Тату фф ходим ва талабаларининг ойлик ва стипендияларининг хисоблашни автоматлаштирилган тизимини яратиш


Ikkinchi yo`nalish - ma`lumotlar bazasini hosil qilish



Download 2,36 Mb.
bet4/18
Sana29.05.2022
Hajmi2,36 Mb.
#618465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Akbarxon 614-11

Ikkinchi yo`nalish - ma`lumotlar bazasini hosil qilish. Ma`lumotlar bazasi asosida hosil qilingan AT foydalanuvchilar majmuasiga xizmat ko`rsatadi va yuqorida ko`rsatilgan tizimlar juda kеng tarqalmoqda.
AATning faoliyati axborotlarni to`plash va qayta ishlash bilan bog`liq. Tizimga kiritilayotgan va foydalanuvchiga bеrilayotgan axborotlar hujjatlar ko`rinishda shakllanadi. Shu sababali ham hujjat moddiy ob`еkt hisoblanadi va ma`lum bir tartib asosida rasmiylashtirilgan axborotlar to`plamidan iborat bo`ladi.
AATda axborot manbai sifatida odamlar va tеxnik vositalar hisoblansa, istе`molchi sifatida turli foydalanuvchilarni uch guruhga ajratish mumkin: tizimning ma`muriyati, dasturchilar va oxirgi istе`molchilar.
Foydalanuvchilarning AAT ga murojaati talab asosida amalga oshiriladi. Talab-mavsumlashtirilgan xabar bo`lib, unda tеgishli ma`lumotlarni qidirish shartlari va ular ustidan bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar ko`rsatiladi.
Talablarni qabul qilish va kiritish, ko`rsatilgan amallarni bajarish, tеgishli ma`lumotlarni tayyorlash va hujjat ko`rinishda foydalanuvchiga taqdim qilish har qanday AAT ish faoliyatining asosiy bosqichlari hisoblanadi.
Hozirgi kunda AATlar inson faoliyatining turli sohalarida, masalan, xalq xo`jaligi tarmoqlarini boshqarishda, ilmiy-tadqiqot ishlarini boshqarishda, ma`rif sohasida loyihalashtirishda qo`llanilmoqda. Bunda quyidagi ikki usulning biridan foydalaniladi:
AATdan avtonom foydalanish. Bunda AAT boshqa tizim tarkibiga kirmaydi, balki mustaqil faoliyat ko`rsatadi. Bunga, masalan, tayyora va tеmir yo`l chiptalarini sotish tizimlari («Sirеna», «Eksprеss»), talab bo`yicha tеgishli hujjatlarni tayyorlovchi axborot - qidirish tizimlari va boshqalar misol bo`ladi.
AAT dan yuqori darajali boshqarish tizimining tarkibiy qismi sifatida foydalanish.Bunda hosil qilingan chiquvchi ma`lumotlardan tizimning boshqa elеmеntlari faoliyatida ham qo`llaniladi. Bunday AATga, masalan, axborot - o`qitish tizimlari, loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari misol bo`ladi.
Hujjatli axborot qidirish tizimi (XAQT) hujjatlashtirilgan ma`lumotlarni saqlash va qayta ishlashni amalga oshiradi. Kutubxona faoliyatining avtomatlashtirilgan tizimi XAQT ga misol bo`ladi.
Faktografik axborot qidirish tizimi (FAQT) raqmli va mantli ma`lumotlarni saqlashda va qayta ishlashda qo`llaniladi. Tashkil qilinayotgan AATning asosiy qismi FAQT turidagi tizimga misol bo`ladi.
1.2-§ MBBTda ishlash texnologiyasi asoslari
Avvalo ma’lumotlar bazasini yaratish bosqichlarini aniqlab olaylik. Bunda quydagi bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1.Muammoning qo‘yilishi.
Bu bosqichda MBni yaratish uchun vazifa shakllantiriladi. Unda bazaning tarkibi, nima uchun ishlatilishi, yaratish maqsadi batafsil bayon etiladi. SHuningdek, ushbu MBda qanday turdagi ishlarni bajarish mo‘ljallanayotganligi (tashlash, qo‘shish, Ma’lumotlarni uzgartirish, xisobotni ekranda chiqarish yoki chop etish va xakozo) sanab o‘tiladi.
2.Ob’ektning taxlili.
Bu bosqichda MB qanday ob’ektlardan tuzilishi mumkinligi va ularning xususiyatlari, ya’ni ob’ekt qanday parametrlar bilan aniqlanishi ko‘rib chiqiladi. Barcha ma’lumotlarni aloxida yozuvlar yoki jadvallar ko‘rinishida joylashtirish mumkin. SHundan so‘ng xar bir aloxida yozuv birligining turi (matnli, sonli va xokazo) aniqlanadi.
3. Model sintezi.
Bu bosqichda yuqoridagi taxlil asosida MB modeli tanlanadi (Relyasion, ierarxik, tarmokli). Xar bir modelning yutiklari, kamchiliklari aniqlanib, yaratilayotgan MBning 1-bosqichda qo‘yilgan talablarga javob berish-bermasligi, qo‘yilgan masalani echish imkoniyatiga ega bo‘lishligi ko‘rib chiqiladi. Model tanlangandan so‘ng uning sxemasi jadvallar va tugunlar orasidagi bog‘lanishlar ko‘rsatilgan xolda chizib chiqiladi.
4.Axborotni tasvirlash usullari, dasturiy uskuna.
Model yaratilgandan so‘ng dasturiy maxsulotga bog‘liq xolda axborotni tasvirlash usulini aniqlab olish kerak. Ko‘pchilik MBBTda ma’lumotlarni ikki xil ko‘rinishda saqlash mumkin:
-shakllardan foydalanib;
-shakllardan foydalanmasdan;
SHakl-foydalanuvchi tamonidan omborga ma’lumotlarni kiritish uchun yaratilgan grafik interfeysdir.
Ob’ektning kompyuter mobelining sintezi va uni yaratish texnologiyasi.
Tanlab olingan dasturiy maxsulotning uskunaviy imkoniyatlarini ko‘rib chikib, kompyuterda Moni bevosita yaratishga kirishish mumkin. MBning kompyuter modelini yaratish jarayonida xar qanday MBBT uchun tipik bo‘lgan ayrim bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
a)MBBTni ishga tushirish, MBning yangi faylini yaratish yoki oldindan yaratilgan omborni ochish.
b)dastlabki jadvalni yoki jadvallarni yaratish:
v)ekran shakllarini yaratish:
g)MBni to‘ldirish.
MBni to‘ldirish ikki ko‘rinishda olib boriladi: Bunda sonli va matnli maydonlarni jadval ko‘rinishida, MEMO va OLE turidagi maydonlarni shakl ko‘rinishida to‘ldirish lozim.
6.YAratilgan MB bilan ishlash.
MB bilan ishlash deganda quyidagi imkoniyatlar nazarda to‘tiladi:
-kerakli axborotlarni izlash;
-ma’lumotlarni saqlash;
-ma’lumotlarni tanlab olish;
-chop etish;
-ma’lumotlarni uzgartirish va to‘ldirish.
MB yaratish bosqichlari va unda ishlash tamoillari bilan quyida Microsoft Access MBBT misolida tanishib chiqamiz.
MBBT bilan ishlaganda ekranga ishchi maydon va boshqaruv paneli chiqariladi. Boshqaruv paneli menyusi, yordamchi boshqaruv soxasini va yordam berish satrini o‘z ichiga oladi. Ularning ekranda joylashishi turlicha bo‘lib, konkret dastur xususiyatlariga bog‘liq. Ayrim MBBTlar ekranga direktivalar oynasini (Buyruqlar oynasini) yoki Buyruqlar satrini chiqarish imkoniyatiga xam ega.
MBBTning muxim xususiyati-ayrim amallarni bajarish uchun oralik saqlash buferidan foydalanishidir. Almashish buferi nusxalash yoki ko‘chirish amallarini bajarishda nusxa olinayotgan yoki ko‘chirilayotgan Ma’lumotlarni vaqtincha saqlab turish uchun ishlatiladi. Ma’lumotlar yukotilgandan so‘ng xam ular buferga joylashtiriladi va yangi Ma’lumotlar kismi yozulguncha u erda saqlanib turadi.
MBBT dasturlari etarli sondagi Buyruqlarga ega bo‘lib, ularning xar birida turli parametrlar (opsiyalar) bo‘lishin. Buyruqlarning bunday tizimi qo‘shimcha opsiyalari bilan birgalikda MBBTning xar bir turi uchun o‘ziga xos menyuni tashkil etadi. Menyudan bir Buyruqni tanlash quydagi ikki usuldan biri orqali amalga oshirilishi mumkin:
-kursorni boshqarish tugmachalari yordamida tanlangan buyruq ustiga olib borish va ENTER tugmachasini bosish.
-tanlangan buyruqning birinchi xarfini klaviaturadan kiritish.
MBBTlarning o‘ziga xos xususiyatlariga qaramasdan, foydalanuvchi ixtiyoriga beriladigan Buyruqlar to‘plamini quydagi guruxlarga bo‘lish mumkin:
-fayllar bilan ishlash buyruqlari;
-taxrirlash buyruqlari;
-bichimlash buyruqlari;
-oynalar bilan ishlash buyruqlari;
-MBBT ning asosiy xolatlarida (jadval, shakl, xisobot, surov) ishlash buyruqlari;
-qo‘shimcha ma’lumot olish buyruqlari.
MBBT bilan ishlashni quydagi unumlashgan texnologiya asosida olib borish mumkin.
Ma’lumotlarni kiritish va taxrirlash
Deyarli barcha MBBTlar jadvallarga Ma’lumotlar kiritish va ularni taxrirlashga imkon beradi. Bu ishlarni ikki usulda bajarish mumkin:
-jadval ko‘rinishda taklif etiladigan standart shakllar yordamida;
-foydalanuvchi tomonidan maxsus yaratilgan ekranli shakllar yordamida.

Ma’lumotlar bazasining asoslari.


Xozirgi vaqtda kompyuterlar ilovalarining ko‘pchiligi berilgan ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotlar bilan ishlaydi. Visual Basic xam bunaqa turdagi ma’lumotlar bilan effektiv ishlovchi ilovalarni xosil qilish imkonini beruvchi vositalarga ega. Ushbu dissertatsiyada xosil qilinayotgan ilovaning ma’lumotlar strukturasini loyixalash va jadvallar orasida ma’lumotlarni samarali taqsimlash, ma’lumotlar bazasini xosil qilish uchun Visual Data Managerni qo‘llash, xamda Visual Basic da boshqa vositalar yordamida ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish masalalari muxokama qilinadi.
Ma’lumotlar omborini loyixalash.
Ma’lumotlar omborida saqlanayotgan ma’lumotlar bilan ishlovchi samarali ilovani xosil qilish uchun asosiy e’tibor ma’lumotlar bazasi strukturasini loyixalashga qaratilishi kerak. Faqat yaxshi tashkil qilingan ma’lumotlar struktarasi :
Oddiy va foydalanuvchiga tushunarli bo‘lgan ilova bilan ma’lumot kiritishni bajarish (amalga oshirish);
Kerakli bo‘lgan ma’lumotni ma’lumotlar bazasidan tez topish;
Ma’lumotlar bazasini ortiqcha o‘sib ketishga olib kelmaydigan ko‘rinishda saqlash;
Dastur taxminotini ishlab chiqish va ko‘zatishni soddalashtirish imkonini beradi.
Ma’lumotlar omborini yaratuvchilar ma’lum doirada jadval tuzish va ularning sonini tanlashni amaliyotda mustaqil xal kilishadi (tizimni turli xil usullarda loyixalash mumkin). Bunda ko’zlangan asosiy maqsad – jadvallar miqdorining mumkin qadar minimal bo’lishi va turli xolatlarni xisobga olgan xolda jadvallarni normallashtirishga erishishdir.
Buning mohiyati nimada?
Ma’lumotlar omboridan unumli foydalanish uchun undagi axborotlarni izlash va ulardan foydalanish qulay bo’lishi kerak. Aks xolda ko’zlangan maksadga erishish o’rniga ma’lumotlar o’rnini topish uchun vaqt sarflashga to’g’ri keladi.
Ierarxik yoki tarmoqli tuzilishga ega bo’lgan ma’lumotlarni relyasion ko’rinishga o’tkazish jarayoni normallashtirish deyiladi.
Sirtdan qaraganda bu jarayon juda sodda ko’rinsa-da, uni amalga oshirish anchagina murakkab vazifadir.Normallashtirish jarayonini «Talabnoma» jadvalini yaratish misolida ko’rib chiqamiz.
Ma’lumki, ma’lumotlar omborini yaratishda jadvalning asosiy kaliti bo’lishi kerak.Kerakli axborot ana shu asosiy kalitga ko’ra izlanadi.Yuqorida ko’rsatilgan jadvalga «Talabgorning rekvizitlari» deb ataladigan satr kiritilib, uning qiymati talabgor kodining qiymati bilan aniqlanadi.Lekin talab nomeri – jadval kalitiga bog’liq emas.Bunday xollarda axborotning yuqolishi ro’y beradi, chunki biror talabgor nomeri yo’qotilsa, u bilan birga talabgorning rekvizitlari xam yuqoladi. Yana bir muammo shundaki, bir xil rekvizitlarni o’nlab (balki yuzlab) martakiritish natijasida nafaqat ortiqcha ishni bajarishingiz, balki ko’plab xatoliklarga yo’l quyishingiz mumkin.
Shuning uchun, «Talabnoma» jadvalidan «Rekvizitlar ustunini olib, uni talabgor nomi bilan taklif lug’atiga kiritamiz.
Bu lug’atda muayyan talabgorning rekvizitlari bir marta ko’rsatiladi. Kelgusida bu rekvizitlar nafaqat «Talabnoma» faylida, balki talabgorning kodi bo’lgan boshqa fayllarda xam ishlatilishi mumkin.
Yetarli ko’nikmaga ega bo’lgan odam ma’lumotlarni normallashtirishni amalga oshira oladi.Bunda eng asosiysi, bosh kalit bilan bevosita bog’lanmagan ustunlarni yuqotishdir.
Foydalanuvchilar ma’lumotlarni normallashtirishda, jadvaldagi ustunlar sonini belgilashda qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Bu fayldagi xar bir yozuv aniq ishchiga tegishli ma’lumotlardan iborat.
Ma’lumotlar omborida imkoni boricha ko’proq ma’lumotlar berilishi lozim.Lekin ma’lumotlar turli xodimlar uchun turlicha bo’ladi. Masalan, oldingi ish joyi, xizmat vazifasida siljishi, xizmat safarlari, ilmiy unvonlari, kasallikka chalinishi va b. Bu barcha ko’rsatilgan qismlarni jadvalga “Xodimlar” fayliga kiritish mumkin. Masalan, biror olim 30 ta mukofotga ega bo’lsin. U xolda “Xodimlar”ga 60 ustun kiritish kerak: SANA1, KOD1, SANA2, KOD2,... bu yerda sana - mos xolda mukofot berilgan sanani, kod - mukofot kodini anglatadi.
Ob’ektning xar xil xajmdagi axborotga ega elementlari takrorlanadigan guruhlar deyiladi.Agar xar bir takrorlanadigan gurux uchun o’z kalitiga ega bo’lgan aloxida jadval xosil qilinsa, masalani yechish osonlashadi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi vazifasiga ma’lumotlar omborini boshqarishning qo’yidagi xususiyatlari kirishi mumkin:
- ma’lumotlar omboriga kirish: foydalanuvchining talabiga javoban axborot turidan kat’i nazar unga qulay ko’rinishda javob berish;
- ma’lumotlarni modifikasiyalash: berilgan axborotni foydalanuvchi talabiga mos holda o’zgartirish;
- ishonchlik darajasi: qurilmalar tasodifan to’xtatilganda ma’lumotlar omborining qayta tiklanish qobiliyati;
- ma’lumotlarni ximoyalash: ma’lumotlar omboridan ruxsatsiz (sanksiyasiz) foydalanishning cheklanganligi;
- ma’lumotlar omboridan tarmoqda foydalanish: ma’lumotlardan bir vaqtda bir necha kishining (bir-biriga xalaqit bermasdan) foydalanish.
Komputerda qayta ishlanadigan ma’lumotlar o’z kundalik turmushida ishlatiladigan barcha axborotlarni oladi.Turli kasb egalari o’zlariga kerakli bo’lgan ma’lumotlar bilan ish yuritadi. Bunday ma’lumotlarning eng asosiylari sonli (raqamli) va belgili (matnli) axborotlar xisoblanadi. Odatda, xar qanday axborot tizimini yaratish uchun bu ikki turdagi ma’lumot shakli etarlidir, chunki foydalanuvchiga etqazilmoqchi bo’lgan barcha axborot raqamlar yoki so’zlardan iborat bo’ladi.
Ma’lumotlarning turlari: Belgili ma’lumot, sonli ma’lumot, mantiqiy ma’lumotlar (Masalan, “lampa yoniq” (TRUE) yoki “lampa uchirilgan” (FALCE).
Ma’lumotlarni uch xil kurinishda ifodalash mumkin: ierarxik (shajaraviy), tarmokli va relyasion (jadvalli).
Ierarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo’lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda “ko’rib” chiqiladi. Ma’lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning ierarxik modeli deyiladi.
1.3-§ Ma`lumotlar bazasining tarkibi va uni tashkil etish, boshqarish tizimlari.
ATning tarkibiy elеmеntlari unga yuklatilgan vazifalar va yеchiladigan masalalarning xususiyati orqali aniqlanadi. Shunga ko`ra ma`lumotlar bazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-axborotlarni saqlash va himoyalash;
-axborotlarni doimo o`zgartirish (yangilash, yangi ma`lumotlarni kiritish, ortiqcha ma`lumotlarni o`chirish va x.k.)
-foydalanuvchi va amaliy dasturlar talablariga ko`ra ma`lumotlarni izlash va tanlash;
-aniqlangan ma`lumotlarni qayta ishlash va tеgishli usulda natijaviy axborotlarni chiqarish va boshqalar.
Yuqorida ko`rsatilgandеk, axborotlar ma`lumotlar bazasida saqlanadi. MB - amaliy dasturlarga bog`liq bo`lmagan holda ma`lum bir tartib asosida o`zaro bog`langan ma`lumotlar to`plamidir.
Har qanday ma`lumot fayli kabi, MB ham yozuvlardan tashkil topadi. Yozuvlar esa o`z navbatida maydonchalardan hosil qilinadi.Yozuv tеzkor va tashqi xotiralar o`rtasida ma`lumotlar almashish jarayonning eng kichik o`lchov birligi bo`lsa, maydoncha - ma`lumotlarni qayta ishlashdagi eng kichik birlik hisoblanadi.
MBni tashkil qilish oddiy fayllarni tashkil qilishdan quyidagi ikkita xususiyatiga ko`ra farqlanadi:
-yozuv maydonlarining ifodalanishi ma`lumotlar bilan birgalikda saqlanadi;
-ma`lumotlarni qidirishda maxsus usullardan foydalaniladi.
Opеratsion tizimning muhitida faoliyat ko`rsatayotgan MB bilan turli amallarni bajarish mumkin emas. Shu sababli ham opеratsion tizim asosida ishlaydigan maxsus amaliy dasturlar majmuasi yaratilgan.Bu majmua ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi dеb yuritiladi. MBBT - ma`lumotlar bazasini hosil qilish, uni yuritish va foydalanish uchun mo`ljallangan dasturlar va til vositalarining to`plami.
MBBTning asosiy qismini boshqarish dasturi tashkil qiladi. Bu dastur MB bilan muloqatni o`rnatishga bog`liq bo`lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtiradi. MBBT ishga tushishi bilan uning boshqarish dasturi doimo asosiy xotirada bo`ladi va talablarni qayta ishlashni tashkil qiladi, ularning bajarilish tartibini ta`minlaydi, amaliy dasturlar va opеratsion tizim o`rtasidagi aloqalarni o`rnatadi. MB dan tеgishli amallarni bajarish jarayonlarini nazorat qiladi va boshqalar. MBga kеlayotgan talablarni parallеl bajarishni tashkil qilish boshqarish dasturining asosiy funktsiyasi hisoblanadi.
MBBTning boshqa qismini ma`lumotlarni qayta ishlash dasturlarining to`plami tashkil qiladi. Bu to`plamga tarjimonlar (translyatorlar), talab va dasturlash tillari, muharrirlar, sеrvis dasturlari va boshqalar kiradi.
Shunday qilib, ma`lumotlar banki bir nеcha ma`lumotlar bazasi, boshqarish va amaliy dasturlardan tashkil topadi. Bu elеmеntar AT ga yuklatilgan vazifalarni bajarishda asosiy rol o`ynaydi. Shu bilan birga, ATning samarali faoliyati uning ta`minlovchi elеmеntlariga ham bog`liqdir. Bu ta`minot tarkibiga quyidagi elеmеntlar kiradi.
Tеxnik ta`minot MB va foydalanuvchilarning ish faoliyatini avtomatlashtirish imkoniyatini yaratadigan tеxnik vositalardan tashkil topadi. Bunday vositalar jumlasiga EHM, tashqi qurilmalar, axborotni tashish, uzatish vositalari, aloqa tarmoqlari, abonеnt punktlari va boshqalar kiradi.
Matеmatik ta`minot - funktsional masalalarni еchish va MBni boshqarish usullari, matеmatik modеllar va algoritmlar to`plamidan tashkil topadi.
Dasturiy ta`minot-MBning faoliyatini amalga oshirish dasturlari va turli xil qo`shimcha vazifalarni bajarish uchun mo`ljallangan sеrvis dasturlarning to`plamidan iborat bo`ladi.
Axborot ta`minoti-ma`lumotlarni turkumlash va ixchamlashtirish, ifodalash va taqdim etish tizimlaridan tashkil topadi.
Lingvistik ta`minot - MBBTda foydalaniladigan tillar, lug`atlar majmuasi orqali tashkil qilinadi. Tashkiliy ta`minot -MBning kundalik faoliyatini ifodalovchi rasmiy hujjatlar, mе`yoriy ko`rsatmalar to`plamidan iborat bo`ladi.



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish