sizning rahbarligingizda boshqa ta’lim oluvchilar bilan muhokama qilishga undaysiz. Ta’lim oluvchilar, siz bilan birga, qadamma-qadam yangi bilimlarni mustaqil fikrlash, xulosa chiqarish, yakunlash va umumlashtirish yo‘li bilan o‘zlashtiradilar va tushunadilar. Suhbatning afzalligi yana shundan iboratki, u, fikr yuritishni maksimal faollashtiradi, ta’lim oluvchining bilim olish kuchini taraqqiy ettirishga imkon beradi. Belgilangan maqsadi bo‘yicha suhbatlar quyidagilarga bo‘linadi:
kirish yoki tashkil qiluvchi (didaktik vazifasi: ta’lim oluvchilarni mashg‘ulotda ishlashga tayyorlash);
yangi bilimlardan xabardor qilish (didaktik vazifasi: ta’lim oluvchilarni yangi material bilan tanishtirish);
sintezlovchi yoki mustahkamlovchi (didaktik vazifasi: ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni tizimlashtirish, mustahkamlash, eslab qolish va anglash).
Do'stlaringiz bilan baham: |