BILIB OLING.
Qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra ikki
turli bo‘ladi: a) so‘z yasovchi qo‘shimchalar, masalan, oq
asosiga -la qo‘shimchasining qo‘shilishidan «oq rangga ki-
ritish» ma’noli yangi so‘z yasalgan; b) shakl yasovchi
qo‘shimchalar, masalan, -lar qo‘shimchasi gul asosiga
qo‘shilib, uning ma’nosidan boshqa yangi ma’no yasa-
maydi, gulning birdan ortiq ekanligini bildiradi.
62-mashq.
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardagi qo‘shimchalarning tu-
rini aniqlang. Alisher Navoiyning fikri haqida mulohaza bildiring.
Biroz yurishgandan so‘ng mulozimlar shoirning qabris-
tonga yaqinlashganda, otdan tushishi sababini so‘rabdilar.
Alisher Navoiy ancha vaqt sukut saqlab turibdi-da, keyin mu-
lozimlaridan norozi ohangda shunday deb javob beribdi:
— Bu yerda xalqimizning jigargo‘shalari, tabarruk padari
buzrukvorlari mangu uyquga ketganlar. Bular yonidan ot
choptirib, changitib o‘tish insonlik sha’niga isnoddir, nahotki,
shuni ham bilmasalaring? («El desa Navoiyni» kitobidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |