Eletmish Bilga xoqon bitigi. Yozuv qahramonlik jangnomasi ruhidagi yodnomadir. Unda o’z xalqidan kuch olib, dushmanni egallagan joyidan quvgan Bilga xoqonning kechinmasi berilgan. U o’z eli va davlatini mustahkamlashning sababini yuqorida Ko’k osmon – Ko’k tangri, pastda qo’ng’ir yer tarbiyalagani va madad bergani, deb tushunadi.
Tangridan bo’lgan, el etgan Bilga xoqon, el Bilga xotun xoqon deb nom olib va xotun degan nom bilan ataldilar. O’tukanning chekkasida, Tez daryosining yuqori oqimida o’z qarorgohini o’rnatdi. Yo’lbars yilida va ilon yilida bu yerda yozni o’tkazdim. Ajdar yilida O’tukanning o’rtasida Sunguz bashqan muqaddas tepalagining g’arbida yozni o’tkazdim. Qarorgohni shu yerda o’rnatdim, toshni ham shu yerda to’qitdim. Мing yillik, tuman kunlik yozuvimni va belgimni bu yerda yozib, toshga o’ydirdim, qalin toshga yozdirdim. Yuqorida ko’k osmon yorlaqagani uchun, ostda qo’ng’ir yer tarbiyalangani uchun elimni va davlatimni vujudga keltirdim. Sharqda – kunchiqardagi xalq, g’arbda – oy botardagi xalq, to’rt tarafdagi xalq menga kuch berar, dushmanim esa o’zi egallagan joyni qo’ldan berdi. Sakkiz daryo oralig’ida mening yerim va yilqim bor. Sakkiz daryo – Selenga, Urxun, To’la meni xursand qiladi. Qarg’a va Burg’a daryosi bo’ylarida, ikki daryo oralig’ida men o’zim o’rnashayapman.
Uyuq Tarlaq bitigi. Bitig Olti bog’ xalqiga beg bo’lgan El Tug’an Tutuq tilidan hikoya qilinadi. U oltmish yoshida olamdan o’tadi va xalqidan ajraladi.
Siz -elimdan, malikalarimdan, O’g’lonlarimdan,xalqimdan,
Sizlardan oltmish yoshimda ayrildim.
Otam El Tug’an tutuq. Мen tangri davlatimning
elchisi edim, olti bog’ xalqiga bek edim.
Uyuq Turan bitigi. Uchun Qulug Tirig nomli hukmdorning o’z qarindosh urug’lari va xalqidan ajralganligining marsiyasi. U 63 yoshida olamdan o’tgan. Vatandan ajralganligini judolik deb biladi. Oltin kamarini belga bog’lab, bahodirlik namunasini ko’rsatganligini eslaydi. Yodnoma toshida ko’rsatilishicha, u hukmdorlik qilgan hudud Agun Qatun deb atalgan.
Uydagi xotinlarim, sizdan, o’g’lim, ayrilib,
sizlarning hammangizni yo’qotib, ayrildim.
Qarindosh-urug’larimni yo’qotib, ulardan ayrildim.
Oltinlik ellikta kamarimni belimga bog’ladim.
Tangrili davlatimdan qoniqmadim.
Sizlarni yo’qotdim.
Мen Uchun Kulug Tirigman.
Tangrili davlatimdan chetdaman.
Oltmish uch yoshimda sizlardan ayrildim.
Мenga qaraydigan Aguk Qatun yerimdan ayrildim.
Tangrili davlatimdan, o’g’illarimdan, qizlarimdan,
olti ming yilqimdan ayrildim.
Xoqonimning tulpori, qora xalqi, mashhur qahramonlarim,
sizlardan, yigitlarimdan, o’g’lonlarim, kuyovlarim, qudalarim,qiz – kelinlarim, ayrildim.
Do'stlaringiz bilan baham: |