Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha


«Hibat ul-haqoyiq» 14 bob, 512 misradan



Download 494,11 Kb.
bet147/163
Sana22.03.2022
Hajmi494,11 Kb.
#505508
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   163
Bog'liq
Маънавиятшунослик мажмуа 2021

«Hibat ul-haqoyiq» 14 bob, 512 misradan iborat. Dostonning 1-bobi Allohga hamd, 2-bobi Muhammad (sav) na’ti va choryorlar ta’rifiga, 3-bobi Dod Sipohsolorbek madhiga bag‘ishlangan. 4-bobda kitobning yozilish sabablari bayon qilingan. Dastlabki 4 muqaddima bobdan so‘ng asosiy qismga o‘tiladi. 5-bob — ma’rifatning foydasiyu jaholatning zarari, 6-bob — til odobi, 7-bob — dunyoning o‘tkinchiligi, 8-bob — saxiylik va baxillik, 9 va 10-boblar turli masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, 11-bob — kitobning xotimasi (asarning 1480 yil Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan ko‘chirilgan nusxasida 11 bob mavjud — 3 bob yo tushib qolgan, yo boshqalariga qo‘shilib ketgan).
Yugnakiy o‘zini shoir emas, balki adab muallimi, deb hisoblagan. O‘ziga xos axloq kitobi bo‘lgan bu asarga Qur’oni karim va Hadisi sharif ma’nolari singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan.
«Hibat ul-haqoyiq» ilk bor uyg‘ur yozuvida bitilgan. Uning nusxalari ko‘p bo‘lib, ularda asar hajmi turlicha. Hozircha ma’lum qo‘lyozmalardan 3 tasi (biri uyg‘ur yozuvi, ikkinchisi arab va uyg‘ur yozuvi, uchinchisi esa arab yozuvi bilan bitilgan) to‘liq, qolganlari parchalardan iborat. 1444 yil Samarqandda Zaynulobidin baxshi, 1480 yil Istanbulda Abdurazzoq baxshi va Turkiyaning To‘pqopi kutubxonasidagi noma’lum kotib tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozmalar e’tiborli nusxalar hisoblanadi.
MUSTAQIL TA’LIM MASHG`ULOTLARI
Mazkur fan bo’yicha jami 156 soat mustaqil ta’lim belgilangan bo’lib, bunda talabalarda o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish, kerakli ma’lumotlarni izlab topish va tahlil qilishga o’rgatish hamda shu asosda mas’uliyatli echimlar qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, shuningdek, davlat ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan talaba mustaqil ishi uchun belgilangan o’quv yuklamani to’liq bajarish va ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifasi amalga oshiriladi.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda ushbu fanning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:

    • ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish;

    • berilgan mavzu bo’yicha axborot (referat) tayyorlash;

    • seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish;

    • kurs ishi (loyihasi)ni bajarish;

    • malakaviy bitiruv ishini tayyorlash;

    • nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash, dars ishlanmalarini tayyorlash;

    • amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish;

    • ilmiy maqola, anjumanlarga ma’ruza tezislarini tayyorlash va h.k.

Mustaqil ta’limga mo’ljallangan topshiriqlar (mavzular), ma’ruzalar mavzulari, seminar mashg’ulotlari mavzulari va kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarni bajarishga qaratilishi mumkin. Shuningdek quyidagi mavzularda mustaqil ishlari yozishlari tavsiya etiladi.

  1. “Ma’naviyatshunoslik” fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

  2. Ma’naviyat tushunchasi, uning mazmun va mohiyati.

  3. Ma’naviyatning jamiyat hayotida tutgan o’rni.

  4. Ma’naviyatning asosiy kategoriyalari.

  5. “Ma’naviyatshunoslik” fanining metodologik asoslari.

  6. “Ma’naviyatshunoslik”fanining ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimidagi o’rni.

7. Milliy mustaqillik sharoitida ma’naviyat masalalarining dolzarblashuvi.
8. O’zbekistonning siyosiy va iqtisodiy rivojida xalq ma’naviyatini yuksaltirishning ahamiyati.
9. O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasining nazariy va metodologik ahamiyati.
10. Ma’naviyatning yaxlit soha sifatida tan olinishi. Bugungi kunda milliy ma’naviyatimiz asoslarini ilmiy-nazariy o’rganish zarurati.
11. Islohotlar va ularning ma’naviy mezoni.
12. Mustaqillik davrida ajdodlarimiz ma’naviy merosiga munosabatning tubdan yangilanishi, milliy va diniy qadriyatlaming tiklanishi.
13. Milliy ma’naviyat nazariyasining shaklianishida davlat rahbarining o’rni va roli.
14.O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” kitobining mazmun va mohiyati.
15.Mustaqillik sharoitida milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi.
16.“Qadriyat”, “qadriyatlar”, “milliy qadriyatlar”, “umuminsoniy qadriyatlar” tushunchalarining falsafiy mohiyati.
17.Qadriyatlarning turlari. Umuminsoniy qadriyatlar va milliy ma’naviyat nisbati. Milliy ma’naviyatimizning umuminsoniy mohiyati.
18.Ijtimoiy fanlar metodologiyasi.
19.Ijtimoiy fanlarning tabiiy (tabiatga oid) va aniq (matematik) fanlar bilan o’zaro umumiy va farqli tomonlari bugungi kun ijtimoiy fanlar sohasidagi muammolar va ularni hal qilish yo’llari.
20.Mustaqillik sharoitida dinga munosabatning tubdan o’zgarishi.
21.Din va ma’naviyat: umumiy va farqli jihatlar. Dinning zohiriy va botiniy jihatlari.
22.Imon-e’tiqod ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida.
23.Dinda ilm va ibrat. Taqlidiy va tahliliy imon tushunchalari.
24.Shariat, islom huquqi va islom ma’naviyati.
25.Diniy aqidaparastlik va ekstremizm - diniy qadriyatlaming totalitarizm tafakkuri ruhidagi g’arazli talqini sifatida.
26.Yosh avlodni milliy ma’naviyatimiz an’analari ruhida tarbiyalash - ular ongini turli g’arazli “oqimlar” ta’siridan himoyalashning eng samarali yo’li.
27.Diniy bagrikenglik va e’tiqodda ustuvorlik.
28.Ma’naviyat va san’at. Ijtimoiy ma’naviy muhitni yaratishda san’at turlarining o’rni va ahamiyati.
29. Mustaqil O’zbekistonda san’at va adabiyotning yosh avlod ma’naviy tarbiyasidagi ahamiyati.

  1. Badiiy adabiyotda ijodkor ma’naviyatining akslanishi.

  2. Teatr- ibrat maktabi

  3. VIII-IX asrlarda islom mintaqa madaniyatining tashkil topishi.

  4. Ilk hadis to’plamlari. Hadisshunoslik ilmi va mazhablaming shakllanishi.

  5. Imomi A’zam va Imom Buxoriy ilmiy merosi.

  6. Hadis ilmining shakllanishi va Imom Buxoriyning jahonshumul xizmati.

  7. Hadis ilmining “oltin asri va sahih hadis to’plamlari.

  8. Adab ilmi va Ahmad Yugnakiy merosi.

  9. Sharq xalqlari ijtimoiy-siyosiy hayotidagi tanazzul, uning sabablari va oqibatlari. Yangi davr Yevropa madaniyati elementlari kirib kelishi.

  10. Chor Rossiyasi hukmdorligi va bolshevizm qatag’onlari sharoitida milliy ma’naviyatimiz ahvoli.

  11. Furqat va Donish ma’rifatchiligi.

  12. Muqimiyning ijtimoiy qarashlari.

  13. Mustamlakachilik va qaramlik sharoitida o’zbek xalqiying madaniyati va ma’naviyatiga tahdid. Abdurauf Fitratning “Turkistonda ruslar” risolasi.

  14. Mustabid tuzum sharoitida o’zbek xalqining ona tiliga, e’tiqodi, milliy merosi, g’ururi, qadriyatlaridan mahrum etilishi va toptalishi.

  15. Milliy ziyolilarini jismonan va ruhan mavh etish, ayovsiz qatag’onlar - millatni manqurtlashtirishning mudhish usuli sifatida.

  16. Mustaqillik va ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash uchun xalqimiz olib borgan kurashlar.

  17. Milliy ma’naviyatimiz an’analarida tabiat va inson uyg’ynligi.

  18. Xalqimiz etnomadaniyatida tabiatni asrash bilan bog’liq an’analar, udumlar va marosimlarning mavjudligi.

  19. Milliy ma’naviyat va ekologik qadriyatlar uyg’unligi.

  20. Insonning tabiat oldidagi mas’uliyati.

  21. Ekologik muammolarning hal etilishida ma’naviyat omili.

  22. Tabiatga mulkiy munosabat. Uning ma’naviy jihatlari.



Download 494,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish