Termiz davlat universiteti pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi umumiy pedagogika



Download 7,22 Mb.
bet26/153
Sana05.04.2022
Hajmi7,22 Mb.
#529204
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   153
Bog'liq
2 5456322475698688398

Abdulla Avloniy (1878-1934) «Tarjimai holi»da yozadi: «1900 yilda uylanib, oila boshlig’i bo’lib qoldim. Shu yilda otam o’lib, o’gay onam bilan bir ukam meni qaramog’imda menga boqim bo’lib qoldi. Bu vaqtda butun oilani boqmoq uchun qish kunlarida ham ishlamoqqa to’g’ri kelganligidan quvvai muhofazam o’rta darajada bo’lg’on holda madrasani tashlab chiqib ketuvg’a to’g’ri keldi. Shu choqlarda o’zim mehnat ichida yashag’onlig’imdan boylarga va mullalarga qarshi sherlar yoza boshladim. Madrasadan chiqib ketsam ham maorif ishlaridan chiqib ketmadim. Turli gazetalar o’qishga tutndim. Shul zamonlarda Rusiyaning turli shaharlarida chiqqan matbuot – gazeta va jurnallar bilan tanishib, o’qib, malumotmni orttra bordim. «Tarjimon» gazetasini o’qib, zamondan xabardor bo’ldim. Shul zamonda erli xalqlar orasida eskilik — yangilik («jadid-qadim») janjali boshlandi. Gazet o’quvchilari mullalarni «jadidchi» nomi bilan atar edilar. Men ham shul jadidchilar qatoriga kirdim. 1904-yildan jadidchilar to’dasida ishlay boshladim. «Jadid maktabi» ochib, o’qituvchilik ham qildim... Mulla va boylarg’a qarashli eski turmush bilan qatiy suratda kurasha boshladuk. O’z oramizdan mullalarga qarshi uyushmamiz ham vujudga chiqdi...».
A.Avloniy nashr etgan ro’znomalar ilg’or fikrlar targ’ibotchisi bo’lgani uchun ham uning faoliyat chorizm hukumat tomonidan tez-tez taqiqlanar edi. Shundan so’ng u ilg’or g’oyalarni marifat o’chog’i – maktab orqali xalqqa tarqatshga qaror qiladi va 1903-yilda Toshkentning Mirobod mahallasida yangi usulda maktab ochadi. A.Avloniy o’zi ochgan maktabda kambag’allarning farzandlarini, etim-yesirlarni o’qitdi.
MUNAVVAR QORI ABDURASHIDXONOV
Munavvar qori Abdurashidxon o’g’li Turkiston tarixida milliy maorif va madaniyat, ijtimoiy-siyosiy soxada tub burilish yasagan, jadidchilik xarakatining tashkilotchilaridan biri bo’lgan.
U o’z millati fidoyisi sifatida Turkiston musulmon xalqlari milliy-ozodlik xarakatining Toshkentdagi “SHo’roi Islomiya”, qo’qondagi “Turkiston muxtoriyati” tashkilotlariga raxbarlik qilgan.
Abdurashidxon Sotiboldixon olim o’g’li Munavvar qori 1878 yilda Toshkent shaxrining markaziy daxasi — SHayx Xolvand Taxurning Darxon maxallasida mudarris Abdurashidxon va Xosiyat otin oilasida dunyoga keladi. U yetti yoshida otasidan ajraydi. Dastlabki ta’limni onasi Xosiyat otindan oladi, xat-savodi chiqgach, o’sha davrdagi yirik maktabdorlardan biri — Usmon domlada o’qiydi, so’ng Toshkentdagi Yunusxon madrasasida taxsil ko’radi. Biroq, o’sha davrda O’rta Osiyoda ilm markazi Buxoro edi. SHuning uchun u 1898 yilda Buxoroga borib, madrasalardan birida taxsil ola boshlaydi. Ammo ko’p o’tmay, moddiy qiyinchiliklar tufayli Toshkentga qaytib keladi va Darxon masjidida imomlik qiladi. SHu davrda Toshkentda xam jadidchilik xarakati kuchayib boradi. Munavvar qori xam taraqiyparvarlar safiga qo’shilib, tezda uning yo’lboshchisiga aylanadi. U ayniqsa Ismoilbek /aspiralining “usuli savtiya” maktabiga, chor xukumati mustamlaka o’lkalardagi axolini qanday ma’naviy-madaniy uzlatda saqlagani va undan qutulish choralari xaqidagi fikrlariga xavas va ixlos bilan qaraydi. CHunki, bu davrda birinchidan, eski arab va fors maktabi uslubida faoliyat ko’rsatuvchi ibtidoiy maktablaru madrasalarning o’quv pedagogika ishlari ancha eskirib qolgan edi. Ikkinchidan, chor xukumati Turkiston o’lkasida maorifni rivojantirmaslik uchun astoydil xarakat boshlab yuborgan edi. O’lka axolisini ruslashtirish siyosati birinchi o’rinda turar edi.
Pirovard maqsad millatni yo’q qilishdan iborat bu ma’naviy tajovuzni ayniqsa o’zbek ziyolilari xam xar qadamda sezib yurishgan va xis qilishgan. Bundan tashqari, mustamlakachilar Turkistonga och nazar bilan qarab, uning boyliklarini shafqatsiz tashiyotganliklari, milliy ozodlik xarakatlarini qonga botirayotganliklari faqat oddiy mexnatkashlarning emas, balki boylar va ziyolilarning xam ko’zini ochib borayotgan edi. Xalqni bu balolardan faqat maktab ta’lim-tarbiyasidagi keskin isloxotlar qutqara olar edi. SHu bois, Munavvar qori rus-tuzem maktablariga qarshi o’z yangi maktablarini ochishga axd qildi.
SHunday qilib, Munavvar qori 1901—1904 yillarda qrimlik do’sti Rasm Keshod yordamida Toshkentda “usuli savtiya” maktabini ochadi, ayni vaqtda maktabda imomlik xam qiladi. 1906 yilda esa yangi usul maktabi soxasidagi faoliyatini o’z uyining tashqari xovlisida davom ettiradi, oradan ko’p vaqt o’tmay maktab uchun ikki xonalik qo’shimcha bino qurdiradi. qisqa muddat ichida bu maktab dovrug’i ortadi, bolalar soni ko’payib ketadi. Natijada qori akaga xammaxalla bo’lgan Buvaxon to’ra Poshshaxon o’g’lining tashqi xovlisida maktabning ikki sinfli sho’’basi ochiladi. Bu yerda 1, 2-sinflarni bitrgan bolalar o’qishni Munavvar qori xovlisida davom ettirganlar.
1913—14 o’quv yilida maktabda yuqori sinflar (5 va 6-sinflar) ochila boshlaydi. To’rtinchi sinfdan rus tili xam o’quv fani sifatida o’rgatiladi. U maktabni islox qilmay turib, odamlarning ongida o’zgarish yasab bo’lmasligini yaxshi tushunib yetgan edi. U “Bizni jaxolat-jaxl murakkab” maqolasida “Turkistonda maktab va madrasa yo’q emas, bor, ammo ular benizom va beusuldir... Turkistonlik yoshlarning tarbiyasi va ta’lim olishiga jiddiy e’tibor berilmayapti, millatning istiqboliga loqayd va beparvo qaralmoqda”, deb tanqid qilardi. Munavvar qori farzandlarining taqdiri uchun otalar zimmasida katta mas’uliyat borligini ta’kidlaydi. U kuyinib yozadi: “... ilm berishni o’ylamay, jonidan shirish bolalarini ko’cha-bako’cha kezdirib, bechora mas’umni aziz umrini jaxolat otashila yondig’uvchi bexamiyat va bediyonat otalar xam oramizda oz emasdur.” “... Boshqalari o’z farzandlarini aslo maktabga bermay, orqalaridan ergashturub ruslar eshikida o’zlari kabi xizmatchilikg’a o’rgatub dunyoi va oxiratni saodati o’lg’on ilm va maorifdin maxrum qo’ymoqdin xech bir ibo qilmaslar. Ba’zi azizlarimiz bordurki, o’g’lini qo’lidin tutub maktabg’a olib borur. Muallimdan talab qilurki, “Taqsir, shu o’g’limning go’shti sizniki, ustuxoni bizniki, bir iloj qilub tezlik ila naqd va nasiya yozmoqni o’rgatib berursiz” der. Mana, otalarning farzandlari taqdiriga, istiqboliga bo’lgan munosabati.
Munavvar qori maktab o’qituvchilarining (domlalarning) xam qiyofasini tavsiflab, aksar o’qituvchilar — badxulq, zolim, bolalarni kaltaklashadi, ya’ni “Muallim afandi qo’lida zo’r bir tayoq, qaysi bolani boshi xarakatdan qolsa, ushbu tayoq shu bolani boshida o’lur. Ammo o’qug’on-o’qumag’on ila xech kimni ishi yo’q. Boshni qimirlatib o’tursa, kifoya qilur. Xattoki o’tgan yillarda bu tariqa zolim muallimlarni tayoqini ostida vafot qilmoq xam voqe’ o’ldi. Bu tariqa zolim va badxulq, joxil muallimlarni tarbiyasida o’skan bollardan nima umid qilmoq kerak”... Munavvar qori o’qitishning bunday yaramas usuli qanday oqibatlarga olib kelishi xaqida kuyunib yozadi: “... boshqa viloyatlarda xat bilmayturg’on kishi yuzdin o’n bo’lsa, Turkiston viloyatida yuzdin to’qsondir”1. Bunga bois maktabda o’qitiladigan dars va kitoblarning usul (metodika) jixatidan maqsadga muvofiq emasligi, muallimlarni pedagogik talablarga javob berolmasligi kabilardir deydi.
Munavvar qori maktab tartib qoidalariga qat’iy amal qilishni muallimlardan xam talab qilgan, bolalar bilan qo’pol muomalada bo’lishni, ularni urish va jerkishni taqiqlagan. U bolalarga beriladigan jazo va tanbex juda demokratik va insonparvarlik ruxida bo’lishi lozim, deydi.
Munavvar qori ziyoli yoshlarni chet elga yuborishni, u yerda ilm-fanni o’rganishni targ’ib qiladi. Masalan, u 1916 yili Toshkentda yig’ilishda nutq so’zlab shunday deydi: “O’zbek ziyoli bolalarining Germaniyaga yuborib o’qitishga juda muxtojmiz, bolalar o’qub, ilm taxsil olib kelsalar, millatga katta xizmat qila oladilar”3.
Munavvar qori 1909 yili Ubaydulla Xo’jaev, Abdullo Avloniy, Toshpo’latbek Norbo’tabekov, Karim Norbekov va boshqalar bilan xamkorlikda toshkentlik bir boyning raisligida “Jamiyati xayriya” tashkil etadi. Bu jamiyat orqali qashshoq va kasalmand kishilarga, o’quvchilarga yordam ko’rsatadi va bu bilan cheklanmaydi, u Rossiya va Turkiyadagi oliy o’quv yurtlariga talabalar yuborish bilan xam shug’ullandi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda shu jamiyatning yordami bilan Mirmuxsin SHermuxammedov Ufadagi “Oliya” madrasasida o’qigan. Munavvar qori 1906 yil sentyabrida “Xurshid” jurnalini nashr ettirib, o’zi muxarrirlik qiladi. Bu jurnal o’zbek xalqining ko’zini ochishga, fikriy uyg’onishga, o’z xaq-xuquqini tanishiga xizmat qilgani uchun oq poshsho malaylari tomonidan tezda yopib qo’yildi. Keyinroq u “Najod”, “Surat”, “Xaqiqat”, “Turon”da bosh muxarrir bo’lib ishladi. U matbuotni elni g’aflat uyqusidan uyg’otuvchi buyuk kuch, madaniyat va ma’rifatga chorlovchi qudratli vosita, xaqiqat ko’zgusi, deb qaradi. U Turkistonning mustamlakaga aylanishi, millatning inqirozga uchrashi sabablarini ochib beradi: “Bu zamondan yuz yildan ziyodroq muqaddam zamondan boshlab oxista-oxista millat devorlarining xar tarafiga raxna paydo bo’ldi. Munga sabab ulamo va ulamolarimizning o’z nafslari rioyasida xarakat qilmoqlari bo’ldi. Podshox va xonlarimiz bo’lsa, millatga qilgan xizmatlari tanxo xotin olmoq va kuchuk urushtirmoq va beg’ayrat va bexaqoniyat dindor kishilarni badarg’a qilmoq va tutib o’ldirmoq bo’ldi. Millat nima va shariyat nima bilmadilar. SHuning uchun millat devorining raxnalari tobora ziyoda bo’ldi”4.
Yana buyuk murabbiy millatning inqirozga uchrash sabablaridan birini “bo’zaxo’rlik, qimorbozlik, ... lar”ga o’xshash illatlarni bizlarning ota-bobolarimiz rasmlaridir, deb iste’mol qilganlarida ko’radi.
Munavvar qori fors, arab, rus, turk tillarini mukammal bilgan, u ko’p ulug’ adiblarning asarini mutolaa qilgan. Munavvar qori o’lkaning qoloqligi sababini axtarar ekan: “Bizning Turkiston mamlakati tuproq, suv va xavo jixatidan eng boy mamlakatlardan bo’la turib, na uchun o’zimiz bundan foydalana olmaymiz?” deb afsus-nadomatlar qiladi. “Mana, ket-baket yetgan bunday savollarga javob bermak uchun nodonlik va olamdan xabarsizlik, demakdin boshqa chora yo’qdir. Bu nodonlik va dunyodan xabarsizlik balosidan qutilmak uchun avval oramizda xukm surgan buzuq odatlarning buzuqlig’ini bilmak va o’rganmak kerakdir”, deydi u.
Ma’lumki, zolim Nikolay II ning 1916 yil 25 iyunda «Front orqasidagi xizmatlar uchun Turkiston, Sibirь va Kavkaz inonarodetslaridan o’n to’qizdan 31 yoshgacha er kishilardan mardikorlikka olish xaqida 1526 raqamli farmoni e’loni qilinadi. Bu noqonuniy farmonni o’lka qonini so’rib yotgan gubernatorlar bosh-boshdoqlik bilan amalga oshiradilar. Oqibatda, Turkistonning ko’pgina viloyat va shaxarlarida axoli o’rtasida norozilik tug’ilib rasmiy isyonlar boshlanib ketadi. Isyonlar shafqatsizlik bilan bostiriladi. Ana shu pallada toshkentlik taraqiyparvar kishilar sukut saqlamay, axoliga yordam berishga kirishadilar. Ushbu xarakat natijasida «Turkiston mardikorlikka olish qo’mitasi» tashkil etiladi. Munavvar qori shu qo’mita raisining o’rinbosari etib saylanadi. U chor xukumati olib borayotgan bu siyosatning noto’g’riligini xalqa tushuntiradi va bu masalada Peterburgga vakil yuborishni tashkil etish ishlarida faol qatnashadi.
O’zbek xalqini ma’rifatli qilishga intilgan buyuk murabbiy 1918 yil may oyida Toshkent shaxrida “Turk o’chog’i” ilmiy-madaniy jamiyati tuzadi. U bu jamiyatni Turkiston turklarini milliy tug’ ostiga to’plab, alarga rux va ma’rifatlarimizni, tijorat, ziroat va san’atimizni rivojlantirib, chin madaniyat vujudga keltirmak va shu tariqa millatimizni ruxiy va jismoniy quvvatini orttirish maqsadida tashkil etgan edi. Munavvar qori ana shu g’oya asosida ish olib boradi.
U insonning ma’rifatli bo’lib, ko’zi ochilmaguncha vijdon uyg’onmasa na o’zini, na xalqining erkini muxofaza qilaolishini, bu imonsizlik ekanini mutafakkirona noziklik bilan o’z asarlarida ifoda etadi. “So’nggi ikki yil ichida, — deydi u, — Turkiston xalqining boshina kelgan falokatlar xar biri yolg’iz nodonlik va maorifsizlik orqasidangina bo’lganligi xar kimga ma’lumdir. Kelajakda bunday falokatlardan qutulmoq va Turkiston xalqi tilagan ravishda idora qilmoq va dushmanlardan saqlamoq yolg’iz maorif vositasi ilagina mumkindir”, deydi u.
Xa, bu Munavvar qorining imon-e’tiqodidan, vijdonidan dalolat edi. Zero, toshkentlik jadidlar — taraqiyparvarlar millatni illatdan, asoratdan ma’rifatgina qutqaza olish xaqidagi xulosaga keladilar.
Umuman, Munavvar qori Abdurashidxon o’g’li ma’rifatparvar inson, istiqlol uchun kurashgan, pedagogik fikr rivojiga munosib xissa qo’shgan mutafakkir olim sifatida shuxrat qozondi.
O’z xalqini, vatanini joni-dilidan sevgan Munavvar qori Abdurashidxonov shaxsga sig’inishning dastlabki qurbonlaridan biri bo’ldi. U avval Toshkentda, so’ng Moskvada tergov qilinib, otib o’ldirishga xukm etiladi. Bu ulug’ insonning ismi sharifi xalq yodidan xech qachon o’chmaydi.



Download 7,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish