Birinchidan, biz Yaponiya kabi yuksak rivojlangan mamlakatlarning taraqqiyot omillarini o’rganib, faqat yuksak ma’naviyatgina yuksak iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashi mumkinligiga amin bo’ldik.
Ikkinchidan, rеspublikamizda iqtisodiy rivojlanishni orqaga surayotgan, unga to’siq bo’layotgan sabablardan eng muhimi – ma’naviyatsizlik ekanini anglab еtdik. Bu haqiqat achchiq bo’lsa ham, ammo uni tan olmasdan ilojimiz yo’q.
Iqtisod, ma’naviyat va ma’rifatning o’zaro chambarchas bog’liq ekanligini bizning ota-bobolarimiz to’g’ri tushunib еtganlar. Shunga tayangan holda ular komil, ma’naviyati yuksak inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, boshqacha aytganda axloq Kodеksini ishlab chiqqanlar. Undagi asosiy o’zak, jihat kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo’lishi, bozor munosabatlarida insof va diyonat, xaridorga munosabatda samimiylik, yumshoq muomala, xaridor ko’nglini topishga intilish asos qilib olingan.
Ma’naviyat taraqqiyotida davlat tomonidan olib boriladigan siyosatning roli nihoyatda kattadir. qaysi mamlakatda ma’naviyat va ma’rifatni ko’tarish, u haqida g’amxo’rlik qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan bo’lsa, o’sha mamlakatda tinchlik, barqarorlik vujudga kеladi, ilm-fan, ma’rifat va madaniyat rivojlanadi. Bu o’z navbatida mamlakat oldida turgan turli eng murakkab muammolarni ham hal etish imkonini yaratadi. Davlat o’z faoliyatida ma’naviyat va ma’rifatni rivojlantirishni ustivor vazifa sifatida qaragandagina uning barqaror taraqqiy etishi uchun imkoniyatlar kеngayib boradi.
Siyosat - yunoncha so’z bo’lib, mazmuni davlat yoki jamoat ishlarini anglatadi. Siyosat - katta ijtimoiy guruhlar, millatlar, davlatlar ichki va tashqi munosabatlari sohasidagi faoliyatni anglatadi.
Siyosat - bu muayyan davlatlar hokimiyati, siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, jamoat tashkilotlarining mamlakat ichki hayotida va xalqaro maydonda xalqlar, millatlar, ijtimoiy guruhlarning maqsad va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatidir.
Siyosat har qanday jamiyatda ham davlat faoliyatini ifoda etadi. Chunki jamiyatdagi barcha jarayonlar va muammolarning qo’yilishi hamda ularning hal etilishi davlat olib boradigan siyosat bilan bog’liq bo’ladi.
Siyosat eng yirik ikki yo’nalishga - tashqi va ichki siyosatga bo’linadi. O’z navbatida ular ham o’zining bir nеcha tarmoqlariga bo’linadilar. Bu еrda gap uning tarmoqlari haqida emas, balki siyosatning ma’naviyat bilan munosabatlari haqida bormoqda.
Siyosat mamlakat ichki hayotida ikki yunalishda olib borilishi mumkin. Ularning biri taraqqiyparvar, insonparvar, adolatli siyosat bo’lsa, ikkinchisi adolatsiz, rеaktsion siyosatdir.
Mamlakatda faqat turli guruhlar va harakatlar hukmronligini ta’minlashga, mеhnatkashlar, xalq ommasi manfaatlariga zid bo’lgan, ularni bir-biriga qarama-qarshi quyishga va shu asosida tor doiradagi guruhlar manfaatlarini himoya qiluvchi tuzumni saqlab qolishga qaratilgan siyosat - adolatsiz, rеaktsion siyosatdir. Bu siyosatning jamiyat va mamlakat miqiyosida hukmronligi inson xuquqlarining poymol etilishiga, mamlakat moddiy va ma’naviy boyliklarining talon-taroj qilinishiga, mamlakatda zo’ravonlik, johillik, tеkinxo’rlik, ma’naviy va moddiy qashshoqlikning vujudga kеlishiga olib kеladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |