Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatining tashkiliy asoslari



Download 2,2 Mb.
bet8/68
Sana16.03.2022
Hajmi2,2 Mb.
#497217
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68
Bog'liq
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti

3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatining tashkiliy asoslari.
Tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish maqsadida boʻlgan oʻtish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakat oʻzini faqatgina erkin bozor girdobiga tashlab qoʻya olmaydi va bu sharoitda davlatning rivojlantirish kafolati sifatida faol qatnashuvi zaruriyati tugʻiladi. Bozor munosabatlariga oʻtishning ilk bosqichlarida tashqi iqtisodiy aloqalarning (TIA) davlat tomonidan tartibga solinishi ayniqsa muhimdir. Bu esa birinchi navbatda tashqi savdoni va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa shakllarini tartibga solish mexanizmlarini oʻzgaruvchan ichki va tashqi sharoitlarga muntazam moslashtirib borishni, ya’ni oqilona tangqi iqtisodiy siyosat yurgizishni talab etadi.
TIS mohiyatini koʻrib chiqishdan oldin ushbu tushuncha mazmunini aniqlashtirib olish zarur.
TIA larni davlat tomonidan tartibga solish — bozor munosabatlari shakllanishi sharoitida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi va dinamiklsini oshirish maqsadida mamlakat ichki va tashqi iqtisodiiy manfaatlarini himoya qilishga kdratilgan, jumladan, tashqi iqtisodiy muvozanatni ta’minlash, eksport va import tarkibida progressiv siljishlarni ragʻbatlantirish, xorijiy kapital oqimini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan vakolatli daalat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qonunchilik, ijroiya va nazorat qilish tusidagi chora-tadbirlar tizimidir.
Bu tashqi iqtisodiy siyosatning eng umumiy ta’rifidir. Ushbu ta’rifni aniqlashtirish uchun tashqi ktisodiy siyosat davlat ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlash joizdir.
Birinchidan, oʻtish davri sharoitida tashqi iqtisodiy siyosat yangi iqtisodiy uklad shakllanishining muhim omili, iqtisodiy hayotning bozor munosabatlariga monand ilgor shakllarini barpo etishning vositasi hisoblanadi va qattiq markazlashtirilgan rejali iqtisodiyotning nodinamik, qotib qolgan shakllaridan keskin farq qiladi. U iqtisodiy va ma’muriy chora-tadbirlardan foydalanib, ichki iqtisodiy siyosatning quyidagi bir qator asosiy vazifalarini hal etishga da’vat qilingan:
* milliy iqtisodiyotning har tomonlama rivojlanishini rayobatlantirish, uning raqobatardoshligini ta’minlash;
* ichki bozorni himoya qilish;
* tarkibiy qayta oʻzgartirishlar amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
* mamlakat hududlari resurslaridan samarali foydalanish va hokazolar.
Ikkinchidan, puxta oʻylangan va muvozanatli tashqi iqtisodiy siyosat davlat tashqi siyosatining ajralmas qismi sifatida mamlakatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash va amalga oshirish maqsadlariga xizmat qiladi, milliy iqtisodiyotni jahon bozorlari kon’yunkturasining keskin oʻzgarishlarvdan himoya qilishga, uning jahon xoʻjaligiga uygʻun qoʻshilishiga faol koʻmaklashishga davat etilgandir.
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosati jahovdagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar nisbatan tez oʻzgarayotganligini hisobga olib, joʻshqin, harakatchan, moslanuvchan boʻlishi zarur. Ayni vaqgda davlatimiz jahon xoʻjaligiga qoʻshilayotgan bir sharoitda gap iqtisodiy suverinitet, vatan iqisodiyotini ragʻbatlantirish, mmamlakatning tub manfaatlariga rioya qilish toʻgʻrisida borar ekan, yetarlicha barqaror boʻlishi talab etiladi. Bunga tashqi iqtisodiy siyosat oʻz rivojlanishining ilmiy asoslangan konseggsiyasiga tayangandagina erishishi mumkin.
TIF ni erkinlashgirish (liberallashtirish) deganda eng avvalo TIA qatnashuvchilarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, tashqi savdoni tartibga solish ma’muriy uslublarinshga ma’lum qadar qisqarishi, mavjud toʻsiq va gʻovlarning bartaraf qilinishi tushuniladi. Bu mutlaqo muqarrar, ichki iqtisodiy munosabatlar erkinlashuvi (liberallashuvi)ning mantiqiy oqibatlarvdir. Samarali bozor mexanizmi faqatginajahon bozor munosabatlari bilan uzviy aloqada tashkil qilingan boʻlishi mumkin. Yana bunda eng muhimi turli mamlakatlar iqtisodiy va huquqiy shakllarining ma’lum darajada oʻxshashligidadir. TISni erkinlashtirish islohotlarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi, oʻtish davri iqtisodiyoti masalalari yechimini tezlashtiradi.
Buvday erkinlashtirishning asosiy shakllari — xorijiy investitsiyalarning mamlakatta kirib kelishini kengaygirish, TIA larning davlat tomonvdan markazlashgan holda boshqarilishiga (tashqi iqtisodiy operatsiyalar markazlashuviga) barham berish, import qilish jarayonidagi ortiqcha toʻsiqlarni olib tashlash, eksportning rivojlanishini faollashtirish (bojlar, lisenziyalar, kvotalar va imtiyozlarni qisqartirish orqali), milliy valyutaning konvertatsiya qilinishini ta’minlashdir.
Bu shakllar jahon tajribasi koʻrsattaiidek, amaldagi bozor mexannzmlarini kuchaytiradi, garchi toʻliq holda ular hatto rivojlangai bozor iqtisodiyotida hach qoʻllalilmaidi. Milliy ishlab chiqaripshi himoya qilgan holda davlat ma’lum cheklanishlarni oʻrnatadi, bojxona tarnflaridan keng foydalanadi, turli xil taqiqlarni kiritadi va hokazolar. Bozor mexanizmi eqdi shakllanayotgan, mavjud ishlab chiqarish bozor sharoitlariga hali toʻliq moslashmagan oʻtish davri iqtisodiyotida davlatiing roli yanada muhimdir.
Shuning uchun oʻtish davri iqtisodiyotida TIAni erkinlashtirish siyosati ichki milliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga zarar keltirmagani holda mamlakatda bozor munosabatlarini tezkor rivojlanishini va uning jahon xoʻjaligiga uygʻun qoʻshilishini maqbul darajada ta’minlashi zarur.
Moliyaviy kapital bozorining ochiqlik darajasi alohida masala sifatida koʻrib chiqilishi mumkin. Shak-shubhasiz, shunday ochiqlik darajasi talab etiladiki, u birinchi navbatda investitsiyalarni bevosita jalb qilishni ta’minlashi zarur. Biroq, portfel investitsiyalar, shuningdek, oʻrta va qisqa mudsatli kreditlarni jalb etish ancha murakkab masala. Yaqinda kuzatilgan Janubiy-Sharqiy Osiyo mamzakatlaridash moliyaviy ganglik shuni koʻrsatadi-ki, hayiqish holatida, ya’ni mamlakatdan kapitallarni birdaniga chiqib ketish jarayoni yuz berganda qisqa mudsatli kalitallar erkin harakati iqtisod rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Shu bilan birgaliqda kreditlar va fond resurslari erkin harakatining mushkullashgirilishi, tabiiyki milliy xoʻjalik imkoniyatlarini chektaydi-
Valyuta bozorining liberallashuvi milliy valyutaplng konvertatsiya qilinishini, avvalambor joriy operatsiyalar boʻyicha konvertatsiya qshshnishini ta’minlashni bildirdsi. Uning ta’minlanmanganligi — TIAlar rivojlanishi uchun jiddiy toʻsiqdir. Valyuta bozorining toʻliq liberallashuvi, albatta kapital hisobi boʻyicha konvertatsiya qilinishini ham koʻzda tugadi. Biroq, moliyaviy tizim samarasi past boʻlgan mamlakatlar valyutaning toʻliq konvertatsiya qilinishiga shoshilmasliklari maqsadga moliqsir.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kezlarida TIF ni amalga oshirishda na zaruriy institutlarga, na yetarli mutaxassislarga, na samarali oʻrnatilgan aloqalarga ega edi va shuning uchun boshlangich bosqichda oʻz TISini ishlab chiqshi va yurgizishda katta qiyinchiliklarga duch keldi.
Bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan liberallashtirish natijasida Oʻzbekiston tashqi savdo rejimi xalqaro amaliyot me’yorlariga va talablariga borgan sari yaqinlashmoqda; litsenziyalashgiriladigan tovarlar roʻyxati qisqardi; miqdoriy cheklanishlar borgan sari tariflar asosida tartibga solinmoqda; erkin konvertatsiya qilinadigan valyutaga oʻzi ishlab chiqdogan raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni eksport qiluvchi korxonalar uchun, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni ishlab chiqarish sohasi, ayniqsa, katta eksport salohiyatiga ega boʻlgan tarmoqlarga jalb qilishni rayobatlantiruvchi imtiyozlar tizimi uzluksiz ravishda takomillashib bormoqda. Investitsion qoʻyilmalarni sugʻurta qilish tizimi rivojlanib bormoqda, moliyalashtirishning eng murakkab sxemalarini qoʻllash asosida investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moliyaviy infratuzilmalar shakllanmoqda.
Biroq mamlakatning tashqi iqtisodiy imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishga toʻsiq boʻlayotgan salbiy holatlar hali ham saqlanib qolmoqda.
Oʻzbekiston uchun tashqi savdoni isloh qshgash va eksportni rayobatlantirish — nafaqat erkin ay irboshlanadi gan valyutada daromadlar oʻsishining muhim manbasi. jahon iqtisodiga integrasiyalashuvning asosiiy vositasi, balki boshlangan iqtisodiy oʻsishning barqarorligini ta’minlaydigan milliy valyutani mustahkamlash, iqtisodda chuqur tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish kabi eng dolzarb masalalarni hal qilishga qaratilgan harakatlardan hisoblanadi.
Ma’muriy nazoratning qisqarishi orqali zamonaviy xalqaro qoidalarga muvofiqtashqi savdoni bozor mexanizmlari vositasi bilan tartibga solinishi respublikada oʻtish davriga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda tashqi savdoni davlat tomonidaya tartibga solishni va isloh qilish uslublarini takomillashtirishni talab qiladi. Xoʻjalik sub’yektlarining makroiqtisodiy bozor islohotlari natijasida vujudga kelgan rayobatlantirish omillaridan toʻliq foydalanishini ta’minlash uchun Oʻzbekiston xalqaro moliyaviy va texnik yordamga muhgojdir. Reslublika xoʻjalik sub’yektlarining xalqaro savdo jarayonlarida ishtiroki hozirgi kunda faqatgina toʻilangan tajribalar va oʻrnatilgan savdo aloqalari hisobiga jahon bozori holati boʻyicha yetarli darajada ma’lumotlar boʻlmagan va busohada ilmiy iatanishlar deyarli yoʻq sharoitda roʻy bermoqda.
TIF sohasida respublika duch kelayotgan asosiy qiyinchiliklar quyidagilar:
■ TIAlarniig oʻzgaruvchan shart-sharoitlariii inobatta oluvchi, ularni davlat tomonidan tartibga solishning ilmiy asoslangan konsepsiyasining mavjud emasligi;
■ tashqi savdoning tashkiliy infratuzilmasi va eksportga real koʻmaklashishning sust rivojlanishi;
* TIA qatnashuvchnlarining aksariyat qismida tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan bozor iqtisodiyoti, jahon bozoriga kirish shart-sharoitlari, huquqiy va texnik jihatlari toʻgʻrisidagi maxsus bilimlarning yetishmasligi;
* jahon bozorlari haqida kerakli tijoriy ma’lumotlarning yetishmovchiligi yoki yoʻqligi;
• tashqi savdoning funksional sohalarida texnik qoʻllab-quvvatlash koʻpchilik turlarining mavjud emasligi;
• bojxona va eksport-import nazoratini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishning talab darajasida emasligi.
TIF sohasida erishilgan yutuqlar bilan birgalikda uning samaradorligiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi muammolar ham saqlanib qolmoqda. Ularni bartaraf etishda har tomonlama ilmiy asoslangan tashqi iqgsiodiy siyosat konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati tugʻiladi.
Odatda konsepsiya tashqi iqtisodiy muhit oʻzgarishiga ongli ravishda moslashish ehtiyoji tuyoilganda ilmiy doiralar tomonidan yaratiladi. Oqilona tuzilgan tashqi iqtisodiy siyosat konsepsiyasi avvalammbor iqtisodiyotdagi ahvolni tubdan tahdil qilish bilan boshlanadi. Tahlil makrodarajada — mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, uning byudjeti, toʻlov balansii va boshqa makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni oʻrganish, aniq bozorlar darajasida esa, talab va taklif nisbatini, milliiy va xorijiy taklifni, tovarlarning sifat tavsifini, raqobatni va hokazolarni oʻrganish asosida amalga oshiriladi. Tahlil davomida yechimi talab etiladigan muammolar aniqlanadi, ularni hal etish, salbiy hodisalarni bartaraf etish yoki bartaraf etmaslikning muqobil oqibatlari baholanadi.
TIS konsepsiyasini yaratishdagi muhim bosqichlardan yana biri barcha imkoniyatllarni belgalashdan, ya’ni TIF sohasidagi asosiy maqsad va vazifalarni aniqlashtirishdan iborat. Ushbu bosqichda har bir maqsadning xususiyati aniqlanadi, ya’ni maqsadlar dastlabki yoki pirovard, miqsorli yoki sifatli, qisqa, oʻrtacha yoki uzoq muddatli boʻlishi mumkin. Maqsadlar shuningdek, ularning iqtisodiyotga ta’sir koʻrsatish koʻlamlari va xarajatlarning miqdor koʻrsatkichlari, institusional, moliyaviy va kadrlar ta’minoti, imkoniyatlari boʻyichaham farqlanadi.
Tahlil yaxlit tizimni barpo etish — maqsadlar iyerarxiyasi tizimini barpo etish, ularning darajalari boʻyicha vaqgincha taqsimlash va tizmi ichida maqsadlarning harakat qilish istiqbollarini shakllantirish bilan yakunlanadi.
TIS konsepsiyasini ishlab chiqishda ayrim tartibga soluvchi vositalar qoʻllanilishi shartlarini, ayrim vositalarning birgalixda qoʻllanilishi darajasini, ularning maqsadga muvofiqligani, ularni qoʻllashda koʻriladigan qoʻshimcha samaralarni, tartibga solish vositapari samaradorligani va ularni qoʻllash zarurligining yetarlicha asoslanganlishni aniqlash ham muhimdir.
Konsepsiya vaqti-soati kelib, TISga transformasiyalanuvchi hukumat doktrinasi boʻlib qoladi.
Tashqi iqtisodiy siyosat konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda keng miqyosdaga jahon tajribasiga, ya’ni dunyodagi rivojlangan, rivojlanayotgan va oʻgish davri iqtisodiyotini boshdan kechirayottan turli mamlakatlar tajribasiga murojaat qilish maqsadga muvofiqsir. Buoʻrinda, ayniqsa, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasi Oʻzbekiston uchun muhim saboq boʻlishi mumkin.
Yaponiyada, masalan, ilmiiy asoslangan TIS mamlakat rivorjlanishida muhim amaliy omil hisobdanadi. U Yaponiyaning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holdajahon xoʻjaligaga chuqur integratsiyalashuvini ta’minlab, ushbu mamlakatni xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, moliyaviy va savdo markaalarvdan biriga aylantirdi. Yaponiyada tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishi barcha bosqichlarda — mamlakatdagi va xorijdagi iqtisodiy ahvol tahdili, tarkibiy va joʻgʻrofiy oʻzgarishlarning ustuvor yoʻnalishlari strategiyasini belgilashdan tortib, to ma’muriy va iqtisodiy rayobatlantiruvchi vositalarning keng tizimini qoʻllashga qadar amalga oshiriladi.
TIF ni danlat tomonidan tartibga solishning yapon amaliyotida oʻzaro bir-birini toʻddiruvchi uslublardan, ya’ni qonuniy, ma’muriy-huquqiy, iqtisodiy, norasmiy uslublardan samarali foydalaniladi.
90-yillarda TISning asosiy maqsadlari sifatida yangi xalqaro iqtisodiy tartib qovdalarini tashkil qilish va rivojlantirishda mamlakatning faol qatnashuvi e’lon qilindi, unda intellektual mulkni himoya qilish huquqlarining xalqaro qoidalari va kapitallar harakati, xorijiy investitsiyalar standartlarining uygʻunlashuvi va yangi me’yorlari ishlab chihiddi. Rivojlangan mamlakatlar makroiqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosatini muvofiqlashtirishni kuchaytirish, xalqaro iqtisodiy tizimlarni mustahkamlash, tashqi savdo nomutanosibligini tartibga solish, rivojlanayotgan iqtisod tarmoqdarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, yangi mustaqil davlatlarning jahon xoʻjaligiga integrasiyalashuvini kuchaytirishga, shu jumladan Oʻzbekisgossa islohotlarni amalga oshirishda moliyaviy-texnikaviy yordam koʻrsatishga katta ahamiyat berilmoqda.
TIF ni tartibga solishda iqtisodiy dastaklar muhim rol oʻynaydi. Yapon xalqaro kooperatsiya banki (sobiq Yaponiya Eksimbanki) eksport-import operatsiyalarini va yapon kompaniyalarining xorijga investitsiyalarini kreditlashda samarali vositachi vazifasini oʻtaydi. Mamlakatda ham eksportni ham importni ragʻbatlantirishga qaratilgan, boshqa davlatlarda nusxasi boʻlmagan imtiyozlar tizimi qoʻllaniladi.
TIF ning rivojlanishiga milliy oiyeratorlar manfaatlarini har qanday xavf-xatarlardan ishonchli himoya qiluvchi jahondagi eng yirik koʻp xil turdagi savdo va investitsiyalarni sugʻurtalash davlat tizimi koʻmak beradi. U umumiy savdo sugʻurtasini, valyuta xatarlari, eksport veksellari, eksport obligatsiyalari, import uchun avans toʻlovlari, xorijiy investitsiyalar, xorijiy korxonalarga kreditlar berilishi sugʻurtasini oʻz ichiga oladi.
Shu bilan birgalikda davlat tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida xizmat koʻrsatish tizimini tashkil etuvchi bosh tashabbuskor sifatida chiqadi va bu faoliyatni byudjet mablagʻlaridan moliyalashtiriladi. Ushbu tizim marketing ma’lumotlarini toʻplash va tahlil qilish, informatsion-konsultativ xizmatlar koʻrsatish, reklama-koʻrgazmaga oid ishlarni tashkil qilish kabi faoliyat sohalarini qamrab oladi. U TIF samaradorligining oshishiga, TIA ga yan1i qatnashuvchilarnin g qoʻpshlishiga yordam beradi.
TIFda davlat ishtirokining muhim yoʻnalishlaridan yana biri, tijorat ishlarini kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlash, xorijiy tijorat malumotlarini yigʻish va tahlil qilish hisoblanadi. Buqday keng qamrovli faoliyatga Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo va sanoat vazirligi, Fan va texnika boshqarmasi, Iqtisodni rejalashtirish boshqarmasi va boshqa tashkilotlar jalb qilinadilar.
Bu qatorda muhim oʻrinni 1958 yilda tashkil etilgan va hukumat tomonsdan toʻliq moliyalashtiriladigan Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi notijrrat tashkshyugi (DJETRO) egallaydi.
Yaponiyaning oʻzida (31 informatsion markaz) va boshqa mamlakatlar hududlarida (28) har xil sohadagi rivojlangan malumot tarmoqlarga ega boʻlgan DJETRO jahondagi eng yirik ishbilarmonlikka oid ma’lumotlar manbai boʻlib hisoblanadi. Uning axborotlari bazasi katta mikdordagi ma’lumotlar, shu jumladan, xorijiy eksportyorlar va yapon importyorlarining keng qamrovli roʻyxatidan iborat.
Yapon tashqi iqtisodiy majmuasining samaradorligi koʻp jihatdan TIF institutsional asoslarining mustahkamligiga bogʻliq. Bu sohada davlat boshqaruvi organlari tizimi sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin, ma’muriy boshqarish (Tashqi savdo va sanoat vazirligi), muvofiqlashtirish (Savdo kengashi) va maslahat berish organlari. TIF ni davlat tomonidan boshqarishda yapon tizimining asosiy xususiyati sifatida turli darajalarda, hatto hukumat va bosh vazir darajasida faoliyat kursatuvchi koʻp sonli (200 dan ortiq) turli konsultativ organlarni keltirish mumkin. Ularning tarkibida nafaqat davlat amaldorlari, balki jamoat, ommaviy axborot vositalari, ishbilarmonlar, ilmiy doiralar vakillari boʻlib, bu tashkilotlar faoliyati ilmiy asoslangan TIS ni ishlab chiqish va amalga oshirishda, shuningdek, bu sohada umumiy kelishuvga (konsensusga) erishishda muhim rol oʻynaydi.
TIF ni tartibga solishning yapon tizimi davlat va biznes oʻzaro munosabatlarining maxsus paradigmasi bilan farq qiladp. Uning asosida xususiy sektor tomonidan davlat siyosatining eng muhim strategik yoʻnalishlarini hech bir e’tirozsiz qabul qilinishi yotadi.
Tartibga solishning nafaqat «qattiq ma’muriy chora-tadbirlaridan foydalanuvchi, balki uni «yumshoq» shakllar bilan toʻldiruvchi bunday tartibga solish modeli bozor qonuniyatlari bilan uygʻunlashtirgan holda davlat siyosati samaradorligini ancha koʻtarish imkoniyatini yaratadi.
Janubiy Koreada ham TIFni davlat tomonidan tartibga solishning koʻp qiziqarli va foydali tomonlarini koʻrish mumkin. Ayniqsa, Oʻzbekiston uchun bu mamlakatda turli tarmoqlarda, xususan eksportga yoʻnaltirilgan muhim tarmoqlardagi firma ichki xarajatlari va mahsulot sifatining davlat tomonidan nazorat qilinishi tajribasi alohida ahamiyat kasb etishi mumkin. Mamlakat Prezidenti eksport muammolari boʻyichahar oy kengash majlisini oʻtkazib turadi, eksport boʻyicha topshiriqlar belgilanadi. Davlat shuningdek, xorijiy kapitalni nazorat qiladi, xorijiy valyutalarning behisob oqib kelishining bartaraf etilipshni mustahqam ta’minlaydi. (1948 yildan boshlab xorijiy valyutalarni Markaziy bankning maxsus hisob raqamlarida majburiy saqlash amal qiladi). Milliy eksporterlar doimiy ravishda subsidiyalar bilan ta’minlanib turadilar. (70yillarda bu maqsadlarga Ya.M.M ning 10% atrofida xarajatlar qilingan).
Yaponiyadan farqli oʻlaroq, Janubiy Koreyada yirik biznes kichik biznes evaziga rivojlandi. Aynan yirik konglomeratlar (chebollar) tashqi bozorga yoʻnaltirilgan koreys rivojlanish modelida asosiy oʻrin egalladilar. Davlatning chebollar TI faoliyatiga hayrixohligi ularning foydasiga xorijiy yordam va subsidiyalar, imtiyozli ichki va valyuta kreditlarining taqsimlanishida namoyon boʻldi. Bundan tashqari, chebollarning hukumat bilan yaqin aloqada boʻlganlari ularga eng istiqboshsh mulkka egalik qilishga, foydali davlat buyurtmalarini olishga, tashqi savdo imtiyozlari va boshqa ustunliklarga erishishga imkoniyat yaratdi.
Shu bilan birgalikda yirik biznesni moliyalashtirishning «qulay» shartlari anchagina muammolarni tugdirdi. Chebollarni iloji boricha yiriklikka intilish (gigantomaniya) qamrab oldi, nufuzli ob’yektlar soni koʻpaydi, kam samarali ishlab chiqarish yuzaga keldi, moliyalashtirishning tashqi manbalariga va shuningdek, oliy va oʻrta tabakd mansabdorlarining «ishonchliligi»ga tobe’lik sezilarli darajada kuchaydi. Bu esa korrupsiyaning kuchayishiga, biznesning siyosatga keraxsiz aralashuviga olib keldi.
Shak-shubhasiz mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va xoʻjalik tarkibi boʻyicha har qancha farqlansalar ham xalharo tajribani oʻrganish va ijodiy oʻzlashtirish zarur. Bizning fikrimizcha, Yaponiyada, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarda TIFni davlat tomonidan tartibga solishning oqilona tomonlaridan milliy xususiyatlarimizni har tomonlama inobatga olgan holda Oʻzbekistonda keng foydalanilishi mumkin.
Gap rivojlanishning milliy strategiyasida tashqi omillarni inobatga olish zaruriyatlish toʻgʻrisssa boryapti. Shu sababdan TIFning davlat tomonidan oqilona tartibga solinishi, ya’ni jahon xoʻjaligiga spontan (oʻz-oʻzidan yuzaga keladigan) stixiyali integrasiyalashuvdan ochiq iqtisodiyotni tartibga solish va nazorat qilishga oʻtilishi makroiqtisodiy siyosatning eng muhim yoʻnalishi boʻlib qolmoqda.
Shu bilan birgaliqsa davlatning TIFni tartibga solish bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan tarkibiy siyosatning maqsadlari, istiqbollari va asosiy yoʻnalishlarini aniqlash va amalga oshirishda qatnashuvini kuchaytirish oʻrinli boʻladi.
TIF makroiqtisodni barqarorlashtirish, ishlab chiqarish bazasini bosqichma-bosqich modernizasiyalashtirish va investitsion faoliyatini jonlantirnshga qaratilgan hukumat umumiy siyosatining ajralmas qismi boʻlishi kerak. Eksport qiluvchnlarni amaliy qoʻllaydigan, ham uzoq xorijiy mamlakatlar, ham MDH bozorlarida oʻzbek mahsulotlari haryakati usun qulayliklar tugʻdiruvchi choralarni qabul qila turib, eksport va nmportning samarali tovar tarkibini maqsadli shakllantirgan holda faol tashqi iqtisodii strategiyaga oʻtish juda zarur.



Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish