Telekommunikatsiya tarmoqlari boshqarish asoslari fanidan


Boshqaruv tizimida axborot almashish prinsiplari



Download 92,61 Kb.
bet3/4
Sana13.04.2022
Hajmi92,61 Kb.
#549355
1   2   3   4
Boshqaruv tizimida axborot almashish prinsiplari. Umumiy holda telekommunikatsiyalar boshqaruvini rejalashtirish, tashkil etish, monitoring, izmatlar uchun hisob-kitob va tarmoq resurslari va ishlarini boshqarishni o‘z ichiga oladi. OSI va I nternet boshqaruv arxitekturasi oxirgi uch vazifani bajaradi, ya’ni armoqni rejalashtirish va tashkil etish ularning sxemasiga kiritilmagan. Ilgari har bir tarmoq uskunalari bilan ta’minlovchilar ma’muriy tarmoq boshqaruvi bo‘yicha o‘z ixtiyoridagi paketlarni rivojlantirgan va sotganlar. Ba’zi bir hollardan mustasno “ firma mahsulotlari” o‘ziga xos apparatli va dasturiy ta’minotni o‘zaro birga ishlashi uchun tarmoq uskuna maxsulotlarni o‘zga ta’minot usknalari bilan ishlashi qiyinroq yoki mumkin emas bo’lgan. Ushbu holat ma’lum darajada hozirgi paytgacha saqlanmoqda. Boshqaruvning standart arxitekturalarining asosiy vazifasi:
- Turli ta’minotchilar tarmoq uskunalari uchun yagona tarmoq boshqaruvi paketini yaratish, OSI arxitekturasida bosh soha va har bir sohada beshta boshqaruv bosqichi ajratishgan. Boshqaruv sohalari- quyidagicha (ISO 7498-4, .700):
- Nosozliklar (Fault);
- Shakl (Configuration);
- Hisob-kitoblar (Accounting);
- Ishchi xarakteristikalar (samaradorlik) (Performance);
- Axborot xavfsizligi (Security); Boshqaruv bosqichi quyidagicha (TMN-model ITU, ETSI);
- Tarmoq elementlari;
- Tarmoq elementlarini boshqarish;
- Tarmoqni boshqarish;
- Xizmatlarni boshqarish;
- Biznesni boshqarish.Har soha va bosqich, masalalar yig‘imi va boshqaruv ta’sir doirasini o‘z ichiga oladi, ya’ni boshqaruv bo‘yicha 25 muayyan sohalarda masalalar paydo bo‘ladi. Internetda bosqichli tasavvur qo‘llanilmaydi. Tarmoq boshqaruvining informatsion arxitekturasi quyidagi tushunchalarga asoslanadi:
- Agent ( Agent process)-boshqaruvchi obyektdagi dastur ta’minoti bo‘lagi bo‘lib, boshqaruvchi tizimga boshqaruvchi obyektning hisobotlarining jo‘natilishiga javob beradi va obyektda bajariladigan harakatlarga taalluqli ko‘rsatmalar oladi.
- Menedjer (administrator) (Managing process) – agentga bevosita ta’sir etuvchi amaliy jarayon;
- Boshqaruv axboroti bazasi (managing information base, MIB) yoki byekt kutubxonasi (Object library) – aniq tarkib va mazmun boshqaruv axboroti. Agent va boshqaruvchi (ma’mur) tomonidan foydalaniladi. Bu konseptual modeli axborot saqlashni jismoniy va logik usullar bilan aloqasi yo‘q, MIBda saqlanayotgan axborot sintaksisini va axborot almashish ma’nosini belgilaydi. T sifatida apparat ta’minot (kommutatorlar, ishchi stansiyalar, port platalari, va boshqalar) chiqishi mumkin. DT(yo‘nalish algoritmlari, buferlarni navbatma navbat boshqarish va boshqalar) hamda tarmoqning boshqa resurslari. OSIda N-bosqichli tushunchasi kiritilgan. Agar MT individual bosqichda tavsiflangan bo‘lsa, Unda u MTning N-bosqichi deb ataladi. Agarda u birdan ortiq bosqichga ega bo‘lsa, u tizimli(sistemali) bosqich deyiladi. MTning boshqa e’tiborli tomonlariga quyidagilar kiradi:
- MTda ishlatilishi mumkin bo‘lgan boshqaruv operatsiyalari uning belgilaridan bir qismi bo‘lishi kerak;
- MT ta’rifi MTda boshqaruv operatsiyasining ta’sirida tarmoqda kuzatilishi mumkin bo‘lgan effektni o‘z ichiga oladi;
- MTning holati yoki xususiyati MTda ko‘rilgan operatsiyalar turi bilan aniqlanishimumkin.
Modulyasiya usullari asta sekinlik bilan ro‘y berdi. Aloqa liniyalari bo‘yicha uzatish usullari va kommutatsiya tugunlarida analog signallarni raqamli ko‘rinishda kommutatsiyasi kashf etilganidan va tadqiqot qilingandan so‘ng evolyusiya tekis sezilarli o‘sdi. Demak, elektron raqamli kommutatsiya tizimlarini yaratish real bo‘lganida rivojlana boshladi. Aloqa liniyalari fizik liniyalar va ko‘p kanalli uzatishga ega bo‘lishi mumkin. Elektr aloqa traktlarida ikkita asosiy ko‘p kanalli uzatish usuli bor, ya’ni bitta traktda ko‘p sonli kanallarni tashkil etishning chastotali usuli (chastota bo‘yicha kanallarni ajratish - CHKA) va vaqtli usuli (vaqt bo‘yicha kanallarni ajratish - VKA).
CHastotali usul chastota sektorida har xil kanallar uchun alohida yo‘lakni ishlatishga asoslangan.
Vaqtli usul har bir kanalga qisqa vaqt oralig‘ini berishga asoslangan. Bu vaqt oralig‘ining davomida kanaldan uzatilayotgan signalning birzumlik qiymati ishlab chiqiladi. Jarayon doimiy vaqt integrali o‘tgandan keyin takrorlanadi.
Ko‘p kanalli uzatishning vaqtli usulini raqamli kommutatsiya tizimi ichida ham ishlatsa bo‘ladi. SHuning uchun faqat shu usul ko‘rsatilgan.
Elektron-raqamli kommutatsiya tizimini qurilish prinsipini va ishlashini o‘rganish uchun hammadan oldin analog signalni raqamli shaklga o‘zgartirish va teskari jarayonni anglash kerak.
Bir necha o‘zgartirish usullari mavjud. Bularga analogli va raqamli o‘zgartirish usullari kiradi.
Analogli usulga amplituda-impulsli modulyasiya (AIM), keng-impulsli modulyasiya (KIM) va fazo-impulsli modulyasiya (FIM) kiradi.
Raqamli usulga impuls-kodli modulyasiya (IKM) va delta-modulyasiya (DM) kiradi.
Amplituda - impulsli modulyasiyada signal amplitudasi bo‘yicha modulyasiyalanadi (2.9-rasm). Keng - imulsli modulyasiyada impuls kengligi o‘zgartiriladi, lekin signal amplitudasi o‘zgarmaydi. 2.9-rasmda analogli usullarining modulyasiya jarayoni keltirilgan.
Agar kenglik bo‘yicha modulyasiyalangan impulslarni doimiy amplitudasi va davomiyligi impulslariga almashtirsak, lekin kenglik bo‘yicha modulyasiyalangan impulslar o‘zgarayotgan qirqimlarga mos holda joylashtirsak FIM hosil bo‘ladi.
Kvantlashda diskretning qiymati joylashgan chegara intervali aniqlanadi. 2.12-rasmda ikkilangan kodning ikki turi (natural, simmetrik) uchun kvantlash tadbiri ko‘rsatilgan. Natural ikkilangan kod asosida kvantlash bajarilganda signalning dinamik diapazonining qoq yarmiga teng o‘zgarmas son qo‘shiladi. Bu holda signalning hamma diskretlari musbat bo‘ladi. Simmetrik ikkilamchi kodi asosida kvantlash bajarilganda o‘zgarmas son qo‘shilmaydi, kod kombinatsiyasidan birinchi element diskretni qiymati musbat (bir) yoki manfiy (nul) ligini ko‘rsatadi, qolgan elementlar diskretni absolyut kattaligini ko‘rsatuvchi axborotni bildiradi.
Diskretning o‘zini aniq qiymati aniqlanmaydi. SHuning uchun qabul qilgichda diskretni tiklash xatolik bilan amalga oshiriladi.
Signal amplitudasi kamaysa, signal/kvantlash shovqini nisbati kamayadi. Signal/kvantlash shovqinini nisbati signal amplitudasiga bog‘liq bo‘lmasdan, taxminan bir xil bo‘lishi uchun, o‘zgaruvchan kvantlash qadami kengligidan foydalaniladi, ya’ni kichik signallar uchun kichik, katta signallarga katta qadam ishlatiladi. Demak, kvantlashni ikki ko‘rinishi mavjud: chiziqli va nochiziqli. CHiziqli kvantlashda signal/shovqin nisbatni signaldan bog‘liqligi ravon oshib boradi. lekin bu kodlashtirishni murakkablashtiradi. Buni osonlashtirish uchun ishlatilayotgan diapazonning hammasi teng kenglikka ega 2n intervalga bo‘linadi. Koderga kiruvchi diskretlar zichlashtiriladi, so‘ngra kodlashtiriladi. Bu kvantlash qadamini har xil bo‘lishiga olib keladi. Nochiziqlida signal/shovqin nisbat signal qiymatidan bog‘liq bo‘lmay qoladi.
Signalni o‘zgartirishning oxirgi tadbiri-bu kodlash. Kvantlash darajasi soni oxiri bo‘lganligi uchun, ularning hammasiga nomer qo‘yish mumkin (0 dan n-1 gacha) va har bir nomerni ikkilangan kod so‘zi ko‘rinishida keltirish mumkin (kod kombinatsiyalari mantiqiy “1” va “0”dan). Natijada signal n- bitli so‘zlar ketma-ketligiga aylanadi, ya’ni raqamli bo‘ladi.
Agar mantiqiy “1” mos elektrik impulsga va mantiqiy “0” pauzaga almashtirilsa, amplitudaning diskretlarini signallar kodli guruhi ko‘rinishida aloqa liniyasidan uzatish mumkin. Bunda signal impulslari bir xil amplituda va bir xil pauzalar kombinatsiyasi ko‘rinishida bo‘ladi (2.14-rasm).
SM SM modullarini bog‘lash uchun ulash liniya E1/T1 interfeysi, STM-1 interfeysi, 40 mbit/s optik tolali interfeysi kabi tashqi interfeys-larni ta’minlaydi. SM hamma SM modullari orasidagi aloqani 40 Mbit/s interfeysi bilan ikkita juft optik liniya bilan ta’minlaydi. Bu izol-yasiya va momaqaldiroq himoyasi muammaosini echadi, hamda aloqa sifatini yaxshilaydi. Har bir juftlik zahiralash rejimida ishlaydi. Bundan tash-qari SM boshqa stansiyalar bilan aloqani, SRS bayonnoma platasi va ET16 yoki STU interfeyslarini ishlatish bilan tashkil qiladi.
SPM - xizmatlarga ishlov beruvchi modul AM/SM stativida joylashgan. Bu modul AM/SM ning tashqi interfeylarini va markaziy ma’lumotlar bazasini ishlatadi, hamda SM kommutatsiya modulining taxminan xamma funksiyalarini bajarish uchun resurslarni hamkorlikda ishlatadi. SHuning uchun, bu modul SM ga qaraganda yuqoriroq unumdorlikka va integratsiya da-rajasiga ega. Bundan tashqari, asosan katta sig‘imli ulash liniyalar tarmog‘i-ni tashkil qilish rejimini qyllaydi va IKM qo‘llanishga tegishli xizmat-ga ishlov beradi. Misol uchun, 7 sonli UKS, SAS, V5, PRA/PHI signaliza-siyalari.
SRM VAM bilan TSR/IP 10/100 Mbit/s interfeysi orqali tyg‘ri bog‘la-nishi mumkin. SPM - resurslarni hamkorlikda ishlatish moduli SPM xiz-matga ishlov berish moduli uchun kerak bylgan hamma resurslarni beradi. Bu resurslarga, tonal signallar, ikki chastotali tonal signalizatsiyali raqam qabul qilgichi, ko‘p chastotali signalizatsiyali qabul qilgich-uzatgich, telefon konferens aloqa vositalari, chaqirayotgan abonent nomerini aks ettirish vo-sitasi va x.k. kiradi. Bu resurslarni stansiyaning SPM hamma modullari ishlatadi.
SM - kommutatsiya moduli SPM o‘xshash, va C&CO8 tizimining asosiy modullaridan hisoblanadi. U taqsimlangan ma’lumotlar bazasini boshqa-rish, taqsimlangan resurslarni boshqarish, chaqiriqqqa ishlov berish va tex-nik xizmat operatsiyalari kabi funksiyalarni ham bajaradi.
SM - apparat vositalarga nisbatan mustaqil tuzilishiga ega bo‘lib, mo-dul ichida mustaqil ulash o‘rnatish va kommutatsiyaning xamma funksiyalari-ni bajarishi mumkin. SM modullari orasidagi kommutatsiya funksiyalarini AM/SM modulidagi markaziy KM bilan birgalikda bajaradi.
SM modul 5472 abonent liniyalari/480 ulash liniyalari standart konfi-guratsiyali mustaqil stansiya tarzida ishlatilishi mumkin. Bu holda boshqa-rish tizimi ulangan BAM moduli, to‘g‘ri SM da o‘rnatiladi. Bu kichik si-g‘imli kommutatsiya tizimini yaratish uchun O&M funksiyasini bajarishni ta’minlaydi.
Agar bitta SM chegarasidan oshiq sig‘im tizim sig‘imini talab qilinsa, tizimga boshqa SM modullari ulanadi. Ularni AM/SM orqali birlashtiri-ladi.
Abonent va ulash liniyalar konfiguratsiyasiga bog‘liq ravishda SM mo-dullari quydagi turlari bilan farqlanadilar:
­­ - abonent liniyalar kommutatsiya moduli USM (User Switching Module) 6688 ASL/3344 BRI;
- ulash liniyalar kommutatsiya moduli TSM (Trunk Switching Module). Sig‘imi 1440 DT (raqamni ulash liniyalari);
- aralash, abonent/ulash liniyalar kommutatsiya moduli UTM (User Trunk Switching Module). Uni standart konfiguratsiyasi 4560 ASL/480 DT yoki 2280 BRI/480 DT.
Operator talabiga asosan moduldagi abonent va ulash liniyalar port-lari sonini xohlagancha konfiguratsiyalash mumkin.
C&CO8 tizimining boshqarish qurilmasi - taqsimlangan boshqarishli ko‘p protsessorli tizimga ega.
Dasturlash tili sifatida S tili olingan. Kodlarni generatsiyasida SDL tili va CASE aslahaviy vositalar ishlatiladi.
RSM - uzoqlashtirilgan kommutatsiya moduli, bu AM/SMdan katta maso-faga o‘rnatilgan SM modulidir.
RSA - uzoqlashtirilgan abonent bloki modulidir. Bunda ISDN tuzili-shi (30V+D/23B8+D) kichik sig‘imli abonent liniyalarning uzoqlashgan mo-duli ishlatilib, katta masofaga SM dagi AL javoni chiqariladi. RSA ga ulanish imkoni IKM tizimi, optik uzatish tizimi yoki HDSL (yuqori tezlikli raqamli abonent liniya) texnologiyasi ishlatilgan ikki juft tele-fon liniyasi orqali beriladi.
RIM - uzoqlashtirilgan integratsiyalangan modul. Bu modul kommutatsiya zalidagi hamma kerak bo‘lgan qurilmalarni bitta stativga birlashtiradi:
- sovutgich ventilyatorini;
- akkumulyator batareyalarini;
- elektr iste’mol manbalarini;
- atrof-muhit monitoring blokini;
- mikroavtomat qurilmasini (RIM tashqarida joylashgan varianti uchun).
- SDH yoki PON uzatish qurilmalarini (kerak bo‘lganda).
ONU (Optic Network Unit) – optik tarmoq bloki. Uzoqlashtirilgan mo-dul sifatida HONET abonent imkoni tarmog‘ida ONU ishlatish mumkin. Buni farqi, SDH uzatish optik tarmog‘i orqali V5.2 interfeysi yordamida, uni ulash amalga oshiriladi. Buning uchun unda kiritish/chiqarish multi-pleksor bo‘ladi. Xuddi shunday multipleksor, u ulanishi kerak bo‘lgan SM yoki RSM da ham bo‘lishi kerak ONU ga to‘g‘ri videotasvir SATV uzatish blo-ki ulangan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, u orqali ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga DDN ga ulanish mumkin. ISDN xizmat spektrini oshirish mumkin.
WS - ishchi stansiya. Stansiya operatorining ishchi joyi Windows ope-ratsion tizim boshqarishi ostida ishlaydigan kompyuterdir. Stansiya ishi-ni boshqarish, yoki grafik interfeys orqali, yoki buyruq qatori yordamida ba-jariladi. Bunday kompyuter bilan ishlaganda tizim ko‘p sonli yordam bel-gilarini taklif qiladi.

Download 92,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish