Telekommunikatsiya tarmoqlari boshqarish asoslari fanidan



Download 92,61 Kb.
bet2/4
Sana13.04.2022
Hajmi92,61 Kb.
#549355
1   2   3   4
7.1-rasm. Tizim boshqaruvida ma’lumot almashinuvi
OSI modelida ochiq tizimlar orasidagi boshqaruv ma’lumotlari almashinuvida, o’zaro kelishilgan holda ma’lumotlar taqdim etilishi, boshqaruv uchun sessiya o’rnatilishi “boshidan-oxiriga” boshqaruv ma’lumotlarini jo’natish uchun transportxizmatlarining mavjudligi va boshqalar talab qilinadi. Ko’rsatilgan harakatlar, ochiq tizimlar biriktirilgan (прикладной)bosqichlari orasida mavjud bo’lgan ma’lumot almashinuvi qoidalariga mos kelishi kerak.Shu yo’l bilan, tizimlar boshqaruvida ma’lumotlar jo’natish, biriktirilgan bosqich bayonlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi (7.1-rasm). bosqichli boshqaruv, ana shu bosqich operatsiyalariga aloqador ma’lumotni jo’natish zarurligida qo’llaniladi. Bosqich boshqaruvi misolida transport bosqichi lanishlari boshqaruvi bayonlari xizmat qilishi mumkin. Shuni aytish joizki, ushbu bosqich boshqaruvi OSI modeli ustki bosqichning har qanday funksional vazifalarini qaytarishi mumkin emas. N bosqichli boshqaruv, OSI bayonlarining barchasi bilan foydalanish imkoni bo’lmagan vaqtda ishlatiladi. 15-rasmda transport bosqichida boshqaruv ma’lumotlari almashinuvi ko’rsatilgan. Transport bosqichidan tashqari, tarmoq va kanal bosqichida boshqaruv bosqichi ham tez-tez uchrab turadi. Ba’zi hollarda boshqaruv elementlari ma’lumot almashinuvi oddiy bayoniga kiritilgan.

Hozirgi vaqtda MBT qurilishining texnologiya va prinsiplari ko‘p hollarda turli xalqaro tashkilotlarning ko‘psonli standartlariga asoslanadi. Bunda TTT (texnik ta’minlash tizimlari)MBTning asosiy tarkibiy bo‘limi sifatida ko‘riladi. Tarmoqlarning ma’muriy boshqaruv standarti va ko‘rinishlarini yaratish ishiga ko‘maklashuvchi tashkilotlar: ISO – Internatsional Organization for Stadardization (Standartlash xalqaro ashkiloti)


ETSI – Europen Telekommunications Standards Institute (Yevropa Telekommunikatsiyaviy standartlar institute)
NIST – National Institute of Standards and Technology (Standart va texnlogiyalar milliy instituti)
NMF – Network Management Forum (asosan ta’minlovchi firmalar tashkil topgan tarmoq boshqaruvi bo‘yicha Forum)
OSF – Open Software Foundation (Ochiq dasturlash fondi jamg‘armasi). Hozirgi paytda telekommunikatsiyalarni ma’muriy boshqarish prinsiplari bo‘yicha rahbariy materiallarning ikki oilasi mavjud:
a) xalqaro standardlar ISO/ITU-T;
b) xalqaro hamjamiyatda boshqaruv sohasida o‘zining soddaligi va ancha ilgari tadbiq etilganligini hisobga olgan SNMP protokoliga asoslangan va de-faktor
bo‘lgan internet standartlari. OSI/ISO standartlarida ochiq tizimlar o‘zaro bog‘liqligining etalon modeli o‘rsatilgan.
Tarmoq boshqaruvi bo‘yicha ISO standartlari yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarni rivojiga (taraqqiyotiga) sabab bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ma’muriy boshqaruv va boshqaruv ta’siri uchun ma’lumotlar tizimi tarkibi, boshqaruvchi obyektlarga informatsion modellarni taqdim etish va ularni ishlab chiqishda rahbarlikdan to muayyan holatlarni monitoring va testlashgacha bo‘lgan ko‘p masalalarni qamrab oladi.(22). ISO standartlariga u yoki bu sohada X seriyali xalqaro elektraloqa ittifoqielektr aloqa standartlashtirish sektori (MSE-T, ingliz tilidagi adabiyotlarda- ITU-T) uvofiq keladi. Elektraloqa tarmoqlarini boshqarish turli nuqtai nazarlari M seriyali ITUTavsiyanomalarida, shulardan M.ЗОЮ (23)tavsiyanomalari eng muhimi deb qayd tilgan. Unda TMN (Telecommunication Management NETWORK) modeli ta’riflangan. M seriyali tavsiyanomalar o‘z asosida elektraloqa sohasidagi obyektlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashtiradi va X seriyali tavsiyanomalarga, ya’ni ISOning tarmoq bo‘yicha boshqaruviga to‘liq asoslanadi. Bu yerda tarmoq boshqaruvining sodda protokoliga asoslangan internet boshqaruv tarkibini (Simple network management protocol, SNMP) qayd etish zarur. SNMP so‘rov/javob, talab/javob, mijoz/serverga o‘xshash protokollardir. SNMP (REG1157) 80-yillarda TCP/IPtarmoqlarini boshqarish va monitoring qilish uchun tadbiq etilgan. SNMPga asoslangan o‘z soddaligi va arzonligi bilan “agentlar” tarmoq boshqaruvi elementlari bo‘lgan ta’minlovchi-firmalarining ko‘pchiligida tadbiq etildilar.Shuning uchun bu protokol xalqaro standart bo‘lmasa ham, internet tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha de-fakto standarti bo‘lib qoldi.Ikki oila o‘rtasidagi nisbatni quyidagicha izohlash mumkin:
- OSI boshqaruv- murakkab, tadbiq etishda qimmat, sifatli boshqaruvni ta’minlaydi.
- SNMP protokoli, uning versiyalari sodda, tadbiq etishda arzon, boshqaruv sifati kamroq(amalda faqat monitoring).



Download 92,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish