QO‘SHIMCHA TESTLAR
40. Hans Kristian Andersen yashagan yillarni ko‘rsating.
A) 1705-1775 B) 1805-1875# C) 1905-1975 D) 1905-1895
41. Otasi vafot etgach, necha yoshida Andersen Daniya poytaxti Kopengagenga keladi?
A) 13 yoshida B) 14 yoshida# C) 15 yoshida D) 16 yoshida
42. Andersen o‘zining birinchi yirik asarini qachon e’lon qiladi?
A) 1805-yilda B) 1825-yilda C) 1835-yilda# D) 1875-yilda
43. 1835-yilda kutilmaganda Andersenga nima katta shuhrat keltiradi?
A) dastlabki ertaklar to‘plami #
B) «Improvizator» romani
C) «Yangi ertaklar va tarixlar» to‘plami
D) «Suv parisi», «Qor malikasi» ertaklari
44. Qaysi voqeadan keyin ertaklarini o‘quvchilar yoqtirishiga o‘zi ham ishonmagan yosh Andersen bolalar va kattalar birday qiziqib o‘qiydigan ertaklar yaratishga qodir ekanligiga amin bo‘ladi va keyingi umrini ijodning shu sohasiga bag‘ishlaydi?
A) «Yangi ertaklar», «Tarixlar» to‘plamlari e’lon qilingach
B) birinchi yirik asari e’lon qilingach
C) dastlabki ertaklar to‘plami e’lon qilingach#
D) A va B
45. Hans Kristian Andersenning bolalar va kattalar uchun e’zozli ertaknavis ekanligining sababi nimada?
A) Andersen ertaklari xayoliy voqealar tasviri bo‘lganligi sabab
B) Andersen ertaklariga hayvonlar va insonlarni bosh obraz qilib olganligi sabab
C) Andersen ertaklari shunchaki xayoliy voqealar tasviri emas, aksincha, jonli hayot bilan bog‘liq real hikoyalar bo‘lganligi sabab#
D) A va B
46. «Bulbul» ertagida «shunday kichik jonivorning ovozi shu qadar kuchliligini qaranglar», – deganda amaldorlar nimani nazarda tutadilar?
A) qurbaqani B) sigirni#
C) haqiqiy bulbulni D) sun’iy bulbulni
47. «Bulbul» ertagida «Xuddi ibodatxonamizdagi qo‘ng‘iroqlarning tovushiga o‘xshaydi-ya!», – deganda amaldorlar nimani nazarda tutadilar?
A) haqiqiy bulbulni B) sigirni
C) qurbaqani# D) sun’iy bulbulni
48. «Bulbul» ertagida «Chamasi, bir yo‘la shuncha dongdor amaldorlarni ko‘rganidan rangi o‘chib ketdi shekilli, boyaqishning!», – deganda amaldorlar nimani nazarda tutadilar?
A) bulbulni # B) sigirni
C) qurbaqani D) sun’iy bulbulni
49.«Bulbul» ertagida bulbulning navosidan imperatorning ko‘zlariga duv-duv yosh kelib, xursandligidan unga nimani sovg‘a qiladi?
A) oltin qo‘ndoqni B) oltin tuflisini#
C) oltin tojni D) B va C
50. «Bulbul» ertagida Yaponiya imperatorining elchisi qanday unvon bilan mukofotlanadi?
A) «Imperatorning favqulodda bulbullar yetkazib beruvchi vakili»#
B) «Imperatorning sun’iy bulbullar yetkazib beruvchi vakili»
C) «Imperatorning sevimli bulbullarini yetkazib beruvchi vakili»
D) «Imperatorga do‘st bulbullarni yetkazib beruvchi vakil»
Do'stlaringiz bilan baham: |