Qarorlarning bajarilishi, asosan yunalishni bьelgilashdan iborat bulib, ular:
O‘zbekiston Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi chiqargan qaror va buyruqlaridan iborat.
Bular asosan sport jamityalari, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish bilan bog‘lik bo‘lgan Xalk ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimlariga tegishlidir.O‘zbekiston Prezidenti devoni tarkibida hamda Vazirlar Mahkamasi qoshida maxsus nazorat komissiyalari tashkil etilgan. Ularning faoliyati barcha davlat va jamoat tashkilotlarining tashkiliy tuzilishida aks ettirilgan. SHuningdek barcha vazirliklarda ham qarorlarning ijrosini nazorat qiluvchi, tekshiruvchi xuquqiga ega bo‘lgan hodimlar faoliyat ko‘rsatadi. Xar bir idora, tashkilot va ularning boshqarmalari, bo‘limlari o‘z sohalari bo‘yicha qarorlarning ijrosini kuzatish, nazorat kilish, tekshirish xuquqlariga egadir. Komissiyalar tuziladi. Ularga asosiy yo‘l-yo‘riklar ko‘rsatadi va komissiyalar xulosalarini odilona tahlil kilib, tegishli xulosa chiqaradi.
Nazoratlar asosan kuyidagi shakllarda namoyon buladi:
Respublika sport tashkilotlari, turli idoralari va o‘quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining yig‘ilishi.
Respublika viloyat va tuman sport jamiyatlarining anjumanlari.
Respublika, viloyat hokimligi sport bulimlari hamda sport jamiyatlari kengashlarining kollegiya, xay’at majlislarida qonun ijrosi haqidagi xisobotlar.
Maxsus tuzilgan komissiyalarni joylarga safarbar etish va qonun hamda qarorlarning hayotga singdirilishini o‘rganish, ma’lumotlar tayyorlash.
Telefonlar orkali aloqa bog‘lab turish, qonun va qarorlar ijrosi haqida ma’lumotlar olish.
Uyushgan jismoniy tarbiya jamoasi
Uncha katta bo‘lmagan korxona, muassasalarning xizmatchilari, ishchilar o‘rtasida ommaviy tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun jismoniy tarbiya jamoasini tuzish mumkin bo‘lmasa, soha va tarmoq tartibi bo‘yicha birlashgan jamoalar tashkil etiladi.
Birlashgan jamoalarni tuzish to‘g‘risida tegishli Kengashlar yoki kasaba uyushmalari qo‘mitalarining sport jamiyati Kengashi rayosatining qarori bo‘lishi lozim.
Jismoniy tarbiya jamoasini tashkil etishning yuqori va takomillashgan shakli sport klubidir. Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasining 1991 yil qaroriga asosan, korxona sport klubi ommaviy-sog‘lomlashtirish va sport ishlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan jismoniy tarbiya jamoalaridagina tashkil etiladi.
Bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda va Respublika hukumatining qarorlariga binoan o‘zini-o‘zi boshqarish va moliyaviy ta’minlash bo‘yicha yirik ishlab chiqarish korxonalari, sport inshoatlari, aholi istiqomat joylarida mustaqil sport klublar tashkil etilmoqda. Ularning o‘z sharoitlari asosida Nizom va ustavlari mavjud. SHu asosida ular o‘z faoliyatlarini a’zolik badallari, pullik xizmatlar, tijorat, xomiylik kabi omillar hisobiga yuritadilar. Bularga misol tariqasida «Bunyodkor», «Paxtakor», “Dinamo” kabi sport va futbol klublarini ko‘rsatish mumkin. Bunday ish usullari va ilg‘or tajribalar viloyatlarning markazlarida tennis, boks, shaxmat, ot sporti, sharqona yakka kurashlar va b.q. sport turlari bo‘yicha tashkil etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |