Termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi yuridik fakulteti


Eng oliy qadriyat – Vatan va vatanparvarlik



Download 142,75 Kb.
bet7/8
Sana15.04.2022
Hajmi142,75 Kb.
#552964
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5312027749399923705

3. Eng oliy qadriyat – Vatan va vatanparvarlik
Vatan (arabcha «vatan» — ona yurt) kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug‘ilib o‘sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati. Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o‘tmishi, buguni va kelajagi mujassam bo‘lgan tushunchadir.
O‘zbek adabiyotining asoschisi avliyolarning avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlarning sultoni hazrat Alisher Navoiy Vatan tushunchasini ona yurt, o‘rin tug‘ilib o‘sgan joy, maskan, manzil monalarida ishlatganlar.
Vatan ostonadan, o‘zi tug‘ilib o‘sgan go‘shadan boshlanadi. Shuning uchun u yashab, nafas olib turgan xonadonga, ulgayib voyaga yetishishida muhtasham va qudratli makon bo‘lgan ona zaminga mehr-muhabbat va sadoqat abadiy bo‘lmog‘i zarur. Har bir insonning Vatanga bo‘lgan muhabbati ona suti, ona allasi va ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi. Odamzod bolasining barchasi yashab turgan joyi, oila, o‘qib turgan bilim o‘chog‘i bilan faxrlanib yashashga odatlanmog‘i lozim. Chunki insondagi vatanparvarlik tuyg‘usi ana shulardan boshlanadi.
Mamlakatimizning mohir fidoyi pedagoglardan biri Rahimjon Usmonov yoshlarni vatanga bo‘lgan muhabbatini quyidagicha izohlaydi: “Vatan va vatanparvarlik egizak bo‘lib, ular qalbdagi barcha tuyg‘ularning hukmroni bo‘lmog‘i lozim. Ana shunday kishi el farzandi bo‘la oladi:
- yashab turgan o‘lkaga bo‘lgan muhabbatning xalqlar do‘stligi chashmasining bosh irmog‘i bo‘ilb, bu irmoqlar qo‘shilib baynalminal do‘stlikning ulug‘ ummoniga quyiladi;
- jamiyatning moddiy va ma’naviy boyligini ko‘z qorachig‘idek asray va uni ko‘paytira borish ustida sidqidillik bilan mehnat qilish chin vatanparvarning ishi;
- chin insonning sevgisi uning Vatanga bo‘lgan muhabbati bilan egizak bo‘ladi va bu hissiyatlar bir-biridan quvvat oladi;
- yashab turgan o‘lka, oila, o‘qib turgan bilim o‘chog‘ing bilan faxrlanib yashashga odatlanmog‘imiz lozim, chunki insondagi vatanparvarlik tuyg‘usi ana shulardan boshlanadi;
- o‘zingdagi barcha fazilatlar uchun avvalo ona Vatandan va avvalo ota-onadan va oliyjanob insonlardan qarzdorsan;
- ona Yerga bo‘lgan mehr bilan elga bo‘lgan hurmat egizakdir;
- ona Yer – quruq gap sotgan kishi emas, balki uning boyligi va go‘zalligi ustida g‘amho‘rlik qilgan inson haqiqiy vatanparvardir;
- ona Vatandan ajralgan chin vatanparvar inson hamisha o‘z ona yurtiga tashnalik bilan intiladi;
- Vatanni qadrlamaydigan kishini xalq ham qadrlamaydi.
O‘z ota-onasi, avlod-ajdodlari, ularning an’analari, urf-oda-lari, kasb-korini sevmaydigan farzand o‘zgalarni ham sevmaydi. Shuningdek, millati, xalqi adabiyoti, san’ati, dini va madaniyatidan g‘ururlanib, o‘zi o‘sgan yurt tabiatidan ilhomlanib, uning muqaddas tuprog‘i qadrini anglab yetmaydi. Bu esa manqurtlikdan o‘zga narsa emas. Chunki ona Vatanning go‘zal
tabiatidan zavqlana bilmagan va uni zebo qilish uchun kurashmagan kishilardan vatanparvar chiqmaydi. Sababi uning dilida Vatan ishqi yo‘q, so‘ngan.
Zero, hech bir inson Vatandan tashqarida baxt-saodat topa olmaydi. O‘z yurtida obro‘-e’tibori bo‘lmagan inson o‘zga yurtda ham qadrlanmaydi. Shuning uchun ham xalqimizda «O‘zga yurtda sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l», «Uzga yurtda shoh bo‘lgandan, o‘z yur-tingda gado bo‘lgan afzal», «O‘lsang o‘l, Vataningda bo‘l!» kabi naqllar bejiz aytilmagan. Har kimning o‘z xonadoni, uy-joyi, o‘z ona yurti naqadar qadr-qimmatli ekanligini o‘zga yurtga safarga, yashashga borgan inson biladi. Bobur Mirzo, Furqat va boshqa bobokalonlarimizning o‘zi tug‘ilib o‘sgan Vatanlaridan uzoqda kuchli Vatan sog‘inchi bilan yashaganlari, ona yurt tuprog‘ini, unda o‘sgan mevalarni ko‘zlariga to‘tiyo qilganlari, yurt ishqida iztirob chekkanlari barchaga ayon. Ularning ruhiy kechinmalari, haqiqiy vatanparvar kishining holatidir. Haqiqiy vatanparvar u qaerda yashamasin, Vatanning yaxshi kunida ham, yomon kunida ham uni tark etmaydi, u bilan birga bo‘ladi.
Tarixdan ma’lumki, turkiy xalqlarga Jayhun sohillaridan boshlanib, Uzoq Sharqgacha yassilanib yotgan kengliklar, tog‘ yon bag‘irlari Vatan ato etilgandir. Ular bu sahovatli, qulay iqlim sharoitida ega bo‘lgan zaminda umrguzaronlik qila boshladilar, ham o‘lkani obod etdilar va o‘zlari o‘nib-o‘sib ko‘payishdilar, qudratli davlatlar, hoqonliklar tuzdilar, lekin yurt obod bo‘la borgan sari, boyigan sari unga ko‘z olaytirganlar ko‘paydi. Ajdodlarimiz muttasil ravishda o‘zini bosqinchilardan himoya qilib yashashga majbur bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida mazkur zaminda yashovchi millatlarning yashash tarzi, turmushi va nihoyat, milliy xususiyatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qo‘ymasdi. Vatan himoyasi maqsadida olib borgan jangu-jadallar natijasida turkiy xalqlarda jangovarlik kayfiyati, chavandozlik mahorati kuchayib borgan. Shu bilan bir qatorda to‘kilgan qonlar, berilgan qurbonlar tufayli odamlarda “Vatan va yurt – muqaddas”, -degan tuyg‘u chuqur ildiz otgan. Yigitlarda Vatan uchun jon fido qilish – mardlik degan tushuncha qaror topgan.
Insondagi eng oliy tuyg‘u — Vatan tuyg‘usidir. O‘zi tug‘ilib-o‘sgan ona yurtini jon qadar sevadigan, o‘zga yurt tabiatidan o‘z yurti tabiatichalik zavq olaolmaydigan, diyoridagi katta-kichik yutuqlardan faxrlanadigan, hatto mitti chumoli harakatidan zavqlanadigan butun aql-zakovati, qalb qo‘ri, kuch va imkoniyatini shu jamiyat va tabiat go‘zalligi, rivojiga baxshida etaolgan insondagina bu tuyg‘u namoyon bo‘ladi.
Vatan ham, Vatanga muhabbat tuyg‘usi ham ilohiy ne’mat bo‘lib, butun qon tomirlarida shu tuyg‘u jo‘sh urgan insonda vatanfurushlik, vatanga xiyonatdek jirkanch vahshiylikka moyillik hech qachon bo‘lmaydi. Shoir «O‘zga yurtning bog‘lari-yu bog‘chasi, o‘z yurtingning yontog‘incha ko‘rinmas» deb bejiz aytmagan.
Mashhur shoir Rasul Hamzatov yozganidek:
... Fudzayamaning tik cho‘qqisidan
Turnalarni ko‘rganimda ham,
Eshigini ilon qurigan
Ehromlarga kirganimda ham,
Suzganimda Qizil dengizda.
Va Rim bo‘ylab yurganimda ham,
Va Luvrda go‘zalliklarga
Hayronu lol turganimda ham.
Ona yurtga jon-tanim xumor,
Chaqirardi meni – nidosi.
Chaqirardi takror va takror
Shu tuyg‘uning aks-sadosi.
Bir tuyg‘uni, insonga tortgan-
Bir tuyg‘uki, qon kabi kerak.
Bu tuyg‘uni inson yuragi
Asrlarki ko‘tarar yuksak.
Hamma ishlar shubhalar, bahslar
Bu tuyg‘uning hukmida bo‘lur, Bir tuyg‘uki, nomin aytsalar
Vatan mehri deya atalur.
«Vatan tuyg‘usi - bu Vatanni himoya qilib, Vatan deya fido bo‘lgan To‘maris, Shiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, singari yuzlab sheryuraklarni eslashdir. Tomirida oxirgi tomchi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Namozbotir singari bo‘ysunmas bahodirlarning, og‘ir kunlarda qardoshlarga yelkadosh bo‘lay deb, harbiy vazirlik lavozimidan iste’foga chiqib, ota yurti Turkistonga kelib, ayovsiz janglarda halok bo‘lgan.
Vatan tuyg‘usi - bu mustamlaka tuzumiga qarshi bosh ko‘targan Toshkent, Jizzax, Andijon qo‘zg‘olonchilari, Dukchi Eshon xotirasini unutmaslikdir.
Vatan tuyg‘usi - bu zulm-istibdoddan qutulish uchun xalqni ma’rifatli bo‘lishga chorlagan, milliy uyg‘onishga da’vat etgan najot ilmda, birlikda va harakatda deb bilgan fidoyi ziyolilarni, ularning rahnamolari bo‘lmish Munavvar Qori, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla, Avloniy, Fitratning nomlarini doimo yodda saqlashdir.
Vatan tuyg‘usi — bu Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi mardona jang qilgan vatandoshlarnmiz yodini ehtirom bilan eslashdir.
Vatan himoyasi yo‘lidagi qahramonlar insonniyat tarixidan hech qachon o‘chmaydi. Vatanni asrash, har bir qarich yerini qo‘riqlash, bu muqaddas burch bo‘lib, ozod va mustaqil Vatanga ega bo‘lish hech qachon osonlikcha qo‘lga kiritilmagan. Vatan erki, mustaqilligi va ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lganlarni abadiy eslash, xotirlash har bir kishining xalq, millat, Vatan oldidagi imoni va vijdonidir.
Vatan muqaddasdir. Undan qimmat, undan aziz, undan shirin, undan ulug‘ ne’mat, boylik yo‘qdir. Shu boylikni qadrlagan, undan cheksiz faxrlangan insongagina oilasi, xalqi, atrof muhiti, jamiyatiga mehr-muhabbatli bo‘ladi.
O‘zbekning qanday xalq ekanligini, uning o‘tmishi va kechmishini, o‘z safidan ne-ne buyuk aql-sohibqironlarini saf-saf qilib yetishtirib berganligini taniqli va sevikli adib Erkin Vohidovning "O‘zbegim" qasidasidagi quyidagi otashin misralardan ko‘rish mumkin: Tarixdir ming asrlar Ichra pinhon o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomiru Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim. So‘ylasin Afrosiyobu So‘ylasin Urxun xati, Ko‘hna tarix shodasida Bitta marjon, o‘zbegim. Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Farob avlodidan, Asli nahli balki uzluk, Balki Tarxon, o‘zbegim. O‘tdilar sho‘rlik boshingdan O‘ynatib shamshirlarin Necha hoqon, necha sulton, Necha ming xon, o‘zbegim... Davr zulmiga va lekin Bir umr bosh egmading, Sen - Muqanna, sarbador - sen, Erksevar xon, o‘zbegim. Mir Alisher na’rasiga Aks - sado berdi jahon She’riyat mulkida bo‘ldi Shohu sulton, o‘zbegim... Faxr etarman, ona xalqim, Ko‘kragimni tog‘ qilib, Ko‘kragida tor ko‘targan Tanti dehqon, o‘zbegim. O‘zbegim deb keng jahonga Ne uchun madh etmayin! O‘zligim bilmakka davrim Berdi imkon, o‘zbegim.
Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida: “Bugun biz bu mo‘tabar insonlar siymosida va asrlar davomida yurtimizning chinakam ozodligi orzusida qurbon bo‘lganlar misolida – ilohim, ularning arvohlari shod bo‘lsin! – Vatanni ardoqlash, uni yomon ko‘zlardan va harakatlardan asrab-avaylash, himoyalash, kerak bo‘lsa, ona Vatanimiz uchun jonimizni fido qildishdek buyuk insoniy fazilatni o‘rganmog‘imiz lozim. Chindan ham Vatan tuyg‘usi, Vatan tushunchasi biz uchun sajdagohdek muqaddas, sajdagohdek pok va ulug‘ bo‘lmog‘i kerak.
Biz ona O‘zbekiston istiqbolini, uning shonu-shavkatini qanday himoya etishni, ota-bobolarimizdan meros olishimiz va uning himoyasiga hamisha tayyor turmog‘imiz darkor”, - degan edilar.
Insonni dunyoga keltirishdek mo‘jiza yaratgan ona bilan Vatan hamohangdir. Vatan ona kabi inson taqdirida mo‘jizalar makonidir. Shuning uchun ikki mo‘jizakor yonma-yon ona-Vatan deb yuritiladi.
Inson ona uchun qanchalik jonfidolik qilsa, Vatan uchun ham shunchalik qayg‘uradi, uni ardoqlaydi, sevadi, avaylab-asraydi, turli ofatlardan, dushmanlardan qo‘riqlaydi. Kerak bo‘lsa, ona Vatan uchun jonini qurbon qiladi. Munis va mo‘tabar Ona insonni shu yorug‘ dunyoga keltirsa, Vatan uni hayot belanchagida o‘stiradi, ulg‘aytiradi; shaxsni shaxs sifatida namoyon etadi. Shu boisdan inson uchun ona-Vatandan ulug‘roq, mo‘tabarroq, qimmatliroq makon yo‘q. Xalq ichida Ona deganda — Vatan, Vatan deganda esa Ona tasavvur etilishida ham majoziy ma’no bor. Ba’zi bir sabablarga ko‘ra, o‘zga yurtlarda yashayotgan vatandoshlarimiz ham «Ona-yurtim», «ota-yurtim», «kindik qonim to‘kilgan yurt» deb sog‘inch va faxr bilan gapirishlarida ham olam-olam ma’no mujassam. Ularning uylari to‘riga bir hovuch Vatan tuprog‘ini muqaddas kitob bilan yonma-yon osib qo‘yishlari, xonadonlarida dutor yoki tanburni saqlashlari, o‘zbek xonandalari kuy va qo‘shiqlarini doimo tinglashlari, o‘zbek urf-odatlari, tilini unutmaslik uchun qilgan sa’y-harakatlari Vatanga bo‘lgan cheksiz e’tiqodning namunasidir.
Imon-e’tiqodli inson Vatanni sevadi, unga xiyonat qilmaydi. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam aytganlaridek: «Hubbul—vatani minal imon - Vatanni suymoq iymondandur».


Download 142,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish