Nizom. Tashkilot yoki uning tarkibiy bo‘limlari, kichik yoki qo‘shma korxona va shu kabilarning tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini yoki turli tadbirlar (ko‘rik, musobaqa, tanlov va boshqalar) o‘tkazish tartibini belgilaydigan huquqiy hujjat. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Nizom mazmun mohiyatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1) ustav vazifasini bajaruvchi nizom; 2) tadbir tartibotini belgilovchi nizom. Qoida – muayyan uzluksiz harakat tartibotini belgilaydi (masalan, idora joylashgan uy-joydan foydalanish qoidasi; arxivga hujjat materiallari topshirish qoidasi) o‘rnatilgan me’yor asosida bajariladigan ish-faoliyatni ko‘rsatadi (ichki tartibot qoidasi). Qoidaning nizomdan farqi uzluksiz harakat tartibotini belgilashidir. Tashkiliy hujjatlar
GUVOHNOMA
Guvohnoma muayyan tashkiliy tuzilmaning (korxona, tashkilot, muassasa) davlat ro‘yxatidan o‘tganligini yoki shaxsning xizmat va boshqa holatlarini, shuningdеk, biror ishga oid vakolatini ko‘rsatuvchi hujjatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |